Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Oftolmologik vositalar  / MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5%

MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5%

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Moksifloksasin
Ishlab chiqaruvchi:LEKKO ZAO
ATX kodi:S01AE07 Моксифлоксацин
Barcha Sifloks dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5% qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanilganda moksifloksatsinning tizimli so'rilishi sodir bo'ladi: moksifloksatsinning plazmadagi maksimal konsentratsiyasi (Stax) 2,7 ng/ml ni, «konsentratsiya-vaqt» egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) kattaligi - 45 ng*soat/ml ni tashkil qiladi. Ushbu qiymatlar 400 mg moksifloksatsin terapevtik dozasi peroral qo'llanilgandan keyingi Stax va AUC dan taxminan 1600 marta va 1000 marta kam. Moksifloksatsinning plazmadan yarim chiqarilish davri (Tu2) taxminan 13 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Quyidagi noxush reaksiyalar uchrash tezligining quyidagi gradatsiyasiga muvofiq tasniflangan:

juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 dan 1/1 000 dan 1/10 000 dan
Asab tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.

Kam hollarda: paresteziya.

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar Tez-tez: ko‘zda og‘riq, ta’sirlanish.

Tez-tez emas: nuqtali keratit, quruq ko‘z sindromi, kon’yunktival qon quyilishi, ko‘z giperemiyasi, ko‘zlarda qichishish, qovoqlar shishi, ko‘zlarda noqulaylik hissi.

Kam hollarda: shox parda epiteliysi nuqsonlari, shox parda tomonidan buzilishlar, kon’yunktivit, blefarit, ko‘zlar shishi, kon’yunktiva shishi, ko‘rish noaniqligi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, astenopiya, qovoqlar eritemasi.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar Kam hollarda: burunda noqulaylik hissi, faringolaringeal og‘riq, yot jism hissi (tomoqda).

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: disgevziya.

Kam hollarda: qusish.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: alaninaminotransferaza va gammaglutamiltransferaza darajasining oshishi. Postmarketing tajriba (tezligi noma’lum):

Immun tizimi tomonidan buzilishlar O‘ta yuqori sezuvchanlik.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar Bosh aylanishi.

Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar

Yarali keratit, keratit, ko‘z yoshlanishining kuchayishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zdan ajralmalar. Yurak tomonidan buzilishlar Yurak urishini his qilish.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar Dispnoe.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Eritema, qichishish, toshma, eshakemi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Faqat oftalmologik qo'llash uchun. In'ektsiyalar uchun emas. Preparatni subkonyunktival yoki bevosita ko'zning old kamerasiga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Xinolonlarni tizimli qabul qilayotgan bemorlarda jiddiy va ba'zi hollarda o'limga olib keluvchi o'ta yuqori sezuvchanlik (anafilaktik) reaktsiyalari rivojlanishi haqida xabarlar olingan; ba'zi bemorlarda reaktsiya rivojlanishi birinchi doza yuborilgandan keyin kuzatilgan. Ba'zi reaktsiyalar yurak-qon tomir yetishmovchiligi, hushdan ketish, Kvinke shishi (shu jumladan hiqildoq, halqum yoki yuz shishi), nafas yo'llari obstruktsiyasi, dispnoe, eshakemi va qichishish bilan kechgan.

Moksifloksatsin-Optik preparatiga allergik reaktsiya rivojlanganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Jiddiy o'tkir yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari holatida shoshilinch reanimatsiya tadbirlarini o'tkazish talab etilishi mumkin: ko'rsatmalar bo'yicha nafas yo'llari o'tkazuvchanligini nazorat qilish bilan kislorodoterapiya zarur bo'lishi mumkin

Antibiotikni uzoq muddat qo'llash sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug'larning ortiqcha o'sishiga olib kelishi mumkin. Superinfektsiya yuzaga kelganda preparatni qo'llashni to'xtatish va adekvat terapiyani tayinlash kerak.

Ftorxinolonlarni, shu jumladan moksifloksatsinni tizimli qo'llash paylarning yallig'lanishi va uzilishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda va kortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilayotgan shaxslarda. Shunday qilib, paylar yallig'lanishining birinchi simptomlari paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.

Moksifloksatsin-Optik preparatini yangi tug'ilgan chaqaloqlarda konyunktivitlarni davolash uchun samaradorligi va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar cheklangan. Shuning uchun preparatni yangi tug'ilgan chaqaloqlarda konyunktivitlarni davolash uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. Moksifloksatsin-Optik konyunktivitlarni profilaktikasi yoki empirik terapiyasi uchun, shu jumladan Neisseria gonorrhoeae gonokokklarining ftorxinolonli rezistentligi tufayli yangi tug'ilgan chaqaloqlar gonokokkli oftalmiyasida tavsiya etilmaydi. Neisseria gonorrhoeae gonokokklari chaqirgan ko'z infektsiyalari bo'lgan bemorlar tegishli tizimli davolashni olishlari kerak.

Moksifloksatsin-Optik 2 yoshdan kichik bemorlarda Chlamidia trachomatis chaqirgan ko'z infektsiyalarini davolash uchun tavsiya etilmaydi, chunki tegishli tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Chlamidia trachomatis chaqirgan ko'z infektsiyalari bo'lgan 2 yoshdan katta bemorlar tegishli tizimli davolashni olishlari kerak.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar oftalmiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar ularning holatidan kelib chiqib tegishli davolashni, masalan, Chlamidia trachomatis yoki Neisseria gonorrhoeae gonokokklari chaqirgan hollarda tizimli davolashni olishlari kerak.

Bemorlarda ko'z olmasi oldingi qismi infektsion kasalliklari belgilari bo'lsa, kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi.

Flakonni har bir foydalanishdan keyin yopish kerak.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Preparat qo'llanilgandan so'ng ko'rish idroki tiniqligining pasayishi mumkin va u tiklanmaguncha avtomobilni boshqarish va yuqori diqqat va reaktsiyani talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yoki boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlik, 1 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi.

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davri

Preparatni homiladorlik vaqtida va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash bo'yicha yetarli tajriba yo'q. Preparatni homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash kutilayotgan davolash samarasi homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holda mümkin. Hayvonlardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, moksifloksatsin peroral qabul qilingandan so'ng ko'krak suti bilan moddaning oz miqdori ekskresiya qilinadi. Shunga qaramay, preparatning terapevtik dozalariga rioya qilinganda emizikli bolalarda noxush reaktsiyalar rivojlanishi kutilmaydi.

Teratogenlik.

Hayvonlardagi klinik oldi tadqiqotlarida moksifloksatsin 500 mg/kg/kun dozalarida (bu inson uchun tavsiya etilgan sutkalik dozadan taxminan 21700 marta yuqori) teratogen ta'sir ko'rsatmadi. Biroq ba'zi pasayishlar qayd etilgan

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mahalliy qo'llaniladigan moksifloksatsinning boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri o'rganilmagan. Instillatsiya ko'rinishida mahalliy qo'llashdan keyin tizimli konsentratsiyaning pastligi sababli, boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sir qilish ehtimoli kam.

Moksifloksatsinning peroral dori shakli uchun ma'lumotlar mavjud: teofillin, varfarin, digoksin, peroral kontraseptivlar, probenitsid, ranitidin va glibenklamid bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlar (ftorxinolon qatoridagi boshqa preparatlardan farqli o'laroq) qayd etilmagan.

In vitro tadqiqotlarda moksifloksatsin CYP3A4, CYP2D6, CYP2C9 yoki CYP1A2 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi, bu moksifloksatsinning sitoxrom R450 izofermentlari tomonidan metabollanadigan dori vositalarining farmakokinetik xususiyatlarini o'zgartirmasligidan dalolat berishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashMahalliy.

Kattalarda qo'llanilishi (shu jumladan 65 yoshdan oshgan keksa bemorlarda)

1 tomchidan kuniga 3 marta zararlangan ko'zga. Holatning yaxshilanishi o'tkazilayotgan terapiyadan 5 kun o'tgach sodir bo'ladi, lekin davolashni yana 2-3 kun davomida davom ettirish kerak. Agar 5 kunlik terapiyadan so'ng terapevtik samara bo'lmasa, tashxisni va davolash taktikasini tanlashni qayta ko'rib chiqish tavsiya etiladi. Terapiya kursi davomiyligi bemorning holati og'irligi, infeksion jarayonning klinik va bakteriologik xususiyatlariga bog'liq.

Pediatrik populyatsiyada qo'llanilishi

Bolalarda qo'llanilganda dozalash rejimini to'g'irlash talab etilmaydi.

Jigar va buyrak yetishmovchiligi Dozani to'g'irlash talab etilmaydi.

Flakon-tomchilagich uchi va preparatning mikrobli ifloslanishining oldini olish uchun ularning qovoqlar, ko'z atrofi terisi va boshqa yuzalar bilan tegishidan saqlanish kerak.

Burun shilliq qavati orqali preparat so'rilishining oldini olish maqsadida instillyatsiyadan so'ng burun-yosh kanalini barmoq bilan 2-3 daqiqa bosib turish kerak.

Oftalmologiyada mahalliy qo'llash uchun bir nechta preparatlarni qo'llashda ularni qo'llash orasidagi interval kamida 5 daqiqani tashkil qilishi kerak, ko'z surtmalarini eng oxirida qo'llash kerak.Dozani oshirib yuborishKonyunktival bo'shliqning sig'imi kichikligi tufayli instillyatsiyalar ko'rinishidagi dori preparatlarini qo'llashda mahalliy dozani oshirib yuborishning rivojlanish imkoniyati deyarli yo'q. Flakon tarkibi tasodifan yutilganda nojo'ya hodisalar rivojlanishi uchun preparatdagi moksifloksatsinning umumiy miqdori juda kam.

Ko'zga ortiqcha miqdordagi preparat tushganda ko'zlarni iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5% o'xshash dorilari

Narxi
41 400 so'm dan
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Retseptli
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
Narxi
41 900 so'm dan
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Retseptli
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
•36 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan

Sifloks boshqa chiqarish shakllari

MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5% analoglari

MEGAFLOKS tabletkalari 400mg N5
MEGAFLOKS tabletkalari 400mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obolenskoe Farmasevticheskoe predpriyatie, ZAO
XAYNEMOKS 0,4 tabletkalari N5
XAYNEMOKS 0,4 tabletkalari N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Xayglans Laboritoriz Pvt
ROTOMOKS 0,4 tabletkalari N5
ROTOMOKS 0,4 tabletkalari N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ROZLEKS FARM OOO
MOKSIFLOKSASIN VELFARM 0,4 tabletkalari N5
Retseptli
MOKSIFLOKSASIN VELFARM 0,4 tabletkalari N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
VELFARM, OOO
MOKSIFLOKSASIN SHTADA 0,0016/ML infuziya uchun eritma 250ml
Retseptli
MOKSIFLOKSASIN SHTADA 0,0016/ML infuziya uchun eritma 250ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Xemomont D.O.O./Nijfarm AO
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Alkon-Kuvrer N.V. S.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
S.C. Rompharm Company S.R.L.
•93 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Retseptli
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Likvor FarmKompaniya
•113 ta dorixonada bor
Narxi
46 900 so'm dan

MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5% haqida savollar

MOKSIFLOKSASIN OPTIK ko'z tomchilari 5ml 0,5% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil