Apteka.uz
SavatKirish

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Klopidogrel
Ishlab chiqaruvchi:Izvarino Farma,OOO
ATX kodi:B01AC04
Barcha Klopidogrel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi va taqsimlanishi

Bir marta qabul qilinganda va sutkada 75 mg dozada kursli ichga qabul qilinganda klopidogrel tez so'riladi. Absorbsiya va biokiraolishlik - yuqori. Biroq, qon plazmasidagi dastlabki modda konsentratsiyasi arzimas va qabul qilinganidan 2 soat o'tgach o'lchash chegarasiga (0.25 mkg/l) yetmaydi. Klopidogrel va asosiy metabolit qon plazmasi oqsillari bilan qaytar bog'lanadi (mos ravishda 98% va 94%).

Metabolizmi

Klopidogrel jigarda tez biotransformatsiyaga uchraydi. Klopidogrel pro-dori hisoblanadi. Faol metabolit, tiol hosilasi, plazmada aniqlanmaydi. Asosiy aniqlanadigan metabolit - karbon kislotasi hosilasi, nofaol bo'lib, plazmada aylanib yuruvchi birikmaning taxminan 85% ini tashkil qiladi. Ushbu metabolitning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi (Smax) klopidogrel 75 mg dozada takroriy qabul qilingandan so'ng taxminan 3 mg/l ni tashkil qiladi va qabul qilinganidan taxminan 1 soat o'tgach erishiladi.

Chiqarilishi

Yuborilganidan keyin 120 soat ichida qabul qilingan dozaning taxminan 50% buyraklar orqali va taxminan 46% ichak orqali ajralib chiqadi. Asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri (T1/2) bir marta va takroriy qabul qilingandan so'ng 8 soatni tashkil qiladi.

Maxsus klinik holatlarda farmakokinetika

75 mg/sut qabul qilingandan so'ng qon plazmasidagi asosiy metabolit konsentratsiyalari o'rtacha og'irlikdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (KK 30-60 ml/daq) va sog'lom shaxslarga qaraganda og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi (KK) 5-15 ml/daq) pastroq bo'lgan.

Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda klopidogrelni 75 mg sutkalik dozada 10 kun davomida qabul qilish xavfsiz bo'lgan va yaxshi o'zlashtirilgan. Ham bir martalik doza qabul qilingandan so'ng, ham muvozanat holatida klopidogrelning Smax i sog'lom shaxslarga qaraganda sirrozi bo'lgan bemorlarda ko'p marta yuqori bo'lgan.

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta'sirlar tez-tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq aniqlangan:

juda tez-tez - 1/10 dan ko‘p,

tez-tez - 1/100 dan ko‘p va 1/10 dan kam,

tez-tez emas - 1/1000 dan ko‘p va 1/100 dan kam,

kam hollarda - 1/10000 dan ko‘p va 1/1000 dan kam,

juda kam hollarda - 1/10000 dan kam, shu jumladan yakka holatlar,

Qon ivish tizimi tomonidan: tez-tez - qon ketishlar (ko‘pchilik hollarda - davolashning birinchi oyida), purpura, gematomalar; tez-tez emas - kon'yunktiv qon ketishlar; kam hollarda - bosh miya ichiga qon ketishlar; qon ketish vaqtining uzayishi, leykopeniya, neytrofillar va eozinofiliya sonining kamayishi, trombositlar sonining kamayishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - trombositopenik trombogemolitik purpura, og‘ir trombositopeniya (trombositlar soni <30x10⁹/l), granulotsitopeniya, agranulotsitoz, anemiya, aplastik anemiya/pantsitopeniya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar; kam hollarda - vertigo; juda kam hollarda - ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - gematoma; juda kam hollarda - og‘ir qon ketishlar, operatsiya yarasidan qon ketishi, vaskulit, qon bosimining pasayishi.

Nafas olish tizimi tomonidan: juda tez-tez - burun qonashi; juda kam hollarda - bronxospazm, interstitsial pnevmonit, o‘pkadan qon ketishi, qon tupurish.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - diareya, qorinda og‘riq, dispepsiya, MIY dan qon ketishi; tez-tez emas - me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, meteorizm, qabziyat; kam hollarda - qorin parda orti qon ketishi; juda kam hollarda - kolit (sh.j. yarali yoki limfotsitar), pankreatit, ta'm bilishning o‘zgarishi, stomatit, gepatit, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, jigar fermentlari faolligining oshishi,

Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda kam hollarda - artralgiya, artrit, mialgiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas - gematuriya; juda kam hollarda - glomerulonefrit, giperkreatininemiya.

Dermatologik reaksiyalar: juda kam hollarda - bullyoz toshma (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz), eritematoz toshma, ekzema, yassi temiratki.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda - angionevrotik shish, eshakemi, anafilaktoid reaksiyalar, zardob kasalligi.

Boshqalar: juda kam hollarda - tana haroratining ko‘tarilishi.

Batafsil ma'lumot uchun yo‘riqnomaga qarang.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolash davrida gemostaz tizimi ko'rsatkichlarini (faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (AChTV), trombotsitlar soni, trombotsitlar funktsional faolligi testlari) nazorat qilish; jigar funktsional faolligini muntazam tekshirish zarur.

Klopidogrel travma, jarrohlik amaliyotida yaqqol qon ketish xavfi bo'lgan bemorlarda; atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (shu jumladan TSOG-2 ingibitorlari), geparin yoki glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Har qanday qon ketish, shu jumladan yashirin qon ketish belgilarini aniqlash uchun bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish zarur, ayniqsa preparatni qo'llashning birinchi haftalarida va/yoki yurakdagi invaziv protseduralar yoki jarrohlik operatsiyalaridan keyin. Rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotlarida klopidogrel bilan davolash kursini operatsiyadan 7 kun oldin to'xtatish kerak.

Bemorlar qon ketishni to'xtatish odatdagidan ko'ra ko'proq vaqt talab qilishi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak, shuning uchun ular har bir qon ketish holati haqida shifokorga xabar berishlari kerak.

Klopidogrel qabul qilingandan keyin trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) rivojlanishining kamdan-kam holatlari qayd etilgan. Bu holat nevrologik simptomatika, buyrak funktsiyasi buzilishi yoki isitma bilan birga kechuvchi trombotsitopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya bilan tavsiflangan. TTP rivojlanishi hayot uchun xavf tug'diradi va plazmaferez o'tkazishni o'z ichiga olgan shoshilinch choralarni talab qiladi. Ma'lumotlar hajmi yetarli emasligi sababli, klopidogrelni ishemik insultning o'tkir davrida (birinchi 7 kun ichida) tayinlamaslik kerak. Preparatni buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Klopidogrelni o'rtacha jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan, gemorragik diatеz yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Tug'ma galaktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi va laktaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar klopidogrelni qabul qilmasliklari kerak.

Mashinani boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri:

Klopidogrel nerv tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlarni (bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ong chalkashishi, gallyutsinatsiyalar) chaqirishi mumkin, bu transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;

o'tkir qon ketish (masalan, peptik yara yoki bosh miya ichiga qon quyilishida);

homiladorlik;

ko'krak suti bilan emizish davri;

18 yoshgacha bo'lganlar (qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan);

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan preparatni jigar va buyrak kasalliklarida (shu jumladan o'rtacha jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida), jarohatlarda, operatsiyadan oldingi holatlarda buyurish kerak.

Batafsil ma'lumotni yo'riqnomadan ko'ring.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Klopidogrelni varfarin bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki bunday kombinatsiya qon ketish intensivligini kuchaytirishi mumkin.

IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlarini klopidogrel bilan birga tayinlash qon ketishlar rivojlanish xavfini oshiradi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni klopidogrel bilan birga qo'llash qon ketishlar rivojlanish xavfini oshiradi.

Klopidogrelni CYP2C19 ingibitorlari (masalan, omeprazol) bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Klopidogrelni atenolol, nifedipin, fenobarbital, simetidin, estrogenlar, digoksin, teofillin, tolbutamid, antatsid vositalar bilan birga qo'llaganda klinik ahamiyatga ega farmakodinamik o'zaro ta'sir qayd etilmagan.

Batafsil yo'riqnomada ko'ring.

Dozirovkasi

DozalashIchga sutkasiga 1 marta qabul qilinadi.

Boshlang'ich va tutib turuvchi doza - 75 mg/sut. Yuklama dozasi - 300 mg/sut.

Qo'llash sxemasi ko'rsatmalar va klinik vaziyatga bog'liq. Batafsil yo'riqnomaga qarangDozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish

Belgilari: qon ketish vaqtining uzayishi va keyingi asoratlar.

Davolash: qon ketish paydo bo'lganda tegishli terapiya o'tkazilishi kerak. Agar uzaygan qon ketish vaqtini tezda to'g'irlash zarur bo'lsa, trombotsitlar massasini quyish tavsiya etiladi. Maxsus antidot yo'q.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 o'xshash dorilari

ASEKARD tabletkalari 50mg N30
Retseptsiz
ASEKARD tabletkalari 50mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, DXO
Narxi
9 500 so'm dan
Ksalia tabletkalari 10mg N30
Ksalia tabletkalari 10mg N30
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt.) Limited
•36 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM OOO
Narxi
18 000 so'm dan

Klopidogrel boshqa chiqarish shakllari

KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
Retseptli
KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP (upakov.), Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya (proiz.)
•1 ta dorixonada bor
Narxi
46 000 so'm dan

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 analoglari

PLAVIKS tabletkalari 75mg N28
Retseptli
PLAVIKS tabletkalari 75mg N28
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Groupe, Fransiya derj.reg.ud.:Sanofi Clir SNC, Fransiya proizvedeno: Sanofi Winthrop Industrie
•17 ta dorixonada bor
Narxi
99 800 so'm dan
KADNIL tabletkalari 75mg N28
Retseptli
KADNIL tabletkalari 75mg N28
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BioMatrix Healthcare Pvt. Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Retseptli
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ali Raif Ilac San. A.S.
•25 ta dorixonada bor
Narxi
118 500 so'm dan
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30
Retseptli
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Karan Healthcare (P) Ltd, Indiya proizvedeno: Cure Quick Pharmaceuticals
•1 ta dorixonada bor
Narxi
41 800 so'm dan
AKRIVIKS 75 tabletkalari 75mg N30
AKRIVIKS 75 tabletkalari 75mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Akriti Farmasyutikals Pvt. Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
41 800 so'm dan
KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
Retseptli
KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP (upakov.), Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya (proiz.)
•1 ta dorixonada bor
Narxi
46 000 so'm dan
LOPIGROL tabletkalari 75mg N28
Retseptli
LOPIGROL tabletkalari 75mg N28
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
•59 ta dorixonada bor
Narxi
138 000 so'm dan
LOPIREL tabletkalari 75mg N28
Retseptli
LOPIREL tabletkalari 75mg N28
Malta
Ishlab chiqaruvchi:
Actavis Group PTC ehf., Islandiya proizvedeno: Actavis Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
165 000 so'm dan
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Retseptli
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•93 ta dorixonada bor
Narxi
88 900 so'm dan
KLOGREL tabletkalari 75mg N30
Retseptli
KLOGREL tabletkalari 75mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novugen Pharma, IP OOO
•30 ta dorixonada bor
Narxi
70 000 so'm dan

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 haqida savollar

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil