Rinomaks
Rinomaks chiqarilish shakllari


Rinomaks haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RINOMAKS RINOMAX
Preparatning savdo nomi: Rinomaks
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 500 mg, kofein – 30 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;
yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmali, povidon, propilenglikol, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, sariq “quyosh shafaqi” bo‘yovchisi, talk, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta‘rifi: och to‘q sariq rangdan to‘q sariq ranggacha, oq va to‘q sariq dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida riskali dumaloq yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi: N02VE51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarni xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta‘sir ko‘rsatadi.
Parasetamol – analgetik-antipiretik bo‘lib, ko‘proq markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezuvchanligiga ma‘sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta‘sirini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kofein – bosh miya qon tomirlari tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, parasetamolning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat shuningdek orqa miya reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta‘sirida bosh miya qon tomirlari, ayniqsa kengaygan qon tomirlar torayadi, ergotaminni so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombositlar agregasiyasini pasaytiradi, me‘daning sekretor faoliyatini oshiradi.
Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, qon tomirlarning a-adrenoreseptorlarini rag‘batlantiruvchisi bo‘lib, yurakning b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi, qorachiqlarni kengayishiga yordam beradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin. Midriatik ta‘siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kamroq davom etadi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlariga ta‘sir qilib, uning qon tomirlarining torayishini chaqiradi. Bu burun yo‘llarining shilliq qavatini yallig‘lanish natijasida paydo bo‘lgan shishini vaqtinchalik kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati – N1-reseptor gistaminning antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning samarasini yo‘qotmaydi. Preparatning tarkibida u qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.
Preparat umuman olganda antigistamin, og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Parasetamol uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori uglevodli ovqat qabul qilinganida esa – sekin. Odatdagi og‘riqni qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Qondagi cho‘qqi konsetrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soatni tashkil qiladi, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganida, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Fenilefrin gidroxloridi uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tishi hisobiga va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi natijasida biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin maleati uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- tumov, burunning bitishi (shilliq qavatining shishishi), bosh og‘rig‘i va haroratni ko‘tarilishi bilan kechadigan shamollash kasalliklarida;
- yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklarida;
- burun oldi bo‘shliqlarining yallig‘lanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi.
Kamdan-kam hollarda: ko‘ngil aynishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshib ketganida), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahani pasayishi, yurak urishi, quloqlarni shang‘illashi, me‘dada noxushlik va og‘riq, hamda terining allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, yurak-qon tomir kasalliklari (koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak funksiyasini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm, homiladorlik, laktasiya, bolalarda va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning bilan o‘zaro ta‘siri
Markaziy nerv tizimining ingibitorlari, antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyasion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, trisiklik antidepressantlar, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining rag‘batlantiruvchilari, doksapram, MAO ingibitorlari, rauvolfiya alkaloidlari, jigar uchun zaxarli bo‘lgan dori vositalari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalarning ta‘sirini susaytiradi.
Antigistamin vositalari bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siyishni qiyinlashishi, bronxial astma, ko‘z bosimni ko‘tarilishi, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Davolash vaqtida preparat uyqu va karaxtlik chaqirishi mumkinligi sababli, avtomobil yoki boshqa yuqori diqqatni talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparat qisman sut bilan chiqadi. Shuning uchun emizuvchi onalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agarda, preparatni qabul qilishga qaramasdan, 3 kun davomida kasallikning belgilari o‘tmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat uzoq muddat qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini zichlashuvi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (xatto tirishishgacha), markaziy nerv tizimining funksiyasini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.
Davolash: agar qusish o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish, shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agar qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki ko‘p miqdorda sut yoki krem iste‘mol qilingan bo‘lsa kechroq bo‘lsa ham, me‘dani yuvish ko‘rsatilgan. Ichga N-asetilsistein (asetaminafen bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin gidroxloridining antagonisti) buyuriladi.
Chiqarilish shakli
4, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
1, 2, 5, 10 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalarda berish tartibi
Reseptsiz.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Rinomaks® xot effektni qo'yidagi holatlarda qo'llamang: jigar va/ yoki buyraklar faoliyatining ifodalangan buzilishlari; gipertireoidizm (tireotoksikoz); yurak kasalliklari (aorta boshlang'ich qismining ifodalangan stenozi); o'tkir miokard infarkti; taxiaritmiyalar; arterial gipertenziya, Portal gipertenziya; uchtsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar, Mao ingibitorlarini (shu jumladan ular bekor qilinganiga 14 kun bo'lganiga qadar) birgalikda qabul qilish; paratsetamol tutuvchi boshqa dorilar, gripp va shamollash belgilarini engillashtirish uchun mo'ljallangan, hamda burun bitishiga qarshi dorilar bilan birgalikda qo'llash; prostata bezining giperplaziyasi; yopiq burchakli glaukoma; feoxromositoma; qandli diabet va saxaraza/ izomaltaza etishmovchiligi; fruktozani ko'tara olmaslik; glyukoza-galaktozali malabsorbtsiya (chunki preparat saxarozani saqlaydi); homiladorlik va laktasiya (emiziklik) davri; 12 yoshgacha bo'lgan bolalar; dorini tarkibiy qismlariga nisbatan sezuvchanlikning oshishi. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning nasliy yo'qligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar, qon kasalliklari, gemolitik anemiya, tug'ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dabin-Djonson va rotor sindromlari), epilepsiya, koronar arteriyalarning ifodalangan aterosklerozi, bronxial astma, kuchsizlanishi, suvsizlanish, piloroduodenal obstruktsiya, me'da va/ yoki o'n ikki barmoq ichakdagi stenozlovchi yara, o'tkir gepatit, buyrak yoki jigar etishmovchiligi, arterial bosimning ko'tarilishi, yurak kasalliklari, tomirlarning obliterasiyalovchi kasalliklari (Reyno sindromi), glaukoma (yopiq burchakli glaukoma bundan mustasno), buyraklarida qaytalanuvchi uratli toshlari mavjud bemorlar, keksa yoshli bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Tarkibi
Bitta paketcha quyidagilarni saqlaydi: faol moddalari – paratsetamol – 500 mg; fenilefrin gidroxloridi – 10 mg; xlorfeniramin maleati – 4 mg; yordamchi moddalari: suvsiz natriy tsitrati, olma kislotasi, suvsiz limon kislotasi, dikaltsiy fosfati, shakar, limon xushbo'yi, apelsin xushbo'yi, qorag'at xushbo'yi, "quyosh botishi" bo'yog'i, ko'k yaltiroq bo'yog'i, qizil karmuazin bo'yog'i.
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda preparat me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Atsetilsisteinning metabolizmi jigarda faol metabolit – tsistein, hamda diatsetilsisteinning hosil bo'lishi bilan kechadi. Metabolizmining oxirgi mahsuloti – aralash disulfidlardir. Ichga qabul qilinganda biokiraolishi 10% ni (jigar orqali birlamchi o'tishi yaqqol samarasining mavjudligi tufayli) tashkil etadi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50% gacha (ichga qabul qilingandan 4 soatdan so'ng). Ichga qabul qilinganda maksimal kontsentrasiyasiga (Smax) taxminan 1-3 soatdan keyin erishiladi. Gematoplasentar to'siq orqali o'tadi va homila atrofi suvlarida to'planishi mumkin.
Chiqarilishi
Nofaol metabolitlar siydik bilan chiqariladi (anorganik sulfatlar, diatsetilsistein), biroq atsetilsisteinning oz miqdori axlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2 8 soatgacha).
Farmakologik ta'siri
Ta'siri tarkibiga kiruvchi moddalar bilan asoslangan majmuaviy preparat. Rinomaks® xot effek tisitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi, shishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi, allergiyaga qarshi ta'sirlarga ega.
Paratsetamol – og'riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi modda bo'lib, og'riq va tana haroratini boshqarish markazlariga ta'sir ko'rsatadi. Bosh va mushaklardagi og'riqlarni, isitmalash belgilarini kamaytiradi, tomoqdagi og'riqni yumshatadi.
Fenilefrin – simpatomimetik, tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, burun orqali nafas olishni engillashtiradi, burun yo'llari va burun oldi bo'shliqlarning tozalanishiga ko'maklashadi.
Xlorfeniramin – allergiyaga qarshi vosita, N1-gistamin reseptorlari blokatori. Allergik belgilarni bartaraf etadi, o'rta miyona darajada tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, hamda muskaringa qarshi faollikni namoyon qiladi.
Bolalar uchun qo'llanilishi
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador ekanligingizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga shu haqda xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati to'g'risidagi masalani hal etishi mumkin.
Rinomaks® xot preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas. Fenilefrin ko'krak sutiga kira oladi.
Buyrak faoliyati buzilganida
Jigarning toksik zararlanishini oldini olish uchun preparatni etanol saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llash mumkin emas.
Jigar va/yoki buyrak funktsiyalarining yaqqol buzilishlari bo'lgan avjud pasientlarda preparatni qo'llash mumkin emas.
Buyrak yoki jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Jigar faoliyati buzilganida
Jigarning toksik zararlanishini oldini olish uchun preparatni etanol saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llash mumkin emas.
Jigar va/yoki buyrak funktsiyalarining yaqqol buzilishlari bo'lgan avjud pasientlarda preparatni qo'llash mumkin emas.
Buyrak yoki jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling! Dozaning oshirib yuborilishiga gumon qilinganda, bemorning ahvoli yaxshi bo'lsa ham, dori qabulini to'xtatib, zudlik bilan shifokorga yordam so'rab murojaat qilish kerak, chunki muddati keyinga qoldirilgan jigarning jiddiy shikastlanishi xavfi mavjud. Belgilari (paratsetamol bilan asoslangan). Yigirma to'rt soat mobaynida: terining rangparligi, ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorindagi og'riq aniqlanishi mumkin. Jigar funktsiyasining buzilishi 12-48 soatdan keyin paydo bo'lishi mumkin. Glyukoza metabolizmining buzilishi va metabolik asidoz belgilari paydo bo'lishi mumkin. Kattalarda toksik ta'siri 10 g paratsetamolning bir marotabali qabulidan keyin kuzatilishi mumkin. Bunda jigar fermentlari faolligining oshishi, jigar zararlanishining klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo'lishi qayd etiladi. Og'ir zaharlanish holatida jigar entsefalopatiyasi, koma va o'limgacha etib boradigan og'ir jigar etishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Bel sohasidagi kuchli og'riq bo'yicha tashxislanadigan buyrak naychalarining o'tkir nekrozi bilan o'tkir buyrak etishmovchiligi jigar funktsiyasining og'ir buzilishi ro'y bermasdan ham paydo bo'lishi mumkin. Paratsetamolning dozasi oshirib yuborilganda yurak aritmiyalari va pankreatit rivojlanganligi haqida ma'lumotlar bor. Zaharlanishning erta davrida belgilar majmuasi faqat ko'ngil aynishi va qusish bilangina chegaralanishi mumkin, hamda dozani oshirib yuborilganligi yoki ichki a'zolar zararlanishining darajasini aks ettirmasligi mumkin. Davosi: taxmin qilinayotgan dozani oshirib yuborilganligidan keyingi birinchi soat davomida ichga faollashtirilgan ko'mir tayinlanishi maqsadga muvofiqdir. Taxmin qilinayotgan dozani oshirib yuborilishidan keyingi 4 soatdan ko'proq muddat o'tgach, paratsetamolning plazmadagi miqdorini aniqlash kerak (paratsetamol miqdorini ertaroq muddatlarda aniqlanishi ishonchli bo'lmasligi mumkin). Atsetilsistein bilan davolash paratsetamol qabulidan keyin 24 soatgacha o'tgunga qadar o'tkazilishi kerak, lekin maksimal gepatoprotektorlik samara doza oshirib yuborilishidan keyingi 8 soat mobaynida olinishi mumkin. Bundan keyin ziddi-zaharning samaradorligi keskin kamayadi. Zarurat bo'lganida atsetilsistein vena ichiga ham yuborilishi mumkin. Qusish bezovta qilmayotganda agar tezkor stasionar yordamni olish imkoniyati bo'lmasa, metioninni ichga qabul qilinishi muqobil variant bo'lib, hisoblanadi. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari kuzatilayotgan bemorlarni paratsetamol qabulidan keyingi 24 soat davomida davolanishi toksikologik markaz yoki ixtisoslashtirilgan jigar kasalliklari bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak. Xlorfeniramin va fenilefrin (preparatning dozasi oshirib yuborilishi holatida xlorfeniraminni parasimpatik samarasi va fenilefrinni simpatomimetik samarasining o'zaro kuchaytirilishi xavfi mavjudligi sababli dozani oshirib yuborilishi belgilari birlashtirilgan). Belgilari: bezovtalanishga keyinchalik uyquchanlikning qo'shilishi (ayniqsa bolalarda), ko'rishning buzilishlari, toshma toshishi, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rishi, qo'zg'aluvchanlikning oshishi, bosh aylanishi, uyqusizlik, qon aylanishining buzilishlari, koma, tirishishlar, xulqning o'zgarishi, AB ning ko'tarilishi va bradikardiya. Xlorfeniraminning dozasi oshirib yuborilganda atropinsimon psixoz rivojlanganligi haqida xabar berilgan. Davosi: maxsus ziddi-zahar yo'q. Faollashtirilgan ko'mir, tuzli surgilar tayinlanishini, hamda yurak va nafas funktsiyalarini ushlab turishga qaratilgan choralarni ko'rishni o'z ichiga oluvchi oddiy yordam ko'rsatilishini ta'minlash kerak. Tirishishlar rivojlanish xavfi paydo bo'lishi sababli psixostimulyatorlar (metilfenidat) ni tayinlamaslik zarur. Arterial gipotenziyada vazopressor dorilarni qo'llash mumkin. AB oshishi hollarida vena ichiga alfa-adrenoblokatorlarni kiritish kerak, chunki fenilefrin α1-adrenoreseptorlarning selektiv Agonisti hisoblanadi. Demak, dozani oshirilib yuborilishida gipotenziv ta'sirni α1-adrenoreseptorlarni bloklash hisobiga davolash kerak. Tirishishlar rivojlanganda diazepamni kiritish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni paratsetamol tutuvchi boshqa dorilar, hamda boshqa nonarkotik og'riqni qoldiruvchi dorilar, NYAQV (natriy metamizoli, atsetilsalisil kislotasi, ibuprofen va boshq.), shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun dorilar, dekongestantlar kabi simpatomimetiklar; ishtahani boshqaruvchi dorilar, amfetaminga o'xshash psixostimulyatorlar, barbituratlar, epilepsiyaga qarshi dori vositalari, rifampisin, Xloramfenikol bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Qonda siydik kislotasi va glyukoza miqdorini aniqlashga qaratilgan tahlillar o'tkazilayotganda shifokoringizga shamollash va grippga qarshi Rinomaks® xot effektni qabul qilayotganingiz haqida ayting, chunki ushbu dori vositasi glyukoza va siydik kislotasi miqdorini baholovchi laborator tekshiruv natijalarini o'zgartirishi mumkin.
Preparatni qandli diabet bilan kasallangan bemorlar yoki qand miqdori past parhezga rioya qiluvchi shaxslarga tayinlayotganda har bir paketchada 19,9 g shakar borligini hisobga olish kerak.
Rinomaks® xot effektni qabul qilishdan oldin shifokorga quyidagi dorilar qabuli haqida ma'lumot berish kerak:
-qonni suyultirish maqsadida varfarin yoki boshqa bilvosita antikoagulyantlar;
-arterial bosimni nazorat qiluvchi dorilar, masalan, beta-adrenoblokatorlar;
-yurak etishmovchiligini davolash uchun digoksin yoki boshqa yurak glikozidlari;
-ishtahani kamaytiruvchi dorilar yoki psixostimulyatorlar;
-depressiyani davolash uchun dorilar (uchtsiklik antidepressantlar - amitriptilin);
-metoklopramid, domperidon (ko'ngil aynishi va qusishni bartaraf etish uchun qo'llaniluvchi) yoki qonda xolesterin miqdorini kamaytirish uchun qo'llaniladigan kolestiramin;
natriyni kam iste'mol qilinishini taqozo qiluvchi parhezga rioya qilish zarurati mavjudligi (har bir paketcha 0,21 g natriyni saqlaydi)
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dorilarning o'zaro ta'siri Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering. Paratsetamolni uzoq vaqt qabul qilinishida bilvosita antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) ta'sirining kuchayishi ro'y beradi, bu esa qon ketishlar xavfini oshiradi. Preparatning bir martalik dozasini epizodik qabuli bilvosita antikoagulyantlar samarasiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin, zidovuddin, fenitoin, etanol, flumesinol, fenilbutazon va uchtsiklik antidepressantlar) dozaning oshirib yuborilishi holatlarida va paratsetamol bilan birgalikda qabul qilinishida gepatotoksik ta'sir xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (tsimetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini pasaytiradi. Paratsetamol diuretiklar va urikozurik dorilar samaradorligini kamaytiradi. Metoklopramid va domperidon paratsetamol so'rilishini tezlashtiradi, kolestiramin esa sekinlashtiradi. Paratsetamol Mao ingibitorlari, tinchlantiruvchi dorilar, etanolning ta'sirlarini kuchaytiradi. Xlorfeniramin Markaziy asab tizimi (mat) ga boshqa moddalar (masalan, Mao ingibitorlari, uchtsiklik antidepressantlar, spirtli ichimliklar, parkinsonizmga qarshi dorilar, barbituratlar, trankvilizatorlar va narkotik vositalar) ning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Feniramin antikoagulyantlar ta'sirini kamaytirishi mumkin. Fenilefrinning Mao ingibitorlari bilan birga qo'llanilishi arterial bosimning ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Fenilefrin beta-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziv dorilarning samaradorligini pasaytiradi, gipertenziya va yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar rivojlanish xavfini oshiradi. Uchtsiklik antidepressantlar fenilefrinning simpatomimetik ta'sirini kuchaytiradi. Galotanning fenilefrin bilan birga qo'llanilishi qorinchali aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidinning gipotenziv ta'sirini kamaytiradi. U, o'z navbatida, fenilefrinning alfa-adrenoreseptorlarni rag'batlantiruvchi faolligini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'izning qurishi, ich qotishi rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlarni fenilefrin bilan birgalikda qo'llanilishi glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi. Digoksin va boshqa yurak glikozidlarini qo'llanilishi yurak maromining buzilishi va yurak xuruji rivojlanish xavfini oshiradi. Fenilefrinni simpatomimetik aminlar bilan birgalikda qo'llanilishi yurak-tomir tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga ko'maklashadi. Mielotoksik dori vositalari dorining gematotoksikligi xususiyatlarini kuchaytirishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Har doim Rinomaks® xot effektni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Bitta paketchadagi kukunni stakan ichiga solib, 250 ml ga yaqin issiq (qaynamayotgan!) suv quyiladi, kukun to'liq eriguncha aralashtiriladi va issiq holda ichiladi.
Kattalar va 12 yoshdan bolalarga 1 ta paketchadan har 4-6 soatda qabul qilish tavsiya etiladi, lekin 24 soatda 3 ta paketchadan ko'proq miqdorni qabul qilish mumkin emas.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























