LEVOMAK tabletkalari 250mg N5

LEVOMAK tabletkalari 250mg N5 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Absorbsiya.
Ichga qabul qilingan levofloksatsin tez va deyarli to'liq so'riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyaga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 99-100% ni tashkil qiladi.
Ovqat levofloksatsin so'rilishiga kam ta'sir qiladi.
Muvozanat holatiga 500 mg dozalash rejimida sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilinganda 48 soat ichida erishiladi.
Taqsimlanishi.
Taxminan 30-40% levofloksatsin qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi. Levofloksatsinning o'rtacha taqsimlanish hajmi 500 mg bir martalik va takroriy dozadan keyin taxminan 100 l ni tashkil qiladi, bu organizm to'qimalarida keng taqsimlanishini ko'rsatadi.
Organizm to'qimalari va suyuqliklariga kirib borishi . Levofloksatsinning bronxlar shilliq qavati, o'pka to'qimalari bronxial sekreti, alveolyar makrofaglar, o'pka to'qimasi, teri (pufakchalar suyuqligi), prostata to'qimasi va siydikka kirib borishi namoyish etilgan. Biroq, levofloksatsin OMS ga yomon kiradi.
Metabolizmi.
Levofloksatsin juda oz darajada metabolizmga uchraydi, metabolitlari dismetil-levofloksatsin va levofloksatsin N-oksid hisoblanadi. Ushbu metabolitlar dozaning <5% ini tashkil qiladi va siydik bilan ajralib chiqadi. Levofloksatsin Stereokimyoviy barqaror va xiral tuzilma inversiyasiga uchramaydi.
Chiqarilishi.
Qabul qilingandan va yuborilgandan so'ng levofloksatsin qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarim chiqarilish davri (t½) 6-8 soatni tashkil qiladi). Asosan buyraklar orqali chiqariladi (kiritilgan dozaning >85% i).
Levofloksatsinning o'rtacha umumiy klirensi 500 mg bir martalik dozadan keyin 175 ± 29,2 ml / daq bo'lgan.
Vena ichiga va peroral yuborilgandan so'ng levofloksatsin farmakokinetikasida sezilarli farq yo'q, bu ushbu yuborish yo'llarining o'zaro almashinuvchanligidan dalolat beradi.
Chiziqlilik.
Levofloksatsin 50 dan 1000 mg gacha diapazonda chiziqli farmakokinetikaga ega.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan pasientlar.
Levofloksatsin farmakokinetikasiga buyrak funksiyasi buzilishi darajasi ta'sir qiladi. Buyrak funksiyasi yomonlashganda buyrak klirensi va klirens pasayadi, yarim chiqarilish davri esa ortadi.
Keksa yoshdagi pasientlar.
Yosh pasientlar va keksa yoshdagi pasientlarda levofloksatsin farmakokinetikasida sezilarli farqlar yo'q, kreatinin klirensi bilan bog'liq farqlar bundan mustasno.
Farqlar.
Ayol va erkak jinsidagi pasientlar bo'yicha alohida tahlil jinsga qarab levofloksatsin farmakokinetikasida arzimas farqlarni namoyish etdi. Ushbu farqlar klinik jihatdan ahamiyatli ekanligiga dalillar mavjud emas.
Farmakologik ta'siri
Levofloksatsin - ftorxinolonlar guruhiga mansub sintetik antibakterial preparat, ofloksatsin dori vositasi ratsemik aralashmasining S-enantiomeri hisoblanadi.
Ta'sir mexanizmi
Ftorxinolonlar guruhiga mansub antibakterial preparat sifatida levofloksatsin DNK-DNK-giraza kompleksi va topoizomeraza IV ga ta'sir qiladi.
Farmakokinetika / farmakodinamika nisbati
Levofloksatsinning bakterial faollik darajasi qon zardobidagi maksimal kontsentratsiya (С max) yoki farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon (AUC) va MBK (bostiruvchi) kontsentratsiya (MIK (MBK)) nisbatiga bog'liq.
Rezistentlik mexanizmi
Rezistentlikning asosiy mexanizmi gyr-A genlaridagi mutatsiya oqibatidir. In vitro sharoitda levofloksatsin va boshqa ftorxinolonlar o'rtasida kesishgan rezistentlik mavjud.
Ta'sir mexanizmi tufayli odatda levofloksatsin va bakteriyalarga qarshi vositalarning boshqa sinflari o'rtasida kesishgan rezistentlik mavjud emas.
Chegara qiymatlari
Antimikrob sezgirlikni testlash bo'yicha Yevropa qo'mitasi (EUCAST) tomonidan tavsiya etilgan levofloksatsin uchun MIK chegara qiymatlari sezgir mikroorganizmlarni oraliq sezgir (o'rtacha rezistent) organizmlardan va oraliq sezgirlarni rezistent organizmlardan ajratib turadi, quyidagi MIK testlash jadvalida ko'rsatilgan (mg / l).
Levofloksatsin uchun EUCAST klinik MIK chegara qiymatlari (versiya 2.0, 2012-01-01):
Patogen: Enterobacteriacae:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >2 mg / l;
Patogen: Pseudomonas spp.:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >2 mg / l;
Patogen: Acinetobacter spp.:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >2 mg / l;
Patogen: Staphylococcus spp.:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >2 mg / l;
Patogen: Streptococcus pneumonиае*:
sezgir: ≤ 2 mg / l;
rezistent: >2 mg / l;
Patogen: Streptococcus A, B, C, G:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >2 mg / l;
Patogen: Haemophilus influenzae ** , ***:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >1 mg / l;
Patogen: Moraxella catarrhalis***:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >1 mg / l;
Patogen: Turlar bilan bog'liq bo'lmagan nuqtalar ****:
sezgir: ≤ 1 mg / l;
rezistent: >2 mg / l.
*. Levofloksatsin nazorat nuqtalari yuqori dozalar bilan davolashga tegishli.
**. Ftorxinolonlarga past darajadagi rezistentlik (tsiprofloksatsin MIK 0,12-0,5 mg / l) bo'lishi mumkin, ammo bu rezistentlikning Haemophilus influenzae chaqirgan nafas yo'llari infektsiyalari uchun klinik ahamiyati haqida dalillar yo'q.
***. Sezgirlik nazorat nuqtasidan yuqori MIK qiymatlariga ega shtammlar juda kam uchraydi yoki ular haqida hali xabar berilmagan. Har qanday bunday izolyatda identifikatsiya va antimikrob sezgirlik testlarini takrorlash va agar natija tasdiqlansa, izolyatni tegishli laboratoriyaga yuborish kerak. Rezistentlikning joriy nazorat nuqtasidan yuqori MIK ga ega tasdiqlangan izolyatlarning klinik javobi isbotlanmaguncha, ular haqida rezistent sifatida xabar berish kerak.
****. Nuqtalar 500 mg × 1 dan 500 mg × 2 gacha peroral dozaga va 500 mg × 1 dan 500 mg × 2 gacha vena ichiga dozaga qo'llaniladi.
Rezistentlik tarqalishi alohida turlar uchun geografik va vaqt o'tishi bilan farq qilishi mumkin va mikroorganizmlar rezistentligi haqida mahalliy ma'lumotlarni olish maqsadga muvofiq, ayniqsa og'ir infektsiyalarni davolashda. Zarur bo'lganda, mahalliy rezistentlik tarqalishi shunday bo'lganda, hech bo'lmaganda infektsiyalarning ba'zi turlari uchun preparatning foydasi shubhali bo'lsa, mutaxassis maslahatiga murojaat qilish kerak.
Odatda sezgir turlar
Aerob grammusbat bakteriyalar: Bacillus anthracis , Staphylococcus aureus metitsillinga sezgir va , Staphylococcus saprophyticus, C va G guruh Streptococci, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae , Streptococcus pyogenes.
Aerob grammanfiy bakteriyalar: Eikenella corrodens , Haemophilus influenzae , Haemophilus para-influenzae , Klebsiella oxytoca , Moraxella catarrhalis , Pasteurella multocida , Proteus vulgaris , Providencia rettgeri.
Anaerob bakteriyalar: Peptostreptococcus.
Boshqalar: Chlamydophila pneumoniae , Chlamydophila psittaci , Chlamidia trachomatis , Legionella pneumophila , Mycoplasma pneumoniae , Mycoplasma hominis , Ureaplasma urealyticum.
Ortirilgan rezistentlik muammo bo'lishi mumkin bo'lgan turlar
Aerob grammusbat bakteriyalar: Enterococcus faecalis , Staphylococcus aureus metitsillinga rezistent * koagulaza-manfiy Staphylococcus spp.
Aerob grammanfiy bakteriyalar: Acinetobacter baumannii , Citrobacter freundii , Enterobacter aerogenes , Enterobacter cloacae , Escherichia coli , Klebsiella pneumoniae , Morganella morganii , Proteus mirabilis , Providencia stuartii , Pseudomonas aeruginosa , Serratia marcescens.
Anaerob bakteriyalar: Bacteroides fragilis.
Tabiiy rezistent shtammlar
Aerob grammusbat bakteriyalar : Enterococcus faecium.
* Metitsillin S. aureus , katta ehtimol bilan, ftorxinolonlarga, shu jumladan levofloksatsinga umumiy rezistentlikka ega bo'lishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Quyida keltirilgan ma’lumotlar klinik tadqiqotlar ma’lumotlariga va levofloksatsinni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingi katta tajribaga asoslangan.
Tezlik quyidagi shartli belgilashdan kelib chiqib aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, <1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, <1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholab bo‘lmaydi).
Har bir chastota guruhida nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lishining kamayishi tartibida ko‘rsatilgan.
Infeksiyalar va invaziyalar:
Tez-tez emas: Zamburug‘li infeksiya, shu jumladan Candida turkumidagi zamburug‘lar chaqirgan infeksiya
Patogen mikroorganizmlarning rezistentligi.
Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan:
Tez-tez emas: leykopeniya Eozinofiliya.
Kam hollarda: trombotsitopeniya, neytropeniya.
Noma’lum: pantsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya.
Immun tizimi tomonidan:
Kam hollarda: angionevrotik shish, o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Noma’lum: Anafilaktik shok, Anafilaktoid shok.
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan:
Tez-tez emas: anoreksiya.
Kam hollarda: Gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda.
Noma’lum: giperglikemiya, gipoglikemik koma.
Ruhiyat tomonidan:
Tez-tez: uyqusizlik.
Tez-tez emas: Xavotirlik, ongning chalkashishi, asabiylik.
Kam hollarda: Psixotik reaksiyalar (masalan, gallyutsinatsiyalar, paranoyya bilan), depressiya, ajitatsiya, g‘ayrioddiy tush ko‘rishlar, tungi dahshatlar.
Noma’lum: O‘z-o‘zini yo‘q qilish xulq-atvori bilan kechuvchi psixotik reaksiyalar, shu jumladan suitsidal fikrlash yoki harakatlar.
Asab tizimi tomonidan:
Tez-tez: Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Tez-tez emas: Uyquchanlik, tremor, disgevziya.
Kam hollarda: Tirishishlar, paresteziyalar.
Noma’lum: Periferik sensor neyropatiya, Periferik sensomotor neyropatiya, Parosmiya, shu jumladan anosmiya, diskineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, agevziya, sinkope, xavfsiz kalla ichi gipertenziyasi.
Ko‘rish organlari tomonidan:
Kam hollarda: Ko‘rishning buzilishi, masalan ko‘rishning xiralashishi.
Noma’lum: Vaqtinchalik ko‘rishni yo‘qotish, uveit.
Eshitish va labirint organlari tomonidan:
Noma’lum: Vertigo.
Kam hollarda: Quloqlarda jaranglash.
Noma’lum: Eshitishni yo‘qotish, eshitishning buzilishi.
Yurak tomonidan:
Kam hollarda: Taxikardiya, yurak urishi.
Noma’lum: Yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qorinchalar taxikardiyasi, Qorinchalar aritmiyasi va piruet taxikardiyasi (asosan QT oralig‘i uzayishi xavf omillari bo‘lgan bemorlarda xabar qilingan)
EKGda QT oralig‘ining uzayishi.
Tomirlar tomonidan:
Kam hollarda: Gipotenziya.
Nafas olish tizimi tomonidan:
Tez-tez emas: Hansirash.
Noma’lum: Bronxospazm, allergik pnevmonit.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan:
Tez-tez: Diareya, qusish, ko‘ngil aynishi.
Tez-tez emas: Qorinda og‘riq, dispepsiya, qorin dam bo‘lishi, qabziyat.
Noma’lum: Gemorragik diareya, juda kam hollarda enterokolitdan, shu jumladan soxta membranoz kolitdan dalolat berishi mumkin, pankreatit.
Gepatobiliar tizim tomonidan:
Tez-tez: Jigar fermentlari ko‘rsatkichlarining oshishi (ALT / AST, IF, GGT).
Tez-tez emas: Qonda bilirubin oshishi.
Noma’lum: Sariqlik va jigarning og‘ir shikastlanishi, shu jumladan o‘tkir jigar yetishmovchiligi oqibatida o‘lim holatlari (asosan og‘ir asosiy kasalliklari bo‘lgan bemorlarda), gepatit.
Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan b:
Tez-tez emas: Toshmalar, qichishish, eshakemi, gipergidroz.
Noma’lum: Toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema
fotosensibilizatsiya, leykotsitoklastik vaskulit, stomatit.
Suyak-mushak tizimi tomonidan:
Tez-tez emas: Artralgiya, mialgiya.
Kam hollarda: Paylarning shikastlanishi, shu jumladan tendinit (masalan Axill payi), miasteniya gravis bo‘lgan bemorlar uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mushak holsizligi.
Noma’lum: Rabdomioliz, Pay uzilishi (masalan Axill payi), bog‘lamlar uzilishi, mushaklar uzilishi, artrit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan:
Tez-tez emas: Qon zardobida kreatinin oshishi.
Kam hollarda: O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan interstitsial nefrit oqibatida).
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi holatlar:
Tez-tez emas: Asteniya.
Kam hollarda: Pireksiya.
Noma’lum: Og‘riq (shu jumladan bel, ko‘krak va qo‘l-oyoqlarda og‘riq).
a Anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar ba’zan hatto birinchi dozadan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.
b Teri-shilliq qavat reaksiyalari ba’zan hatto birinchi dozadan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.
Ftorxinolonlarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa nojo‘ya reaksiyalar:
porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda porfiriya xurujlari.
Maxsus saqlash sharoitlari
Metitsillin Staphylococcus aureus (MRSA) uchun ftorxinolonlarga, shu jumladan levofloksatsinga birgalikdagi rezistentlik ehtimoli juda yuqori. Shu munosabat bilan levofloksatsin MRSA ma'lum yoki taxmin qilingan qo'zg'atuvchi bo'lgan infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi, laboratoriya testlari natijalari qo'zg'atuvchining levofloksatsinga sezgirligini tasdiqlagan hollar bundan mustasno.
Levofloksatsinni o'tkir bakterial sinusit va surunkali bronxit zo'rayishini davolash uchun qo'llash mumkin, agar ushbu infektsiyalar tegishli ravishda tashxislangan bo'lsa.
Escherichia coli (siydik chiqarish yo'llari infektsiyalarining eng tez-tez uchraydigan qo'zg'atuvchisi) da ftorxinolonlarga rezistentlik turli mamlakatlarda farq qiladi. Ftorxinolonlarni tayinlashda Escherichia coli ning ftorxinolonlarga rezistentligining mahalliy tarqalishini hisobga olish kerak.
Tendinit va paylar uzilishi.
Xinolonlar bilan davolashda tendinit yuzaga kelishi mumkin, bu paylarning uzilishiga, shu jumladan axill payining uzilishiga olib kelishi mumkin. Tendinit va paylar uzilishi, ba'zan bilateral, levofloksatsin qo'llanilgandan 48 soat o'tgach, shuningdek levofloksatsin bekor qilingandan keyin bir necha oy o'tgach yuzaga kelishi mumkin. 60 yoshdan katta bemorlar, 1000 mg levofloksatsin sutkalik dozasini olayotgan bemorlar va kortikosteroidlar bilan davolashda tendinit va paylar uzilishiga eng ko'p moyil bo'ladilar. Sutkalik dozani keksa yoshdagi bemorlar uchun kreatinin klirensini hisobga olgan holda to'g'irlash kerak. Shunday qilib, keksa yoshdagi bemorlarga levofloksatsin tayinlashda ularning holatini nazorat qilish zarur. Tendinitga shubha qilinganda levofloksatsin bilan davolashni darhol to'xtatish va zarur davolashni boshlash (masalan, pay immobilizatsiyasini ta'minlab) kerak.
Clostridium difficile chaqirgan kasalliklar.
Levofloksatsin bilan davolash (shu jumladan davolashdan keyin bir necha hafta) davomida yoki undan keyin diareya, ayniqsa og'ir, barqaror yoki qon aralash diareya Clostridium difficile chaqirgan kasallikning, uning eng og'ir shakli soxtamembranoz kolit hisoblanadi, simptomi bo'lishi mumkin. Soxtamembranoz kolitga shubha qilinganda levofloksatsinni darhol bekor qilish va kechiktirmasdan simptomatik va spesifik davolashni (masalan vankomitsin) boshlash kerak. Bunday vaziyatda ichak peristaltikasini bostiruvchi preparatlar mumkin emas.
Tirishishlarga moyilligi bo'lgan bemorlar.
Xinolonlar tirishish bo'sag'asini pasaytirishi va tirishishlar rivojlanishini provokatsiya qilishi mumkin. Levofloksatsin anamnezida epilepsiyasi bo'lgan bemorlarga mumkin emas.
Boshqa xinolonlar kabi, preparatni tirishishlarga moyil bemorlarga, masalan markaziy nerv tizimining oldindan mavjud bo'lgan shikastlanishlarida, fenbufen va unga o'xshash nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari yoki teofillin kabi tirishishga tayyorgarlikni oshiruvchi (tirishish bo'sag'asini pasaytiruvchi) dori vositalari bilan bir vaqtda terapiyada o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri va o'zaro ta'sirning boshqa turlari" bo'limiga qarang). Tirishishlar paydo bo'lgan taqdirda levofloksatsin bilan davolashni to'xtatish kerak.
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi.
Glyukoza-6-fosfat degidrogenaza faolligining latent yoki yaqqol yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda, agar ular xinolonli antibakterial preparatlar bilan davolansa, gemolitik reaktsiyalarga moyillik bo'lishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarga levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Levofloksatsin vaqti-vaqti bilan jiddiy potentsial letal yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik shok), hatto birinchi marta qo'llagandan keyin ham chaqirishi mumkin. O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelganda levofloksatsin qabul qilishni bekor qilish, shifokorga murojaat qilish va tegishli davolashni boshlash kerak.
Og'ir bullyoz reaktsiyalar .
Levofloksatsin qo'llanilganda Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og'ir bullyoz reaktsiyalar haqida xabar berilgan. Bullyoz reaktsiyalar yuzaga kelganda levofloksatsin qabul qilishni darhol bekor qilish, shifokorga murojaat qilish va tegishli davolashni boshlash kerak.
Qondagi glyukoza darajasining o'zgarishi.
Xinolonlar qo'llanilganda, ayniqsa peroral gipoglikemik vositalarni (shu jumladan glibenklamid) yoki insulinni bir vaqtda qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qondagi glyukoza darajasining o'zgarishlari (giperglikemiya ham, gipoglikemiya ham) haqida xabar berilgan. Gipoglikemik koma holatlari haqida xabar berilgan. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qondagi qand darajasini nazorat qilish zarur.
Fotosezuvchanlik reaktsiyalari profilaktikasi.
Levofloksatsin bilan davolash vaqtida fotosenzibilizatsiya haqida xabar berilgan.
Fotosezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelishini oldini olish maqsadida levofloksatsin qabul qilayotgan bemorlar quyosh nurlanishidan va UB-nurlardan (sun'iy ultrabinafsha nurlanish lampalari, solyariy) levofloksatsin qabul qilish vaqtida yoki levofloksatsin bekor qilingandan keyin 48 soat davomida ehtimoliy fotosenzibilizatsiya tufayli saqlanishlari kerak.
K vitamini antagonistlarini qabul qilayotgan bemorlar levofloksatsin va K vitamini antagonistlarini (varfarin) bir vaqtda qabul qilganda qon ivishi ko'rsatkichlari (protrombin vaqti / XNN) oshishi va / yoki qon ketish potentsial xavfi tufayli qon ivishi ko'rsatkichlarini nazorat qilishlari kerak.
Psixotik reaktsiyalar.
Xinolinlar, shu jumladan levofloksatsin olgan bemorlarda psixotik reaktsiyalar kuzatilgan. Kamdan-kam hollarda ular suitsidal fikrlarga va o'zini o'zi yo'q qilish xulq-atvoriga olib kelgan - ba'zan hatto levofloksatsinning yagona dozasini qabul qilgandan keyin. Bemorada ushbu reaktsiyalar yuzaga kelgan taqdirda levofloksatsin qabul qilishni to'xtatish va javob choralariga murojaat qilish kerak. Psixotik buzilishlari bo'lgan bemorlarga yoki anamnezida ruhiy kasalliklari bo'lgan bemorlarga levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.
QT intervalining uzayishi.
Ftorxinolonlar qabul qilinganda QT intervalining uzayishi holatlari haqida xabar berilgan. Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni QT intervali uzayishining ma'lum xavf omillari bo'lgan bemorlar qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:
tug'ma yoki orttirilgan uzaygan QT intervali sindromi;
QT intervalini uzaytiradigan dori vositalarini (shu jumladan IA va III sinf antiaritmik vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, antipsixotik dori vositalari) bir vaqtda qo'llash;
elektrolitlar balansi buzilganda (shu jumladan gipokaliemiya, gipomagniemiya)
yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya).
Keksa yoshdagi bemorlar va ayollar QT intervalini uzaytiradigan dori vositalariga sezgirroqdirlar. Shuning uchun ushbu bemorlar guruhida ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Periferik neyropatiya.
Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qabul qilayotgan bemorlarda tez yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sensor yoki sensor-motor periferik neyropatiya holatlari haqida xabar berilgan. Agar bemorda neyropatiya simptomlari kuzatilsa, qaytmas holat yuzaga kelishini oldini olish uchun levofloksatsin qabul qilishni to'xtatish kerak.
Gepatobiliar tizim.
Levofloksatsin qo'llanilganda jigar nekrozi, hatto hayotga xavf soluvchi jigar yetishmovchiligigacha bo'lgan holatlar haqida xabar berilgan, asosan og'ir asosiy kasalliklari, masalan sepsis bo'lgan bemorlarda ("Nojo'ya reaktsiyalar" bo'limiga qarang). Bemorlarga anoreksiya, sariqlik, to'q rangli siydik, qichishish yoki qorin sohasida og'riq kabi jigar kasalligi ko'rinishlari va simptomlari yuzaga kelsa, davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilishni tavsiya etish kerak.
Myasthenia gravis
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin nerv-mushak o'tkazuvchanligini bloklaydi va miasteniya gravisi bo'lgan bemorlarda mushak kuchsizligini provokatsiya qilishi mumkin. Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi davrda ftorxinolonlar qabul qilinganda jiddiy nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan o'lim holatlari va miasteniya gravisi bo'lgan bemorlarda nafas olishni qo'llab-quvvatlashni qo'llash zarurati haqida xabar berilgan. Levofloksatsinni anamnezida miasteniya gravis bo'lgan bemorlarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Ko'rish buzilishlari.
Agar ko'rish buzilishi yoki ko'zga boshqa ta'sir kuzatilsa, darhol oftalmologga murojaat qilish kerak ("Nojo'ya reaktsiyalar", "Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati" bo'limlariga qarang).
Superinfektsiya.
Levofloksatsin qo'llanilganda, ayniqsa uzoq muddat, opportunistik infektsiyalar rivojlanishi va rezistent mikroorganizmlar o'sishi mumkin. Ikkilamchi infektsiya rivojlanganda tegishli choralar ko'rish zarur.
Laboratoriya tekshiruvlari.
Levofloksatsin olgan bemorlarda siydikda opiatlarni aniqlash soxta musbat natija berishi mumkin. Opiatlarga musbat natijalarni spesifik usullar yordamida tasdiqlash zarurati tug'ilishi mumkin.
Levofloksatsin Mycobacterium tuberculosis o'sishini bostiradi va shuning uchun sil bilan og'rigan bemorlarda bakteriologik tekshiruv o'tkazilganda soxta manfiy natija qayd etilishi mumkin.
Ba'zi nojo'ya reaktsiyalar (masalan, bosh aylanishi / vertigo, uyquchanlik, ko'rish buzilishi) bemorning diqqatni jamlash qobiliyatini va reaktsiya tezligini buzishi va shu tariqa ushbu sifatlar alohida katta ahamiyatga ega bo'lgan vaziyatlarda (masalan, avtomobilni boshqarishda yoki mexanizmlarni boshqarishda) yuqori xavfni keltirib chiqarishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga, preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
epilepsiya;
ftorxinolonlarni oldindan qo'llashdan keyin paylar tomonidan nojo'ya reaktsiyalarga shikoyatlar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarining preparatga ta'siri
Temir tuzlari, rux tuzlari, magniy va alyuminiy saqlovchi antatsidlar, didanozin. Levofloksatsin so'rilishi temir tuzlari yoki magniy yoki alyuminiy saqlovchi antatsidlar, yoki didanozin (faqat alyuminiy yoki magniy bufer agentlarini saqlovchi shakllar uchun) bilan bir vaqtda qabul qilinganda sezilarli darajada kamayadi. Ftorxinolonlarni rux saqlovchi polivitaminlar bilan bir vaqtda qo'llash ularning peroral so'rilishini kamaytiradi. Ikki valentli yoki uch valentli kationlar saqlovchi preparatlarni, masalan temir tuzlari, rux tuzlari, magniy yoki alyuminiy saqlovchi antatsidlar yoki didanozinni (faqat alyuminiy yoki magniy bufer agentlarini saqlovchi didanozin shakllari uchun), levofloksatsin qo'llashdan 2 soat oldin / keyin qabul qilish tavsiya etilmaydi. Kaltsiy tuzlari levofloksatsinning peroral so'rilishiga minimal ta'sir ko'rsatgan.
Sukralfat
Levofloksatsin tabletkalarining biologik kira olishligi sukralfat bilan bir vaqtda qo'llanilganda sezilarli darajada kamayadi. Agar bemor ham sukralfat, ham levofloksatsin qabul qilishi kerak bo'lsa, sukralfatni levofloksatsin qabul qilgandan 2 soat o'tgach qabul qilish yaxshiroqdir (Dozalash rejimi bo'limiga qarang).
Teofillin, fenbufen yoki shunga o'xshash boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari
Levofloksatsinning teofillin bilan farmakokinetik o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Biroq, xinolonlarni teofillin va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va talvasa bo'sag'asini kamaytiruvchi boshqa agentlar bilan bir vaqtda qo'llashda talvasa bo'sag'asining sezilarli pasayishi mumkin. Fenbufen ishtirokida levofloksatsin konsentratsiyasi faqat levofloksatsin qabul qilinganidagiga qaraganda taxminan 13% ga yuqori bo'lgan.
Probenitsid va simetidin
Probenitsid va simetidin levofloksatsinning chiqarilishiga statistik ishonchli ta'sir ko'rsatadi.
Levofloksatsinning buyrak klirensi simetidin ishtirokida 24% ga va probenitsid ishtirokida 34% ga kamayadi. Bu ikkala preparat ham levofloksatsinning naychalar sekretsiyasini blokirovka qilish qobiliyatiga ega ekanligi bilan bog'liq. Biroq, tadqiqot davomida sinovdan o'tkazilgan dozalarda statistik ahamiyatga ega kinetik farqlar klinik ahamiyatga ega bo'lishi ehtimoldan yiroq. Levofloksatsinni naychalar sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi dori vositalari, masalan probenitsid va simetidin bilan bir vaqtda qo'llashda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda.
Boshqalar
Levofloksatsin farmakokinetikasiga u bilan bir vaqtda qo'llanilganda kalsiy karbonat, digoksin, glibenklamid, ranitidin hech qanday klinik ahamiyatga ega ta'sir ko'rsatmaydi.
Boshqa dori vositalariga ta'siri
Siklosporin
Siklosporinning yarim chiqarilish davri levofloksatsin bilan bir vaqtda qabul qilinganda 33% ga oshadi.
K vitamini antagonistlari
K vitamini antagonistlari (masalan varfarin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda koagulyatsiya testlarining (PV / xalqaro normallashtirilgan nisbat) oshishi va / yoki yaqqol namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan qon ketishlar haqida xabar berilgan. Shunga qaramay, parallel ravishda K vitamini antagonistlarini qabul qilayotgan bemorlarda koagulyatsiya ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak (Maxsus ko'rsatmalar bo'limiga qarang).
QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari
Levofloksatsin, boshqa ftorxinolonlar kabi, QT intervalini uzaytirish qobiliyati bilan ma'lum bo'lgan dori vositalarini (masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalar, tritsiklik antidepressantlar va makrolidlar, antipsixotik dori vositalari) qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak (Qo'llash xususiyatlari (QT intervalining uzayishi) bo'limiga qarang).
O'zaro ta'sirning boshqa shakllari
Ovqat qabul qilish
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sir kuzatilmagan. Shunday qilib, levofloksatsin tabletkalarini ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Dozirovkasi
Preparat sutkasiga 1 yoki 2 marta qabul qilinadi. Doza infeksiya turi va og'irligiga bog'liq. Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga bog'liq. Preparat bilan davolashni tana harorati normallashganidan yoki qo'zg'atuvchilar yo'q qilinganligi mikrobiologik testlar bilan tasdiqlanganidan so'ng kamida 48-72 soat davomida davom ettirish tavsiya etiladi.
Levofloksatsin tabletkalarini chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutish kerak. Agar zarur bo'lsa, tabletkani bo'lish uchun chizig'i bo'ylab bo'lish mumkin. Ularni ovqat bilan birga ham, boshqa vaqtda ham qabul qilish mumkin.
Dozalash bo'yicha buyrak funksiyasi normal bo'lgan, kreatinin klirensi 50 ml / min bo'lgan katta yoshli bemorlar uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak:
O'tkir bakterial sinusit:
500 mg sutkasiga 1 marta, 10-14 kun.
Surunkali bronxit zo'rayishi:
500 mg sutkasiga 1 marta, 7-10 kun.
Shifoxonadan tashqari pnevmoniya:
500 mg sutkasiga 1-2 marta, 7-14 kun.
Pielonefrit:
500 mg sutkasiga 1 marta, 7-10 kun.
Siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infeksiyalari:
500 mg sutkasiga 1 marta, 7-14 kun.
Asoratlanmagan sistit:
250 mg sutkasiga 1 marta, 3 kun.
Surunkali bakterial prostatit:
500 mg sutkasiga 1 marta, 28 kun.
Teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infeksiyalari:
500 mg sutkasiga 1-2 marta, 7-14 kun.
Maxsus populyatsiyalar
Buyrak funksiyasi buzilganda (kreatinin klirensi ≤ 50 ml / min) dozani davolovchi shifokor belgilaydi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun dozalash. Dozani to'g'irlash talab etilmaydi, chunki levofloksatsin jigarda sezilmas darajada metabolizmga uchraydi va asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Keksa yoshdagi bemorlar uchun dozalash. Agar buyrak funksiyasi buzilmagan bo'lsa, dozani to'g'irlashga hojat yo'q.
Hajm/og'irlik
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5 o'xshash dorilari



LEVOMAK tabletkalari 250mg N5 xususiyatlari
LEVOMAK boshqa chiqarish shakllari

LEVOMAK tabletkalari 250mg N5 analoglari



{
"data": {
"id": 56134,
"stores_apteka_id": 353732,
"slug": "levomak-tabletki",
"stores_apteka_slug": "levomak-tab-250mg-n5",
"name": "LEVOMAK tabletkalari 250mg N5",
"brand_name": "LEVOMAK",
"image": "uploads/iblock/86b/86b64544817279374f44288274237f9d.webp",
"atx_code": "J01MA12",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Macleods Pharmaceutical Ltd",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 65811,
"slug": "levomak",
"name": "LEVOMAK"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 3,
"slug": "indiya",
"name": "Hindiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7755,
"slug": "levofloksatsin",
"name": "Levofloksasin"
}
],
"tags": [
{
"id": 750,
"slug": "ot-tsistita",
"name": "Sistitdan"
}
]
}
}














