RELIF PRO krem 10g

RELIF PRO krem 10g qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Mahalliy terapevtik samara qon plazmasida faol tarkibiy qismlarning past darajasida erishiladi.
Fluokortolon pivalat
1 g krem bir marta rektal applikatsiya qilingandan yoki bitta suppozitoriy kiritilgandan so'ng glyukokortikosteroidning so'rilishi preparatning surtilgan yoki kiritilgan miqdorining maksimal 5% ini tashkil qilgan.
4 hafta davomida kuniga 3 marta 2 ta suppozitoriy har kuni yuborilganda qon plazmasida fluokortolon miqdori tizimli ta'sir ko'rsatadigan darajaga yetmagan.
Fluokortolon pivalat esterazalar, yallig'lanish o'chog'i fermentlari tomonidan gidrolizlanib, fluokortolon, 11-ketofluokortolon va trimetilsirka kislotasi hosil qiladi.
Rektal yuborilgandan so'ng plazmadan fluokortolon va uning metabolitlarining yarim chiqarilish davrlari mos ravishda taxminan 1,3 va 4 soatni tashkil qilgan. Fluokortolon organizmdan metabolitlar ko'rinishida asosan siydik bilan birga chiqariladi.
Lidokain
Krem va suppozitoriy rektal yuborilgandan so'ng lidokainning so'rilishi va biokiraolishligi mos ravishda taxminan 30% va 24% ni tashkil qiladi.
Qon plazmasidan lidokainning yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi. Inson organizmida lidokain oksidlovchi N-dealkillanish, amid bog'ining gidrolizi va aromatik halqaning gidroksillanishi yo'li bilan metabolizmga uchrab, 4-gidroksi-2,6-ksilidin hosil qiladi, u asosiy metabolit hisoblanadi va siydik bilan preparatning 70% i ushbu metabolit ko'rinishida chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Relif® Pro kremi bilan ham, suppozitoriylari bilan ham uzoq muddat davolanganda (to‘rt haftadan ortiq) atrofiya, striyalar yoki teleangiektaziyalar kabi mahalliy teri o‘zgarishlari rivojlanishi xavfi mavjud.
Rektal krem:
achishish: 1- 10%, kam hollarda - ta’sirlanish va allergik reaksiyalar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Zamburug‘li infeksiyalar mavjud bo‘lganda Relief® Pro ga qo‘shimcha ravishda tegishli zamburug‘ga qarshi terapiya o‘tkazish talab etiladi.
Relief® Pro ichga tushishi yoki ko‘zga tegishidan saqlanish kerak.
Krem qo‘llanilgandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Aniqlanmagan.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Tuberkulyoz va zaxm jarayonlarining preparat surtiladigan sohada bo‘lishi;
- preparat surtiladigan sohadagi virusli kasalliklar (masalan, suvchechak, vaksinatsiyaga reaksiya, o‘rab oluvchi temiratki);
- klinik sinovlar bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli bolalar va o‘smirlarni davolash tavsiya etilmaydi;
- homiladorlikning I trimestri;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya:
Bir qator epidemiologik tadqiqotlar homiladorlikning I trimestrida onalari glyukokortikosteroidlarni ichga qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda "bo‘ri tanglay" rivojlanishi xavfi oshishi mumkinligini taxmin qiladi. Homiladorlik vaqtida mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yetarli darajada to‘planmagan, ammo bu holda mahalliy qo‘llanilganda glyukokortikosteroidlarning minimal biodostupligi tufayli noxush ta’sir ehtimoli juda past.
Relif® Pro krem va suppozitoriylarini homiladorlarda ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Homilador va emizikli ayollarga tayinlashda ona uchun davolashdan kutilayotgan foydani homila va go‘dak uchun mumkin bo‘lgan xavf bilan taqqoslash zarur.
Shifokor tomonidan preparat homiladorlik va laktatsiya davrida tayinlanganda u uzoq bo‘lmagan vaqt davomida ishlatilishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Antiaritmik preparatlarni qabul qilayotgan bemorlar lidokainni ehtiyotkorlik bilan qo'llashlari kerak. Lidokain antiaritmik preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda QT oralig'ining uzayishi va, juda kam hollarda, AV blokada yoki qorinchalar fibrillyatsiyasi rivojlanishi mumkin.
Dozirovkasi
Davolash davomiyligi 2 haftadan oshmasligi kerak.
- Rektal krem
Rektal krem kuniga ikki marta surtiladi: ertalab va kechqurun. Davolashning dastlabki kunlarida kremni kuniga uch marta surtish mumkin. Simptomlar yengillashishi bilan ko'pincha kuniga bir marta surtish yetarli bo'ladi.
Barmoqqa oz miqdordagi kremni (taxminan no'xat kattaligida) siqib chiqarib, orqa chiqaruv teshigi atrofi va anal halqa ichiga surtish kerak. Sfinkter qarshiligini yengish uchun kremni barmoq uchi bilan surtish kerak.
Kremni to'g'ri ichakka kiritish uchun tyubikka ilova qilingan applikatorni burab kiygizish va uni orqa chiqaruv teshigiga kiritish kerak. So'ngra, tyubikni biroz bosib, to'g'ri ichakka oz miqdordagi kremni siqib chiqarish kerak.Dozani oshirib yuborishPreparat tasodifan ichga qabul qilinganda (masalan, bir necha gramm krem yoki birdan ortiq suppozitoriy yutilganda) dozaga qarab yurak-qon tomir tizimi (yurak funksiyasining susayishi, yurak to'xtashi) va MNT (talvasalar, nafas olishning susayishi, nafas to'xtashi) tomonidan eng og'ir simptomlar yuzaga kelishi mumkin.
RELIF PRO krem 10g o'xshash dorilari

RELIF PRO krem 10g xususiyatlari
Relif boshqa chiqarish shakllari


RELIF PRO krem 10g analoglari
{
"data": {
"id": 26362,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "relif-pro-10-0-krem-rektalnyy",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "RELIF PRO krem 10g",
"brand_name": "RELIF PRO",
"image": "uploads/iblock/75c/75c3f516e29e7ce672602fd7f10da7f9.webp",
"atx_code": "C05AX03 Препараты для лечения геморроя и анальных трещин в комбинации",
"drug_form_id": 13,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bayer Xelsker Manufekchuring S.r.l.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 501,
"slug": "preparaty-dlya-lecheniya-gemorroya",
"name": "Gemorroyni davolash",
"external_link_title": "Proktolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/proktolog"
},
"drug_group": {
"id": 4063,
"slug": "relif",
"name": "Relif"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 13,
"slug": "italiya",
"name": "Italiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5995,
"slug": "fluokortolon",
"name": "Fluokortolon"
},
{
"id": 7776,
"slug": "lidokain",
"name": "Lidokain"
}
],
"tags": [
{
"id": 715,
"slug": "ot-gemorroya",
"name": "Gemorroydan"
}
]
}
}





