RINOMAKS AKVA FORTE burun spreyi 2,2% 10 ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

RINOMAKS AKVA FORTE burun spreyi 2,2% 10 ml N1

Kategoriya: - Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi: - Узбекистан
Faol modda:natriya xlorid
Ishlab chiqaruvchi: - Nika Pharm MChJ
ATX kodi: - R01AX10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 17.02.2017 da DV/М 01320/02/17 registratsion raqami bilan ro'yxatdan o'tgan
Narxi 12 000 so'mdan / dona Dorixonalardan izlashToshkentning 9 ta dorixonasida topildi


Mahsulot haqida tafsilotlar

RINOMAKS AKVA FORTE burun spreyi 2,2% 10 ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINOMAKS
RINOMAX

Preparatning savdo nomi: Rinomaks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, kofein – 30 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;

yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmali, povidon, propilenglikol, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, sariq “quyosh shafaqi” bo‘yovchisi, talk, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: och to‘q sariq rangdan to‘q sariq ranggacha, oq va to‘q sariq dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida riskali dumaloq yassi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATX kodi: N02VE51

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarni xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol – analgetik-antipiretik bo‘lib, ko‘proq markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezuvchanligiga ma‘sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta‘sirini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kofein – bosh miya qon tomirlari tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, parasetamolning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat shuningdek orqa miya reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta‘sirida bosh miya qon tomirlari, ayniqsa kengaygan qon tomirlar torayadi, ergotaminni so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombositlar agregasiyasini pasaytiradi, me‘daning sekretor faoliyatini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, qon tomirlarning  a-adrenoreseptorlarini rag‘batlantiruvchisi bo‘lib, yurakning b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi, qorachiqlarni kengayishiga yordam beradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin. Midriatik ta‘siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kamroq davom etadi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlariga ta‘sir qilib, uning qon tomirlarining torayishini chaqiradi. Bu burun yo‘llarining shilliq qavatini yallig‘lanish natijasida paydo bo‘lgan shishini vaqtinchalik kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati – N1-reseptor gistaminning antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning samarasini yo‘qotmaydi. Preparatning tarkibida u qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Preparat umuman olganda antigistamin, og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Parasetamol uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori uglevodli ovqat qabul qilinganida esa – sekin. Odatdagi og‘riqni qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Qondagi cho‘qqi konsetrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soatni tashkil qiladi, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganida, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tishi hisobiga va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi natijasida biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • tumov, burunning bitishi (shilliq qavatining shishishi), bosh og‘rig‘i va haroratni ko‘tarilishi bilan kechadigan shamollash kasalliklarida;
  • yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklarida;
  • burun oldi bo‘shliqlarining yallig‘lanishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi.

Kamdan-kam hollarda: ko‘ngil aynishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshib ketganida), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahani pasayishi, yurak urishi, quloqlarni shang‘illashi, me‘dada noxushlik va og‘riq, hamda terining allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, yurak-qon tomir kasalliklari (koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak funksiyasini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm, homiladorlik, laktasiya, bolalarda va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning bilan o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimining ingibitorlari, antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyasion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, trisiklik antidepressantlar, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining rag‘batlantiruvchilari, doksapram, MAO ingibitorlari, rauvolfiya alkaloidlari, jigar uchun zaxarli bo‘lgan dori vositalari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalarning ta‘sirini susaytiradi.

Antigistamin vositalari bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siyishni qiyinlashishi, bronxial astma, ko‘z bosimni ko‘tarilishi, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Davolash vaqtida preparat uyqu va karaxtlik chaqirishi mumkinligi sababli, avtomobil yoki boshqa yuqori diqqatni talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparat qisman sut bilan chiqadi. Shuning uchun emizuvchi onalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agarda, preparatni qabul qilishga qaramasdan, 3 kun davomida kasallikning belgilari o‘tmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat uzoq muddat qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini zichlashuvi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (xatto tirishishgacha), markaziy nerv tizimining funksiyasini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.

Davolash: agar qusish o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish, shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agar qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki ko‘p miqdorda sut yoki krem iste‘mol qilingan bo‘lsa kechroq bo‘lsa ham, me‘dani yuvish ko‘rsatilgan. Ichga N-asetilsistein (asetaminafen bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin gidroxloridining antagonisti) buyuriladi.

Chiqarilish shakli

4, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 5, 10 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Analoglar
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun izotonik eritma 0,9% 5 ml N5
Narx: 1 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID izotonik eritma 0,9% inyeksiya uchun 5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Xitoy
  • Faol modda:natriya xlorid
  • Ishlab chiqaruvchi:Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co., Ltd
Narx: 1 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 0,9% 5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Xitoy
  • Faol modda:natriya xlorid
  • Ishlab chiqaruvchi:Ama Pharm Co. Limited, Китай произведено: Anhui Chengshi Manufacture Medicine Co., Ltd
Narx: 1 000 so'mdan Batafsil
RIZOSIN burun spreyi 0,05% 20 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda:natriya xlorid
  • Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm ДХО
RIZOSIN burun uchun tomchilar 0.05% 10 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi:O'zbekiston
  • Faol modda:natriya xlorid
  • Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm, OOО
Narx: 12 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narx: 23 500 so'mdan Batafsil
Narx: 30 000 so'mdan Batafsil
Narx: 15 000 so'mdan Batafsil
Narx: 97 000 so'mdan Batafsil
Narx: 20 300 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletki, pokritie plyonochnoy obolochkoy 100 mg N4
Narx: 9 901 so'mdan Batafsil
TONOPROST kapsulalar 0,4 mg N30
Narx: 47 300 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200 mg N30
Narx: 52 500 so'mdan Batafsil
MONTEKSA tabletkalari, qobiq bilan qoplangan 10 mg N30
Narx: 48 000 so'mdan Batafsil
YOD ASK tabletkalari 200 mkg N100
Narx: 39 600 so'mdan Batafsil
DIKLOGEN tabletkalari N100
Narx: 38 390 so'mdan Batafsil
ALSETRO qobiqli tabletkalar 5 mg N20
Narx: 18 900 so'mdan Batafsil
Narx: 6 151 so'mdan Batafsil
Mirel tabletkalar 80 mg - 30ta
Narx: 34 903 so'mdan Batafsil
TRIZIM MIKROKAPS kapsulalar 10 000 YeD N20
Narx: 29 500 so'mdan Batafsil
TRIALGIN tabletkalari N10
Narx: 20 000 so'mdan Batafsil
NIKATROP kapsulalar N60
Narx: 29 903 so'mdan Batafsil
VENOTEKS tabletki, pokritie plyonochnoy obolochkoy N30