Ташкент
logo
SavatKirish

Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Medana Pharma S.A.
Teglar:Bolalar uchun vitaminlar, Bolalar uchun
ATX kodi:A11GA01
Barcha Sevikap dorilari
134 ta dorixonada bor
Narxi 22 600 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 134 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml o'xshash dorilari

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
Narxi
102 200 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan

Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 ml (taxminan 20 tomchi) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: askorbin kislotasi (S vitamini) 100 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz gliserin, tozalangan suv 1 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Askorbin kislotasi me'da-ichak yo'llaridan (miy) oson so'riladi. Sog'lom odamlarda qondagi normal kontsentrasiyasi 0,5-1,5 mg/100 ml ni tashkil qiladi. S vitamini ham plazmada, ham organizmning deyarli barcha hujayralarida uchraydi (xususan, leykositlar va trombositlarda). Eng yuqori kontsentrasiya adenoid to'qimalarda, eng pasti – mushaklar va yog'to'qimasida kuzatiladi.

Hujayralarga degidroaskorbin kislotasi ko'rinishida glyukoza ishtirokida tashiladi. Hujayralarda degidroaskorbin kislotasi askorbin kislotasiga aylanadi va shu ko'rinishda saqlanadi. Askorbin kislotasi asosan siydik bilan chiqariluvchi oksalatlargacha parchalanadi. Askorbin kislotasining chiqarilishi 1,5 mg/100 ml qon plazmasini tashkil qiluvchi, shartli ravishda ataluvchi buyrak chegarasi orqali nazorat qilinadi. Ushbu ko'rsatkichdan oshib ketish o'zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishning ortishiga olib keladi. Askorbin kislotasi o't suyuqligi bilan ham chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi darajasi to'qimalarning to'yinganligiga ham bog'liq. Ahamiyatli darajadagi tanqislik holatlarida buyrak orqali chiqarilishi ahamiyatli tarzda cheklangan.

Askorbin kislotasi yo'ldosh to'sig'idan o'tadi, shuningdek emizayotgan ayollar ko'krak sutiga ham kiradi.

Farmakokinetikasi

Askorbin kislotasi suvda eriydi. Kollagen va hujayralararo modda hosil bo'lishida ahamiyatli rol o'ynab, Tog'ay, suyak va tishlarning muvofiq rivojlanishi, jarohatlarning bitish jarayonlarini to'g'ri kechishini, shuningdek kapillyar qon tomirlarning mexanik turg'unligi saqlab qolinishini asoslab beradi. Prolin va lizinning gidroksil guruhini birikishi, xolesterindan o't kislotalarining hosil bo'lishi, temir, folat kislota metabolizmi va fenilalanin oksidlanishida ishtirok etadi. S vitamini glutation, tsitoxrom S, Flavin va piridin nukleotidlari bilan oksidlanish-qaytarilish majmualarini hosil qiladi.

Askorbin kislotasi antioksidant xususiyatlarga ega bo'lib, lipidlar qayta oksidlanishini tormozlaydi va erkin kislorod radikallarini faollashtirmadi. Prostasiklin sintezini rag'batlantiradi va tromboksan hosil bo'lishini tormozlaydi.

S vitamini tanqisligining sababi, eng avvalo, ovqat bilan etarli darajada tushmasligidir. Ayniqsa, alkogolni suiste'mol qiluvchilar, sun'iy ovqatlanishdagi bolalar va keksa yoshdagi pasientlar tanqislikka duchor bo'ladi. Tanqislikning ilk bosqichida o'zini yomon his qilish, ta'sirchanlik, bo'g'imlarda og'riq, soch follikulalari giperkeratozi (soch lishayi), burundan qon ketishi, nishonli qon quyilishlari kuzatiladi. S vitamini tanqisligi tsinga (skorbut) deb nomlanuvchi sindromga olib keladi. Birinchi navbatda kollagen tarkibiy qismining buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi o'zgarishlar rivojlanadi. Simptomlar, eng avvalo, suyak to'qimasi va qon tomirlarda namoyon bo'ladi (suyaklar, tog'aylarda o'zgarishlar, qon ketishi, anemiya, jarohatlar va siniqlarning sekin bitishi. Ushbu simptomlar S vitaminini qabul qilgandan so'ng yo'qoladi). S vitaminiga yuqori ehtiyoj virusli infektsiyalarda, immunitetning buzilishida, qiyin bituvchi jarohatlarda, uzoq davom etuvchi isitmali titroqda, chekishda, diabetda, tuberkulyozda, infarkt va o'tkir pankreatitda, shuningdek jadal jismoniy yuklamada kuzatiladi.

Nojo'ya samaralari

Preparat tavsiya qilingan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya samaralar yuqori (sutkada 1 g dan ko'p) dozalarni qo'llash holatlariga tegishlidir.

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar.

S vitaminining yuqori dozalari glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan pasientlar tomonidan qabul qilinganda, gemoliz rivojlanishi mumkin.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Sutkalik doza 1 g yoki undan yuqori dozada qabul qilinganda, miy tomonidan simptomlar, masalan, diareyaning ehtimoli bor.

Askorbin kislotasini yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llash o'rganib qolishlikning sababi bo'lishi mumkin, bu esa qabul qilish to'xtatilganda tanqislikka olib kelishi mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Yuqori dozalardagi askorbin kislotasi OKsalat kislotasining siydik bilan juda ko'p miqdorda chiqarilishi, uratlar va tsitratlarning krisstallanish sababi bo'lishi mumkin, bu siydik chiqarish yo'llarida toshlar hosil bo'lishi xavfini oshiradi.

Noxush nojo'ya ta'sirlar holati xaqida ma'lumotlar

Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomada eslatib o'tilgan xar qanday nojo'ya ta'sirlarni kuchayishi yoki nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lgan hollarda shifokor yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.

Shubxali nojo'ya ta'sirlarning barcha holatlari xaqida tibbiy xodim xabar berishi kerak. Shunday nojo'ya ta'sirlar haqida xabarlar tufayli preparatni qo'llashdagi xavfsizligi xaqida keng ma'lumot yig'ish mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo'llashni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslaxatlashish kerak.

Katta dozalarda qabul qilinayotgan S vitamini oksidaza usullar bilan o'tkaziladigan ayrim laboratoriya tahlillari, masalan glyukoza yoki kreatinin qon va siydikdagi miqdoriy tahlili natijalarini noto'g'ri ko'rsatishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davri

Agar ayol pasient homilador bo'lsa, bola emizayotgan bo'lsa,homiladorlikka shubxasi bo'lsa, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsa preparatni qo'llashdan oldin u shifokor yoki farmasevt bilan maslaxatlashishi kerak.

Askorbin kislotaisning homiladorlikda tavsiya qilingan sutkalik dozasi 80 mg, emizish davrida – 100 mg tashkil qiladi.

S vitaminining odamlardagi teratogen ta'siri aniqlanmagan, lekin 5 g dan ortiq dozalar homiladorlikning uzilishiga sabab bo'lishi mumkin. S vitaminining homiladorlikdagi yuqori dozalari, tug'ruqdan so'ng yangi tug'ilgan chaqaloqlarda S vitamini tanqisligi simptomlarini chaqirishi mumkin.

Askorbin kislotasi emizikli ayollar sutiga kiradi. Onalari mos keluvchi miqdorda S vitaminini qabul qilayotgan emizishda bo'lgan bolalarga qo'shimcha tarzda S vitaminini buyurish zaruriyati yo'q. Emizish davrida S vitaminining katta dozalarini qo'llashdan saqlanishi kerak.

Qo'llanilishi

Muvofiq parxez qo'llash etarli bo'lmagan holatlarda S vitamini tanqisligining oldini olish va uni davolashda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Askorbin kislotasi va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Oksalat siydik-tosh kasalligi.

Temir almashinuvining buzilishlari (talassemiya, gemoxromatoz, sideroblastik kamqonlik).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Pasient qabul qilgan yoki oxirgi vaqtlarda qabul qilayotgan (shu jumladan nazal qo'llash uchun preparatlar) barcha dori preparatlari, hamda qabul qilishni pasient rejalashtirayotgan preparatlar xaqida shifokor yoki farmasevtga xabar qilish kerak.

Tsevikapni mis va temir birikmalarini saqlagan preparatlar, shuningdek oksidlovchi xususiyatlarga ega vositalar bilan kimyoviy nomutanosiblik tufayli, majmuada qabul qilish mumkin emas. Askorbin kislotasini 200 mg dan ortiq dozalarda qabul qilish bir vaqtda qabul qilingan temirning Miydan so'rilishini kuchaytiradi.

Askorbin kislotasi va atsetil salisil kislotasi bir vaqtda qabul qilinganda askorbin kislotasi chiqarilishining tezlashishi va atsetil salisil kislotasi chiqarilishining sekinlashishi kuzatiladi.

Askorbin kislotasi paratsetamol yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, kuniga 1 g dan ortiq dozalarda esa trisiklik antidepressantlar, fenotiazin hosilalari va aminoglikozid antibiotiklar ta'siri samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Askorbin kislotasi va V12 vitaminini (tsianokobalamin) bir vaqtda qabul qilish tsianokobalamin samaradorligi pasayishining sababi bo'lishi mumkin.

Askorbin kislotasini qabul qilish α-tokoferolning plazmadagi kontsentrasiyasini oshiradi, bunda tokoferol askorbin kislotasining kontsentrasiyasiga ta'sir qiladi.

Askorbin kislotasi dori preparatlarining terapevtik samaralariga jigar metabolizmini o'zgartirish yo'li bilan ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Dozirovkasi

Ichga ichish uchun buyuriladi.

3 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat shifokor bilan kelishilgandan so'ng berilsin.

Bir tomchi 5 mg S vitaminini saqlaydi.

Shifokorning boshqa ko'rsatmalari bo'lmaganda:

- chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga: sutkada 5-8 tomchidan, sharbat yoki ovqatga qo'shib berilsin.

- 2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarga: sutkada 10 tomchidan.

- 12 dan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga: sutkada 15-20 tomchidan.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozaning oshirib yuborilish holatlari haqida xabarlar berilmagan. Birlamchi buyrak kasalliklari bo'lgan pasientlarda doza oshirib yuborilgan taqdirda suyuqlik tutilishi, giponatriemiya va gipoxloremiya ehtimoli bor.

Xususiyatlar Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml

Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml analoglari

MOTERIS tabletkalari 250mg N6
Retseptsiz
MOTERIS tabletkalari 250mg N6
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
Narxi
30 000 so'm dan
ASVITOL tabletkalari 25mg N10
Retseptsiz
ASVITOL tabletkalari 25mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO

Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml savollari

Cevikap tomchilari 100ml 100mg/ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil