Apteka.uz
SavatKirish

PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Faol modda:kloperastin
Ishlab chiqaruvchi:Aesculapius Farmaceutici S.R.L, Italiya proizvodeno: Mitim S.r.l.,
ATX kodi:R05DB21
Barcha PRIVITUSS dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

L-kloperastin fendizoat ichakda so'riladi va asosan siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Plazmada L-kloperastin fendizoatning maksimal kontsentratsiyalari qo'llanilgandan so'ng 90 - 120 daqiqadan keyin erishiladi, bu L-kloperastin fendizoatning to'qimalarga, birinchi navbatda o'pkaga jadal taqsimlanishi bilan birga kechadi.

Farmakologik ta'siri

L-kloperastin fendizoat asosan markaziy ta'sirga ega yo'talga qarshi samara ko'rsatadi, bu yo'tal nerv markazining selektiv ingibirlanishidan iborat bo'lib, nafas olish markazlarining susayishi bilan birga kechmaydi. Bundan tashqari, yallig'lanish mediatorlari ajralib chiqishini ingibirlash va antibronxospastik/miorelaksant va antiserotonin ta'sir mavjudligi hisobiga, yo'tal stimullarini qo'llab-quvvatlovchi periferik nerv tizimiga nisbatan sedativ ta'sir ko'rsatadi; shuningdek bronxospazm va yallig'lanish bilan kechuvchi patologiyalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi - bu yo'tal refleksining paydo bo'lishi va uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradigan hodisalar.

Nojo'ya samaralari

- kam hollarda: yengil shakldagi me'da-ichak buzilishlari. Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda uning markaziy asab tizimiga sedativ yoki rag‘batlantiruvchi ta’siri bilan bog‘liq belgilar va simptomlar qayd etilmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bemorlarda samarali yo‘tal mavjud bo‘lganda preparat monoterapiya ko‘rinishida ham, yo‘talga qarshi boshqa preparatlar bilan birga ham qo‘llanilishi mumkin, chunki PRIVITUS preparati bronxial sekret tarkibi va qovushqoqligiga hamda balg‘am ko‘chishi jarayoniga ta'sir qilmaydi.
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda sedativ samara qayd etilmaydi va u bemorning avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- homiladorlik va emizish davri.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

PRIVITUS preparati bilan davolash asosiy kasallikni davolashning barcha turlari, shu jumladan bakteriyaga qarshi va isitma tushiruvchi preparatlarni qo'llash bilan yaxshi mos keladi. L-kloperastinning markaziy asab tizimiga ikkilamchi ta'siri sezilarli darajada pasayganligiga qaramay, preparat depressantlar va markaziy asab tizimi faoliyati stimulyatorlari bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda antigistamin preparatlar va serotonin antagonistlari va kamroq darajada miorelaksantlar, masalan, papaverin ta'sirining kuchayishi mumkinligini ham hisobga olish kerak.

Dozirovkasi

Kattalar: 5 ml dan kuniga uch marta.
Bolalar: 2 yoshdan 4 yoshgacha 2 ml dan sutkasiga ikki marta; 4 yoshdan 7 yoshgacha - 3 ml dan sutkasiga ikki marta; 7 yoshdan 15 yoshgacha - 5 ml dan sutkasiga ikki marta tayinlanadi.
Qutiga 2-3-5 ml bo'limli o'lchov qoshig'i joylashtirilgan. Odatda davolash davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Konglomeratlar hosil bo'lishini oldini olish uchun qo'llashdan oldin suspenziyali flakonni yaxshilab chayqatish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml o'xshash dorilari

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•112 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Novartis Konsyumer Xels SA
Narxi
80 000 so'm dan

PRIVITUSS boshqa chiqarish shakllari

PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml
Retseptli
PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Aesculapius Farmaceutici S.R.L, Italiya proizvodeno: Mitim S.r.l.,
•76 ta dorixonada bor
Narxi
85 800 so'm dan

PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml analoglari

PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml
Retseptli
PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Aesculapius Farmaceutici S.R.L, Italiya proizvodeno: Mitim S.r.l.,
•76 ta dorixonada bor
Narxi
85 800 so'm dan

PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml haqida savollar

PRIVITUSS suspenziya 200ml 708mg/100ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil