MAGNIYA SULFAT 20,0 poroshok

MAGNIYA SULFAT 20,0 poroshok haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozaning 20% dan ko'p bo'lmagan qismi so'riladi.
Tirishishga qarshi ta'sir rivojlanadigan Css 2-3.5 mmol/l ni tashkil qiladi.
GET va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan plazma konsentratsiyasidan 2 baravar yuqori konsentratsiyada ajralib chiqadi. Buyraklar orqali chiqariladi, buyrak ekskretsiyasi tezligi plazma konsentratsiyasi va kalavachalar filtratsiyasi darajasiga proporsionaldir.
Maxsus ko‘rsatmalari
Yurak blokadasi, miokard shikastlanishi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, nafas olish a'zolari kasalliklari, OIT o'tkir yallig'lanish kasalliklari, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan ichga qabul qilinadi yoki parenteral yuboriladi.
Magniy sulfatni epileptik statusni bartaraf etish uchun qo'llash mumkin (majmuaviy davolash tarkibida).
Dozani oshirib yuborilganda MNT susayishini chaqiradi. Magniy sulfat dozasi oshirib yuborilganda antidot sifatida kaltsiy preparatlari - kaltsiy xlorid yoki kaltsiy glyukonat ishlatiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersezuvchanlik, appenditsit, rektal qon ketish (shu jumladan taxmin qilinayotgan), ichak tutilishi, kolit, o't-tosh kasalligi, o't yo'llari obstruktsiyasi, degidratatsiya, gipermagniemiya, o'tkir isitma holatlari, arterial gipotenziya, og'ir buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik.
Dozirovkasi
Preparatni epizodik qabul qilish kerak, muntazam qo'llash tavsiya etilmaydi.
MAGNIYA SULFAT 20,0 poroshok o'xshash dorilari




Magniya sulfat boshqa chiqarish shakllari





MAGNIYA SULFAT 20,0 poroshok analoglari







