GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G

GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Geparinning oz miqdori teri yuzasidan tizimli qon oqimiga so‘riladi. Qonda preparatning maksimal konsentratsiyasi applikatsiyadan 8 soat o‘tgach qayd etiladi. Geparinning chiqarilishi, asosan, buyraklar orqali sodir bo‘ladi, yarim chiqarilish davri 12 soat. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi.
Nojo'ya samaralari
Ayrim hollarda preparat tarkibiy qismlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin, ular terining qizarishi va/yoki qichishishi bilan namoyon bo‘ladi va odatda, preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi.
Geparin preparati tarkibida metilparagidroksibenzoat mavjudligi sababli sekin kechuvchi allergik reaksiyalar (masalan, kontakt dermatit) yoki (kamroq hollarda) tez kechuvchi reaksiyalar (eshakemi, bronxospazm) chaqirishi mumkin.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchaysa, yoxud Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus saqlash sharoitlari
Qon ketishlarda, mahalliy yiringli jarayonlar mavjud bo'lganda, shuningdek ochiq jarohatlarga, shilliq qavatlarga surtish tavsiya etilmaydi.
Tomirlar o'tkazuvchanligi yuqori bo'lganda alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Geparin preparatini qo'llash chuqur venoz trombozda tavsiya etilmaydi.
Preparat terining katta sohalarida uzoq muddat qo'llanilganda va bilvosita ta'sir etuvchi antikoagulyantlar (varfarin, atsenokumarol va boshq.) bir vaqtda qo'llanilganda protrombin vaqti va qon ivish vaqtini nazorat qilish kerak.
18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo'llash tajribasi yo'q.
Mustaqil qo'llashda preparatning maksimal muddatlari va tavsiya etilgan dozalarini oshirmang.
Kasallik simptomlari kamaymaganda yoki og'irlashganda shifokorga murojaat qilish zarur.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Geparin preparati transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
18 yoshgacha bo'lganlar (preparatning xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan). Preparatning biron bir komponentiga yuqori sezuvchanlik, gel suriladigan joylarda terining yara-nekrotik o'zgarishlari, teri qoplamalari butunligining travmatik buzilishi, qon ketishga moyillikning oshishi, trombotsitopeniya.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Geparin preparatini homiladorlikda va emizish davrida qo'llash, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lsa, qarshi ko'rsatma emas. Geparin natriy platsentar to'siq orqali va ko'krak sutiga o'tmaydi. Tashqi qo'llashda geparinning oz miqdorda so'rilishi tufayli preparat organizmga tizimli ta'sir ko'rsatmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tashqi qo'llash uchun boshqa vositalar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, tetratsiklinlar, antigistamin vositalar bilan bir vaqtda mahalliy qo'llash tavsiya etilmaydi.
Geparin preparatini peroral antikoagulyantlar bilan birga qo'llash protrombin vaqti uzayishini chaqirishi mumkin.
Agar Siz yuqorida sanab o'tilgan yoki boshqa dori preparatlarini (shu jumladan retseptsiz) qo'llayotgan bo'lsangiz, Geparin preparatini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Dozirovkasi
Agar davolashdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan ko'rsatmalar, qo'llash usuli va dozalarga muvofiq qo'llang.Dozani oshirib yuborishKichik tizimli absorbsiya tufayli dozani oshirib yuborish ehtimoli kam. Geparinning ta'siri protamin sulfat eritmasi bilan neytrallanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish holatida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G o'xshash dorilari

GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G xususiyatlari
Geparin boshqa chiqarish shakllari

GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G analoglari





{
"data": {
"id": 27485,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "geparin-1000me-g-30-0-gel-d-naruzh-prim-biokhimik",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G",
"brand_name": "GEPARIN 30,0",
"image": "uploads/iblock/c6c/c6c4a153607a07daa02d8d358a7d60f1.webp",
"atx_code": "B01AB01",
"drug_form_id": 21,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bioximik, PAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1079,
"slug": "antitromboticheskie-sredstva",
"name": "Antitrombotik vositalar",
"external_link_title": "Kardiolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/kardiolog"
},
"drug_group": {
"id": 4753,
"slug": "geparin",
"name": "Geparin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6038,
"slug": "geparin-natriya",
"name": "Geparin natriya"
}
],
"tags": [
{
"id": 699,
"slug": "dlya-krovi",
"name": "Qon uchun"
}
]
}
}
















