Apteka.uz
SavatKirish

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Teglar:Yuqori haroratda (shamollashda)
ATX kodi:N02BE51
Barcha TAYLOLFEN dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng preparat oshqozon-ichak traktida tez va to'liq so'riladi. Maksimal kontsentratsiyaga 10 dan 60 daqiqagacha erishiladi.
Parasetamol organizmning deyarli barcha to'qimalarida tez va bir tekis taqsimlanadi. Yarim chiqarilish davri 1,25 dan 3 soatgacha tashkil qiladi. Jigar mikrosomal tizimi tomonidan metabollanadi. Qabul qilingan parasetamol dozasining taxminan 85% siydik bilan (erkin va kon'yugatsiyalangan parasetamol ko'rinishida) 24 soat ichida chiqariladi. Qon plazmasidagi xlorfeniramin maleatning maksimal kontsentratsiyasiga
2,5 - 6 soatdan keyin erishiladi. Preparatning biokiraolishligi taxminan 25% - 50% ni tashkil qiladi. Preparatning katta qismi (70%) plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Xlorfeniramin maleat organizmning deyarli barcha to'qimalariga, shu jumladan markaziy asab tizimiga kiradi. Yarim chiqarilish davri 2 dan 43 soatgacha o'zgarib turadi, ta'sir davomiyligi esa 4 dan 6 soatgacha. Metabolitlar, shuningdek preparatning o'zgarmagan holdagi kichik bir qismi, asosan, siydik bilan chiqariladi.
Ichga qabul qilingandan so'ng fenilefrin gidroksloridi MITYdan yomon so'riladi, ichak devorida MAO ishtirokida va jigar orqali "birinchi o'tish"da metabolizmga uchraydi. Tizimli absorbsiyaga uchragan holda o'zining farmakologik faolligini saqlab qoladi. Fenilefrin ham xuddi uning metabolitlari kabi siydik bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Taylolfen Xot - majmuaviy preparat, paratsetamol, xlorfeniramin maleati va fenilefrin gidroxloridini saqlaydi. Og'riq qoldiruvchi,
isitmani tushiruvchi, antigistamin (H1) va shishga qarshi ta'sirga ega. Paratsetamol narkotik bo'lmagan analgetik hisoblanadi. Og'riq qoldiruvchi ta'sir
og'riq chegarasining oshishi, isitmani tushiruvchi ta'sir esa gipotalamusdagi termoregulyator markazga ta'siri bilan bog'liq. Xlorfeniramin maleati gistamin H1–retseptorlariga nisbatan antagonistik xususiyatlarga ega, shu bilan quyidagi simptomlarni yengillashtiradi: rinit, burun bitishi hissi, ko'zlar qizarishi va o'ta sezuvchanligi. Fenilefrin gidroxloridi asosan alfa-adrenoreseptorlarga to'g'ridan-to'g'ri rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, tomir toraytiruvchi xususiyatga ega bo'lib, burun-halqum shilliq qavati shishini kamaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi. Ishtahaning yo'qligi, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar, siydik tutilishi, diareya, bosh og'rig'i, yurakning tez urishi, aritmiya, gipotenziya, gemolitik anemiya, uyquchanlik bo'lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda –
allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi). Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda – trombotsitopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya. Juda kam hollarda – neytropeniya, trombotik purpura va agranulotsitoz.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni jigar, buyrak funksiyalari buzilgan, yurak-qon tomir va o'pka kasalliklari bo'lgan bemorlarda, shuningdek klinik oldi anemiyasi holatida qabul qilish shifokor nazorati ostida o'tishi kerak. Jigar yetishmovchiligining og'ir shakli bo'lgan bemorlarda preparatning sutkalik dozasini yarmiga kamaytiradilar. Barbituratlar, MAO ingibitorlari va alkogol bilan birga bir vaqtda qo'llanilganda parasetamolning gepatotoksik ta'siri xavfi sezilarli darajada oshadi, bunda alkogol qabul qilayotgan bemorlarda preparatning sutkalik dozasi ikki grammdan oshmasligi kerak. Terapevtik samara bo'lmaganda (bolalarda 3 kundan ortiq va kattalarda 5 kundan ortiq davom etgan gipertermiya va bolalarda 5 kundan ortiq va kattalarda 10 kundan ortiq og'riq sindromi) shifokor maslahati talab qilinadi. Preparatni og'ir yurak kasalliklari, qandli diabet, bronxial astma, glaukoma, gipertireoidizm va gipertenziyasi bo'lgan bemorlarga tayinlamaslik kerak. Antigipertenziv preparatlar va/yoki antidepressantlar qabul qilayotgan bemorlar Taylolfen Xotni bir vaqtda qabul qilish bo'yicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Bemorlarni transport vositalarini boshqarish, mexanik uskunalarga xizmat ko'rsatish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan bog'liq xavf haqida xabardor qilish kerak, chunki preparat charchoq hissi va uyquchanlikni chaqiradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, buyrak
va jigar funksiyalari buzilishi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari. Preparat MAO ingibitorlari bilan birga yoki ular qabul qilinganidan keyin 2 hafta ichida qo‘llanilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Terapevtik dozalarda boshqa preparatlar bilan dori o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Tavsiya etilgan dozalardan oshadigan dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda, preparat tarkibidagi paratsetamol bilvosita ta'sir etuvchi antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi va urikozurik preparatlar samaradorligini pasaytiradi. Paratsetamol shuningdek kumarin, idantion hosilalari va antidepressantlar bilan o'zaro ta'sir qiladi. Karbamazepin, fenobarbital, fenitoin va boshqalar kabi tirishishga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda paratsetamol dozasi yarmiga kamaytirilishi kerak. Xlorfeniramin fenitoin metabolizmini sekinlashtirib, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi, shuningdek alkogol, barbituratlar, uxlatuvchi preparatlar, opioid analgetiklar, anksiolitiklar va antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) bir vaqtda qabul qilinganda markaziy asab tizimining additiv tormozlanishini keltirib chiqaradi. Fenilefrinning pressor samarasining potentsirlanishi indometatsin, metildofa, MAO ingibitorlari, alfa- va betaadrenoblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar va psixostimulyatorlar bir vaqtda tayinlanganda kuzatilishi mumkin.

Dozirovkasi

Ichga - 1 paketchadan sutkasiga 2-4 marta. Bitta paketcha tarkibi bir stakan issiq suvda to‘liq eritiladi va issiq holda qabul qilinadi. Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 6 soat bo‘lishi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 o'xshash dorilari

Narxi
31 200 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•117 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom limona 5g N5
Retseptli
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom limona 5g N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
10 000 so'm dan

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 xususiyatlari

TAYLOLFEN boshqa chiqarish shakllari

TAYLOLFEN XOT 325 tabletkalari 325 mg N12
TAYLOLFEN XOT 325 tabletkalari 325 mg N12
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat, IP OOO
TAYLOLFEN XOT 500 tabletkalari 500 mg N12
TAYLOLFEN XOT 500 tabletkalari 500 mg N12
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat, IP OOO

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 analoglari

EFFEKT FLU sirop 60ml
EFFEKT FLU sirop 60ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
Narxi
20 000 so'm dan
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Retseptsiz
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
Narxi
22 000 so'm dan

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 haqida savollar

TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil