Apteka.uz
SavatKirish

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Tanosil tizimi
Faol modda:Klomifen
Ishlab chiqaruvchi:Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
Teglar:Ayollar uchun
ATX kodi:G03GB02
Barcha Klostilbegit dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Preparat ichga qabul qilingandan so'ng klomifen MIY dan yaxshi so'riladi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan mustahkam bog'lanishi tufayli preparat plazmadan sekin chiqariladi. Klomifen va uning metabolitlari enterogepatik retsirkulyatsiyaga uchraydi va yog' to'qimasida to'planadi.

Metabolizmi

Klomifen jigarda antiestrogen faollikka ega metabolitlar hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Klomifenning T1/2 i 5-7 kunni tashkil qiladi.

Asosan safro bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda - gastralgiya, meteorizm, diareya, o‘tkir qorin sindromi, ishtahaning oshishi.

MNS tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik; kam hollarda - ruhiy va harakat reaksiyalarining sekinlashishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, uyqusizlik.

Sezgi a'zolari tomonidan: ko‘rishning buzilishi (sh.j. yorug‘likni idrok etishning buzilishi, ikkita bo‘lib ko‘rinish, konturlarning xiralashishi, yorug‘likdan qo‘rqish).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez siydik chiqarish, poliuriya.

Jinsiy tizim tomonidan: qorinning pastki qismida og‘riq, qin quruqligi.

Endokrin tizim tomonidan: sut bezlarining qattiqlashishi, dismenoreya, patologik bachadon qon ketishi, tuxumdon o‘lchamlarining kattalashishi (sh.j. kistoz); kam hollarda - ko‘krak bezlari sohasida og‘riqlilik.

Klomifen bilan davolashda ko‘p homilali homiladorlik, bachadondan tashqari homiladorlik, endometrioz, mavjud bachadon fibromasining o‘sish ehtimoli ortadi.

Tuxumdonlarning kistoz kattalashishi mumkin, ayniqsa Shteyn-Levental sindromida. Bunday hollarda tuxumdonlar o‘lchami 4-8 sm ga yetishi mumkin. Bunda tana haroratini kuzatib borish va u ikki fazali bo‘lishi bilanoq davolashni to‘xtatish kerak.

Dermatologik reaksiyalar: kam hollarda - alopesiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda - tana vaznining ortishi yoki kamayishi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda - toshma, eshakemi, allergik dermatit, vazomotor buzilishlar.

Boshqalar: yuzga issiqlik hissi bilan qon quyilishi (preparat qabul qilish tugagandan keyin to‘xtaydi).

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin jigar funktsiyasini tekshirish tavsiya etiladi.

Davolashni boshlashdan oldin sinchkovlik bilan ginekologik tekshiruv o'tkazish kerak. Davolash siydikdagi gonadotropinning umumiy miqdori normal yoki normaning pastki chegarasidan past bo'lganda, paypaslaganda tuxumdonlar holati normada bo'lganda, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari funktsiyalari normaga mos kelganda boshlanadi.

Ovulyatsiya bo'lmagan taqdirda preparatni qo'llashni boshlashdan oldin bepushtlikning barcha boshqa mumkin bo'lgan shakllarini istisno qilish yoki davolash kerak.

Preparatni qabul qilish fonida tuxumdonlar kattalashishi yoki kistoz o'zgarishlar paydo bo'lganda davolashni tuxumdonlar o'lchami normaga qaytguncha to'xtatib turish kerak. Keyinchalik qabul qilishni qayta boshlash mumkin, ammo bunda preparat dozasini yoki davolash davomiyligini kamaytirish kerak.

Davolash jarayonida ginekologning doimiy nazorati zarur, tuxumdonlar funktsiyasini nazorat qilish, qin tekshiruvlarini o'tkazish, "qorachiq" fenomenini kuzatish kerak. Ko'pincha davolash kursi davomida ovulyatsiya vaqtini aniqlash qiyin, shuningdek ko'pincha sariq tana yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun urug'lanishdan keyin progesteron bilan profilaktik davolash o'tkazish tavsiya etiladi.

Har bir tabletka 100 mg laktoza saqlashi sababli, galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza malabsorbtsiyasi bo'lgan bemorlarga preparatni qabul qilish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparat ko'rish buzilishlarini chaqirishi mumkinligi sababli, davolash davrida bemorlar avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;

— tuxumdon kistasi (tuxumdonlar polikistozi sindromidan tashqari);

— gipofiz o'smasi yoki gipofunksiyasi;

— qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi;

— buyrak usti bezlari funksiyasining buzilishi;

— kelib chiqishi noma'lum metrorragiya;

— uzoq vaqt davom etayotgan yoki yaqinda rivojlangan ko'rish buzilishlari;

— jinsiy a'zolar o'smalari;

— endometrioz;

— giperprolaktinemiya fonida tuxumdon funksiyasining yetishmovchiligi;

— homiladorlik;

— laktatsiya (ko'krak suti bilan emizish);

— galaktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza malabsorbtsiyasi;

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gonadotrop gormonlar preparatlari bilan mos keladi

Dozirovkasi

DozalashBepushtlikda davolash dozasi va davomiyligi tuxumdonlarning sezgirligiga (preparatga reaktsiyasiga) bog'liq.

Muntazam hayz tsikli bo'lgan bemorlarga davolashni tsiklning 5-kunida (yoki erta ovulyatsiyada yoki follikulyar faza davomiyligi 12 kundan kam bo'lganda tsiklning 3-kunida) boshlash tavsiya etiladi. Amenoreyada davolashni istalgan kuni boshlash mumkin.

I sxema: 5 kun davomida 50 mg/ klinik va laborator tekshiruvlar yordamida tuxumdonlar reaktsiyasini bir vaqtda nazorat qilish bilan. Ovulyatsiya odatda tsiklning 11 va 15 kunlari orasida sodir bo'ladi. Agar bunday davolash ovulyatsiyaga olib kelmasa, II sxemani qo'llash kerak.

II sxema: keyingi tsiklning 5-kunidan boshlab 5 kun davomida 100 mg/ dan tayinlanadi. Agar bu vaqtda ovulyatsiya kuzatilmasa, xuddi shu sxemani yana takrorlash kerak (100 mg/ dan). Anovulyatsiya davom etgan taqdirda preparatni qabul qilishni 3 oyga to'xtatib turish kerak, keyin esa davolashni 3 oy davomida takrorlash kerak. Ikkinchi kurs samarasiz bo'lsa, preparat bilan keyingi davolash ham samarasiz bo'ladi. Har bir kurs davomida qabul qilinadigan preparatning maksimal umumiy dozasi 750 mg ni tashkil qiladi.

Tuxumdonlarning polikistoz sindromida, giperstimulyatsiya tendentsiyasi tufayli, preparatning boshlang'ich dozasi 50 mg/ ni tashkil qiladi

Kontratseptivdan keyingi amenoreyada preparatni har kuni 50 mg/ dozada tayinlash kerak. Qoida tariqasida, I sxemani qo'llashda besh kunlik davolash kursi muvaffaqiyatli bo'ladi.

Erkaklarga ko'rsatmalarga muvofiq preparatni 6 hafta davomida spermogrammani tizimli nazorat qilish ostida 50 mg dan 1-2 marta tayinlanadi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 o'xshash dorilari

Kandivag
Retseptli
Kandivag
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
“Avantika Medeks Pvt. Ltd.”
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•1 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan
PROSTANIK kapsulalar  80 mg N30
Retseptli
PROSTANIK kapsulalar 80 mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, OOO

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 xususiyatlari

Klostilbegit boshqa chiqarish shakllari

KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
Retseptli
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
•120 ta dorixonada bor
Narxi
124 900 so'm dan

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 analoglari

KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
Retseptli
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
•120 ta dorixonada bor
Narxi
124 900 so'm dan
KLOFIT tabletkalari 50mg N24
Retseptli
KLOFIT tabletkalari 50mg N24
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Grand Medical Group AG, Shveysariya proizvedeno: Anfarm Hellas S.A.
•49 ta dorixonada bor
Narxi
160 000 so'm dan

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 haqida savollar

KLOSTILBEGIT 0,05 tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil