logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Nafas olish tizimi  / NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10

NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ukraina
Faol modda:Salbutamol
Ishlab chiqaruvchi:Yuriya-Farm, OOO
ATX kodi:R03AC02
Barcha Nebutamol dorilari
130 ta dorixonada bor
Narxi 73 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 130 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 o'xshash dorilari

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•118 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
•63 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan
SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
72 500 so'm dan

NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Ingalyatsion qo'llanilgandan so'ng yuborilgan dozaning 10% dan 20% gachasi quyi nafas yo'llariga yetib boradi. Qolgani og'iz-halqumda qoladi va u yerdan yutiladi. Nafas yo'llariga yetib borgan dozaning bir qismi o'pka to'qimasiga so'riladi va qon oqimiga tushadi, ammo o'pkada metabolizmga uchramaydi.

Preparatning ta'siri boshlanishi ingalyatsiyadan keyingi 4-5 daqiqaga to'g'ri keladi, ta'sir davomiyligi 4-6 soatni tashkil qiladi.

Tizimli qon oqimiga tushgandan so'ng preparat jigarda metabolizmga uchraydi, asosan buyraklar orqali o'zgarmagan holda va fenolsulfat metaboliti ko'rinishida ajralib chiqadi.

Burun-halqumdan ovqat hazm qilish tizimiga tushgan preparat dozasi me'da-ichak yo'lidan so'riladi, jigarda fenolsulfat birikmasigacha metabolizmning birinchi bosqichidan o'tadi, keyin buyraklar orqali ajralib chiqadi.

Farmakologik ta'siri

Salbutamol β 2 -adrenoreseptorlarning selektiv agonisti hisoblanadi. Terapevtik dozalarda bronxlar mushaklarining β 2 -adrenoreseptorlariga ta'sir qiladi, bunda yurakning β 1 -adrenoreseptorlariga minimal ta'sir qiladi yoki umuman ta'sir qilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan nojo‘ya ta’sirlar a’zolar va tizimlar bo‘yicha hamda uchrash tezligi bo‘yicha tasniflangan. Uchrash tezligi quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (³ 1/10), tez-tez (³ 1/100 va <1/10), tez-tez emas (³ 1/1000 va <1/100), kam hollarda (³ 1/10 000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), shu jumladan yakka holatlar. Umuman olganda, juda tez-tez va tez-tez uchraydigan nojo‘ya effektlar klinik tadqiqotlar ma’lumotlari bo‘yicha, kam, juda kam va tezligi noma’lum bo‘lganlar esa - spontan xabarlar ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Immun tizimi tomonidan: Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, bronxospazm, gipotenziya va kollaps. Moddalar almashinuvi, metabolizm tomonidan: Kam hollarda gipokaliemiya. Potentsial og‘ir gipokaliemiya β 2 agonistlar bilan davolash natijasi bo‘lishi mumkin. Tezligi noma’lum Laktoatsidoz (qarang. «Qo‘llash xususiyatlari» bo‘limi). Nevrologik buzilishlar. Tez-tez tremor, bosh og‘rig‘i. Juda kam hollarda giperfaollik. Kardial buzilishlar. Tez-tez taxikardiya. Tez-tez emas yurak urishining kuchayishi. Juda kam hollarda: yurak ritmining buzilishi, shu jumladan qorinchalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya va ekstrasistoliya. Tezligi noma’lum: miokard ishemiyasi (qarang. «Qo‘llash xususiyatlari» bo‘limi). Ushbu xabarlar spontan bo‘lganligi sababli, ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingi kuzatuv ma’lumotlari bo‘yicha ularning tezligi aniqlanmagan. Tomirlar tomonidan: Kam hollarda periferik vazodilatatsiya. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: Juda kam hollarda paradoksal bronxospazm. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: Tez-tez emas: og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatlarining ta’sirlanishi. Tayanch-harakat aparati va biriktiruvchi tizim tomonidan: Tez-tez emas mushak tirishishlari.

Maxsus saqlash sharoitlari

Nebutamolni og'iz orqali ingalyatsiya yo'li bilan qo'llash kerak, in'ektsiya yo'li bilan yuborish yoki yutish mumkin emas. Bronxial astmani davolashni bosqichma-bosqich dasturga muvofiq o'tkazish, bemorning holatini klinik jihatdan va o'pkaning funktsional testlari yordamida baholash kerak.
Ingalyatsion β 2 agonistlardan foydalanish chastotasining ortishi bronxial astma ustidan nazorat yomonlashganligidan dalolat beradi. Bunday holda bemorning terapiyasini qayta ko'rib chiqish kerak. Bronxial astma kechishining to'satdan va progressiv yomonlashishi hayot uchun xavfli holat bo'lib, kortikosteroidlardan foydalanishni boshlash yoki oshirishni talab qiladi. Xavf guruhiga kiruvchi bemorlarga har kuni nafas chiqarishning maksimal tezligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Uyda Nebutamol preparati bilan davolanayotgan bemorlarni quyidagilar haqida ogohlantirish kerak: agar preparatning ilgari samarali dozasi yengillik keltirmasa yoki ushbu yengillik davomiyligi kamaysa, shifokorga murojaat qilish kerak, dozani yoki qo'llash chastotasini mustaqil ravishda oshirmaslik kerak. Nebutamol boshqa simpatomimetiklarning katta dozalarini olayotgan bemorlarni davolash uchun ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Simpatomimetiklarni, shu jumladan salbutamolni qo'llash yurak-qon tomir tizimiga ta'sir ko'rsatadi. Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi qo'llash ma'lumotlari va e'lon qilingan tadqiqot ma'lumotlari salbutamol qo'llanilishi bilan assotsiatsiyalangan miokard ishemiyasi yuzaga kelishining kamdan-kam holatlaridan dalolat beradi. Salbutamol bilan davolanayotgan yurak kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, aritmiya yoki og'ir yurak yetishmovchiligi) bo'lgan bemorlar ko'krakda og'riq yoki yurak kasalligi zo'rayishidan dalolat beruvchi boshqa simptomlar yuzaga kelganda tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak. Hansirash va ko'krakdagi og'riq kabi simptomlarni baholashga e'tibor qaratish lozim, ular yurak kasalligi kabi, nafas olish tizimi kasalliklari oqibati ham bo'lishi mumkin. Salbutamol tireotoksikozi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Bemorlarni bir dozali konteynerlardagi salbutamol va ipratropiy bromidi kombinatsiyasi bilan davolashda ba'zan o'tkir yopiq burchakli glaukoma rivojlanishi holatlari kuzatilgan. Shuning uchun bir dozali konteynerlardagi salbutamolning nebulizatsiya yo'li bilan yuboriladigan antixolinergik preparatlar bilan kombinatsiyasini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Bemorlar preparatni to'g'ri qo'llash bo'yicha tegishli ko'rsatmalarni olishlari va purkaladigan aerozolni ko'zga tushishidan saqlanish kerakligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak. β 2 agonistlar bilan davolash natijasi og'ir gipokaliemiya bo'lishi mumkin, bu asosan parenteral shakllar yoki nebulayzer qo'llanilganda kuzatiladi. O'tkir og'ir bronxial astmasi bo'lgan bemorlarga alohida e'tibor qaratiladi, chunki gipokaliemiya ksantinlar hosilalari, steroidlar, diuretiklar va gipoksiya bilan bir vaqtda qo'llanilganda potentsiyalanishi mumkin. Bunday vaziyatda ushbu bemorlarning qon zardobida kaliy darajasini tekshirish tavsiya etiladi. Boshqa ingalyatsion vositalar qo'llanilganda bo'lgani kabi, bo'g'ilish kuchayishi bilan paradoksal bronxospazm yuz berishi mumkin. Bunday holda darhol preparatning muqobil shakllarini yoki boshqa tez ta'sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorlarni tayinlash kerak. Nebutamolni darhol bekor qilish va, zarurat bo'lganda, doimiy asosda boshqa tez ta'sir etuvchi bronxodilatatorlarni tayinlash kerak. Boshqa β-adrenoretseptorlar agonistlari kabi, Nebutamol qaytuvchan metabolik o'zgarishlarga, masalan, qonda qand miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda bunday o'zgarishlarni kompensatsiya qilish har doim ham mumkin emas, shuning uchun bunday bemorlarda ketoatsidoz rivojlanishi haqida alohida xabarlar mavjud. Kortikosteroidlarni bir vaqtda qo'llash ushbu holatni og'irlashtirishi mumkin. Juda kam hollarda yuqori dozalardagi salbutamol bilan davolangan (nebulayzer orqali qo'llanilgan) bronxial astma zo'rayish bosqichidagi bemorlarda laktat-atsidoz rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan ("Nojo'ya reaktsiyalar" bo'limiga qarang). Qonda laktat darajasining oshishi bo'g'ilish va o'pkaning kompensator giperventilyatsiyasi rivojlanishini chaqirishi mumkin, bu yanglishib astmaga qarshi davolashning yetarli emasligi sifatida baholanishi va o'z navbatida, qisqa ta'sir etuvchi β 2 agonistlar bilan davolashning o'rinsiz kuchaytirilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarda qon zardobida laktat darajasini va mos ravishda ularda metabolik atsidoz mavjudligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q. Nerv tizimi tomonidan nojo'ya reaktsiyalar (tremor) paydo bo'lgan taqdirda avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashni cheklash kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Anamnezda preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Garchi in'ektsiya uchun eritma shaklidagi va ba'zan tabletkalar va suppozitoriylar shaklidagi salbutamol muddatidan oldin tug'ruqlarni boshqarishda qo'llanilgan bo'lsa-da, ingalyatsiya uchun aerozol shaklidagi salbutamol ushbu ko'rsatmalar bo'yicha qo'llanilmaydi. Salbutamol homila tushish xavfi bo'lganda qo'llanilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Salbutamol propranolol kabi noselektiv beta-adrenoretseptorlar bilan birga buyurilmaydi. Salbutamol monoaminoksidaza ingibitorlari bilan davolanayotgan bemorlarga buyurish uchun qarshi ko'rsatma emas.

Dozirovkasi

Nebutamol preparati ingalyatsion qo'llash uchun nebulayzer yordamida og'iz orqali nafas olish yo'li bilan mo'ljallangan, uni shifokor nazorati ostida qo'llash kerak. Eritmani in'eksiya yo'li bilan yuborish yoki yutish mumkin emas. β 2 agonistlarga bo'lgan ehtiyojning ortishi astma kechishining yomonlashuvidan dalolat berishi mumkin. Bunday sharoitda bemorni davolash rejimini qayta ko'rib chiqish va yondosh GKS terapiyani tayinlash imkoniyatini ko'rib chiqish kerak. Kattalar (shu jumladan keksa yoshdagi bemorlar): Salbutamolning odatdagi boshlang'ich ingalyatsion dozasi 2,5 mg ni tashkil qiladi. U 5 mg gacha oshirilishi mumkin. Ingalyatsiyani kuniga 4 martagacha takrorlash mumkin. Og'ir nafas yo'llari obstruksiyasi bo'lgan kattalar bemorlarni davolash uchun dozalar sutkasiga 40 mg gacha oshirilishi mumkin, ammo bunday davolashni statsionar sharoitda shifokor nazorati ostida o'tkazish kerak. 12 yoshdan oshgan bolalar: Dozalar kattalardagidek. 4 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar: Salbutamolning odatdagi boshlang'ich ingalyatsion dozasi 2,5 mg ni tashkil qiladi. U 5 mg gacha oshirilishi mumkin. Ingalyatsiyani kuniga 4 martagacha takrorlash mumkin. 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun preparatning boshqa dori shakllarini qo'llash kerak. 18 oylikkacha bo'lgan go'daklarda salbutamol nebulizatsiyasini qo'llashning klinik samaradorligi aniqlanmagan. O'tkinchi gipoksemiya bo'lishi mumkinligi sababli, qo'shimcha kislorod terapiyasini o'tkazish zaruratini hisobga olish kerak. Nebutamol odatda suyultirilmagan holda qo'llanilishi kerak. Biroq, agar ingalyatsiyani uzoq vaqt davomida (10 daqiqadan ko'proq) o'tkazish kerak bo'lsa, bir martalik konteyner tarkibi steril fiziologik eritma bilan suyultirilishi mumkin. Aerozol ingalyatsiyasini yuzga maxsus niqob yoki mushtuk yordamida o'tkazish mumkin. Ingalyatsiya o'tkaziladigan xonani vaqti-vaqti bilan shamollatish kerak. Nafas olinadigan havoning gipoventilyatsiyasi tufayli gipoksiya rivojlanish xavfi yuzaga kelganda, havoni kislorod bilan boyitish kerak. Dozani oshirish va preparatni qo'llash chastotasini faqat shifokor dozani oshirib yuborishda nojo'ya samaralar yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda amalga oshirishi mumkin.
Nebutamol mahsulotlari uchun yo'riqnoma
1. Nebulayzerni foydalanishga tayyorlang.
2. Paketchani oching va u yerdan bir martalik konteynerni oling. Agar zarurat bo'lmasa, bir martalik konteynerni paketchadan olmang.
3. Olib tashlangan bir martalik konteynerni chayqating. Boshqa bir martalik konteynerlarni polimer paketchada qoldiring va ularni karton qutiga joylashtiring.
4. Bir martalik konteynerni yuqori chetidan ushlab, konteynerni ochish uchun boshqa chetini burang.
5. Bir martalik konteynerni nebulayzerga ochiq chetini pastga qaratib qo'ying va biroz bosing. Barcha preparat nebulayzerga oqib tushganligiga ishonch hosil qiling.
6. Nebulayzerni yig'ing va undan nebulayzerdan foydalanish bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq foydalaning.
7. Ishlatilgandan so'ng nebulayzerni yuving, preparat qoldiqlarini utilizatsiya qiling.

NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 analoglari

SALAMOL EKO LEGKOE DIXANIE 200DOZ aerozol
SALAMOL EKO LEGKOE DIXANIE 200DOZ aerozol
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Norton Voterford-Ayveks Farmasyutikals Irlandiya
VENTOLIN aerozol 100mkg 200 doz
VENTOLIN aerozol 100mkg 200 doz
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Glakso Vellkom Prodakshen»
SALBUTAMOL TEVA aerozol 100 mkg 200 doz
SALBUTAMOL TEVA aerozol 100 mkg 200 doz
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Norton Voterford-Ayveks Farmasyutikals Irlandiya
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Mosximfarmpreparati im N.A.Semashko, OAO
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
VENTAKORT aerozol 100mkg
Retseptli
VENTAKORT aerozol 100mkg
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
37 900 so'm dan
VENTOLIN EVOXALER INGALYATOR DOZIROVANNIY 100mkg 200 doz N1
Retseptli
VENTOLIN EVOXALER INGALYATOR DOZIROVANNIY 100mkg 200 doz N1
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Export Limited., Velikobritaniya proizvedeno: GlaxoWellcome Production
AEROBRES aerozol 100mkg N200
AEROBRES aerozol 100mkg N200
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Aeropharm GmbH

NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 haqida savollar

NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil