MAALOKS BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar N10

MAALOKS BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Magniy va alyuminiy gidroksidlari mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi antatsidlar hisoblanadi, tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda deyarli so'rilmaydi va shunga mos ravishda tizimli samaralar ko'rsatmaydi.
Nojo'ya samaralari
Tavsiya etilgan dozalash rejimiga rioya qilinganda nojo‘ya ta'sirlar ahamiyatsiz.
Noxush nojo‘ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligini ko‘rsatish uchun Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining quyidagi tasnifi qo‘llaniladi: - tez-tez emas >0,1 % va < 1 %; - tez-tezligi noma'lum - mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma'lum: qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiyalar kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: diareya, qabziyat.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish buzilishlari:
Tez-tezligi noma'lum: suyak to‘qimasi rezorbsiyasining kuchayishiga, giperkaltsiuriyaga, osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan gipermagniemiya, giperalyuminemiya, gipofosfatemiya (uzoq muddatli davolashda yoki yuqori dozalar qabul qilinganda, yoxud ovqatda fosfatlar miqdori kam bo‘lganda standart dozalar qabul qilinganda).
Maxsus saqlash sharoitlari
Alyuminiy gidroksidi qabziyatni chaqirishi mumkin, magniy tuzlarining dozasini oshirib yuborish ichak peristaltikasini susayishiga olib kelishi mumkin; yuqori xavf guruhi bemorlarida (buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar, keksa yoshdagi shaxslar) preparatning yuqori dozalarini qabul qilish ichak obstruktsiyasini va ichak tutilishini chaqirishi yoki kuchaytirishi mumkin. Alyuminiy gidroksidi oshqozon-ichak traktida yomon so'riladi, shuning uchun buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda tizimli ta'sir kamdan-kam yuzaga keladi. Biroq, uzoq muddatli davolash, preparatning haddan tashqari yuqori dozalarini ishlatish yoki ovqat bilan fosfatlar past tushishi fonida preparatning normal dozalarini ishlatish fosfat yetishmovchiligiga (alyuminiyning fosfat bilan bog'lanishi hisobiga) olib kelishi mumkin, bu suyak to'qimasi rezorbtsiyasi kuchayishi va giperkaltsiuriya bilan kechadi, osteomalyatsiya rivojlanish xavfi mavjud. Fosfat yetishmovchiligi rivojlanish xavfi bo'lgan bemorlarni davolashni yoki preparatni uzoq muddat qo'llashni tibbiy kuzatuv ostida amalga oshirish kerak.
Buyrak yetishmovchiligida magniy va alyuminiyning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Ushbu bemorlarda preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda entsefalopatiya, dementsiya, mikrotsitar anemiya rivojlanishi yoki dializ chaqirgan osteomalyatsiya kuchayishi mumkin.
Maaloks® preparatini va boshqa preparatlarni qo'llash o'rtasida ikki soatlik intervalga va Maaloks® preparatini va ftorxinolonlarni qabul qilish o'rtasida to'rt soatlik intervalga rioya qilish kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" ga qarang).
Buyrak yetishmovchiligida Maaloks® preparatini uzoq muddat tayinlashdan saqlanish kerak.
Garchi preparat retseptsiz berilsa-da, homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida, shuningdek o'smirlarda preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Ovqatda fosfatlar miqdori past bo'lganda alyuminiy gidroksidi organizmda fosfor yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun alyuminiy gidroksidi qo'llanilganda, ayniqsa uzoq muddat, ovqat bilan fosfatlar yetarli darajada tushishini ta'minlash kerak.
Agar kasallik simptomlari kuchaysa yoki 10 kun davolash davomida saqlanib qolsa, sababini aniqlash va ehtimol davolashni to'g'irlash uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparat rentgen nurlari uchun o'tkazuvchan.
Chaynash tabletkalari uchun:
Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda preparat tarkibida saxaroza mavjudligini hisobga olish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Og'ir buyrak yetishmovchiligi.
- Faol moddalarga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- Gipofosfatemiya.
- Fruktozani o'zlashtira olmaslik (preparat tarkibida sorbitol mavjudligi sababli).
- 15 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.
Chaynash tabletkalari uchun:
- Glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli)
Chaynash tabletkalari [shakarsiz] uchun:
- Maltitolni o'zlashtira olmaslik.
Ehtiyotkorlik bilan:
- Buyrak yetishmovchiligida.
- Gemodializda bo'lgan porfiriyali bemorlarda.
- Homiladorlikda ("Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi" bo'limiga qarang),
- Altsgeymer kasalligida.
Chaynash tabletkalari uchun
- Qandli diabetda (preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli).
Homiladorlik va laktatsiya:
Hayvonlarda alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidining teratogen samarasi borligiga aniq ko'rsatmalar olinmagan. Hozirgi vaqtda homiladorlik davrida Maaloks® preparatini qo'llashda hech qanday o'ziga xos teratogen samaralar aniqlanmagan, biroq, klinik tajriba yetarli emasligi sababli, uni homiladorlik davrida qo'llash faqat uni qo'llashdan ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfni oqlagan hollardagina mümkin.
Homiladorlik davrida preparatni katta dozalarda va uzoq vaqt davomida tayinlashdan saqlanish kerak.
Tavsiyalarga muvofiq qo'llanilganda alyuminiy gidroksidi va magniy tuzlari kombinatsiyasining onada so'rilishi cheklangan, shuning uchun Maaloks® preparati ko'krak suti bilan emizish bilan mos keluvchi deb tan olingan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Xinidin bilan
Xinidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda zardobda xinidin kontsentratsiyasining oshishi va xinidin dozasi oshirib yuborilishining rivojlanishi mumkin.
- H2-gistamin retseptorlari blokatorlari, propranolol, atenolol, tsefdinir, tsefpodoksim, metoprolol, xloroxin, prostatsiklinlar, diflunisal, digoksin, bisfosfonatlar, etambutol, izoniazid, ftorxinolonlar, natriy ftoridi, glyukokortikosteroidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta'riflangan), indometatsin, ketokonazol, linkozamidlar, fenotiazin neyroleptiklari, penitsillamin, rozuvastatin, temir tuzlari, levotiroksin bilan.
Maaloks® preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda yuqorida sanab o'tilgan preparatlarning oshqozon-ichak traktida so'rilishi kamayadi.
Ushbu preparatlar va Maaloks preparatini qabul qilish orasida 2 soatlik oraliq va ftorxinolonlar va Maaloks® preparatini qabul qilish orasida 4 soatlik oraliq bo'lgan taqdirda ko'pchilik hollarda ushbu istalmagan o'zaro ta'sirdan qochish mumkin.
- Polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan
Maaloks® preparatini polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan birga qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki smola bilan kaliy bog'lanishi samaradorligining pasayishi va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda metabolik alkaloz rivojlanishi (alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi uchun) va ichak obstruktsiyasi (alyuminiy gidroksidi uchun) xavfi mavjud.
- Tsitratlar bilan
Alyuminiy gidroksidi tsitratlar bilan kombinatsiyalanganda plazmada alyuminiy kontsentratsiyasining oshishi mumkin, ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda.
Dozirovkasi
Kattalar va 15 yoshdan oshgan o'smirlar: 1-2 tabletkadan sutkasiga 3-4 marta ovqatdan 1-2 soat keyin va kechqurun. Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqt ichida qabul qilinadi. Preparatni qabul qilishning maksimal soni - kuniga 6 marta. Sutkasiga 12 tabletkadan ortiq qabul qilmaslik kerak. Davolash kursi 2-3 oydan oshmasligi kerak. Epizodik qo'llanilganda (masalan, parhezdagi xatoliklardan keyingi noqulaylikda) - 1-2 tabletkadan bir marta qabul qilinadi.Dozani oshirib yuborishBelgilari
Alyuminiy gidroksid va magniy tuzlari kombinatsiyasining o'tkir dozasini oshirib yuborish belgilari diareya, qorinda og'riq va qusishni o'z ichiga oladi. Xavf guruhidagi bemorlarda yuqori dozalarni qabul qilish ichak tutilishi yoki ichak o'tmasligini chaqirishi yoki kuchaytirishi mumkin ("Ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang).
Davolash
Alyuminiy va magniy siydik bilan chiqariladi. O'tkir dozani oshirib yuborishni davolash suyuqlik yo'qotilishini to'ldirish va jadallashtirilgan diurez yordamida amalga oshiriladi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga gemodializ yoki peritoneal dializ o'tkazish zarur.
MAALOKS BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar N10 o'xshash dorilari


MAALOKS BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar N10 xususiyatlari
Maaloks boshqa chiqarish shakllari



MAALOKS BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar N10 analoglari



{
"data": {
"id": 28012,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "maaloks-n10-tabl-zhevat-b-sakhara",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "MAALOKS BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar N10",
"brand_name": "MAALOKS BEZ SAXARA",
"image": "uploads/iblock/7a9/7a9d58bbb24f39e5bc43f4f940f4e71d.webp",
"atx_code": "A02AX Антациды в других комбинациях",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sanofi S.p.A.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1077,
"slug": "preparaty-ot-narusheniya-kislotnosti",
"name": "Kislotalikning buzilishi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 5126,
"slug": "maaloks",
"name": "Maaloks"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 13,
"slug": "italiya",
"name": "Italiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6202,
"slug": "algeldrat",
"name": "Algeldrat"
},
{
"id": 6873,
"slug": "gidroksid-magniya",
"name": "gidroksid magniya"
}
],
"tags": [
{
"id": 756,
"slug": "ot-yazvy-zheludka",
"name": "Oshqozon yarasidan"
}
]
}
}












