MAGNIYA SULFAT 0,25/ML eritma 10ml N10

MAGNIYA SULFAT 0,25/ML eritma 10ml N10 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozaning 20% dan ko'p bo'lmagan qismi so'riladi.
Tirishishga qarshi ta'sir rivojlanadigan Css 2-3.5 mmol/l ni tashkil qiladi.
GET va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan plazma konsentratsiyasidan 2 baravar yuqori konsentratsiyada ajralib chiqadi. Buyraklar orqali chiqariladi, buyrak ekskretsiyasi tezligi plazma konsentratsiyasi va kalavachalar filtratsiyasi darajasiga proporsionaldir.
Nojo'ya samaralari
Gipermagniemiyaning erta belgilari va simptomlari: bradikardiya, diplopiya, yuzga to‘satdan qon quyilishi, bosh og‘rig‘i, qon bosimining pasayishi, ko‘ngil aynishi, hansirash, noaniq nutq, qusish, holsizlik.
Gipermagniemiya belgilari (qon zardobida magniy kontsentratsiyasining oshishi tartibida): chuqur pay reflekslarining pasayishi (2-3,5 mmol/l), EKGda PQ intervalining uzayishi va QRS kompleksining kengayishi (2,5-5 mmol/l), chuqur pay reflekslarining yo‘qolishi (4-5 mmol/l), nafas olish markazining susayishi (5-6,5 mmol/l), yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi (7,5 mmol/l), yurak to‘xtashi (12,5 mmol/l); bundan tashqari - gipergidroz, xavotir, yaqqol sedativ ta'sir, poliuriya, bachadon atoniyasi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Yurak blokadasi, miokard shikastlanishi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, nafas olish a'zolari kasalliklari, OIT o'tkir yallig'lanish kasalliklari, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan ichga qabul qilinadi yoki parenteral yuboriladi.
Magniy sulfatni epileptik statusni bartaraf etish uchun qo'llash mumkin (majmuaviy davolash tarkibida).
Dozani oshirib yuborilganda MNT susayishini chaqiradi. Magniy sulfat dozasi oshirib yuborilganda antidot sifatida kaltsiy preparatlari - kaltsiy xlorid yoki kaltsiy glyukonat ishlatiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Og'ir darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi, magniy sulfatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya, nafas olish markazining susayishi, yaqqol bradikardiya, AV-blokada, tug'ruq oldi davri (tug'ruqdan 2 soat oldin), 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, keksa yosh.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Magniy sulfatni parenteral qo'llash va periferik ta'sirga ega miorelaksantlarni bir vaqtda qo'llashda periferik ta'sirga ega miorelaksantlar samaralari kuchayishi sodir bo'ladi.
Nifedipin bilan bir vaqtda qo'llanilganda yaqqol mushak zaifligi bo'lishi mumkin.
Peroral antikoagulyantlar (shu jumladan kumarin hosilalari yoki indandion derivatlari), yurak glikozidlari, fenotiazinlar (ayniqsa xlorpromazin) samaradorligini kamaytiradi. Tsiprofloksatsin, etidron kislotasi so'rilishini kamaytiradi, streptomitsin va tobramitsin ta'sirini susaytiradi.
Magniy sulfat dozasi oshirib yuborilganda antidot sifatida kaltsiy preparatlari - kaltsiy xlorid yoki kaltsiy glyukonat qo'llaniladi.
Ca2+ preparatlari, etanol (yuqori kontsentratsiyalarda), ishqoriy metallar karbonatlari, gidrokarbonatlari va fosfatlari, mishyak kislotasi, bariy, strontsiy tuzlari, klindamitsin fosfat, gidrokortizon natriy suktsinat, polimiksin B sulfat, prokain gidroxlorid, salitsilatlar va tartratlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (cho'kma hosil bo'ladi).
Dozirovkasi
Hajm/og'irlik
MAGNIYA SULFAT 0,25/ML eritma 10ml N10 o'xshash dorilari




Magniya sulfat boshqa chiqarish shakllari





MAGNIYA SULFAT 0,25/ML eritma 10ml N10 analoglari







