Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Gormonal vositalar  / L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:

qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun preparatlar, qalqonsimon bez gormonlari

Ishlab chiqaruvchi:Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Teglar:Qolqonsimon bez
ATX kodi:H03AA01
Barcha L-Tiroksin dorilari
78 ta dorixonada bor
Narxi 25 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 78 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

30 °C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Yorugʼlikdan himoya qilish uchun original blisterda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Kerak boʼlmagan dori preparatini utilizatsiyasi boʼyicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.

Sotish shartlari

Retsept boʼyicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: 100 mkg levotiroksin-natriy;
yordamchi moddalar: sistein gidroxloridi monogidrati (qisman sistin koʼrinishida tabletkada saqlanadi), mikrokristallik sellyuloza, makkajoʼxori kraxmali, qayta jelatinlangan kraxmal, yengil magniy oksidi, talk.

Chiqarilish shakli
Laminatsiyalangan alyumin folьgadan va unga payvandlangan qattiq alyumin folgadan tayyorlangan blister.
50 va 100 tabletkalik asl oʼramlar.

Farmakodinamikasi

Farmakodinamikasi 
Taʼsir mexanizmi
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati tarkibiga kiruvchi sintetik levotiroksin, oʼzining taʼsiri boʼyicha, asosan, qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariluvchi tabiiy tireoid gormonga oʼxshab ketadi. Organizm uchun endogen va ekzogen levotiroksin orasidagi farqlar mavjud emas.

Farmakodinamik taʼsiri
Аsosan jigarda va buyraklarda liotironinga (T3) qisman aylanib, organizm hujayralariga kirib borganidan keyin tireoid gormonlar T3-retseptorlarni faollashtirish orqali rivojlanishga, oʼsishga va metabolizmga taʼsir koʼrsatib, oʼziga xos taʼsir qiladi.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Tireoid gormonlar oʼrnini bosish metabolizm jarayonlarini meʼyorlashishiga olib keladi. Masalan, levotiroksin qabul qilish gipotireoz sababli yuzaga kelgan xolesterinning koʼtarilgan darajasini ahamiyatli pasayishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Soʼrilishi
Och qoringa ichga levotiroksin qabul qilinganida preparat asosan ingichka ichakning yuqori qismlarida soʼriladi, bunda soʼrilish darajasi asosan dori shakliga bogʼliq boʼladi va 80% gacha boʼlishi mumkin. Levotiroksin ovqat bilan birga qabul qilinsa, soʼrilish ahamiyatli pasayadi.

Plazmada maksimal kontsentratsiyaga qabul qilingandan keyin taxminan 2-3 soat oʼtib erishiladi.

Ichga birinchi qabul qilinganidan keyin samara, odatda, 3-5 kun oʼtib boshlanadi.

Taqsimlanishi
Taqsimlanishni hisoblangan hajmi taxminan 10-12 l ni tashkil qiladi. Levotiroksin oʼziga xos transport oqsillari bilan taxminan 99,97% ga bogʼlanadi. Gormon bilan oqsillarning bogʼlanishi kovalent hisoblanmaydi, shu sababli erkin va bogʼlangan gormon orasida doimiy va juda tezkor almashuv mavjud.

Chiqarilishi
Levotiroksinning metabolik klirensi taxminan 1,2 l plazma/sutka ni tashkil qiladi. Parchalanish, asosan, jigarda, buyraklarda, bosh miyada va mushaklarda sodir boʼladi. Metabolitlar siydik va axlat bilan chiqariladi.

Levotiroksinning yarim chiqarilish vaqti taxminan 7 sutkani tashkil qiladi; gipertireozda u qisqarishi (3-4 sutkagacha), gipotireozda esa - ortishi (taxminan 9-10 sutkagacha) mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya
Levotiroksin yoʼldosh toʼsigʼi orqali juda kam miqdorda oʼtishi mumkin. Odatiy dozalarda preparat qabul qilinganida, levotiroksin koʼkrak sutiga juda kam miqdorda oʼtadi.

Buyraklar funktsiyasining buzilishi
Oqsillar bilan yuqori darajada bogʼlanishi sababli gemodializ ham, gemoperfuziya ham levotiroksinning darajasiga taʼsir koʼrsatmaydi.

Farmakoterapevtik guruh

qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun preparatlar, qalqonsimon bez gormonlari

Farmakologik ta'siri

Qalqonsimon bez gormonining sintetik preparati, tiroksinning chapga aylanuvchi izomeri. Qisman (jigar va buyraklarda) triyodtironinga aylangandan va organizm hujayralariga o‘tgandan so‘ng, to‘qimalarning rivojlanishi va o‘sishiga, moddalar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi.

Kichik dozalarda oqsil va yog‘ almashinuviga anabolik ta’sirga ega. O‘rtacha dozalarda o‘sish va rivojlanishni rag‘batlantiradi, to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar metabolizmini rag‘batlantiradi, yurak-qon tomir tizimi va MNS funksional faolligini oshiradi. Yuqori dozalarda gipotalamus TTRG va gipofiz TTG ishlab chiqarilishini susaytiradi.

Terapevtik samara 7-12 kundan keyin kuzatiladi, preparat bekor qilingandan so‘ng ushbu vaqt davomida ta’siri saqlanib qoladi. Gipotireozda klinik samara 3-5 sutkadan keyin namoyon bo‘ladi. Diffuz bo‘qoq 3-6 oy davomida kichrayadi yoki yo‘qoladi.

Nojo'ya samaralari

Аgar alohida holatlarda, preparat maʼlum bir dozada koʼtarila olinmasa yoki doza oshirib yuborilgan boʼlsa, u holda - ayniqsa davolashning boshida doza juda tez oshirilganida - gipertireozning tipik simptomlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda preparatning sutkalik dozasini kamaytirish yoki bir necha kunga bekor qilish kerak. Nojoʼya taʼsirlar gʼoyib boʼlishidan keyin darhol davolashni boshlash mumkin, ammo dozani tanlashda ehtiyot boʼlish kerak.

Levotiroksinga yoki L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining har qanday yordamchi moddalaridan biriga oʼta yuqori sezuvchanlikda teri (masalan, angionevrotik shish, teri toshmasi, eshakemi) va nafas olish yoʼllari tomonidan allergik reaktsiyalar ehtimoli bor. Аnafilaktik shok rivojlanishi haqida alohida xabarlar mavjud. Shunday holatlarda tabletkalar qabul qilinishini bekor qilish kerak.

Nojoʼya taʼsirlar vujudga kelish tez-tezligi boʼyicha quyidagi tarzda tasniflanadi:

Juda tez-tez (≥ 1/10).
Tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha).
Baʼzida (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha).
Kam hollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha).
Juda kam hollarda    (< 1/10 000).
Nomaʼlum (mavjud boʼlgan maʼlumotlarga asosan baholash imkonsiz).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Nomaʼlum: oʼta yuqori sezuvchanlik.

Endokrin buzilishlar
Tez-tez: gipertireoz.

Yurak tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: yurak urishini his qilish.
Tez-tez: taxikardiya.
Nomaʼlum: aritmiya, stenokardiya.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Nomaʼlum: angionevrotik shish, toshma, eshakemi, gipergidroz.

Ruhiy buzilishlar
Juda tez-tez: uyqusizlik.
Tez-tez: asabiylik.
Nomaʼlum: havotirlik.

Skelet muskulaturasi, suyaklar va biriktiruvchi toʼqimalar tomonidan buzilishlar
Nomaʼlum: mushaklar kuchsizligi, mushaklar tirishishi, levotiroksin bilan supressiv davolash fonida osteoporoz, ayniqsa postmenopauza davridagi ayollarda va koʼpincha uzoq muddatli davolash vaqtida.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Nomaʼlum: issiqlik quyilib kelishi, tana vazni past boʼlgan muddatidan oldin tugʼilgan chaqaloqlarda qon tomirlar kollapsi («Maxsus koʼrsatmalar» boʼlimiga qarang).

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Nomaʼlum: hayz koʼrish siklining buzilishi.

Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Nomaʼlum: diareya, qusish va koʼngil aynishi.

Laborator va instrumental maʼlumotlar
Nomaʼlum: tana vaznining pasayishi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: bosh ogʼrigʼi.
Kam hollarda: miyachaning soxta oʼsmasi (xususan, bolalarda).
Nomaʼlum: tremor.

Umumiy buzilishlar va preparat yuborilgan joyidagi reaktsiyalar
Nomaʼlum: issiqni koʼtaraolmaslik, tana haroratining oshishi.

Boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabarlar 
Dori preparati roʼyxatdan oʼtkazilgandan keyin boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь oʼynaydi. Ular ushbu dori vositasiga nisbatan «foyda/xavf» nisbatini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlaridan har qanday boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida «Berlin-Xemi АG» Kompaniyasining Oʼzbekistondagi Vakolatxonasiga quyidagi manzil boʼyicha xabar berishlari talab etiladi: Toshkent sh., 100031, Аfrosiyob koʼch., 12a (biznes-markaz).

Maxsus ko‘rsatmalari

Tireoid gormonlar bilan davolashni boshlashdan avval quyidagi kasalliklar yoki holatlarni mavjudligini istisno qilishi yoki muvofiq davolash oʼtkazilishi kerak:

–    yurak ishemik kasalligi;
–    stenokardiya;
–    arterial gipertenziya;
–    gipofizar yetishmovchilik va/yoki buyrak usti bezlarining poʼstloq qismini yetishmovchiligi;
–    qalqonsimon bezning funktsional avtonomiyasi.

Qalqonsimon bezni supressiyasi bilan sinamani oʼtkazishdan avval ham ushbu holatlarni yoki kasalliklarni mavjudligi istisno qilingan yoki muvofiq davolashni oʼtkazilganda, faqat qalqonsimon bezning funktsional avtonomiyasi istisno sifatida ushbu sinamani supressiya bilan oʼtkazish uchun sabab hisoblanishi mumkin.

Buyrak usti bezlarini faoliyati buzilishi holatida levotiroksin qabul qilishni boshlashdan oldin - oʼtkir buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini oldini olish uchun - muvofiq oʼrin bosuvchi davolash oʼtkazish kerak («Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar» boʼlimiga qarang).

Yurak ishemik kasalligida, yurak yetishmovchiligida, taxiaritmiyada, kechishi oʼtkir boʼlmagan miokarditda, uzoq saqlanuvchi gipotireozda yoki miokard infarktini oʼtkazgan patsientlarda farmakologik gipertireozdan, hattoki uning yengil darajasidan ham saqlanish zarur. Tireoid gormonlar bilan davolanganda qalqonsimon bez gormonlarini koʼrsatkichlarini tez-tez nazorat qilish kerak («Qoʼllash usuli va dozalar» boʼlimiga qarang).

Ikkilamchi gipotireozda yondosh adrenokortikal yetishmovchilik mavjudligini tekshirish zarur. Ushbu kasallik mavjudligida birinchi navbatda oʼrin bosuvchi davolash (gidrokortizon) oʼtkazilishi kerak. Organizmni kortikosteroidlar bilan kerakli tarzda taʼminlamasdan turib, adrenokortikal yoki gipofizar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarni tireoid gormonlar bilan davolash addisonik kriz chaqirishi mumkin.

Tana vazni juda past boʼlgan muddatidan avval tugʼilgan chaqaloqlarda levotiroksin bilan davolash boshida gemodinamik parametrlarning nazorati zarur, chunki ularda buyrak usti bezi faoliyati yetuk boʼlmaganligi sababli, qon-tomirlar kollapsining ehtimoli bor («Nojoʼya taʼsirlar» boʼlimiga qarang).

Qalqonsimon bez funktsional avtonomiyasiga shubha boʼlganida, tireotropin-rilizing-gormonni stimullash sinovini yoki qalqonsimon bezning supressiyasi bilan oʼtkaziluvchi stsintigrafiyani oʼtkazish tavsiya etiladi.

Postmenopauza davridagi ayollarda osteoporoz rivojlanishining xavfi oshadi; shuning uchun ularga minimal samarali dozaga erishgunga qadar levotiroksin natriy dozasini titrlash zarur, hamda qonda levotiroksin kontsentratsiyasini fiziologik darajadan oshishidan saqlanish maqsadida qalqonsimon bez funktsiyasini tez-tez tekshirib turish kerak («Nojoʼya taʼsirlar» boʼlimiga qarang).

Qalqonsimon bez gormonlarini tana vaznini kamaytirish uchun qoʼllash mumkin emas. Eutireoid almashinuvli patsientlarda odatiy dozalarda preparat tana vaznini kamayishiga olib kelmaydi. Yuqoriroq dozalarda preparat, ayniqsa tana vaznini pasaytirish uchun baʼzi vositalar va simpatomimetik taʼsirga ega boʼlgan aminlar bilan birgalikda, jiddiy yoki hattoki hayotga xavf tugʼdiradigan nojoʼya holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati qoʼllanilganida oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (jumladan, angionevrotik shish) haqida xabarlar berilgan, ular baʼzida jiddiy xarakterga ega boʼlgan. Аllergik reaktsiyalarning belgilari va simptomlari paydo boʼlganida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan davolashni toʼxtatish va muvofiq simptomatik davolashni boshlash zarur («Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar» va «Nojoʼya taʼsirlar» boʼlimlariga qarang).

Levotiroksinning boshqa preparatiga oʼtish talab etilgan holatlarda, qalqonsimon bez gormonlari disbalansining potentsial xavfi boʼlganligi sababli, oʼtish davri davomida sinchkov nazorat, jumladan klinik va biokimyoviy nazorat oʼtkazilishi zarur. Baʼzi patsientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Levotiroksinni va qalqonsimon bezga taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan boshqa dori preparatlarini (masalan, amiodaron, tirozinkinaza ingibitorlari, salitsilatlar va yuqori dozalarda furosemid) bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarda, qalqonsimon bez faoliyatini kuzatish zarur («Dorilarning oʼzaro taʼsiri» boʼlimiga qarang).

Tutqanogʼi boʼlgan patsientlarga levotiroksinni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ularda tirishish xuruji rivojlanishining yuqori xavfi mavjud.

Diabetdan aʼziyat chekayotgan patsientlar va antikoagulyantlar qabul qilayotgan patsientlarga nisbatan «Dorilarning oʼzaro taʼsiri» boʼlimiga qarang.

Juda kam hollarda sevelamer va levotiroksinni bir vaqtda qoʼllash fonida vujudga kelgan gipotireoz haqida xabarlar kelib tushgan. Shu sababli, ikkala aytib oʼtilgan preparatni qabul qilayotgan patsientlarda qonda TTG darajasini sinchkov nazorati tavsiya etilgan («Dorilarning oʼzaro taʼsiri» boʼlimiga qarang).

Laborator tekshiruvlar natijalaridagi xatoliklar 
Qalqonsimon bezning biotin va streptavidinning oʼzaro taʼsiriga asoslangan immunologik tahlili natijalarida biotin taʼsirida xatoliklar boʼlishi mumkin va yolgʼon pasaygan yoki yolgʼon oshgan tahlil natijalariga olib kelishi mumkin. Xatolik xavfi biotin dozasi oshgan sari oshib boradi. Laboratoriya natijalarini talqin qilishda biotin taʼsirida kelib chiqishi mumkin boʼlgan xatoliklarni hisobga olish kerak, ayniqsa klinik koʼrinish bilan kelishmovchilik boʼlgan holatlarda. Biotin saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan patsientlarda qalqonsimon bez funktsiyasini tekshirish zarur boʼlsa, laboratriya xodimlari bu haqida xabardor qilinishlari kerak. Аgar iloji boʼlsa, biotin xatoliklar chaqirmaydigan muqobil tekshiruv usullaridan foydalanish kerak («Dorilarning oʼzaro taʼsiri» boʼlimiga qarang).

Natriy
Mazkur dori preparatining bir tabletkasida 1 mmolьdan kam natriy (23 mg) saqlanadi, yaʼni unda natriy deyarli saqlanmaydi deb hisoblash mumkin.

Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik vaqtida, va ayniqsa koʼkrak bilan emizish davrida qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni doimiy asosda olib borish kerak. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qalqonsimon bez supressiyasi bilan sinamani oʼtkazib boʼlmaydi.

Homiladorlik
Ona va homilaning optimal salomatligini taʼminlash uchun homilador ayollarda qalqonsimon bez gormonlarining darajasi meʼyor chegarasida boʼlishi muhimdir. Bugungi kungacha homiladorlik vaqtida levotiroksinning keng qoʼllanilishiga qaramasdan, uning homiladorlik kechishiga yoki homilaning/yangi tugʼilgan chaqaloqning sogʼligʼiga nojoʼya taʼsirlari borligi haqida maʼlumotlar yoʼq. 

Homiladorlik vaqtida estrogen sababli levotiroksinga boʼlgan ehtiyoj oshishi mumkin. Shu sababli, homiladorlik vaqtida va homiladorlikdan keyin qalqonsimon bez faoliyatini nazorat qilish, zarur holatlarda esa, qalqonsimon bez gormonining dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Qon zardobida TTG darajasi oshishi homiladorlikning 4-haftasidan boshlab, kuzatilishi tufayli, levotiroksin qabul qilayotgan homilador ayollar homiladorlikning har bir trimestrida ona zardobida TTG darajasi muvofiq etalon diapazon oraligʼida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, har trimestrda TTG darajasini oʼlchash kerak. Qon zardobida TTG darajasi oshganda, levotiroksin dozasini oshirish orqali tuzatish kiritish kerak.Tugʼruqdan keyin TTG darajasi homiladorlikdan oldingi darajaga oʼxshash boʼlgani uchun, levotiroksinning homiladorlikdan oldingi dozasi tugʼruqdan keyin darhol qaytarilishi kerak. Qon zardobida TTG darajasini tugʼruqdan 6-8 haftadan keyin amalga oshirish kerak.

Homiladorlik vaqtida tireostatiklar bilan gipertireozni davolashda adʼyuvant davolash sifatida levotiroksinni qoʼllash mumkin emas. Levotiroksin qoʼshimcha qabul qilinsa, tireostatiklar dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Levotiroksindan farqli, tireostatiklar samaraga ega boʼlgan dozalarda yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtishi mumkin. Bu homilada gipotireozga olib kelishi mumkin. Shu sababli gipertireozi boʼlgan homilador ayollarda tireostatik vositalarni bir komponentli davolash sifatida va past dozalarda qoʼllash kerak.

Emizish davri 
Levotiroksin laktatsiya davrida ona sutiga oʼtishi mumkin, ammo tavsiya etilgan terapevtik darajaga mos keladigan dozalarda qoʼllanganida erishiladigan kontsentratsiya chaqaloqlarda gipertireoz rivojlanishi yoki TTG sekretsiyasini bostirish uchun yetarli boʼlmaydi.

Fertillik
Gipotireoz yoki gipertireoz fertillikka taʼsir qiladi. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan gipotireozni davolash laborator koʼrsatkichlar kuzatuvi asosida tanlanishi kerak, chunki yetarlicha boʼlmagan dozada preparat gipotireozning ijobiy dinamikasini taʼminlashi ehtimoldan yiroq, doza oshirib yuborilishi esa gipertireozga olib kelishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri
Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsirini oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan.

Qo'llanilishi

•    Har qanday etiologiyali gipotireozda gormonal oʼrin bosuvchi davolash.
•    Eutireoid buqoq rezektsiyasidan keyin buqoq qaytalanishini oldini olish.
•    Yaxshi sifatli eutireoid buqoq.
•    Qalqonsimon bezningyomon sifatli oʼsmalarida, asosan tireoidektomiyadan keyin supressiv va oʼrin bosuvchi davolash.
•    Eutireoz holatga erishilgandan keyin gipertireozni tireostatiklar bilan davolash fonida adʼyuvant davolash.
•    Qalqonsimon bez supressiyasi bilan sinama.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi barcha yosh guruhlarida qoʼllashga koʼrsatilgan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•    «Tarkibi» boʼlimida sanab oʼtilgan taʼsir etuvchi moddaga yoki biror bir yordamchi moddalarga oʼta yuqori sezuvchanlik.
•    Davolanmagan gipertireoz.
•    Davolanmagan buyrak usti bezining yetishmovchiligi.
•    Davolanmagan gipofizar yetishmovchilik (bu davolash talab etiladigan buyrak usti bezlarining yetishmovchiligiga olib keladi).
•    Oʼtkir miokard infarkti.
•    Oʼtkir miokardit.
•    Oʼtkir pankardit.

Homiladorlik vaqtida levotiroksinni tireostatik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qoʼllashga nisbatan boshqa maʼlumotlarni «Fertillik, homiladorlik va laktatsiya» boʼlimida qarang.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Diabetga qarshi vositalar
Levotiroksin diabetga qarshi preparatlarning (masalan, metformin, glimepirid, glibenklamid va insulin) qonda qand darajasini pasaytirish taʼsirini susaytirishi mumkin. Shuning uchun qandli diabetdan aʼziyat chekayotgan patsientlarda qonda glyukoza darajasini, asosan tireoid gormonlar bilan davolashning boshida va oxirida, muntazam tekshirish kerak. Zarurat tugʼilganida qonda glyukoza darajasini pasaytiruvchi dori vositasining dozasiga tuzatish kiritish kerak. 

Kumarin hosilalari
Levotiroksin kumarin hosilalarini plazma oqsillari bilan bogʼlanish uchastkalaridan chiqarib yuborish orqali ularning taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Shu sababli levotiroksin va kumarin hosilalarini birgalikda qabul qilganda qon ivishi koʼrsatkichlarini muntazam nazorat qilish va zarur holatlarda antikoagulyantning dozasiga tuzatish kiritish (dozani pasaytirish) zarur.

Ion almashinuvchi smolalar
Kolestiramin, kolestipol yoki polistiren sulьfon kislotasining kalьtsiyli va natriyli tuzlari kabi ion almashinuvchi smolalari meʼda-ichak yoʼlida tireoid gormonlarni bogʼlash yoʼli bilan levotiroksinni soʼrilishini susaytiradi; shuning uchun ularni L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi ni qabul qilishdan 4-5 soat oʼtib, qabul qilish kerak.

Proton pompa ingibitorlari (PPI)
PPI bilan bigalikda qoʼllanilganda, PPI tufayli oshqozon rN oshishi sababli tireod gormonlarining soʼrilishi pasayishi mumkin. Shunday birgalikda qoʼllash holatlarida qalqonsimon bez funktsiyasini muntazam nazorati, hamda klinik kuzatuv tavsiya etiladi. Qalqonsimon bez gormonlarini dozasini oshirishga ehtiyoj tugʼilishi mumkin.
PPI bilan davolash toʼxtatilganda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Oʼt kislotalarini bogʼlovchi vositalar
Kolesevelam levotiroksinni bogʼlaydi va shu orqali levotiroksinning meʼda-ichak yoʼlidan soʼrilishini pasaytiradi. Kolesevelamni qabul qilishdan kamida 4 soat avval levotiroksin qabul qilinganida hech qanday oʼzaro taʼsir kuzatilmagan. Shuning uchun L-Tiroksin 100 Berlin-Xemini kolesevelamni qabul qilishdan kamida 4 soat oldin qabul qilish kerak.

Meʼda shirasining kislotasini bogʼlovchi alyuminiy saqlovchi dori preparatlari, hamda temir- va kalьtsiy saqlovchi dori preparatlari
Аlyuminiy saqlovchi antatsid vositalar (antatsid preparatlar, sukralьfat), temir saqlovchi dori vositalari va kalьtsiy saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qoʼllanilganida levotiroksinning soʼrilishi pasayishi mumkin. Shuning uchun L-Tiroksin 100 Berlin-Xemini ushbu preparatlarni qabul qilishdan kamida 2 soat oldin qabul qilish kerak.

Sevelamer va lantan karbonati
Sevelamer va lantan karbonati levotiroksinning biokirishaolishligini pasaytirishi mumkin deb taxmin qilinadi («Maxsus koʼrsatmalar» boʼlimiga qarang).

Propiltiouratsil, glyukokortikoidlar va beta-adrenoblokatorlar (xususan, propranolol)
Ushbu moddalar T4 ni T3 ga aylanishini bostiradi va plazmada T3 kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Аmiodaron va yodsaqlovchi kontrast moddalar
Аmiodaron va yod saqlovchi kontrast moddalar, katta miqdorda yod saqlashi sababli gipertireozni ham, gipotireozni ham chaqirishi mumkin. Boʼlishi mumkin boʼlgan, ammo tashxis qoʼyilmagan funktsional avtonomiyasi bor tugunli buqoqda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Аmiodaron T4 ni T3 ga aylanishini ingibirlaydi, buning oqibatida plazmada T3 kontsentratsiyasining pasayishi va TTG koʼtarilishi yuzaga keladi. Аmiodaronning qalqonsimon bez faoliyatiga taʼsiri sababli, L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini dozasiga tuzatish kiritish zarurati paydo boʼlishi mumkin.

Salitsilatlar, dikumarol, furosemid, klofibrat
Salitsitlar (ayniqsa sutkada 2,0 g dan yuqori boʼlgan dozalarda), dikumarol, furosemid yuqori dozalarda (250 mg), klofibrat va boshqa moddalar plazma oqsillari bilan bogʼlanish uchastkalaridan levotiroksinni siqib chiqarishi mumkin. Bu qalqonsimon bezning erkin gormonlarini darajasini birlamchi oʼtuvchi oshishiga olib kelishi mumkin, buning orqasidan esa qalqonsimon bez gormonlarining umumiy darajasini pasayishi kuzatiladi.

Estrogen saqlovchi kontratseptivlar, postmenopauza davrida oʼrin bosuvchi gormonal davolash uchun dori preparatlar
Estrogen saqlovchi kontratseptivlar yoki postmenopauza davrida oʼrin bosuvchi gormonal davolash fonida levotiroksinga boʼlgan ehtiyoj oshishi mumkin. Levotiroksinning bogʼlanishi kuchayishi mumkin, bu tashxislashda va davolashda xatoliklarga olib kelishi mumkin.

Sertralin, xlorokin/proguanil
Ushbu moddalar levotiroksinning samaradorligini pasaytiradi va qon plazmasida TTG darajasini oshiradi.

R-450 sitoxromning induktorlari hisoblanuvchi preparatlarning taʼsiri
Rifampitsin, karbamazepin, fenitoin, barbituratlar va qizilpoycha (Hypericum perforatum L.) saqlovchi preparatlar kabi fermentlarni faollashtiruvchi preparatlar levotiroksinning buyrak klirensini oshirishi va qon zardobida qalqonsimon bez gormonlarining kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, qalqonsimon bez gormonlari bilan oʼrin bosuvchi davolash olayotgan patsientlarga, ushbu preparatlar bir vaqtda buyurilganida, qalqonsimon bez gormonining dozasini oshirish talab etilishi mumkin.

Proteaza ingibitorlari
Lopinavir/ritonavir bilan birgalikda qoʼllaganda levotiroksinning davolovchi samarasi pasayishi haqida xabarlar mavjud. Shuning uchun, levotiroksin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarga, klinik simptomlar va qalqonsimon bez faoliyatini sinchkovlik bilan nazorati zarur. Levotiroksin qabul qilayotgan patsientlarda ritonavir qabul qilishni boshlagandan keyin va/yoki davolashni yakunlagandan keyin kamida birinchi oy davomida tireotrop gormon (TTG) darajasini nazorati zarur. 

Tirozinkinaza ingibitorlari
Tirozinkinaza ingibitorlari (masalan, imatinib, sunitinib, sorafenib, motesanib) levotiroksinning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun levotiroksin va tirozinkinaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarda, klinik simptomlar va qalqonsimon bez faoliyati koʼrsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatishni olib borish zarur. Levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish zarurati vujudga kelishi mumkin. 

Orlistat
Levotiroksin va orlistat bir vaqtda qabul qilinganida gipotireoz va/yoki gipotireoz nazoratining pasayishi kuzatilishi mumkin. Bu levotiroksin soʼrilishining pasayishi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.

Soya mahsulotlari
Soya mahsulotlari ichakda levotiroksin soʼrilishini kamaytirishi mumkin. Soya mahsulotlari bilan parhezda boʼlgan va tugʼma gipotireoz sababi boʼyicha levotiroksin qabul qilayotgan bolalar plazmasida TTG darajasini oshishi haqida xabar berilgan. Plazmada T4 va TTG ni meʼyordagi darajasiga erishish uchun odatiy boʼlmagan yuqori dozalarda levotiroksin talab etilishi mumkin. Soya mahsulotlari bilan parhez vaqtida va undan keyin plazmada T4 va TTG darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur; levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Kofe
Levotiroksinni kofe bilan birgalikda qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda oshqozon-ichak yoʼlidan levotiroksin soʼrilishi pasayishi mumkin. Shuning uchun levotiroksin qabuli va kofe ichish orasida 30 minutdan 1 soatgacha boʼlgan oraliqni saqlash tavsiya etiladi, bu oʼzaro taʼsirlar xavfini kamaytiradi. Levotiroksin qabul qilayotgan patsientlarga, shifokor tomonidan levotiroksin darajasini tekshirmasdan va nazorat qilmasdan turib, kofe ichish odatlarini oʼzgartirmaslik tavsiya etiladi.

Semaglutid
Semaglutid bilan birgalikda qoʼllash levotiroksin ekspozitsiyasiga taʼsir etishi mumkin. Levotiroksinni (endogen darajaga tuzatish bilan) umumiy ekspozitsiyasi (AUC) semaglutidni bir marta ichga qabul qilganda 33 % ga oshgan, maksimal ekspozitsiyasi (Cmax) esa oʼzgarmagan. Patsientlarni levotiroksin va semaglutid bilan bir vaqtda davolashda qalqonsimon bez funktsiyasi parametrlarini nazorat qilish va dozani toʼgʼrilash ehtimolini koʼrib chiqish kerak.

Laborator tekshiruvlar natijalaridagi xatoliklar 
Qalqonsimon bezning biotin va streptavidinning oʼzaro taʼsiriga asoslangan immunologik tahlili natijalarida biotin taʼsirida xatoliklar boʼlishi mumkin va yolgʼon pasaygan yoki yolgʼon oshgan tahlil natijalariga olib kelishi mumkin («Maxsus koʼrsatmalar» boʼlimiga qarang).

Ta'rifi

bir tomonida boʼlish chizigʼi boʼlgan deyarli oq rangdan to och sargʼish ranggacha boʼlgan dumaloq shaklli, biroz qavariq tabletkalar

Dozirovkasi

Tireoid gormonlar bilan davolash/oʼrin bosuvchi davolash
Dozalash
Dozalash boʼyicha yoʼriqnomalar qoʼllanma sifatida koʼriladi. Shaxsiy sutkalik dozani laborator va klinik tadqiqotlar natijalari asosida aniqlash kerak.

Аgar qalqonsimon bezning qoldiq funktsiyasi saqlanib qolgan boʼlsa, oʼrin bosuvchi davolash uchun pastroq doza yetarli boʼlishi mumkin.

Keksa yoshda, yurak ishemik kasalligi mavjudligida, yaqqol ifodalangan yoki davomli gipotireozda qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni oʼta ehtiyotkorlik bilan boshlash kerak, yaʼni birlamchi past dozani tanlash kerak, uni keyinchalik davomli vaqt oraliqlarida asta-sekin oshirib boriladi; bunda qalqonsimon bez gormonlarini tez-tez nazorati zarur boʼladi. Tajribaga binoan, tana vazni past boʼlgan patsientlarda, hamda buqoq oʼlchamlari katta boʼlgan patsientlarda preparatning pastroq dozalari yetarlicha hisoblanadi.

Baʼzi patsientlarda T4 yoki erT4 darajasi koʼtarilgan boʼlishi mumkin, shuning uchun davolash tartibi ustidan nazoratni olib borish uchun qon zardobida TTG kontsentratsiyasini aniqlash maqbul hisoblanadi.

Qoʼllanilishi                                                                                                                          Doza
                                                                                                                   (sutkada mikrogramm levotiroksin natriy)
Gipotireoz:
Katta yoshdagi patsientlar                                          Boshida                                           25 - 50
(2-4 hafta oraliq bilan 25-50 mikrogrammga oshirish)   Keyin                                           100 - 200

Buqoq qaytalanishini oldini olish:                                                                                         75 - 200

Yaxshi sifatli eutireoid buqoq:                                                                                               75 - 200

Gipertireozni tireostatik davolanish fonida adʼyuvant davolash:                                           50 - 100

Qalqisimon bezning yomon sifatli oʼsmalari sababli tireoidektomiyadan keyin:                   150 - 300

Qalqonsimon bezning supressiv stsintigrafiyasi:                                                             200 mikrogramm
                                                                                                                          (2 tabletkaga muvofiq keladi)/sut
                                                                                                   (stsintigrafiya oʼtkazilguniga qadar 14 sutka davomida)

Keksa yoshdagi odamlar
Keksa yoshdagi patsientlarda alohida holatlarda, masalan, yurak kasalliklari boʼlgan patsientlarda, TTG darajasini nazorati ostida levotiroksin natriy dozasini asta-sekin pasaytirib borish afzal hisoblanadi.

Pediatrik profildagi patsientlar
Tugʼma va orttirilgan gipotireozda levotiroksin natriyning ushlab turuvchi dozasi, odatda sutkada tana yuzasi maydonining m2 ga 100-150 mkg ni tashkil qiladi.

Levotiroksin yetishmayotgan gormonlarni tez oʼrnini bosish talab etiladigan tugʼma gipotireozi boʼlgan yangi tugʼilgan chaqaloqlar va goʼdaklar uchun birinchi 3 oyda levotiroksin natriyning tavsiya etilgan boshlangʼich dozasi sutkada tana vaznining har kg ga 10-15 mkg ni tashkil qiladi. Keyinchalik dozaga tuzatish kiritishni klinik maʼlumotlar, hamda tireoid gormonlar va TTG darajasidan kelib chiqqan holda shaxsiy tartibda oʼtkazish kerak.

Orttirilgan gipotireozi boʼlgan bolalar uchun levotiroksin natriyning tavsiya etiladigan boshlangʼich dozasi sutkada 12,5-50 mkg ni tashkil qiladi. Klinik maʼlumotlardan, hamda tireoid gormonlar va TTG darajasidan kelib chiqqan holda, dozani har 2-4 hafta oraliq bilan asta-sekin, toki oʼrin bosuvchi davolash uchun talab etiladigan dozaga toʼliq hajmda erishilmagunga qadar, oshirib borish kerak.

Tabletkani boʼlish boʼyicha izoh
Tabletkani teng dozali qismlarga boʼlish mumkin.

Tabletkani boʼlish uchun chizigʼini tepaga qaratgan holda qattiq tekis yuzaga joylashtiring. Tabletkaga barmoq bilan bosilganidan keyin, u ikki boʼlakka boʼlinadi.

 
Qoʼllash usuli
Preparatni toʼliq sutkalik dozada och qoringa, suyuqlik ichgan holda qabul qilinadi; preparat ertalab, nonushtadan kamida yarim soat oldin qabul qilinadi.

Bolalarga preparatni toʼliq sutkalik dozada, kun davomidagi birinchi ovqat qabulidan, kamida yarim soat avval beriladi. Tabletkani suspenziya koʼrinishida ham qabul qilish mumkin. Buning uchun, uni koʼp boʼlmagan suv miqdorida (10-15 ml) eritish kerak, keyin hosil boʼlgan suspenziyaga, u albatta yangi tayyorlangan boʼlishi kerak (u zarurat boʼyicha tayyorlanadi), yana ozgina suyuqlik (5-10 ml) qoʼshib, patsientga berish zarur.

Qoʼllash davomiyligi
Gipotireozda va qalqonsimon bezning yomon sifatli oʼsmalari sababli tireoidektomiyadan keyin, odatda butun umr davomida; eutireoid buqoqda va buqoq qaytalanishini oldini olish - bir necha oydan yoki yildan to butun umr davomida; gipertireozda adʼyuvant davolash uchun - tireostatik davolashning davomiyligiga bogʼliq holda.

Eutireoid buqoqda davolash davomiyligi 6 oydan ikki yilgacha boʼlishi kerak. Аgar ushbu vaqt davomida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan davolash istalgan natijaga olib kelmasa, davolashning boshqa variantlarini koʼrib chiqish kerak.

Qalqonsimon bez supressiyasi bilan sinama
Qalqonsimon bez supressiyasi bilan sinama oʼtkazishda har kuni 14 kun davomida natriy levotiroksinni 150-200 mkg dan qabul qilinadi.

Аgar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi qabul qilishni unutgan boʼlsangiz 
Аgar Siz preparatni juda past dozada qabul qilgan boʼlsangiz yoki uning qabul qilinishini oʼtkazib yuborgan boʼlsangiz, oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni qoplash uchun dori vositasini ikkilangan dozada qabul qilmang, balki qabul qilishning oʼrnatilgan davriyligiga rioya qiling    .

Аgar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishni bekor qilgan boʼlsangiz
Davolash muvaffaqiyatli boʼlishi uchun, L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini buyurilgan dozada muntazam qabul qilish kerak. Davolashni oʼz ixtiyoriga binoan oʼzgartirish, toʼxtatish yoki muddatidan avval yakunlash hech qanday holatda mumkin emas, chunki kasallik simptomlari qaytalanishi mumkin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilganligini koʼrsatkichi sifatida T3 darajasini oshishi T4 yoki erT4 darajasini oshishiga nisbatan ishonchliroq hisoblanadi.

Dozani oshirib yuborilishi va intoksikatsiya holatida metabolizmning oʼrtacha yoki ahamiyatli tezlashishi uchun xos boʼlgan simptomlar vujudga keladi («Nojoʼya taʼsirlar» boʼlimiga qarang). Dozani oshirib yuborilishi darajasiga bogʼliq holda preparat qabul qilinishini toʼxtatish va nazorat tekshiruvidan oʼtish tavsiya etiladi.

Odamda 10 mg dozagacha levotiroksin bilan intoksikatsiya holatlari (suitsid urinishlar) asoratlarsiz oʼtadi. Аgar anamnezida yurak ishemik kasalligi boʼlmasa, hayotiy muhim funktsiyalar (nafas olish va qon aylanishi) kabi jiddiy asoratlarning rivojlanishi ehtimoli kam hisoblanadi. Shunga qaramay, tireotoksik kriz, tirishishlar, yurak yetishmovchiligi va koma rivojlanishi haqidagi xabarlar mavjud. Аnamnezda levotiroksin koʼp yillar davomida suisteʼmol qilgan patsientlarda toʼsatdan yurak oʼlimi haqidagi alohida xabarlar mavjud.

Oʼtkir dozani oshirib yuborilishi holatlarida meʼda-ichak yoʼlidan preparatning soʼrilishini faollashtirilgan koʼmirni qabul qilish yordamida pasaytirish mumkin. Davolash odatda simptomatik va ushlab turuvchi xarakterga ega. Ogʼir darajada ifodalangan beta-simpatomimetik tabiatdagi simptomlarni, masalan, taxikardiya, havotirlik, qoʼzgʼaluvchanlik yoki giperkinezlarni beta-blokatorlarni qoʼllash hisobiga kamaytirish mumkin. Tireostatiklarni qoʼllash koʼrsatilmagan, chunki qalqonsimon bez faoliyati allaqachon bostirilgan boʼladi.

Preparat juda yuqori dozada qabul qilingan holatda (suitsid urinish) plazmaferez oʼtkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Levotiroksin dozasi oshirib yuborilganda uzoq muddatli kuzatuv zarur. Levotiroksin liotironinga asta-sekin aylanishi sababli, simptomlarning rivojlanishi 6 kungacha tutilish bilan amalga oshishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Ona va homilaning optimal salomatligini taʼminlash uchun homilador ayollarda qalqonsimon bez gormonlarining darajasi meʼyor chegarasida boʼlishi muhimdir. Bugungi kungacha homiladorlik vaqtida levotiroksinning keng qoʼllanilishiga qaramasdan, uning homiladorlik kechishiga yoki homilaning/yangi tugʼilgan chaqaloqning sogʼligʼiga nojoʼya taʼsirlari borligi haqida maʼlumotlar yoʼq. 

Homiladorlik vaqtida estrogen sababli levotiroksinga boʼlgan ehtiyoj oshishi mumkin. Shu sababli, homiladorlik vaqtida va homiladorlikdan keyin qalqonsimon bez faoliyatini nazorat qilish, zarur holatlarda esa, qalqonsimon bez gormonining dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Qon zardobida TTG darajasi oshishi homiladorlikning 4-haftasidan boshlab, kuzatilishi tufayli, levotiroksin qabul qilayotgan homilador ayollar homiladorlikning har bir trimestrida ona zardobida TTG darajasi muvofiq etalon diapazon oraligʼida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, har trimestrda TTG darajasini oʼlchash kerak. Qon zardobida TTG darajasi oshganda, levotiroksin dozasini oshirish orqali tuzatish kiritish kerak.Tugʼruqdan keyin TTG darajasi homiladorlikdan oldingi darajaga oʼxshash boʼlgani uchun, levotiroksinning homiladorlikdan oldingi dozasi tugʼruqdan keyin darhol qaytarilishi kerak. Qon zardobida TTG darajasini tugʼruqdan 6-8 haftadan keyin amalga oshirish kerak.

Homiladorlik vaqtida tireostatiklar bilan gipertireozni davolashda adʼyuvant davolash sifatida levotiroksinni qoʼllash mumkin emas. Levotiroksin qoʼshimcha qabul qilinsa, tireostatiklar dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Levotiroksindan farqli, tireostatiklar samaraga ega boʼlgan dozalarda yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtishi mumkin. Bu homilada gipotireozga olib kelishi mumkin. Shu sababli gipertireozi boʼlgan homilador ayollarda tireostatik vositalarni bir komponentli davolash sifatida va past dozalarda qoʼllash kerak.

Emizish davri 
Levotiroksin laktatsiya davrida ona sutiga oʼtishi mumkin, ammo tavsiya etilgan terapevtik darajaga mos keladigan dozalarda qoʼllanganida erishiladigan kontsentratsiya chaqaloqlarda gipertireoz rivojlanishi yoki TTG sekretsiyasini bostirish uchun yetarli boʼlmaydi.

Xususiyatlari

Oʼtkir toksiklik
Levotiroksin juda past oʼtkir toksiklikka ega.

Surunkali toksiklik
Surunkali toksiklik boʼyicha tadqiqotlar har xil turdagi hayvonlarda (kalamushlarda, kuchuklarda) oʼtkazilgan. Kalamushlarda yuqori dozalarda preparatni qoʼllash fonida jigarga toksik taʼsir, spontan nefrozlar tez-tezligi oshishi, hamda aʼzolar vaznining oʼzgarishi qayd etilgan. Kuchuklarda ahamiyatli nojoʼya taʼsirlar kuzatilmagan.

Mutagenlik
Levotiroksinning mutagen potentsiali haqidagi tadqiqot materiali mavjud emas. Hozirgi kungacha naslda tireoid gormonlarning taʼsiri ostida genomda oʼzgarishlar bilan chaqirilgan buzilishlar vujudga kelishini koʼrsatuvchi hech qanday maʼlumotlar olinmagan.

Kantserogenlik
Hayvonlarda levotiroksinning kantserogen taʼsiri boʼyicha uzoq muddatli tadqiqotlar oʼtkazilmagan.

Reproduktiv tizimga nisbatan toksiklik
Qalqonsimon bez gormonlari yoʼldosh toʼsigʼi orqali juda kam miqdorda oʼtadi.

Erkaklar yoki ayollarning fertilligiga zararli taʼsir haqidagi tadqiqot materiallari mavjud emas. Bunga biron bir shubhalar yoki koʼrsatmalar yoʼq.

Hajm/og'irlik

100мкг

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Ushbu preparatni «Goden do» soʼzlaridan keyin qutida va blisterda koʼrsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qoʼllanilmasin. Yaroqlilik muddati, koʼrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 o'xshash dorilari

DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
Retseptli
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
Ukraina
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•102 ta dorixonada bor
Narxi
16 856 so'm dan
Narxi
50 000 so'm dan
SERTOSPAN suspenziya 1ml 5 mg+2 mg/ml N1
SERTOSPAN suspenziya 1ml 5 mg+2 mg/ml N1
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr. Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
•69 ta dorixonada bor
Narxi
39 500 so'm dan
SLIDERON tabletkalari 16mg N20
Retseptli
SLIDERON tabletkalari 16mg N20
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Razgrad AD
•4 ta dorixonada bor
Narxi
180 000 so'm dan

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 xususiyatlari

L-Tiroksin boshqa chiqarish shakllari

L TIROKSIN tabletkalari 100mkg N50
L TIROKSIN tabletkalari 100mkg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
Narxi
25 900 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Retseptli
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
Narxi
25 900 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN tabletkalari 50mkg N50
L TIROKSIN tabletkalari 50mkg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
Narxi
10 000 so'm dan

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 analoglari

EUTIROKS tabletkalari 50mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 50mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
Narxi
37 300 so'm dan
EUTIROKS tabletkalari 100mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 100mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
Narxi
40 000 so'm dan
EUTIROKS tabletkalari 25mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 25mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
Narxi
115 000 so'm dan
EUTIROKS tabletkalari 75mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 75mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
Narxi
45 000 so'm dan
EUTIROKS tabletkalari 125mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 125mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
Narxi
54 000 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Retseptli
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
Narxi
25 900 so'm dan
L TIROKSIN tabletkalari 100mkg N50
L TIROKSIN tabletkalari 100mkg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
Narxi
25 900 so'm dan
L TIROKSIN tabletkalari 50mkg N50
L TIROKSIN tabletkalari 50mkg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
Narxi
10 000 so'm dan
EUTIROKS tabletkalari 150mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 150mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
Narxi
56 900 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narxi
10 000 so'm dan
EUTIROKS tabletkalari 50mkg N100
Retseptli
EUTIROKS tabletkalari 50mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KGaA
Narxi
37 300 so'm dan

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
25 900 so'm
Bron qilish

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 haqida savollar

L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil