KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10

KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Qonda kaltsiy ionlashgan va bog'langan holatda bo'ladi. Plazmada kaltsiyning taxminan 45% oqsillar bilan kompleksda bo'ladi. Ionlashgan kaltsiy fiziologik faollikka ega. Suyak to'qimasida to'planadi. Preparatning taxminan 20% buyraklar orqali, qolgan qismi (80%) - ichak orqali chiqariladi. Kalavachalar filtratsiyasi yo'li bilan chiqariladigan kaltsiyning 95% Genle halqasining ko'tariluvchi segmentida, shuningdek proksimal va distal buyrak naychalarida rezorbsiyaga uchraydi.
Nojo'ya samaralari
Yurak - qon tomir tizimi tomonidan: periferik vazodilatatsiya, qon bosimining pasayishi, aritmiya (shu jumladan bradikardiya). Tez yuborilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi, yurak - qon tomir yetishmovchiligi, yurak to‘xtashigacha bo‘lishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: hushdan ketish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda (buyrak funktsiyasi buzilganda) -giperkaltsiemiya.
Boshqalar: avval og‘iz bo‘shlig‘ida, keyin esa butun tanada issiqlik hissi, og‘izda bo‘r ta'mi bo‘lishi mumkin.
Mahalliy reaksiyalar: vena bo‘ylab ta'sirlanish; teri giperemiyasi, og‘riq, toshma, kaltsifikatsiya ekstravazatsiyadan dalolat berishi mumkin, bu esa atrofdagi to‘qimalar nekroziga olib kelishi mumkin. Teri osti kletchatkasi va mushakka tushganda kuchli ta'sirlanish va atrofdagi to‘qimalar nekrozini keltirib chiqaradi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolash qon plazmasidagi kaltsiy kontsentratsiyasi nazorati ostida o'tkaziladi. Teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish mumkin emas - to'qimalar nekrozi bo'lishi mumkin (kaltsiy xloridning yuqori kontsentratsiyalari, 5% dan boshlab, atrofdagi to'qimalarning kuchli ta'sirlanishini chaqiradi). Yuborish joyida og'riq yoki giperemiya paydo bo'lganda yuborishni to'xtatish va preparat ekstravazatsiyasini istisno qilish kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligi sababli transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga gipersezuvchanlik, giperkalsemiya, og'ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, qorinchalar fibrillatsiyasi, . siydik tosh kasalligi, giperkalsiuriya, sarkoidoz, yaqqol ateroskleroz, tromb hosil bo'lishiga moyillik, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik, emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan
Yengil va o'rtacha og'irlikdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi, degidratatsiya, elektrolit muvozanatining buzilishi (giperkalsemiya xavfi), yurak kasalliklari (aritmiya xavfi), buyrak kasalliklari, «o'pka» yuragi, respirator atsidoz, nafas yetishmovchiligi (kalsiy oksidlanishi oqibatida toksik reaksiyalar xavfi), bolalar yoshi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda, emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo'llanilganda "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlarining ta'sirini kamaytiradi; boshqa kaltsiy va magniy saqlovchi preparatlar bilan ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda mos ravishda giperkalsiemiya yoki gipermagniemiya xavfi ortadi; xinidin bilan - qorinchalar ichki o'tkazuvchanligining sekinlashishi va xinidin toksikligining oshishi mumkin.
Nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar samaradorligini pasaytiradi. Tubokurarin xloridning ta'sir davomiyligini oshirishi mumkin. Antigistamin preparatlar ta'sirini kuchaytiradi.
Tetratsiklinlar, magniy sulfat, fosfatlar, karbonatlar yoki tartratlar saqlovchi dori preparatlari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida kaltsiy xloridni parenteral qo'llash tavsiya etilmaydi, bu kardiotoksik ta'sirning kuchayishi bilan bog'liq.
5% dekstroza (glyukoza) eritmasi va 0,9% natriy xlorid eritmasi bilan mos keladi.
Dozirovkasi
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparat eritmasi oldindan 100-200 ml 0,9 % izotonik natriy xlorid eritmasida yoki 5 % dekstroza (glukoza) eritmasida suyultiriladi.
Allergik reaksiyalarda (eshakemi, angionevrotik shish, allergodermatozlar, zardob kasalligi), qo'rg'oshin sanchig'ida, magniy tuzlari bilan doza oshirib yuborilganda - 7,5-15 ml.
O'tkir gipokalsiemiyada - 7,5-15 ml 1-3 kun davomida, zarurat bo'lganda yuborish har 1-3 kunda takrorlanadi.
Gipokalsiemik tetaniyada - 5-17,5 ml. Yuborish terapevtik samaraga erishilgunga qadar har 8 soatda takrorlanadi.
Giperkaliemiyada (elektrokardiogramma nazorati ostida) - 2,45-15 ml, zarurat bo'lganda takroriy doza 1-2 daqiqadan so'ng yuboriladi.
Bolalarga - 0,3 ml/kg dan, maksimal sutkalik doza - 15 ml.
Allergik kasalliklarda kalsiy xlorid va antigistamin preparatlarni birgalikda qo'llash tavsiya etiladi.
Polimer ampula bilan ishlash tartibi:
1 Ampulani olib, bo'ynidan ushlab silkitish.
2 Ampulani qo'l bilan siqish, bunda preparatning ajralib chiqishi sodir bo'lmasligi kerak, va aylanma harakatlar bilan klapanni burash va ajratish.
3 Hosil bo'lgan teshik orqali darhol shpritsni ampula bilan ulash.
4 Ampulani to'ntarish va uning ichidagisini sekin shpritsga tortib olish.
5 Shpritsga ignani kiygizish.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: giperkalsiemiya (chanqoq, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, poliuriya, qorinda og'riq, mushak zaifligi, ruhiy buzilishlar, og'ir holatlarda - aritmiya, koma), ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda.
Davolash: yengil dozani oshirib yuborishda (kalsiy konsentratsiyasi - 2,6-2,9 mmol/l) yuborishni to'xtatadilar va boshqa kalsiy saqlovchi dori preparatlarini bekor qiladilar. Og'ir dozani oshirib yuborishda (kalsiy konsentratsiyasi 2,9 mmol/l dan yuqori) - 0,9 % izotonik natriy xlorid eritmasi yuborish; notiazid diuretiklar; zardobdagi konsentratsiyani nazorat qilish, zarurat bo'lganda kaliy va magniy preparatlarini yuborish; yurak faoliyatini nazorat qilish, aritmiyalarning oldini olish uchun beta-adrenoblokatorlarni yuborish, gemodializ.
Hajm/og'irlik
KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10 o'xshash dorilari




Kalsiya Xlorid boshqa chiqarish shakllari





KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10 analoglari










