SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10

SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi – gastrointestinal traktda nisbatan sekin so'riladi. Maksimal plazma kontsentratsiyasi peroral qo'llanilgandan 1-3 soat o'tgach erishiladi, bunda sezilarli inter- va intraindividual farqlar mavjud.
Taqsimlanishi – plazma proteinlari bilan 80% ga, eritrotsitlar bilan 13% ga bog'lanadi. To'qimalarda taqsimlanish ancha jadal, qabul qilingandan 4-soatgacha jigar va o'pka, miokard, miyada yuqori kontsentratsiyalar mavjud.
Metabolizmi – asosan N-dealkillanish yo'li bilan intensiv metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi – eliminatsion yarim hayot davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Fetses orqali o'zgarmagan holda, siydik bilan metabolitlar shaklida ekskretsiya qilinadi.
Farmakologik ta'siri
Tsinnarizin kaltsiy kanallari blokatorlari deb ataladigan dori vositalari guruhiga kiruvchi preparat hisoblanadi. U miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Nistagm va vestibulyar buzilishlarning boshqa ko'rinishlarini bostiradi, labirint qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi. Ma'lum antigistamin ta'sir namoyon qiladi.
Nojo'ya samaralari
- uyquchanlik;
- ko'ngil aynishi;
- vazn ortishi;
- og'iz qurishi;
- gipersomniya;
- letargiya;
- oshqozonda noqulaylik;
- qusish;
- qorinda og'riq;
- yomon hazm qilish;
- ko'p terlash;
- lixenoid keratoz;
- charchoq;
- o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;
- bosh og'rig'i;
Sinnarizinni uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda qabul qilayotgan keksa yoshdagi bemorlarda ekstrapiramidal simptomatikalar (tremor, dezorientatsiya, muvozanat buzilishi), shu jumladan Parkinson sindromi, qizil yassi temiratki, o'tkir osti teri qizil yugurigi, mushak rigidligi paydo bo'lishi mumkin.
Ba'zi nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda, shu jumladan ushbu yo'riqnomada eslatib o'tilmagan bo'lsa ham, darhol davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Maxsus saqlash sharoitlari
Agar quyidagilardan aziyat cheksangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering:
- Parkinson kasalligi yoki ekstrapiramidal buzilishlar simptomlari bo'lgan bo'lsa (qaltirash, orientatsiya va muvozanat buzilishi);
- gipotoniya (past qon bosimi);
- oshqozon kasalligi.
65 yoshdan katta bemorlarda va bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Tsinnarizin Sofarma uyquchanlik chaqirishi mumkin, ayniqsa davolash boshida, buni hisobga olish va foyda va xavfni aniq baholab haydovchilar va mashina operatorlariga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Dori mahsulotining yordamchi moddalari haqida muhim ma'lumot
Dori mahsuloti bitta tabletkada 63,12 mg laktoza monogidrati saqlaydi. Agar shifokor Sizga ba'zi qandlarni o'zlashtira olmasligingizni aytgan bo'lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan bog'laning.
Dori mahsuloti yordamchi modda sifatida bug'doy kraxmalini saqlaydi. Tseliakiya bilan og'rigan shaxslar uchun mos keladi. Bug'doyga allergiyasi bo'lgan (tseliakiyadan farqli) bemorlar bu dorini qo'llamasliklari kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- sinnarizinga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik, laktatsiya davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Sinnarizinni alkogol, markaziy asab tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalari (MAT depressantlari yoki tritsiklik antidepressantlar) bilan bir vaqtda qo'llash ularning samaralarini o'zaro kuchayishini keltirib chiqaradi.
O'zining antigistamin samaralari tufayli sinnarizin o'ta sezuvchanlikka teri sinovlarida soxta manfiy natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu testlar o'tkazilishidan kamida 4 kun oldin sinnarizin bilan davolashni to'xtatib turish zaruratini keltirib chiqaradi.
Dozirovkasi
Peroral, ko‘p miqdorda suyuqlik bilan, yaxshisi ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Vestibulyar simptomlar
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar
Kundalik doza 75 mg (3 tabletka), 1 tabletkadan kuniga 3 marta.
5 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Ushbu dori shakli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mos emas. Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak.
Kinetozlar profilaktikasi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar
Yo‘lga chiqishdan 2 soat oldin 1 tabletka va yo‘lda bo‘lishning keyingi har 8 soatida 1 tabletkadan.
5 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Ushbu dori shakli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mos emas.
Agar Siz bir dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborsangiz, uni imkon qadar tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki baravar dozani qabul qilmang. Dori vositasini davolovchi shifokoringiz tayinlaganidek qabul qilishni davom ettiring. Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Hajm/og'irlik
SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10 o'xshash dorilari


SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10 xususiyatlari
Sinnarizin boshqa chiqarish shakllari
SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10 analoglari
{
"data": {
"id": 62912,
"stores_apteka_id": 347536,
"slug": "tsinnarizin-tabletki-25-mg-n10",
"stores_apteka_slug": "tsinnarizin-tab-25mg-n10",
"name": "SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10",
"brand_name": "SINNARIZIN",
"image": "uploads/iblock/3db/3db26491f614b22cc27ce610243995e1.webp",
"atx_code": "N07CA02",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Radiks, CHNPP",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 490,
"slug": "nervnaya-sistema",
"name": "Asab tizimi",
"external_link_title": "Nevropatolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/nevropatolog"
},
"drug_group": {
"id": 7208,
"slug": "tsinnarizin",
"name": "Sinnarizin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6016,
"slug": "tsinnarizin",
"name": "Sinnarizin"
}
],
"tags": [
{
"id": 139,
"slug": "ot-golovokruzheniya",
"name": "Bosh aylanishidan"
}
]
}
}













