Apteka.uz
SavatKirish

L-Tiroksin

L-Tiroksin chiqarilish shakllari

L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
•75 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N100
Retseptli
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50
Retseptli
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
•79 ta dorixonada bor
Narxi
11 800 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
•75 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN tabletkalari 50mkg N50
L TIROKSIN tabletkalari 50mkg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•75 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
L TIROKSIN tabletkalari 100mkg N50
L TIROKSIN tabletkalari 100mkg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•79 ta dorixonada bor
Narxi
11 800 so'm dan
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Retseptli
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
•79 ta dorixonada bor
Narxi
11 800 so'm dan
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Retseptli
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
•75 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
- L-Tiroksin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- L-Tiroksinning tarkibi
- L-Tiroksin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- L-Tiroksin narxi Toshkent dorixonalarida

L-Tiroksin haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • - gipotireoz; - eutireoid buqoq; - qalqonsimon bez rezektsiyasidan keyin o'rinbosar terapiya sifatida va buqoq qaytalanishining oldini olish uchun; - qalqonsimon bez saratoni (jarrohlik davolashdan keyin); - diffuz toksik buqoq: tireostatiklar bilan eutireoid holatga erishilgandan so'ng (kombinatsiyalangan yoki monoterapiya ko'rinishida); - tireoid supressiya testini o'tkazishda diagnostik vosita sifatida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • - preparatga yuqori individual sezuvchanlik; - davolanmagan tireotoksikoz; - o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir miokardit; - davolanmagan buyrak usti bezi yetishmovchiligi. Ehtiyotkorlik bilan yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida: YIK (ateroskleroz, stenokardiya, anamnezda miokard infarkti), arterial gipertenziya, aritmiya; qandli diabetda, uzoq vaqt davom etgan og‘ir gipotireozda, qandsiz diabetda, anamnezda tireotoksikozda, gipofiz yetishmovchiligida, malabsorbtsiya sindromida (dozani to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin). Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi: Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida gipotireoz sababli tayinlangan levotiroksin bilan terapiya davom ettirilishi kerak. Homiladorlik davrida tiroksin bog‘lovchi globulin miqdori oshishi sababli preparat dozasini oshirish talab etiladi. Laktatsiya davrida ko‘krak suti bilan ajralib chiqadigan tireoid gormon miqdori

Tarkibi

  • levotiroksin natriy 100 mkg Yordamchi moddalar: ikki suvli kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy tuzi (A turi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar. levotiroksin natriy 100 mkg Yordamchi moddalar: ikki suvli kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy tuzi (A turi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar levotiroksin natriy 125 mkg Yordamchi moddalar: ikki suvli kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy tuzi (A turi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar. levotiroksin natriy 150 mkg Yordamchi moddalar: ikki suvli kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy tuzi (A turi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar. Levotiroksin natriy 50 mkg Yordamchi moddalar: ikki suvli kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy tuzi (A turi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar. Levotiroksin natriy 50mkg; Yordamchi moddalar: laktoza, povidon, magniy stearati, oldindan jelatinlangan kraxmal, MKTs levotiroksin natriy 75 mkg Yordamchi moddalar: ikki suvli kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy tuzi (A turi), dekstrin, uzun zanjirli partsial glitseridlar Levotiroksin natriy 100mkg; Yordamchi moddalar: laktoza /sut qandi/, povidon, magniy stearati, oldindan jelatinlangan kraxmal, MKTs

Farmakodinamikasi

Taʼsir mexanizmi
L-Tiroksin 50 Berlin-Xemi preparati tarkibiga kiruvchi sintetik levotiroksin, oʼzining taʼsiri boʼyicha, asosan, qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariluvchi tabiiy tireoid gormonga oʼxshab ketadi. Organizm uchun endogen va ekzogen levotiroksin orasidagi farqlar mavjud emas.

Farmakodinamik taʼsiri
Аsosan jigarda va buyraklarda liotironinga (T3) qisman aylanib, organizm hujayralariga kirib borganidan keyin tireoid gormonlar T3-retseptorlarni faollashtirish orqali rivojlanishga, oʼsishga va metabolizmga taʼsir koʼrsatib, oʼziga xos taʼsir qiladi.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Tireoid gormonlar oʼrnini bosish metabolizm jarayonlarini meʼyorlashishiga olib keladi. Masalan, levotiroksin qabul qilish gipotireoz sababli yuzaga kelgan xolesterinning koʼtarilgan darajasini ahamiyatli pasayishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ichga qabul qilingandan so‘ng levotiroksin deyarli faqat ingichka ichakning yuqori qismidan so‘riladi. Qabul qilingan dozaning 80% gachasi absorbtsiya qilinadi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish levotiroksin absorbtsiyasini pasaytiradi. Qon zardobida Cmax ichga qabul qilingandan so‘ng taxminan 5-6 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi: Zardob oqsillari bilan (tiroksin bog‘lovchi globulin, tiroksin bog‘lovchi prealbumin va albumin) 99% dan ortiq bog‘lanadi. Turli to‘qimalarda levotiroksinning taxminan 80% monodeyodlanishi sodir bo‘lib, triyodtironin (T3) va faol bo‘lmagan mahsulotlar hosil bo‘ladi. Metabolizmi: Tiroid gormonlar asosan jigarda, buyraklarda, bosh miyada va mushaklarda metabolizmga uchraydi. Preparatning oz miqdori dezaminlanish va dekarboksillanishga, shuningdek sulfat va glyukuron kislotalari bilan kon'yugatsiyalanishga (jigarda) uchraydi. Chiqarilishi: Metabolitlar siydik va safro bilan chiqariladi. T1/2 6-7 kunni tashkil qiladi. Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi: Tireotoksikozda T1/2 3-4 kungacha qisqaradi, gipotireozda esa 9-10 kungacha uzayadi.

Farmakologik ta'siri

Tiroksinning sintetik chapga aylanuvchi izomeri. Triyodtironinga (jigar va buyraklarda) qisman aylangandan va organizm hujayralariga o'tgandan so'ng, to'qimalarning rivojlanishi va o'sishiga, moddalar almashinuviga ta'sir qiladi. Kichik dozalarda oqsil va yog' almashinuviga anabolik ta'sir ko'rsatadi. O'rtacha dozalarda o'sish va rivojlanishni rag'batlantiradi, to'qimalarning kislorodga bo'lgan ehtiyojini oshiradi, oqsillar, yog'lar va uglevodlar metabolizmini rag'batlantiradi, yurak-qon tomir tizimi va markaziy nerv sistemasining funktsional faolligini oshiradi. Yuqori dozalarda gipotalamusning tireotropin-rilizing gormoni va gipofizning tireotrop gormoni ishlab chiqarilishini bostiradi. Terapevtik ta'sir 7-12 kundan keyin kuzatiladi, preparat bekor qilingandan keyin ham xuddi shu vaqt davomida ta'siri saqlanib qoladi. Gipotireozda klinik ta'sir 3-5 sutkadan keyin namoyon bo'ladi. Diffuz bo'qoq 3-6 oy ichida kamayadi yoki yo'qoladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Gipertireoz simptomlari: (yuqori dozalarda qo'llanilganda, shu jumladan davolash kursi boshida doza juda tez oshirilganda) taxikardiya, palpitatsiya, aritmiyalar, stenokardiya xurujlari, bosh og'rig'i, asabiylik, tremor, uyqu buzilishi, ichki bezovtalik hissi, mushak kuchsizligi va tirishishlar, tana vaznining yo'qolishi, diareya, hayz tsiklining buzilishi, qusish bo'lishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Ona va homilaning optimal salomatligini taʼminlash uchun homilador ayollarda qalqonsimon bez gormonlarining darajasi meʼyor chegarasida boʼlishi muhimdir. Bugungi kungacha homiladorlik vaqtida levotiroksinning keng qoʼllanilishiga qaramasdan, uning homiladorlik kechishiga yoki homilaning/yangi tugʼilgan chaqaloqning sogʼligʼiga nojoʼya taʼsirlari borligi haqida maʼlumotlar yoʼq. 

Homiladorlik vaqtida estrogen sababli levotiroksinga boʼlgan ehtiyoj oshishi mumkin. Shu sababli, homiladorlik vaqtida va homiladorlikdan keyin qalqonsimon bez faoliyatini nazorat qilish, zarur holatlarda esa, qalqonsimon bez gormonining dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Qon zardobida TTG darajasi oshishi homiladorlikning 4-haftasidan boshlab, kuzatilishi tufayli, levotiroksin qabul qilayotgan homilador ayollar homiladorlikning har bir trimestrida ona zardobida TTG darajasi muvofiq etalon diapazon oraligʼida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, har trimestrda TTG darajasini oʼlchash kerak. Qon zardobida TTG darajasi oshganda, levotiroksin dozasini oshirish orqali tuzatish kiritish kerak.Tugʼruqdan keyin TTG darajasi homiladorlikdan oldingi darajaga oʼxshash boʼlgani uchun, levotiroksinning homiladorlikdan oldingi dozasi tugʼruqdan keyin darhol qaytarilishi kerak. Qon zardobida TTG darajasini tugʼruqdan 6-8 haftadan keyin amalga oshirish kerak.

Homiladorlik vaqtida tireostatiklar bilan gipertireozni davolashda adʼyuvant davolash sifatida levotiroksinni qoʼllash mumkin emas. Levotiroksin qoʼshimcha qabul qilinsa, tireostatiklar dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Levotiroksindan farqli, tireostatiklar samaraga ega boʼlgan dozalarda yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtishi mumkin. Bu homilada gipotireozga olib kelishi mumkin. Shu sababli gipertireozi boʼlgan homilador ayollarda tireostatik vositalarni bir komponentli davolash sifatida va past dozalarda qoʼllash kerak.

Emizish davri 
Levotiroksin laktatsiya davrida ona sutiga oʼtishi mumkin, ammo tavsiya etilgan terapevtik darajaga mos keladigan dozalarda qoʼllanganida erishiladigan kontsentratsiya chaqaloqlarda gipertireoz rivojlanishi yoki TTG sekretsiyasini bostirish uchun yetarli boʼlmaydi.

Dozirovkasi

  • 100 mkg 125 mkg 150 mkg 50 mkg 75 mkg

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganda tireotoksikozga xos bo‘lgan belgilar kuzatiladi: yurak urishi, yurak ritmining buzilishi, yurak sohasida og‘riq, bezovtalik, tremor, uyquning buzilishi, ko‘p terlash, ishtahaning oshishi, tana vaznining kamayishi, diareya.

Dori shaklining ta'rifi

  • tabletkalar Oq rangli, dumaloq, yassi, chetlari qiya, bir tomonida chiziqchasi bo'lgan tabletkalar Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq tabletkalar Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo'lish uchun chiziqchasi va ikkinchi tomonida "100" yozuvi bo'lgan tabletkalar. Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo'lish uchun chiziqchasi va ikkinchi tomonida "100" yozuvi bo'lgan tabletkalar. Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo'lish uchun chiziqchasi va ikkinchi tomonida "125" yozuvi bo'lgan tabletkalar Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo'lish uchun chiziqchasi va ikkinchi tomonida "150" yozuvi bo'lgan tabletkalar. Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo'lish uchun chiziqchasi va ikkinchi tomonida "50" yozuvi bo'lgan tabletkalar Oqdan och-bej ranggacha bo'lgan, dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo'lish uchun chiziqchasi va ikkinchi tomonida "75" yozuvi bo'lgan tabletkalar.

Maxsus ko‘rsatmalari

Gipofiz shikastlanishi bilan bog'liq gipotireozda, bir vaqtning o'zida buyrak usti bezi po'stlog'i yetishmovchiligi bor-yo'qligini aniqlash kerak. Bunday holda o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanishining oldini olish uchun GKS bilan o'rin bosuvchi terapiyani gipotireozni tireoid gormonlar bilan davolashni boshlashdan oldin boshlash kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparat transport vositalarini haydash va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levotiroksin bilvosita antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytiradi, bu ularning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlarni levotiroksin bilan qo‘llash antidepressantlar ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tireoid gormonlar insulinga va peroral gipoglikemik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin. Levotiroksin bilan davolash boshlanish davrlarida, shuningdek preparat dozasi o‘zgartirilganda qon glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish tavsiya etiladi. Levotiroksin yurak glikozidlari ta’sirini kamaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda kolestiramin, kolestipol va alyuminiy gidroksid ichakda so‘rilishini tormozlash hisobiga levotiroksinning plazmadagi konsentratsiyasini kamaytiradi. Anabolik steroidlar, asparaginaza, tamoksifen bilan bir vaqtda qo‘llanilganda oqsil bilan bog‘lanish darajasida farmakokinetik o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sutkalik doza ko'rsatmalarga qarab individual ravishda belgilanadi.

L-Tiroksin Berlin-Xemi sutkalik dozada ertalab och qoringa, ovqatlanishdan kamida 30 daqiqa oldin, tabletkani chaynamasdan va oz miqdordagi suyuqlik (yarim stakan suv) bilan ichish orqali qabul qilinadi.

Gipotireozda o'rinbosar terapiyani o'tkazishda yurak-qon tomir kasalliklari bo'lmagan 55 yoshgacha bo'lgan bemorlarga L-Tiroksin Berlin-Xemi 1,6-1,8 mkg/kg tana vazni sutkalik dozasida; 55 yoshdan oshgan yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarga - 0,9 mkg/kg tana vazni dozasida buyuriladi. Jiddiy semizlikda hisoblash "ideal tana vazni"ga qarab amalga oshirilishi kerak.

Gipotireozda o'rinbosar terapiyaning boshlang'ich bosqichi
Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lmagan 55 yoshgacha bo'lgan bemorlar Boshlang'ich doza:
ayollar - 50-100 mkg/sut,
erkaklar - 50-150 mkg/sut
Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan yoki 55 yoshdan oshgan bemorlar Boshlang'ich doza - 25 mkg/sut.
Qonda TTG darajasi normallashguncha 2 oylik oraliq bilan 25 mkg ga oshirib boriladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan simptomlar paydo bo'lganda yoki yomonlashganda yurak-qon tomir kasalliklari terapiyasini to'g'irlash kerak.
Tug'ma gipotireozni davolash uchun tavsiya etilgan tiroksin dozalari
Yosh Tiroksinning sutkalik dozasi (mkg) Tana vazniga nisbatan tiroksin dozasi (mkg/kg)
2 dan 10 yoshgacha
10 dan 16 yoshgacha
>16 yosh
Ko'rsatmalar L-Tiroksin Berlin-Xemi tavsiya etilgan dozalari (mkg/sut)
Eutireoid bo'qoqni davolash
Eutireoid bo'qoq jarrohlik yo'li bilan davolangandan keyin qaytalanishini oldini olish
Tireotoksikoz kompleks terapiyasida
Qalqonsimon bez saratonining supressiv terapiyasi
Tireoid supressiya testi Testdan 4 hafta oldin Testdan 3 hafta oldin Testdan 2 hafta oldin Testdan 1 hafta oldin

Preparatni aniq dozalash uchun L-Tiroksin Berlin-Xemi preparatining eng mos dozasini (50, 75, 100, 125 yoki 150 mkg) ishlatish kerak.

Og'ir uzoq vaqt mavjud bo'lgan gipotireozda davolashni alohida ehtiyotkorlik bilan, kichik dozalardan - 25 mkg/sut dan boshlash kerak, dozani uzoqroq vaqt oralig'ida - har 2 haftada 25 mkg/sut ga tutib turuvchi dozagacha oshiriladi va qonda TTG darajasi tez-tez aniqlanadi. Gipotireozda L-Tiroksin Berlin-Xemi odatda butun umr davomida qabul qilinadi.

Tireotoksikozda L-Tiroksin Berlin-Xemi tireostatiklar bilan kompleks terapiyada eutireoid holatga erishilgandan so'ng qo'llaniladi. Barcha hollarda preparat bilan davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.

Emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga L-Tiroksin Berlin-Xemi preparatining sutkalik dozasi birinchi ovqatlantirishdan 30 daqiqa oldin bir qabulda beriladi. Tabletka suvda yupqa suspenziyagacha eritiladi, u bevosita preparatni qabul qilishdan oldin tayyorlanadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. L-Tiroksin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

L-Tiroksin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
25 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 900 so'm
Bron qilish

L-Tiroksin haqida savollar

L-Tiroksin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil