NoveksKold poroshok

NoveksKold poroshok qo'llanmasi
Tarkibi: bitta paketcha quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Paratsetamol 325 mg feniramin maleati 20 mg + fenilefrin gidroxloridi 10 mg + askorbin kislotasi 50 mg
Yordamchi moddalar: saxaroza (shakar kukuni), limon kislotasi, limon xuybo‘yi, kalsiy fosfati, natriy sitrati, olma kislotasi, titan dioksidi
10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Majmuaviy preparat bo‘lib, ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan asoslanadi. Isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiiruvchi, qon-tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shamollash simptomlarini bartaraf etadi. Qon-tomirlarni toraytiradi va burun bo‘shlig‘i va xalqum shilliq qavati shishini yo‘qotadi.
Paratsetamol MNTda prostaglandinlar sintezini so‘ndirish yo‘li orqali og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Trombotsitlar funksiyasi va gemostazga ta’sir qilmaydi.
Feniramin – allergiyaga qarshi vosita, gistamin N1-retseptorlari blokatori hisoblanadi. Allergiya simptomlarini bartaraf etadi, o‘rta darajada sedativ ta’sir ko‘rsatadi hamda muskaringa qarshi faollikni namoyon qiladi.
Fenilefrin – alfa1-adrenomimetik, qon-tomirlarning torayishini chaqiradi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi va giperemiyasini yo‘qotadi.
ichga ichish uchun eritmaga tayyorlashga kukun (limon ta’mli)
- portal gipertenziya
- alkogolizm
- saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishining buzilishi
- tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish
- homiladorlik
- laktatsiya davri
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
- Preparatga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanol bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Paratsetamolning gepatotoksikligi barbituratlar, fenitoin, karbamazepin, rifampitsin, AZT va jigarning boshqa mikrosomal fermentlari induktorlari bir vaqtda qabul qilinganda ortadi.
Antidepressantlar, antipsixotik va parkinsonga qarshi vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘iz qurishi va qabziyat xavfini oshiradi.
Kortikosteroidlar ko‘z ichki bosimi oshishi xavfini oshiradi.
Paratsetamol urikozurik preparatlar samaradorligini pasaytiradi va bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi. Tritsiklik antidepressantlar simpatomimetik samarani kuchaytiradi.
Galotanni bir vaqtdda qo‘llash yurak qorinchalari aritmiyasi xavfini oshiradi.
Fenilefrin guanetidinning gipotenziv samarasini pasaytiradi, u esa, o‘z navbatida, fenilefrinning alfa-adrenomimetik samarasini kuchaytiradi.
Etanol feniraminning sedativ samarasini kuchaytirishi mumkin.
Oq rangli o‘ziga xos hidli granulalangan kukun.
Bitta paketcha ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issik suvda eritiladi. Ta’mga qarab shakar qo‘shish mumkin. Takroriy doza har 4 soatdan so‘ng qabul qilinishi mumkin (lekin 24 soat ichida 3 dozadan ko‘p emas). NoveksKold sutkaning istalgan vaqtida qo‘llanilishi mumkin, lekin eng yaxshi samaraga preparatni tunda, uyquga ketishdan oldin qabul qilinganda erishiladi. Agar preparat qabul qilish boshlangandan so‘ng 3 kun ichida simptomlarning yengillashishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Simptomlari (paratsetamol bilan asoslangan bo‘lib, 10-15 g dan ko‘p miqdorda qabul qilingandan so‘ng yuzaga keladi): teri qoplamalarining rangsizligi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish va qorinning quyi qismidagi og‘riqlar. Og‘ir holatlarda – jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, jigar transaminazalari darajasining oshishi, protrombin vaqtining uzayishi, ensefalopatiya va koma.
Davolash: me’dani yuvish, ilk 6 soat ichida faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, doza oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan so‘ng SH-gurug‘ donatorlari va metionin orqali glutation sintezining boshlang‘ich moddalari ni in’eksiya qilish hamda 12 soat ichida atsetilsisteinni qabul qilish buyuriladi.
Arterial gipertenziya, diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar yoki buyraklarning og‘ir kasalliklari, o‘pka kasalliklari (jumladan bronxial astma), prostata bezining giperplaziyasida siyishning qiyinlashishi, qon kasalliklari, tug‘ma giperbilirubinemiya (Jilber sindromi, Dubin-Djonson va Rotor sindromi), gipertireoz, feoxromotsitoma holatlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi: ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, tavsiya qilinmaydi.
Jigar faoliyatining buzilishlarida qo‘llanilishi:
Jigar faoliyati buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Buyraklar faoliyatining buzilishlarida qo‘llanilishi:
Buyraklar faoliyatining buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda qo‘llanilishi: 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
NoveksKold poroshok boshqa chiqarish shakllari












