TAYLOLFEN
TAYLOLFEN qo'llanmasi
Sirop preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan, shuningdek buyrak va jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilmaydi. Sirop MAO ingibitorlari bilan birga va ular tugaganidan keyin 2 hafta davomida qo‘llanilmaydi.
Ichga qabul qilingandan so'ng preparat me'da-ichak yo'llarida tez va to'liq so'riladi. Maksimal kontsentratsiyaga (Smax) erishish vaqti 10 dan 60 daqiqagacha. Paratsetamol asosan yumshoq to'qimalarga tez va tekis taqsimlanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,25 dan 3 soatgacha. Jigarda mikrosomal fermentlar tizimi orqali metabolizmga uchraydi. Og'iz orqali qabul qilingan paratsetamol dozasining taxminan 85% i 24 soat ichida siydik bilan (erkin va kon'yugatsiyalangan paratsetamol ko'rinishida) chiqariladi. Xlorfeniramin maleat qo'llanilgandan so'ng me'da-ichak yo'llarida sekin va to'liq so'riladi. Smax ga erishish vaqti 2,5 dan 6 soatgacha. Biokiraolishlik indeksi taxminan 25% dan 50% gacha. Preparatning katta qismi (70%) plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Xlorfeniramin maleat asosan yumshoq to'qimalarga, shu jumladan markaziy asab tizimiga taqsimlanadi. Uning T1/2 2 dan 43 soatgacha o'zgarib turadi va ta'sir davomiyligi 4 dan 6 soatgacha. Moddaning katta qismi metabolizmga uchraydi. O'zgarmagan qismi va uning metabolitlari siydik bilan, oz miqdori - axlat bilan chiqariladi. Dekstrometorfan gidrobromidi me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi. Yo'talga qarshi ta'sirining boshlanishi og'iz orqali qo'llanilgandan 15-30 daqiqa o'tgach yuzaga keladi va uzoq davom etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan o'zgarmagan dekstrometorfan va demetillangan metabolit ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Psevdoefedrin gidroxloridi me'da-ichak yo'llarida so'riladi. U monoaminoksidaza ta'siriga chidamli. Metabolitlarning oz miqdori o'zgarmagan preparat bilan birga asosan siydik bilan chiqariladi.
Preparat umuman olganda og'riqsizlantiruvchi, isitmani tushiruvchi, antigistamin, yo'talga qarshi va shishga qarshi xususiyatlarga ega bo'lib, ular uning faol tarkibiy qismlari bilan belgilanadi. Paratsetamol narkotik bo'lmagan analgetik hisoblanadi. Uning og'riq qoldiruvchi ta'siri og'riq chegarasining oshishi, isitmani tushiruvchi ta'siri esa gipotalamusdagi termoregulyator markazga ta'siri bilan bog'liq. Xlorfeniramin maleati gistamin H1 - retseptorlariga nisbatan antagonistik xususiyatlarga ega, shu bilan quyidagi simptomlarni yengillashtiradi: rinit, burun bitishi, ko'zlar qizarishi va o'ta sezuvchanligi. Dekstrometorfan gidrobromidi - yo'talga qarshi vosita. Markaziy ta'sir ko'rsatib, yo'tal chegarasini oshiradi. U analgetik yoki boshqa qo'shimcha xususiyatlarga ega emas. Psevdoefedrin gidroxloridi simpatomimetik amin bo'lib, bronxolitik ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun yuqori nafas yo'llarida dimlanish hodisalarida samarali.
Ichga. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tavsiya etilgan doza 10 ml (2 choy qoshiq). Qabulni har 4 yoki 6 soatda takrorlaydilar, agar talab etilsa, kuniga maksimal 4 dozagacha.
Siropni bolalarda 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Agar isitma holati 3 kundan ortiq davom etsa, simptomlar 5 kun ichida yo‘qolmasa va yangi simptomlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokor maslahatiga murojaat qilish kerak. Og‘ir yurak buzilishlari, qandli diabet, bronxial astma, glaukoma va gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Preparat uzoq muddatli terapiyada va yuqori dozalarda antikoagulyantlar samarasini potensiyalaydi. Parasetamol yuqori dozalarda va uzoq muddat qo'llanilganda kumarin, indandion hosilalari va fenotiazidlar bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin. Spirt, barbituratlar va tritsiklik antidepressantlar preparatning gepatoksik ta'sirini oshirishi mumkin. Anksiolitiklar, sedativ dori vositalari va beta-adrenostimulyatorlar nojo'ya ta'sir yaqqolligini kuchaytiradi. Preparat metildopa va rezerpinning gipotenziv samarasini susaytiradi. Laboratoriya tahlillariga ta'siri: preparat siydikdagi 5 HIAA (5-gidroksiindoleatsetil kislotasi) testining yolg'on musbat natijasini berishi mumkin.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi. Ishtahaning yo'qligi, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar, siydik tutilishi, diareya, bosh og'rig'i, yurakning tez urishi, aritmiya, gipotenziya, gemolitik anemiya, uyquchanlik bo'lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda –
allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi). Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda – trombotsitopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya. Juda kam hollarda – neytropeniya, trombotik purpura va agranulotsitoz.
TAYLOLFEN barcha rasmlari














