ESPUMIZAN BEBI tomchilar 50ml 0,1/ml

ESPUMIZAN BEBI tomchilar 50ml 0,1/ml o'xshash dorilari



ESPUMIZAN BEBI tomchilar 50ml 0,1/ml qo'llanmasi
Simetikon kimyoviy jihatdan inert, ichga qabul qilingandan so'ng MITYdan so'rilmaydi va faqat uning bo'shlig'ida ta'sir qiladi. Mikroorganizmlar va fermentlar bilan o'zaro ta'sirga kirmaydi va hazm qilish jarayonlariga ta'sir qilmaydi. Ichak orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.
Espumizan® bebi preparatini qo'llashda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Chaqaloqlar sanchig‘i simptomlari va/yoki haddan tashqari gaz hosil bo‘lishi uzoq vaqt davomida saqlanib qolganda tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.
Espumizan* bebi preparati sorbitol (sorbit) saqlaydi, shuning uchun uni irsiy fruktozani ko‘tara olmasligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma'lumot-, 1 ml emulsiyada (25 tomchi) 199.00 mg sorbitol mavjud, bu 0,017 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi.
Transp. vos. va mex. boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Espumizan bebi preparati transport vositalarini, boshqa mexanizmlarni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, irsiy fruktozani o‘zlashtira olmaslik.
Simetikonning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Preparat har bir ovqatlanishdan oldin/vaqtida yoki keyin va zarurat bo‘lganda - uyqudan oldin qabul qilinadi.
Qabul qilish tez-tezligi va qo‘llash davomiyligi simptomlarning yaqqolligiga bog‘liq. Zarurat bo‘lganda Espumizan® bebi preparatini uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin.
Chaqaloqlar sanchig‘i va ortiqcha gaz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq shikoyatlarda. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 5-10 tomchi Espumizan® bebi preparati (bolalar ovqati solingan shishachaga qo‘shiladi yoki kichik qoshiq yordamida oziqlantirishdan oldin/vaqtida yoki undan keyin beriladi).
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 10 tomchi Espumizan® bebi preparati sutkasiga 3-5 marta.
6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 10-20 tomchi Espumizan® bebi preparati sutkasiga 3-5 marta.
14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 20 tomchi Espumizan® bebi preparati sutkasiga 3-5 marta.
Diagnostik tekshiruvlarga (rentgenografiya, ultratovush tekshiruvi va h.k.) tayyorgarlikda
Tekshiruvdan bir kun oldin ovqatdan keyin sutkasiga 3 marta 1 ml Espumizan® bebi preparati va tekshiruv kuni ertalab 1 ml Espumizan® bebi preparati qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama kontrastli tasvirni olish uchun
1 litr kontrastli aralashmaga 2 - 4 ml Espumizan® bebi preparati qo‘shiladi.
Ezofagogastroduodenoskopiyaga tayyorgarlikda
Tekshiruv o‘tkazishdan oldin ichga 2 - 3 ml Espumizan® bebi preparati. Endoskopiya o‘tkazish vaqtida, zarurat bo‘lganda, tekshiruvda xalaqit beruvchi gaz pufakchalarini yo‘qotish uchun endoskop kanali orqali bir necha millilitr emulsiya yuborish mumkin.
Tenzidlar saqlovchi yuvish vositalari bilan o‘tkir zaharlanishlarda. Zaharlanish og‘irligiga qarab 1 - 4 ml Espumizan® bebi preparati.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish holatlari noma’lum.
Xususiyatlar ESPUMIZAN BEBI tomchilar 50ml 0,1/ml
Espumizan boshqa chiqarish shakllari








ESPUMIZAN BEBI tomchilar 50ml 0,1/ml analoglari














