ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100

ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100 o'xshash dorilari




ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100 qo'llanmasi
Simetikon kimyoviy jihatdan inert, peroral qabul qilingandan so'ng MITYdan so'rilmaydi va faqat uning bo'shlig'ida ta'sir ko'rsatadi.
MITYda mavjud bo'lgan fermentlar va mikroorganizmlarga ta'sir qilmaydi.
O'zgarmagan holda chiqariladi.
Yel haydovchi vosita. Ta'sir etuvchi modda - simetikon sirt faolligiga ega va suyuqlik/gaz chegarasida sirt tarangligini pasaytirish qobiliyatiga ega. Bunda gaz pufakchalarining qo'shilishi va ko'pikning parchalanishi sodir bo'ladi, natijada ajralib chiqqan gaz ichak peristaltikasi ta'sirida so'rilishi yoki tabiiy yo'l bilan chiqarilishi mumkin.
Espumizan® preparatini diagnostik tekshiruvlarni o'tkazishga tayyorgarlik uchun qo'llash gaz pufakchalari keltirib chiqaradigan tasvir nuqsonlari paydo bo'lishining oldini oladi.
Espumizan® preparatini qabul qilishda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Preparatning yordamchi komponentlariga allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Preparat komponentlariga (metilparagidroksibenzoat va sariq xinolin bo'yovchisi) yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda darhol turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shuningdek kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzaga kelishi mumkin. Har qanday allergik reaksiyalar yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Espumizan® preparati psixomotor reaksiyalar tezligiga va idrok etish yoki vaziyatni baholash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
- ichak tutilishi;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Espumizan® preparatining boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Ortiqcha gaz hosil bo'lishi bilan bog'liq shikoyatlarda kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga 2 kaps. dan kuniga 3-5 marta, ovqatdan keyin va zarurat bo'lganda uyqudan oldin, oz miqdordagi suyuqlik bilan tayinlanadi.
Davolash kursi davomiyligi gaz hosil bo'lishining kuchayishi belgilari mavjudligiga bog'liq. Zarurat bo'lganda Espumizan® preparatini uzoq vaqt davomida qo'llash mumkin.
Diagnostik tekshiruvlarga tayyorgarlikda tekshiruvdan bir kun oldin kuniga 3 marta 2 kaps. dan va tekshiruv kuni ertalab 2 kaps. dan suv bilan ichmasdan tayinlanadi.
Tarkibida ko'pik hosil qiluvchi moddalar bo'lgan yuvish vositalari bilan zaharlanishda ko'pik so'ndiruvchi sifatida bir martalik doza kattalar uchun 10-20 kaps., 6 yoshdan katta bolalar uchun bir qabulda 3-10 kaps. ni tashkil qiladi; doza intoksikatsiya og'irligiga bog'liq.
Xususiyatlar ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100
Espumizan boshqa chiqarish shakllari







ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100 analoglari














