Apteka.uz
SavatKirish

NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Faol modda:drotavertin
Ishlab chiqaruvchi:Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
ATX kodi:A03AD02 Дротаверин
Barcha No-shpa dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Papaverin bilan solishtirganda drotaverin ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo'lidan tezroq va to'liqroq so'riladi. Absorbsiya 100% ni tashkil qiladi. Biroq, "jigar orqali birinchi o'tishda"gi metabolizmdan so'ng tizimli qon oqimiga qabul qilingan dozaning 65% tushadi. Maksimal plazma konsentratsiyasiga (Stax) 45-60 daqiqadan so'ng erishiladi.

In vitro drotaverin plazma oqsillari bilan (95-97%), ayniqsa albumin, u va (3- globulinlar bilan yuqori bog'lanishga ega.

Drotaverin to'qimalar bo'ylab bir tekis taqsimlanadi, silliq mushak hujayralariga kiradi. Gematoensefalik to'siq orqali o'tmaydi. Drotaverin va/yoki uning metabolitlari yo'ldosh to'sig'i orqali arzimas miqdorda o'tishi mumkin.

Odamda drotaverin deyarli to'liq jigarda O- dezetillanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Uning metabolitlari glyukuron kislotasi bilan tez kon'yugatsiyalanadi. Asosiy metabolit 4'-dezetildrotaverin bo'lib, undan tashqari 6-dezetildrotaverin va 4'-dezetildrotaveraldin identifikatsiya qilingan.

Drotaverinning yarim chiqarilish davri 8-10 soatni tashkil qiladi.

72 soat ichida drotaverin organizmdan deyarli to'liq chiqariladi, preparatning 50% dan ortig'i buyraklar orqali (asosan, metabolitlar ko'rinishida) va taxminan 30% me'da-ichak yo'li orqali (safroga ekskretsiya) chiqariladi. O'zgarmagan drotaverin siydikda aniqlanmaydi.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan, klinik tadqiqotlarda drotaverin bilan kamida ehtimoliy bog‘liqlikka ega deb baholangan nojo‘ya effektlar ularning uchrash tezligi gradatsiyasiga muvofiq berilgan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, 1/1000, 1/10000,
Asab tizimi tomonidan

- Ba’zan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan

- Ba’zan: yurak urishining tezlashishi, arterial bosimning pasayishi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan

- Ba’zan: ko‘ngil aynishi, qabziyatlar.

Immun tizimi tomonidan

- Ba’zan - allergik reaksiyalar (angionevrotik shish, eshakemi, toshma, qichishish) ("Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar" bo‘limiga qarang).

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni arterial gipotenziyada qo‘llash yuqori ehtiyotkorlikni talab qiladi.

No-shpa® forte har bir tabletkasida 104 mg laktoza saqlaydi. Tavsiya etilgan dozalash tartibiga ko‘ra qabul qilinganda, har bir doza bilan 156 mg gacha laktoza (1,5 ta No-shpa® forte tabletkasi) tushishi mumkin, bu esa laktozani o‘zlashtira olmaydigan bemorlarda oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu dori shakli laktaza tanqisligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganda drotaverin transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Har qanday nojo‘ya ta'sirlar namoyon bo‘lganda, transportni boshqarish yoki boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish masalasi individual ravishda ko‘rib chiqilishi kerak. Bosh aylanishi paydo bo‘lgan taqdirda, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash kabi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Drotaveringa va/yoki preparat tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.

- Yaqqol jigar yoki buyrak yetishmovchiligi.

- Og'ir yurak yetishmovchiligi (yurak otilishining pasayishi).

- Ko'krak suti bilan emizish davri ("Homiladorlik va laktatsiya davri" bo'limiga qarang).

- Bolalar yoshi (bolalarda klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan).

- Irsiy laktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli) ("Maxsus ko'rsatmalar"ga qarang).

Ehtiyotkorlik bilan:

- Arterial gipotenziyada.

- Homilador ayollarda ("Homiladorlik va laktatsiya davri" bo'limiga qarang).

Homiladorlik va laktatsiya:

Insonda preparatni qo'llash bo'yicha cheklangan miqdordagi retrospektiv ma'lumotlar va hayvonlardagi tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, drotaverin ichga qabul qilinganda unda teratogen yoki embriotoksik ta'sir, shuningdek homiladorlik kechishiga noxush ta'sir mavjudligi haqida dalillar olinmagan. Shunga qaramay, homilador ayollarda preparatni qo'llashda ehtiyot bo'lish kerak va preparatni faqat ona uchun foyda va homila va bola uchun xavf nisbatini sinchkovlik bilan o'lchagandan keyingina buyurish kerak.

Hayvonlarda drotaverinning ona sutiga ekskresiyasi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlarda bunday tadqiqotlar va klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli, laktatsiya davrida drotaverinni buyurish tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levodopa bilan

Bir vaqtda qo'llanilganda drotaverin levodopaning parkinsonizmga qarshi ta'sirini susaytirishi mumkin, ya'ni rigidlik va tremorni kuchaytirishi mumkin.

Papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklar bilan (shu jumladan, m-xolinoblokatorlar bilan)

Spazmolitik ta'sirning kuchayishi.

Morfin bilan

Morfinning spazmogen faolligining kamayishi.

Fenobarbital bilan

Drotaverinning spazmolitik ta'sirining kuchayishi.

Dozirovkasi

DozalashPreparat ichga qabul qilinadi. Odatda o'rtacha sutkalik doza 120-240 mg ni tashkil qiladi (sutkalik doza 2-3 qabulga bo'linadi).Dozani oshirib yuborishDrotaverin dozasini oshirib yuborish yurak ritmi va o'tkazuvchanligining buzilishi, shu jumladan Gis tutami oyoqchalarining to'liq blokadasi va yurak to'xtashi bilan bog'liq bo'lib, bu o'limga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborish holatida bemorlar tibbiy nazorat ostida bo'lishlari va zarurat bo'lganda, ularga simptomatik va organizmning asosiy funksiyalarini saqlashga qaratilgan davolash o'tkazilishi kerak.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
31 900 so'm dan
NO-SHPA tabletkalari 40mg №24
Retseptsiz
NO-SHPA tabletkalari 40mg №24
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
40 700 so'm dan

No-shpa boshqa chiqarish shakllari

5
2 отзывов
NO-SHPA tabletkalari 40mg №100
Retseptsiz
NO-SHPA tabletkalari 40mg №100
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
78 400 so'm dan
NO-SHPA tabletkalari 40mg №24
Retseptsiz
NO-SHPA tabletkalari 40mg №24
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
40 700 so'm dan
NO-SHPA ampulalar (inyeksiyalar uchun) 40mg/2ml №25
Retseptli
NO-SHPA ampulalar (inyeksiyalar uchun) 40mg/2ml №25
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
•129 ta dorixonada bor
Narxi
5 406 so'm dan

NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10 analoglari

5
2 отзывов
NO-SHPA tabletkalari 40mg №100
Retseptsiz
NO-SHPA tabletkalari 40mg №100
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
78 400 so'm dan
NO-SHPA tabletkalari 40mg №24
Retseptsiz
NO-SHPA tabletkalari 40mg №24
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
40 700 so'm dan
DROTAVERIN tabletkalari 40mg N20
Retseptsiz
DROTAVERIN tabletkalari 40mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•51 ta dorixonada bor
Narxi
4 600 so'm dan
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
13 500 so'm dan
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
13 500 so'm dan
NO-SHPA ampulalar (inyeksiyalar uchun) 40mg/2ml №25
Retseptli
NO-SHPA ampulalar (inyeksiyalar uchun) 40mg/2ml №25
Vengriya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
•129 ta dorixonada bor
Narxi
5 406 so'm dan
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N5
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
6 100 so'm dan

NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10 haqida savollar

NO SHPA FORTE 0,08 tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil