NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml

Yo‘talga qarshi preparatlar va shamollashni davolash uchun vositalar. Yo‘talga qarshi majmuaviy vositalardan tashqari, balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Mukolitik preparatlar.
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
30 С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yorug‘likdan va namlikdan himoyalansin.
Sotish shartlari
Shifokor retseptisiz beriladi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 15 mg ambroksol gidroxloridi (BF);
yordamchi moddalar: sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, metilparaben, sukraloza, natriy sitrati, limon kislotasi, propilparaben, arpabodiyon aromatizatori, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli
90 ml preparat himoya xalqasi bilan jihozlangan, buraladigan metall qalpoqchali qahrabo rangli shisha flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakanchasi bilan karton qutida.
120 ml preparatni bolalar ochishidan himoyalangan qalpoqchali qahrabo rangli shisha flakonda. 1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi va o‘lchov stakanchasi bilan karton qutida.
Farmakodinamikasi
Ambroksol bromgeksinning metaboliti - benzilamindir.
Bromgeksindan metil guruhi bo‘lmaganligi va siklogeksil halqaning para-trans holatida gidroksil guruhining mavjudligi bilan farqlanadi. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega.
Ichga qabul qilingadan keyin ta'siri 30 minutdan keyin boshlanadi va 6-12 soat mobaynida davom etadi (qabul qilingan dozaga bog‘liq).
Klinik oldi tadqiqotlar ambroksol bronxlarning shilliq qavati bezlarining seroz xujayralarini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Kipriksimon epiteliy hujayralarni faollashtirib va balg‘amning qovushqoqligini pasaytirib, mukotsiliar transportni yaxshilaydi.
Ambroksol 2 - tipdagi alьveolyar pnevmotsitlarga va mayda bronxlardagi Klar hujayralariga bevosita ta'sir ko‘rsatib, surfaktantni hosil bo‘lishini faollashtiradi.
Hujayralar kulturasida va in vivo sharoitida hayvonlarda o‘tqazilgan tadqiqotlar ambroksol embrion va katta hayvonlarda alveolalar va bronxlar yuzasida faol modda (surfaktant) hosil bo‘lishini va sekretsiyasini rag‘batlantirishini ko‘rsatadi.
Shuningdek klinik oldi tadqiqotlarda ambroksolni antioksidant samarasi tasdiqlandi.
Ambroksol antibiotiklar (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsillin) bilan birga qo‘llanganda balg‘am va bronxial sekretida antibiotiklarning kontsentratsiyasini oshiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi, metabolizmi va chiqarilishi
Ichga qabul qilingandan keyin ambroksol ovqat hazm qilish yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) qabul qilingandan keyin taxminan 1-3 soatdan so‘ng erishiladi. Jigar orqali birlamchi o‘tish metabolizmi tufayli, ichga qabul qilingandan keyin absolyut biokiraolishligi uchdan bir qismiga kamayadi. Bunda hosil bo‘luvchi metabolitlar (dibromoantranil kislotasi, glyukoronid) bo‘yrak orqali chiqariladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 85% ni (80-90%) tashkil qiladi.
Preparat orqa miya suyuqligiga va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Taqsimlanishi: Terapevtik diapozonda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil etadi. Ambroksolni qondan to‘qimalarga taqsimlanishi tez kechadi va yaqqol namoyon bo‘ladi va eng yuqori kontsentratsiyasi o‘pkada aniqlanadi. Ichga qabul qilinganidan keyin taqsimlanishi taxminan 552 l bo‘lishi kuzatiladi.
Maxsus populyatsiyalar: Jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi pasaygan bo‘ladi, bu plazmada preparatning darajasini 1,3-2 marta oshishiga olib keladi. Ambroksol gidroxloridining keng terapevtik diapazoni tufayli, dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.
Boshqalar: Yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli qiymatlarda ta'sir qilmaydi va dozani o‘zgartirish talab qilmaydi.
Ovqat ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Farmakoterapevtik guruh
Yo‘talga qarshi preparatlar va shamollashni davolash uchun vositalar. Yo‘talga qarshi majmuaviy vositalardan tashqari, balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Mukolitik preparatlar.
Dori shakli
sirop
Nojo'ya samaralari
Me'da-ichak buzilishlar: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.
Respirator, mediastinal, torakal buzilishlar: oral yoki faringal gipesteziya, og‘izni qurishi yoki tomoq qurishi.
Nerv tizimini buzilishi: disgevziya (ta'm sezishni buzilishi).
Immun tizimini buzilishlari: anafilaktik shokkacha avj oluvchi anafilaktik reaktsiyalar.
Teri va teri osti kletchatkasi: angionevrotik shish, teri toshmasi, eshakemi, qichima va o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa turlari.
Maxsus ko‘rsatmalari
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlikda, ayniqsa birinchi 28 haftada, Noveks Ambroksol qo‘llanganligi haqida ma'lumotlar yetarli emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida Noveks Ambroksol preparatini shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, ona uchun davolashdan kutilgan foyda va homila uchun potentsial xavf sinchiklab baholangandan so‘ng qo‘llash mumkin.
Noveks Ambroksolni laktatsiya davridagi ayollarda qo‘llanganligi o‘rganilmagan, shuning uchun Noveks Ambroksol preparatini shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda va go‘dak uchun potentsial xavf sinchiklab baholangandan so‘ng qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi
Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi quyidagi o‘tkir va surunkali kasalliklarida qo‘llanadi:
• o‘tkir va surunkali bronxitlar
• pnevmoniya
• o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi
• balg‘amni ajralishini qiynlashishi bilan kechuvchi bronxial astma
• broxoektatik kasalligi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• Fruktozani o‘zlashtirolmaslik, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malьabsorbtsiya sindromida;
• Homiladorlikning birinchi uch oyligi;
• Preparatni 2 yoshdan kichkina bo‘lgan bolalarda ko‘llash mumkin emas.
• Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Bronxlarning motor funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va balg‘amni hosil bo‘lishi kuchaygan (“harakatsiz kipriklar” sindromida), me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘riqish davrida, homiladorlikning II va III uch oyligida, laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari yoki og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Noveks Ambroksolni o‘ta ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, bunda patsiyentlar preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni katta bo‘lishiga rioya qilishlari yoki preparatni kichik dozada qabul qilishlari kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dorilar bilan o‘zaro klinik ahamiyatga ega bo‘lgan noxush ta'sirlar xaqida ma'lumotlar mavjud emas.
Ta'rifi
tiniq, rangsiz, arpabodiyon xushbo‘yili suyuqlik.
Dozirovkasi
Preparatning mukolitik samarasi ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilinganda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun davolash vaqtida ko‘p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Siropni, ilova qilingan o‘lchov stakanchadan foydalangan holda ovqatdan keyin qabul qilish lozim.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 2,5 ml siropdan sutkada 2 marta (sutkada 15 mg ambroksol).
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 2,5 ml siropdan sutkada 3 marta (sutkada 22,5 mg ambroksol).
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5 ml siropdan sutkada 2-3 marta (sutkada 30-45 mg ambroksol).
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga: davolashning birinchi 2-3 kunlari 10 ml siropdan sutkada 3 marta (sutkada 90 mg ambroksol) qabul qilish lozim. Davolash samarasiz bo‘lsa kattalarga siropning dozasini sutkada 2 marta 20 ml gacha (sutkada 120 mg ambroksol) oshirish mumkin. So‘ngra 10 ml siropdan sutkada 2 marta (sutkada 60 mg ambroksol) qabul qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi kungacha odamda dozani oshirib yuborilganida biron-bir spetsifik simptomlar haqida xabar berilmagan. Tasodifan doza oshirib yuborilgan holatlar va noto‘g‘ri qabul qilinganligi yuzasidan hisobatlarga asosan, bu simptomlar ambroksolning terapevtik dozasini chegarasida uchragan nojo‘ya samaralari bilan mos tushishi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin va bu simptomatik davolashni talab qilishi mumkin.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml xususiyatlari
NOVEKS boshqa chiqarish shakllari



NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml haqida savollar
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari












