TAVEGIL 0,001/ML eritma 2ml N5

TAVEGIL 0,001/ML eritma 2ml N5 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng klemastin MITYdan deyarli to'liq so'riladi. Qon plazmasida Cmax 2-4 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Klemastinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi 95% ni tashkil qiladi. Ko'krak suti bilan oz miqdorda ajralib chiqadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Plazmadan chiqarilish ikki fazali xususiyatga ega, T1/2 ?-fazada 3,6 ± 0,9 soatni, ?-fazada - 37 ± 16 soatni tashkil qiladi. Klemastin jigarda sezilarli darajada metabolizmga uchraydi. Metabolitlar asosan (45-65%) siydik bilan chiqariladi; o'zgarmagan faol modda siydikda faqat iz miqdorida aniqlanadi
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya reaksiyalar uchrash tezligi tasnifi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100, <1/10); tez-tez emas (>1/1000, <1/100); kamdan-kam (>1/10 000, <1/1000); juda kamdan-kam (<1/10 000); tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha baholab bo'lmaydi).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - yuqori toliqish, uyquchanlik, sedativ samarasi, holsizlik, charchoq hissi, tormozlanish, harakatlar koordinatsiyasining buzilishi; tez-tez emas - bosh aylanishi; kamdan-kam - bosh og'rig'i, tremor, rag'batlantiruvchi ta'sir.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: kamdan-kam - dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish, gastralgiya, og'iz qurishi; juda kamdan-kam - qabziyat.
Sezgi a'zolari tomonidan: kamdan-kam - ko'rish idroki aniqligining buzilishi, diplopiya, o'tkir labirintit, quloqlarda shovqin.
Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: juda kamdan-kam - tez-tez yoki qiyinlashgan siyish.
Nafas olish tizimi tomonidan: kamdan-kam - bronxial sekretning quyuqlashishi va balg'am ko'chishining qiyinlashishi, ko'krak qafasida bosim hissi, nafas olishning buzilishi, burun bitishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - AB pasayishi (ko'proq keksa pasientlarda), ekstrasistoliya; juda kamdan-kam - taxikardiya.
Qon va qon yaratish a'zolari tomonidan: kamdan-kam - gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
Teri va teri osti-yog' klechatkasi tomonidan: kamdan-kam - teri toshmasi.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas - fotosensibilizatsiya, hansirash; kamdan-kam - anafilaktik shok.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya samaralar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus saqlash sharoitlari
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Klemastin ahamiyatsiz sedativ samaraga ega (intensivligi bo‘yicha kuchsizdan o‘rtachagacha), shuning uchun Tavegil® qabul qilayotgan shaxslarga transport vositalarini haydash, mexanizmlar bilan ishlash, shuningdek yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlaridan saqlanish tavsiya etiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— o‘ta yuqori sezuvchanlik;
— homiladorlik;
— laktatsiya davri;
— MAO ingibitorlarini qabul qilish;
— nafas yo‘llari pastki qismlarining kasalliklari (shu jumladan bronxial astma);
— fruktozani o‘zlashtira olmaslik;
— 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Preparatni arteriya ichiga yuborish mumkin emas!
Ehtiyotkorlik bilan: oshqozonning stenozlanuvchi yarasi, piloroduodenal obstruksiya, qovuq bo‘yni obstruksiyasi, shuningdek siydik tutilishi bilan kechuvchi prostata bezi gipertrofiyasi, ko‘z ichki bosimi oshishi, gipertireoz, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarda.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Bolalarda qo‘llash
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkin emas. 1 yoshdan katta bolalarga: 0,025 mg/kg/sut m/i, 2 ta inyeksiya qilib.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tavegil® MNTni susaytiruvchi dori vositalari (uxlatuvchi, sedativ, trankvilizatorlar), m-xolinoblokatorlar, shuningdek etanolning ta'sirini potensiyalaydi.
Dozirovkasi
Bolalarga: 0,025 mg/kg/sut m/i, 2 ta inyeksiyaga bo'lingan holda.
TAVEGIL 0,001/ML eritma 2ml N5 o'xshash dorilari


TAVEGIL 0,001/ML eritma 2ml N5 xususiyatlari
Tavegil boshqa chiqarish shakllari


TAVEGIL 0,001/ML eritma 2ml N5 analoglari








