29 900 s`om dan
Dorixonalardan izlash48 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish42 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
EUTIROKS®
EUTHYROX
Preparatning savdo nomi: Eutiroks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy levotiroksini
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: natriy levotiroksini – 50 mkg, 100 mkg;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali – 25,00 mg; jelatin – 5,00 mg; natriy kroskarmellozasi – 3,50 mg; magniy stearati – 0,50 mg; laktoza monogidrati –
65,925 mg/65,90 mg.
Ta‘rifi: ikki tomonlama yassi, faskali, oq rangli, dumaloq tabletkalar.
Har ikkala tomonida bo‘lish uchun riskasi, tabletkaning bir tomonida – «YeM+dozirovka» gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: qalqonsimon bez gormonlari va ularning analoglari.
ATX kodi: H03AA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Levotiroksin – Eutiroks preparatida saqlanadigan tiroksinning chapga aylanuvchi sintetik izomeri bo‘lib, qalqonsimon bezda sekresiya qilinadigan gormon samaralariga o‘xshash ta‘sir ko‘rsatadi. Levotiroksin periferik a‘zolarda endogen gormon sifatida T3 ga (triyodtironinga) aylanadi va T3-reseptorlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Inson organizmi endogen va ekzogen levotiroksin orasidagi farqni aniqlay olmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin levotiroksin ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida deyarli to‘liq (preparatning qabul qilingan dozasidan 80% gacha) so‘riladi.
tmax ga taxminan 5–6 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning klinik ta‘siri 3–5 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi. Levotiroksin qonning spesifik transport oqsillari bilan tezda (99,97% gacha) bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanish kovalent bo‘lmaydi, shu tarzda qon plazmasida bo‘lgan erkin gormon fraksiyalari bilan doimiy va tezda almashinishga qodir.
Oqsillar bilan bog‘lanish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli, levotiroksin gemodializ ta‘siriga ham, gemoperfuziya ta‘siriga ham uchramaydi.
T½ 7 kunni tashkil etadi. Tireotoksikozda ushbu davr 3–4 kunga qadar qisqaradi, gipotireozda esa 9–10 kunga qadar uzayadi. Taqsimlanish hajmi 10-12 l ni tashkil etadi. Jigarda umumiy miqdoridan 1/3 qism tireoiddan tashqari levotiroksin saqlanadi, va u qon plazmasidagi levotiroksin bilan tezda o‘zaro almashinadi. Tireoid gormonlar eng avvalo jigar, buyraklar, bosh miya va mushaklarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlar siydik va ahlat bilan chiqariladi. Levotiroksin metabolizmining umumiy klirensi sutkada taxminan 1,2 l plazmani tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Eutiroks 25-200 mikrogramm:
Eutiroks 25-100 mikrogramm:
Eutiroks 100/150/200 mikrogramm:
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Har bir pasientni davolash uchun uning shaxsiy ehtiyojlariga bog‘liq holda Eutiroks preparati 25 dan 200 mkg gacha natriy levotiroksinini saqlovchi tabletkalar shaklida chiqariladi. Shu sababli pasientlarga odatda sutkada 1 tabletkadan buyuriladi. Dozalar bo‘yicha ma‘lumot tavsiyaviy xarakterga ega. Sutkalik dozani individual ravishda, laboratoriya ko‘rsatkichlariga va kasallikning klinik holatiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Ko‘pchilik pasientlarda T4 va fT4 ning yuqori konsentrasiyalari aniqlanganligi tufayli, qon zardobida tireotrop gormonining asosiy konsentrasiyasi davolash kursini boshlash uchun yanada ishonchli asoslarni ta‘minlaydi.
Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni past dozadan boshlash va uni bosqichma-bosqich (har 2–4 haftada) zarur bo‘lgan davolash dozasiga qadar oshirib borish lozim.
Bolalar. Davolash ta‘siriga tezda erishish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tug‘ma gipotireozli yangi tug‘ilgan bolalar va go‘daklar uchun boshlang‘ich tavsiya etiladigan doza birinchi 3 oy davomida sutkada tana vaznining har bir kilogrammiga 10–15 mkg ni tashkil etadi. Bundan keyin dozaga tuzatish kiritish klinik ko‘rsatkichlar va qalqonsimon bez TTG darajasiga bog‘liq holda individual ravishda amalga oshiriladi.
Yurak-qon tomir kasalliklari va og‘ir uzoq davom etadigan gipotireozi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda davolashni o‘ta ehtiyotkorlik bilan, past dozalardan (sutkada
12,5 mkg) boshlash lozim, dozani samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga qadar uzoq vaqt oralig‘ida (har 2 haftada 12,5 mkg ga), qalqonsimon bez gormonlari darajasini muntazam nazorat qilgan holda oshirib borish kerak. To‘liq o‘rnini bosuvchi davolashni ta‘minlaydigan optimal dozadan past dozada buyurilishi TTG darajasiga to‘liq tuzatish kiritishga olib kelmasligini inobatga olish zarur. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, pastroq doza tana vazni kam va katta o‘lchamdagi tugunsimon buqog‘i bo‘lgan pasientlar uchun yetarlicha bo‘ladi.
Ko‘rsatmalar | Tavsiya etilgan dozalar (natriy levotiroksin), mkg/sutka |
Qalqonsimon bezning xavfsiz kasalliklarini davolash | 75–200 |
Eutireoid buqoqni jarrohlik operasiyasi yo‘li bilan
davolashdan keyin qaytalanishlarni oldini olish |
75–200 |
Kattalarda gipotireozni o‘rnini bosuvchi davolash:
boshlang‘ich doza bir maromda saqlab turuvchi doza |
25–50 100–200 |
Bolalarda gipotireozni o‘rnini bosuvchi davolash:
boshlang‘ich doza bir maromda saqlab turuvchi doza |
12,5–50 tana yuzasining har kvadrat metriga 100–150 mkg |
Gipertireozni antitireoid davolashni o‘tkazish vaqtida yordamchi preparat sifatida |
50–100 |
Qalqonsimon bez rakini supressiv davolash |
150–300 |
Tireoid supressiyaga test o‘tkazilishida tashhislash vositasi sifatida | Testgacha 4 hafta oldin | Testgacha 3 hafta oldin | Testgacha 2 hafta oldin | Testgacha 1 hafta oldin | |
Eutiroks 200 mkg | Sutkada 1 ta tabletka | Sutkada 1 ta tabletka | |||
Eutiroks 100 mkg | Sutkada 2 ta tabletka | Sutkada 2 ta tabletka | |||
Eutiroks 150 mkg | Sutkada ½ tabletka | Sutkada ½ tabletka | Sutkada 1 ta tabletka | Sutkada 1 ta tabletka |
Sutkalik dozani ertalab och qoringa, ovqatlanishdan yarim soat oldin katta bo‘lmagan miqdordagi (yarim stakan) suv bilan qabul qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga sutkalik dozani birinchi emizishga qadar yarim soat oldin bitta qabul qilishda beriladi. Tabletkani mayda suspenziya hosil qilingunga qadar suvda eritiladi, uni preparatni qabul qilishdan bevosita oldin tayyorlash lozim.
Eutiroksni gipotireozda, jarrohlik aralashuvlaridan (strumektomiya yoki tireoidektomiyadan) keyin, shuningdek eutireoid buqoq olib tashlanganidan keyin qaytalanishlarni oldini olish uchun o‘rnini bosuvchi davolash sifatida butun umr qo‘llanilishi kerak. Tireostatiklar bilan kompleks davolashni eutireoid holatga erishilganidan keyin buyuriladi.
Eutireoid buqoqning yengil shaklida davolash davomiyligi 6 oydan 2 yilgacha davrni tashkil etadi. Agar davolashdan keyin pasientning holati yaxshilanmasa, jarrohlik aralashuvini yoki radioaktiv yod bilan davolashni buyurish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Gipertireozning klinik simptomlari levotiroksin dozasi oshirib yuborilganida yoki agar dozani davolash boshlanishida tezda oshirib borilsa, levotiroksin ta‘sirini individual ko‘tara olinadigan dozasi oshirib yuborilganida yuzaga kelishi mumkin.
Simptomlari:
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:
Aritmiya (xilpillovchi aritmiya, ekstrasistoliya), taxikardiya, stenokardiya, quyilmalar.
Nerv tizimi tomonidan:
Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tashvish hissiyoti, miyaning soxtao‘smasi, tremor.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:
Qusish, diareya, tana vaznini kamayishi.
Teri va suyak-mushak tizimi tomonidan:
Yuqori darajada terlash, mushak zaifligi va tirishishlar.
Umumiy buzilishlar:
Tana haroratini oshishi, hayz siklini buzilishlari.
Bunday hollarda preparat dozasini pasaytirish yoki davolashni bir necha kunga to‘xtatib turish lozim. Nojo‘ya reaksiyalar yo‘qolganidan keyin davolashni davom ettirish mumkin. Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda terida va nafas yo‘llari tomonidan allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Kvinke shishi rivojlanishi hollari haqida ma‘lumot kelib tushgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antidiabetik vositalar: levotiroksin diabetga qarshi preparatlarning ta‘sirini pasaytirishi mumkin. Shu sababli levotiroksin bilan davolash boshlanishida qonda glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish talab qilinadi, zarurat bo‘lganida diabetga qarshi preparat dozasiga tuzatish kiritish o‘tkaziladi.
Kumarin hosilalari: levotiroksin antikoagulyantlar ta‘sirini kuchaytiradi, qon quyilishlar, masalan, bosh miyaga qon quyilishlar xavfini oshiradi yoki ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda me‘da-ichakdan qon ketishiga olib keladi. Shu sababli qon ivishi ko‘rsatkichlarini laboratoriya nazoratini birgalikda davolash boshlanishida ham, uning davomida ham amalga oshirish zarur; zarurat bo‘lganida antikoagulyantlar dozasiga tuzatish kiritish talab qilinadi.
Proteaza ingibitorlari (masalan ritonavir, indinavir, lopinavir) levotiroksin ta‘siriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Qalqonsimon bez gormonlari darajalari yuzasidan sinchkov monitoring olib borish zarur. Zarurat bo‘lganida levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Fenitoin levotiroksinni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘laridan siqib chiqargan holda levotiroksin ta‘siriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, buning natijasida erkin tiroksin (fT4) va erkin triyodtironin (fT3) fraksiyalarining darajasi oshadi. Boshqa tomondan, fenitoin levotiroksinning jigardagi metabolizmini oshiradi. Qalqonsimon bezi gormonlari darajasi yuzasidan sinchkov monitoring olib borilishi tavsiya etiladi.
Kolestiramin, kolestipol levotiroksin so‘rilishini tormozlaydi. Shu sababli bunday preparatlarni qabul qilgunga qadar 4–5 soat oldin natriy levotiroksinni qabul qilish lozim.
Alyuminiy (antasidlar, sukralfat), temir va kalsiy karbonatini saqlovchi preparatlar levotiroksin ta‘sirini pasaytirishi mumkin. Shu sababli levotiroksinni saqlovchi preparatlarni tarkibida alyuminiyni, temirni va kalsiy karbonatini saqlovchi preparatlarni qabul qilgunga qadar kamida 2 soat oldin qabul qilish lozim.
Salisilatlar, dikumarol, yuqori dozalarda (250 mg) furosemid, klofibrat va boshqa moddalar qon plazmasi oqsillari bilan bog‘laridan natriy levotiroksinni siqib chiqarishi mumkin, bu fT4 fraksiyasini oshishiga olib keladi.
Orlistat Gipoterioz va/yoki gipoterioz nazoratini bo‘shashi orlistat va levotiroksin birgalikda qabul qilinganida kuzatilishi mumkin. Bu yod tuzlari va/yoki levotiroksin so‘rilishini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sevelamer levotiroksinni so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shu munosabat bilan birga qo‘llanganda davolash boshlanishida va oxirida qalqonsimon bez faoliyatini o‘zgarishlarini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lganida levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Tirozinkinaza ingibitorlari (masalan imatinib, sunitinib) levotiroksin samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shu boisdan birga qo‘llanganda davolash boshlanishida va oxirida qalqonsimon bez faoliyatini o‘zgarishlarini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lganida levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Propiltiourasil, GKS, β-simpatolitiklar, amiodaron va yod saqlovchi preparatlar T4 ni T3 ga periferik o‘zgarishlarini susaytiradi.
Yod miqdori yuqori tufayli, amiodaron gipertireozni ham, gipotireozni ham rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Preparatni kelib chiqishi noma‘lum tugunsimon buqog‘i bo‘lgan bemorlarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Sertralin, xloroxin/proguanil levotiroksin samaradorligini pasaytiradi va qon plazmasida TTG darajasini oshiradi.
Dori vositalari (barbituratlar, karbamazepin) tomonidan induksiyalangan fermentlar levotiroksinning jigar klirensini oshirishi mumkin.
Estrogenlar. Estrogenlarni saqlaydigan kontraseptiv preparatlarni qabul qilayotgan ayollarga, shuningdek o‘rnini bosuvchi gormonal davolashni qabul qilayotgan postklimakterik yoshdagi ayollarga levotiroksinning yanada yuqoriroq dozalari talab qilinishi mumkin.
Soya saqlovchi preparatlar levotiroksinning ichakda absorbsiyasini susaytirishi mumkin. Shu boisdan Eutiroks dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tireoid gormonlar bilan davolashni boshlashdan yoki tireoid supressiyasiga sinamalarni o‘tkazishdan oldin koronar yetishmovchilik, stenokardiya, ateroskleroz, gipertenziya, gipofizar yetishmovchilik, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi kabi kasalliklarni istisno etish yoki dastlabki davolashni amalga oshirish lozim. Shuningdek tireoid gormonlar bilan davolashni o‘tkazish boshlanishiga qadar qalqonsimon bezning funksional avtonomiyasini istisno etish yoki ushbu kasallikni dastlabki davolashni amalga oshirish lozim.
Ruhiy buzilishlarni rivojlanish xavfi bo‘lgan pasientlarga levotiroksin bilan davolashni kichik dozalardan boshlash va dozani davolash boshlanishida bosqichma-bosqich oshirish tavsiya etiladi. Pasientni kuzatish zarur. Ruhiy buzilishlar belgilari namoyon bo‘lganida levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish talab qilinadi.
Koronar yetishmovchiligi, yurak yetishmovchiligi, taxiaritmiyasi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llashdan kelib chiqadigan tireotoksikozning hatto sezilarli bo‘lmagan namoyon bo‘lishlari imkoniyatidan qochish lozim. Bunday pasientlarni tireoid gormonlar bilan davolashda ularning darajasini muntazam nazorat qilish zarur.
Ikkilamchi gipotireozda uning sababini o‘rnini bosuvchi davolash buyurilishiga qadar aniqlash lozim, zarurat bo‘lganida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligini kompensasiya qilish uchun o‘rnini bosuvchi davolash kursini o‘tkazish lozim.
Tireoid avtonomiyaga shubha qilinganida TRG (tireotropin rilizing gormon) darajasini aniqlash yoki preparat bilan davolash boshlanishiga qadar tireossintigrafiyani o‘tkazish lozim.
Klimaksdan keyingi davrda osteoporoz rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda gipotireozli ayollar qon plazmasida levotiroksinning fiziologik me‘yoridan juda ortib ketishidan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Shu sababli qalqonsimon bez faoliyati laboratoriya ko‘rsatkichlarini sinchkov nazorat qilish zarur.
Levotiroksinni gipertireoidli holatda bo‘lgan pasientlarga buyurish kerak emas, gipertireozni antitireoid preparatlar bilan birgalikda davolash o‘tkazilayotgan hollar bundan mustasno.
Tireoidli gormonlar tana vaznini kamayishiga yordam bermaydi. Fiziologik dozalarda buyurilishi qalqonsimon bez normal faoliyat ko‘rsatayotgan (eutireoid holatli) pasientlarda tana vazni kamayishiga olib kelmaydi. Tavsiya etilgan dozalarni oshirish jiddiy yoki hayot uchun tahdid soluvchi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkin («Dozani oshirib yuborilishi» bo‘limiga qarang).
Levotiroksin qabul qilinishi boshlanganidan keyin yoki brend almashinganida (preparat boshqa ishlab chiqaruvchidan bo‘lganida) preparat dozasiga klinik holat va laboratoriya ma‘lumotlariga bog‘liq ravishda tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Gipoterioz va/yoki gipoterioz nazoratini bo‘shashishi orlistat va levotiroksin birgalikda qabul qilinganida kuzatilishi mumkin («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang). Levotiroksin bilan davolanayotgan pasientlar orlistatni qabul qilishni boshlash yoki to‘xtatib turish yoki almashtirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi kerak, chunki levotiroksin va orlistatni turli vaqtda qabul qilish zarur, shuningdek ushbu holatda levotiroksin dozasiga tuzatish kiritish lozim. Shundan keyin pasientlarning qon zardobida gormonlar nazoratini olib borish talab qilinadi.
Kam uchraydigan galaktoza ta‘sirini ko‘tara olmaslik nasliy kasalligi, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar preparatni qo‘llamasliklari lozim.
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar va antikoagulyant davolashda bo‘lgan pasientlar uchun to‘liq ma‘lumot «Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limida keltirilgan.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homiladorlik yoki emizish davrida gipotireoz yuzasidan buyurilgan preparat bilan davolanishni davom ettirish lozim. Homiladorlik davrida preparat dozasini oshirishga ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin. Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganida teratogenligi va/yoki fetotoksikligi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.
Homiladorlik davrida gipertireozni antitireoidlar va levotiroksin bilan majmuaviy davolash buyurilmaydi, chunki preparatlarning mazkur majmuasi antitireoid preparatlarning yuqoriroq dozalarini buyurishni talab qilib, ular yo‘ldosh orqali o‘tishga qodir va homilada gipotireoz rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlik davrida tireoid supressiyasiga test o‘tkazilmaydi, chunki homiladorlik davrida radioaktiv moddalarni qo‘llash mumkin emas.
Laktasiya
Levotiroksin emizish vaqtida ko‘krak suti bilan chiqariladi, biroq preparat tavsiya etilgan davolash dozalarida qo‘llanilganida preparatning ko‘krak sutidagi konsentrasiyasi darajasi go‘dakda gipertireoz rivojlanishi yoki TTG ajralishini susaytirilishi uchun yetarli bo‘lmaydi.
Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
T3 (triyodtironin) darajasini oshishi qon plazmasida T4 va fT4 (erkin) darajalarini oshishiga qaraganda preparat dozasini oshirib yuborilishining ishonchliroq indikatori bo‘lib hisoblanadi. Dozani oshirib yuborilishi natijasida kuchaygan metabolizm belgilari namoyon bo‘lishi mumkin («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Dozani oshirib yuborilishi darajasiga bog‘liq ravishda preparatni qabul qilishni to‘xtatib turish va tegishli laboratoriya analizini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Beta simpatomimetik faollikning kuchayishi bilan bog‘liq taxikardiya, halovatsizlik, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, giperkineziya kabi simptomlar β-adrenoblokatorlar bilan bartaraf etiladi. Doza sezilarli ravishda oshirib yuborilganida plazmaferezni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Individual bo‘sag‘a dozasi oshirib yuborilganida moyilligi bo‘lgan pasientlarda tirishishlar rivojlanishining izolyasiya qilingan hollari haqida xabarlar mavjud bo‘lgan.
Levotiroksin bilan doza oshirib yuborilganida gipertireoz simptomlari kuzatiladi va o‘tkir psixozni, ayniqsa ruhiy buzilishlar xavfi bo‘lgan pasientlarda o‘tkir psixozni keltirib chiqarishi mumkin.
Levotiroksinni uzoq yillar davomida suiiste‘mol qilgan (tavsiya etiladigan dozani oshirgan) pasientlarda to‘satdan vafot etishning bir nechta hollari ma‘lumdir.
Chiqarilish shakli
25 tabletka PVX/AL yoki Polipropilen/AL blisterda; 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.