EUTIROKS tabletkalari 75mkg N100

EUTIROKS tabletkalari 75mkg N100 o'xshash dorilari




EUTIROKS tabletkalari 75mkg N100 qo'llanmasi
Ichga qabul qilinganda levotiroksin deyarli faqat ingichka ichakning yuqori qismida so'riladi. Preparatning qabul qilingan dozasining 80% gachasi so'riladi. Ovqat iste'mol qilish levotiroksinning so'rilishini kamaytiradi.
Qon zardobidagi Cmax ga ichga qabul qilingandan taxminan 5-6 soat o'tgach erishiladi.
So'rilgan preparatning 99% dan ortig'i zardob oqsillari (tiroksin bog'lovchi globulin, tiroksin bog'lovchi prealbumin va albumin) bilan bog'lanadi.
Turli to'qimalarda levotiroksinning taxminan 80% monodeyodlanishi sodir bo'lib, triyodtironin (T3) va nofaol mahsulotlar hosil bo'ladi. Tiroid gormonlari asosan jigar, buyraklar, bosh miya va mushaklarda metabollanadi. Preparatning oz miqdori dezaminlanish va dekarboksillanishga, shuningdek sulfat va glyukuron kislotalari bilan kon’yugatsiyaga (jigarda) uchraydi. Metabolitlar siydik va safro bilan chiqariladi. T1/2 6-7 kunni tashkil qiladi.
Tireotoksikozda T1/2 3-4 kungacha qisqaradi, gipotireozda esa 9-10 kungacha uzayadi
Eutiroks shifokor nazorati ostida to'g'ri qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmaydi.
Preparatga yuqori sezuvchanlik bo'lganda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Gipofiz shikastlanishi bilan bog'liq gipotireozda, bir vaqtning o'zida buyrak usti bezi po'stlog'i yetishmovchiligi bor-yo'qligini aniqlash kerak. Bunday holda o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanishining oldini olish uchun glyukokortikoidlar bilan o'rin bosuvchi terapiyani gipotireozni tireoid gormonlar bilan davolashni boshlashdan oldin boshlash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish bilan bog'liq kasbiy faoliyatga ta'sir qilmaydi.
Davolanmagan tireotoksikoz;
— davolanmagan gipofiz yetishmovchiligi;
— davolanmagan buyrak usti bezi po‘stlog‘i yetishmovchiligi;
— o‘tkir miokard infarkti;
- o‘tkir miokardit;
— o‘tkir pankardit;
— preparatga yuqori individual sezuvchanlik.
YIK (ateroskleroz, stenokardiya, anamnezda miokard infarkti), arterial gipertenziya, aritmiya, qandli diabet, uzoq vaqt davom etgan og‘ir gipotireoz, malabsorbtsiya sindromi (dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin) bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Levotiroksin bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, bu ularning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlarni levotiroksin bilan qo'llash antidepressantlar ta'sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Tireoid gormonlar insulinga va peroral gipoglikemik preparatlarga bo'lgan ehtiyojni oshirishi mumkin. Levotiroksin bilan davolash boshlanishi davrlarida, shuningdek preparat dozasi o'zgartirilganda qon glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish tavsiya etiladi.
Levotiroksin yurak glikozidlari ta'sirini pasaytiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda kolestiramin, kolestipol va alyuminiy gidroksidi ichakda levotiroksin so'rilishini tormozlash hisobiga uning plazma kontsentratsiyasini kamaytiradi. Shu munosabat bilan levotiroksinni ko'rsatilgan preparatlarni qabul qilishdan 4-5 soat oldin qo'llash kerak.
Anabolik steroidlar, asparaginaza, tamoksifen bilan bir vaqtda qo'llanilganda oqsil bilan bog'lanish darajasida farmakokinetik o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin.
Gipotireozda o‘rinbosar terapiyani o‘tkazishda 55 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmaganda Eutiroks® tana vazniga 1,6-1,8 mkg/kg sutkalik dozada tayinlanadi; 55 yoshdan oshgan yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga - tana vazniga 0,9 mkg/kg.
Yaqqol semirishda dozani hisoblashni "ideal vazn"ga nisbatan qilish kerak.
Gipotireozda o‘rinbosar terapiyada 55 yoshgacha bo‘lgan bemorlar uchun (yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmaganda) boshlang‘ich doza ayollar uchun sutkasiga 75-100 mkg, erkaklar uchun - 100-150 mkg ni tashkil qiladi. 55 yoshdan oshgan yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun boshlang‘ich doza sutkasiga 25 mkg ni tashkil qiladi; dozani qonda TTG darajasi normallashguncha 2 oy oraliq bilan 25 mkg ga oshirish kerak; yurak-qon tomir tizimi tomonidan simptomlar paydo bo‘lganda yoki yomonlashganda tegishli terapiyani to‘g‘rilash kerak.
Og‘ir uzoq muddat mavjud bo‘lgan gipotireozda davolashni alohida ehtiyotkorlik bilan kichik dozalardan - sutkasiga 12,5 mkg dan boshlash kerak. Dozani tutib turuvchi dozagacha uzoqroq vaqt intervallari orqali oshiriladi - har 2 haftada sutkasiga 12,5 mkg ga - va qonda TTG darajasi tez-tez aniqlanadi.
Bolalarda tug‘ma gipotireozni davolashda preparat dozalari yoshga bog‘liq.
Yosh Levotiroksinning sutkalik dozasi (mkg) Levotiroksinning tana vazniga nisbatan dozasi (mkg/kg)
0-6 oy 25-50 10-15
6-12 oy 50-75 6-8
1-5 yosh 75-100 5-6
Ko‘krak yoshidagi bolalarga Eutiroksning sutkalik dozasi birinchi oziqlantirishdan 30 daqiqa oldin 1 qabulda beriladi. Tabletka bevosita preparatni qabul qilishdan oldin suvda mayin suspenziyagacha eritiladi.
Eutireoid bo‘qoqni davolashda sutkasiga 75-200 mkg tayinlanadi.
Eutireoid bo‘qoqni jarrohlik davolashdan keyin qaytalanishni oldini olish uchun - sutkasiga 75-200 mkg.
Tireotoksikozning kompleks terapiyasida - sutkasiga 50-100 mkg.
Qalqonsimon bez saratonining supressiv terapiyasi uchun - sutkasiga 50-300 mkg.
Tireoid supressiya testini o‘tkazishda preparatni dozalashning quyidagi sxemasi qo‘llaniladi:
Eutiroks dozalari
testdan 4 hafta oldin testdan 3 hafta oldin testdan 2 hafta oldin testdan 1 hafta oldin
75 mkg 75 mkg 150-200 mkg 150-200 mkg
Gipotireozda Eutiroks®, qoida tariqasida, butun umr davomida qabul qilinadi. Tireotoksikozda Eutiroks® eutireoid holatga erishilgandan keyin tireostatiklar bilan kompleks terapiyada qo‘llaniladi.Dozani oshirib yuborishPreparatning dozasi oshirib yuborilganda tireotoksikozga xos simptomlar kuzatiladi: yurak urishi, yurak ritmining buzilishi, yurakda og‘riq, bezovtalik, tremor, uyquning buzilishi, ko‘p terlash, ishtahaning pasayishi, tana vaznining kamayishi, diareya.
























