Apteka.uz
SavatKirish

SEFPOD tabletkalari 100mg N100

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:sefpodoksim
Ishlab chiqaruvchi:Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
ATX kodi:J01DA33
Barcha Sefpod dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFPOD tabletkalari 100mg N100 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

SEFPOD ovqatdan oldin ichga 100 mg qabul qilingandan so'ng 50% so'riladi, Cmax — 1,4 mkg/ml. Ovqat qabul qilish tabletkalar tayinlanganda Cmax ni oshiradi, lekin unga erishish vaqtini (Tmax) emas, suspenziya qo'llanilganda esa Tmax ni oshiradi, lekin Cmax ni emas. Qon oqsillari bilan bog'lanadi (20–30%). Tmax — 2–3 soat, to'qimalarga, shu jumladan bodomsimon bezlar, o'pka va suyuqliklarga kirib boradi va ularda ko'pchilik mikroorganizmlar uchun MPK50 dan yuqori kontsentratsiyani hosil qiladi. T1/2 — 2,09- 2,84 soat. Dozaning taxminan 30–35% i 12 soat ichida siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Buyrak funktsiyasi buzilganda ekskretsiya pasayadi: agar kreatinin Cl 50–80 ml/daq bo'lsa, unda Т1/2 3,5 soatni, 30–49 ml/daq — 5,9 soatni, 5–29 ml/daq — 9,8 soatni tashkil qiladi. Standart 3 soatlik gemodializ seansida organizmdan dozaning 23% i chiqariladi.
Jigar tsirrozi bo'lgan bemorlarda so'rilish biroz kamayadi.

Farmakologik ta'siri

TSEFPOD transpeptidazani susaytiradi va bakteriyalar hujayra devori mukopeptidi biosintezini tormozlaydi. Beta-laktamazalar ta'siriga chidamli, kislotali muhitda parchalanmaydi. Tsefpodoksim proksetil (dastlabki dori) ko'rinishida qo'llaniladi. Ikkinchisi OIT dan so'riladi va deesterifikatsiyalanib, tsefpodoksim hosil qiladi.
Ko'plab grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi, ammo metitsillinga rezistent bo'lmagan shtammlar), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (C, F, G guruhlari), Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Proteus mirabilis, Citrobacter diversus, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, anaeroblar (Peptostreptococcus magnus).

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
- diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq bo'lishi mumkin.

Dermatologik reaksiyalar:
- kamdan-kam hollarda - o'tkinchi teri toshmalari va qichishish.

MNT tomonidan:
- kamdan-kam hollarda - bosh og'riqlari.

Laborator ko'rsatkichlar tomonidan:
- kamdan-kam hollarda - jigar transaminazalari va Ishqoriy fosfataza faolligining vaqtinchalik o'rtacha oshishi, qonda mochevina va kreatinin darajasining biroz oshishi;
- yakka hollarda - trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya va eozinofiliya.

Maxsus ko‘rsatmalari

Nefrotoksik preparatlar bilan birga qo‘llanilganda buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Disbakterioz va superinfeksiya rivojlanishi mumkinligini (odatda uzoq muddat tayinlanganda) yodda tutish kerak.
Anamnezida penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Davolash davrida musbat Kumbs reaksiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezda penitsillin qatori antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Gistamin H2 — reseptorlarini bloklovchi preparatlar, antatsid preparatlar sefpodoksimning bioolishini pasaytiradi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gistamin H2-retseptorlari blokatorlari (ranitidin, simetidin va boshqalar) va antatsid preparatlar (alyuminiy gidroksidi va natriy bikarbonat) so'rilishning to'liqligini (ammo tezligini emas) va Cmax ni 27–32% ga kamaytiradi.
Peroral antixolinesteraza vositalari so'rilish intensivligini va Cmax ga erishish vaqtini oshiradi (47% ga). Probenetsid buyrak ekskretsiyasini susaytiradi, AUC ni 37% ga, Cmax ni — 20% ga oshiradi.
Halkali diuretiklar (furosemid va boshqalar) nefrotoksiklikni (o'zaro) oshiradi.

Dozirovkasi

Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan 12 yoshdan katta bolalar uchun sutkalik doza 400 mg ni tashkil qiladi (1 marta/sut yoki 200 mg dan 2 marta/sut). Davolash kursi davomiyligi-7-10 kun.
Siydik chiqarish kanali va bachadon bo'ynining asoratsiz gonoreyasida 400 mg bir marta tayinlanadi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat suspenziya ko'rinishida tana vazniga 8 mg/kg dozada 1 marta/sut yoki 4 mg/kg dan har 12 soatda tayinlanadi.
5-11 yoshli bolalarga sutkalik doza 8-10 ml suspenziyani, 2-4 yoshda- 5 ml, 6 oylikdan 1 yoshgacha -2,5-4 ml ni tashkil qiladi.
Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kunni tashkil qilishi kerak.
Buyrak funksiyasi buzilganda (KK 21 dan 60 ml/daq gacha bo'lganda) yoki gemodializda bo'lgan bemorlarda sutkalik dozani 25% ga kamaytirish kerak. KK 20 ml/daq bo'lganda yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarda sutkalik dozani 2 baravar kamaytirish kerak.
Hozirgi vaqtda 6 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar uchun sefpodoksimning samaradorligi va xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SEFPOD tabletkalari 100mg N100 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SEFPOD tabletkalari 100mg N100 o'xshash dorilari

AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Retseptli
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
9 400 so'm dan
Mizol-Kit tabletkalari N1
Retseptli
Mizol-Kit tabletkalari N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rivpra Formulation Pvt. Ltd.
Narxi
77 000 so'm dan
OMERZALON eritma 500mg/100ml 100ml N1
Retseptli
OMERZALON eritma 500mg/100ml 100ml N1
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
KARBONPHARMAPVT.LTD.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan

Sefpod boshqa chiqarish shakllari

SEFPOD tabletkalari 200mg N10
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•17 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan
SEFPOD tabletkalari 100mg N10
SEFPOD tabletkalari 100mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
43 000 so'm dan
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•20 ta dorixonada bor
Narxi
33 927 so'm dan

SEFPOD tabletkalari 100mg N100 analoglari

SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•20 ta dorixonada bor
Narxi
33 927 so'm dan
SEFPOD tabletkalari 100mg N10
SEFPOD tabletkalari 100mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
43 000 so'm dan
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•17 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan

SEFPOD tabletkalari 100mg N100 haqida savollar

SEFPOD tabletkalari 100mg N100 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil