L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50

L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50 o'xshash dorilari

L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng levotiroksin deyarli faqat ingichka ichakning yuqori qismidan so'riladi. Qabul qilingan dozaning 80% gachasi so'riladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish levotiroksin so'rilishini pasaytiradi. Qon zardobida Cmax ga ichga qabul qilingandan taxminan 5-6 soat o'tgach erishiladi.
Taqsimlanishi
Zardob oqsillari (tiroksin bog'lovchi globulin, tiroksin bog'lovchi prealbumin va albumin) bilan 99% dan ortiq bog'lanadi. Turli to'qimalarda levotiroksinning taxminan 80% monodeyodlanishi sodir bo'lib, triyodtironin (T) va faol bo'lmagan mahsulotlar hosil bo'ladi.
Metabolizmi
Tireoid gormonlar asosan jigar, buyraklar, bosh miya va mushaklarda metabolizmga uchraydi. Preparatning oz miqdori dezaminlanish va dekarboksillanishga, shuningdek sulfat va glyukuron kislotalari bilan konyugatsiyalanishga (jigarda) uchraydi.
Chiqarilishi
Metabolitlar siydik va safro bilan chiqariladi.
T 6-7 kunni tashkil qiladi.
Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi
Tireotoksikozda T 3-4 kungacha qisqaradi, gipotireozda esa 9-10 kungacha uzayadi.
Qalqonsimon bez gormonining sintetik preparati, tiroksinning chapga aylanuvchi izomeri. Triyodtironinga qisman aylangandan (jigar va buyraklarda) va organizm hujayralariga o'tgandan so'ng, to'qimalarning rivojlanishi va o'sishiga, moddalar almashinuviga ta'sir ko'rsatadi.
Kichik dozalarda oqsil va yog' almashinuviga anabolik ta'sirga ega. O'rtacha dozalarda o'sish va rivojlanishni rag'batlantiradi, to'qimalarning kislorodga bo'lgan ehtiyojini oshiradi, oqsillar, yog'lar va uglevodlar metabolizmini rag'batlantiradi, yurak-qon tomir tizimi va MNS funktsional faolligini oshiradi. Yuqori dozalarda gipotalamusning TTKG va gipofizning TTG ishlab chiqarishini susaytiradi.
Terapevtik samara 7-12 kundan keyin kuzatiladi, preparat bekor qilingandan keyin ham shuncha vaqt davomida ta'siri saqlanib qoladi. Gipotireozda klinik samara 3-5 kundan keyin namoyon bo'ladi. Diffuz bo'qoq 3-6 oy ichida kichrayadi yoki yo'qoladi.
Preparat ko'rsatmalar bo'yicha tavsiya etilgan dozalarda shifokor nazorati ostida qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmaydi.
Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Gipofiz shikastlanishi bilan bog'liq gipotireozda bir vaqtda buyrak usti bezi po'stlog'i yetishmovchiligi mavjudligini aniqlash kerak. Bunday holda o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanishining oldini olish uchun gipotireozni tireoid gormonlar bilan davolashni boshlashdan oldin GKS bilan o'rin bosuvchi terapiyani boshlash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini haydash va diqqatni yuqori jamlashni talab qiladigan ishga ta'sir qilmaydi.
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- davolanmagan tireotoksikoz;
- o'tkir miokard infarkti, o'tkir miokardit;
- davolanmagan buyrak usti bezi faoliyati yetishmovchiligi.
Ehtiyotkorlik bilan YIK (ateroskleroz, stenokardiya, anamnezda miokard infarkti), arterial gipertenziya, aritmiyada, qandli diabetda, uzoq vaqt davom etgan og'ir gipotireozda, malabsorbtsiya sindromida (dozani tuzatish talab qilinishi mumkin) preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Levotiroksin bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, bu ularning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlarni levotiroksin bilan qo'llash antidepressantlar ta'sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Tireoid gormonlar insulin va peroral gipoglikemik preparatlarga bo'lgan ehtiyojni oshirishi mumkin. Qon glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish levotiroksin bilan davolash boshlangan davrlarda, shuningdek preparat dozasi o'zgartirilganda tavsiya etiladi.
Levotiroksin yurak glikozidlari ta'sirini pasaytiradi. Kolestiramin, kolestipol va alyuminiy gidroksidi bir vaqtda qo'llanilganda uning ichakda so'rilishini tormozlash hisobiga levotiroksinning plazmadagi konsentratsiyasini kamaytiradi.
Anabolik steroidlar, asparaginaza, tamoksifen bilan bir vaqtda qo'llanilganda oqsil bilan bog'lanish darajasida farmakokinetik o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin.
Fenitoin, salitsilatlar, klofibrat, furosemid bilan yuqori dozalarda bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanmagan levotiroksin va T miqdori oshadi.
Somatotropin levotiroksin bilan bir vaqtda qo'llanilganda epifizar o'sish zonalarining yopilishini tezlashtirishi mumkin.
Fenobarbital, karbamazepin va rifampitsinni qabul qilish levotiroksin klirensini oshirishi va dozani oshirishni talab qilishi mumkin.
Estrogenlar tireoglobulin bilan bog'langan fraksiya konsentratsiyasini oshiradi, bu preparat samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Amiodaron, aminoglutetimid, PASK, etionamid, tireoidga qarshi dori vositalari, beta-adrenoblokatorlar, karbamazepin, xloralgidrat, diazepam, levodopa, dopamin, metoklopramid, lovastatin, somatostatin preparat sintezi, sekretsiyasi, taqsimlanishi va metabolizmiga ta'sir ko'rsatadi.
Sutkalik doza ko'rsatmalarga qarab individual ravishda belgilanadi.
L-Tiroksin Berlin-Xemi sutkalik dozada ertalab och qoringa, ovqatlanishdan kamida 30 daqiqa oldin, tabletkani chaynamasdan va oz miqdordagi suyuqlik (yarim stakan suv) bilan ichiladi.
Gipotireozning o'rinbosar terapiyasini o'tkazishda yurak-qon tomir kasalliklari bo'lmagan 55 yoshdan kichik bemorlarga L-Tiroksin Berlin-Xemi tana vazniga 1,6-1,8 mkg/kg sutkalik dozada tayinlanadi; 55 yoshdan katta yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarga - tana vazniga 0,9 mkg/kg. Jiddiy semirishda hisob-kitobni "ideal tana vazni"ga qilish kerak.
| Gipotireozda o'rinbosar terapiyaning boshlang'ich bosqichi | |
| Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lmagan 55 yoshdan kichik bemorlar | Boshlang'ich doza: ayollar - 50-100 mkg/sut, erkaklar - 50-150 mkg/sut |
| Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan yoki 55 yoshdan katta bemorlar | Boshlang'ich doza - 25 mkg/sut. Qondagi TTG darajasi normallashguniga qadar 2 oy oraliq bilan 25 mkg ga oshiriladi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan simptomlar paydo bo'lganda yoki yomonlashganda yurak-qon tomir kasalliklari terapiyasini to'g'irlash o'tkaziladi. |
| Tug'ma gipotireozni davolash uchun tiroksinning tavsiya etiladigan dozalari | ||
| Yoshi | Tiroksinning sutkalik dozasi (mkg) | Tiroksin dozasi tana vazniga nisbatan (mkg/kg) |
| 2 yoshdan 10 yoshgacha | ||
| 10 yoshdan 16 yoshgacha | ||
| >16 yosh | ||
| Ko'rsatmalar | L-Tiroksin Berlin-Xemi tavsiya etiladigan dozalari (mkg/sut) | |||
| Eutireoid zobni davolash | ||||
| Eutireoid zobni jarrohlik yo'li bilan davolashdan keyin retsidiv profilaktikasi | ||||
| Tireotoksikoz kompleks terapiyasida | ||||
| Qalqonsimon bez saratoni supressiv terapiyasi | ||||
| Tireoid supressiya testi | Testdan 4 hafta oldin | Testdan 3 hafta oldin | Testdan 2 hafta oldin | Testdan 1 hafta oldin |
Preparatni aniq dozalash uchun L-Tiroksin Berlin-Xemi preparatining eng mos dozasini (50, 75, 100, 125 yoki 150 mkg) ishlatish kerak.
Og'ir uzoq davom etgan gipotireozda davolashni alohida ehtiyotkorlik bilan, kichik dozalardan - sutkasiga 25 mkg dan boshlash kerak, dozani uzoqroq vaqt oralig'ida - har 2 haftada sutkasiga 25 mkg ga oshirib borish va qondagi TTG darajasini tez-tez aniqlash kerak. Gipotireozda L-Tiroksin Berlin-Xemi, qoida tariqasida, butun umr davomida qabul qilinadi.
Tireotoksikozda L-Tiroksin Berlin-Xemi tireostatiklar bilan kompleks terapiyada eutireoid holatga erishilgandan keyin qo'llaniladi. Barcha holatlarda preparat bilan davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.
Go'daklar va 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga L-Tiroksin Berlin-Xemi preparatining sutkalik dozasi birinchi ovqatlantirishdan 30 daqiqa oldin bir qabulda beriladi. Tabletka suvda yupqa suspenziyagacha eritiladi, u bevosita preparatni qabul qilishdan oldin tayyorlanadi.
Xususiyatlar L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
L-Tiroksin boshqa chiqarish shakllari




















