MAGNIYA SULFAT 25,0 poroshok N10

MAGNIYA SULFAT 25,0 poroshok N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganda och va yonbosh ichakda yomon so'riladi (20 % dan ko'p emas), safro, pankreatik va ichak shirasidan reabsorbsiyaga uchraydi. Malabsorbsiya sindromi va yog'larga boy ovqat iste'mol qilinganda magniy ionlarining so'rilishi pasayadi. Hujayra ichi oqsillari va makroergik fosfatlar bilan bog'lanishi - 30 %. Qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti - 4 soat. Magniy ionlari suyaklar, skelet mushaklari, buyraklar, jigar va miokardda; oz miqdorda to'qima suyuqligi va eritrotsitlarda to'planadi. Gematoensefalik va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ona sutida plazmadagiga qaraganda ikki baravar yuqori konsentratsiyalarni hosil qiladi. Chiqarilishi buyraklar va axlat orqali amalga oshiriladi.
Nojo'ya samaralari
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me'da-ichak yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining kuchayishi, meteorizm, spastik xarakterdagi abdominal og‘riq, chanqoq, elektrolitlar muvozanatining buzilishi (yuqori toliqish, asteniya, ongning chalkashishi, aritmiya, talvasalar), buyrak yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda gipermagniemiya (gipermagniemiyaning erta belgilari: bradikardiya, diplopiya, yuz terisiga to‘satdan qon "quyilishi", bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qon bosimining pasayishi, ko‘ngil aynishi, hansirash, noaniq nutq, qusish, holsizlik).
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni vaqti-vaqti bilan qabul qilish kerak, muntazam qo'llash tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersezuvchanlik, appenditsit, rektal qon ketish, ichak tutilishi, oshqozon-ichak traktining o'tkir yallig'lanish kasalliklari, degidratatsiya, gipermagniemiya, homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan:
Yurak blokadasi, miokard shikastlanishi, surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Peroral antikoagulyantlar (shu jumladan kumarin hosilalari yoki indandion derivatlari), yurak glikozidlari, fenotiazinlar (ayniqsa xlorpromazin) samarasini pasaytiradi. Tsiprofloksatsin, etidron kislotasi, tetratsiklin guruhi antibiotiklari so'rilishini kamaytiradi (peroral tetratsiklinlar bilan so'rilmaydigan komplekslar hosil qiladi), streptomitsin va tobramitsin ta'sirini susaytiradi (magniy saqlovchi surgi dori preparatlarini yuqorida ko'rsatilgan dori vositalari qo'llanilgandan 1-2 soat o'tgach qabul qilish kerak). Kaltsiy preparatlari, etanol (yuqori kontsentratsiyalarda), ishqoriy metallar karbonatlari, gidrokarbonatlari va fosfatlari, mishyak kislotasi, bariy, strontsiy tuzlari, klindamitsin fosfat, gidrokortizon natriy suktsinat, polimiksin B sulfat, prokain gidroxlorid, salitsilatlar va tartratlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (cho'kma hosil bo'ladi).
Dozirovkasi
Kattalar - 20-25 g dan sutkasiga 1 marta och qoringa, preparatni bir stakan suvda (200 ml) oldindan eritib. 12 yoshdan oshgan bolalar - 10 g dan sutkasiga 1 marta (1/2 stakan suvga). 6-12 yoshli bolalarga 5 dan 10 g gacha (ya'ni 10 g ni 1/2 stakan suv hisobidan tayyorlangan eritmaning yarmidan to'liq hajmigacha) tayinlanadi. 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparat faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llanilishi mumkin. Bolalarda sutkalik dozalar hayotining 1 yiliga 1 g hisobidan belgilanadi. Preparatni huqna (klizma) ko'rinishida qo'llash mumkin (50-100 ml 20-30 % eritma).
Og'ir metallar tuzlari bilan zaharlanishda oshqozon 1 % magniy sulfat eritmasi bilan yuviladi yoki ichga 20 g, bir stakan suvda (200 ml) eritib beriladi.Dozani oshirib yuborishBelgilari: og'ir diareya.
Davolash - simptomatik.
MAGNIYA SULFAT 25,0 poroshok N10 o'xshash dorilari




Magniya sulfat boshqa chiqarish shakllari





MAGNIYA SULFAT 25,0 poroshok N10 analoglari





{
"data": {
"id": 31966,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "magniya-sulfat-25-0-n10-pak-por-d-r-ra-d-priema-vnutr-iff",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "MAGNIYA SULFAT 25,0 poroshok N10",
"brand_name": "MAGNIYA SULFAT 25,0",
"image": "uploads/iblock/8ef/8efe478fd8f2782a4a1f9c8c99c7faa0.webp",
"atx_code": "B05ХA05",
"drug_form_id": 4,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Ivanovskaya farmasevicheskaya fabrika, OAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 485,
"slug": "krov-i-krovoobrashchenie",
"name": "Qon va qon aylanishi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 8329,
"slug": "magniya-sulfat",
"name": "Magniya sulfat"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7870,
"slug": "magniya-sulfata-geptagidrat",
"name": "Magniya sulfata geptagidrat"
}
],
"tags": []
}
}

