SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 10ml 0,3%

SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 10ml 0,3% qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Siprofloksatsin mahalliy qo'llanilganda ko'z to'qimalariga yaxshi kirib boradi. Bir marta tomizilgandan so'ng uning ko'zning oldingi kamerasi namligidagi kontsentratsiyasi 10 daqiqadan so'ng 0,1 mg/ml ni tashkil qiladi. 1 soatdan keyin oldingi kamera namligida aniqlangan maksimal kontsentratsiya 0,19 mg/ml ni tashkil qiladi.
2 soat o'tgach kontsentratsiya pasaya boshlaydi, biroq uning shox parda to'qimalaridagi antibakterial ta'siri 6 soatgacha, oldingi kamera namligida 4 soatgacha saqlanib turadi.
Mahalliy qo'llanilganda qon zardobidan yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi Cmax - 5 ng/ml dan kam. Plazmadagi o'rtacha kontsentratsiya - 2,5 ng/ml dan past.
Preparat buyraklar orqali asosan (50% gacha) o'zgarmagan holda va 10% gacha metabolitlar ko'rinishida chiqariladi; 15% ga yaqini ichak orqali chiqariladi; emizikli onalarda - qisman ko'krak suti bilan chiqariladi.
Tomizilgandan so'ng preparatning tizimli absorbtsiyasi bo'lishi mumkin. 7 kun davomida, o'rtacha, kuniga 4 marta har ikkala ko'zga davolashda, o'rtacha kontsentratsiya 2 ng/ml ni tashkil qiladi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, ko'zda qichishish va achishish, ko'z kon'yunktivasining yengil og'rishi va qizarishi, ko'ngil aynishi, kamdan-kam hollarda - qovoqlar shishi, yorug'likdan qo'rqish, ko'z yoshlanishi, ko'zlarda yot jism hissi, tomizgandan so'ng darhol og'izda yoqimsiz ta'm, ko'rish o'tkirligining pasayishi, shox parda yarasi bo'lgan bemorlarda oq kristall pretsipitatning paydo bo'lishi, keratit, keratopatiya, shox parda infiltratsiyasi, superinfeksiya rivojlanishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ko'z tomchilari shaklidagi eritma ko'z ichiga in'ektsiya uchun mo'ljallanmagan.
Boshqa oftalmologik dori vositalari qo'llanilganda ular yuborilishi orasidagi interval kamida 15 minutni tashkil qilishi kerak.
Preparat qo'llanilgandan so'ng darhol ko'rish idrokining noaniqligi bo'lishi mumkin, bu transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin; ishga (haydashga) preparat qo'llanilgandan keyin 15 minut o'tgach kirishish tavsiya etiladi.
Preparat bilan davolash davrida kontakt linzalarini taqish tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ko‘zning virusli va zamburug‘li shikastlanishlari, homiladorlik, emizish davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ba'zi xinolonlarni tizimli qo'llash qon plazmasida teofillin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi, bilvosita antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin va uning hosilalari) ta'sirini kuchaytirishi haqida ma'lumotlar mavjud.
Siprofloksatsin va kofein birga qo'llanilganda jigarda kofein metabolizmining pasayishi (uning chiqarilishining sekinlashishi va qonda kontsentratsiyasining oshishi) kuzatiladi.
Siprofloksatsinni tizimli qo'llash bilan birga siklosporin tayinlangan bemorlarda qon zardobida kreatinin kontsentratsiyasining vaqtincha oshishi haqida xabar berilgan.
Dozirovkasi
O‘tkir bakterial kon’yunktivitlarda, oddiy, qipiqli va yarali blefaritlarda, meybomitlarda preparat kasallikning og‘irligiga qarab kuniga 4 dan 8 martagacha tayinlanadi. Davolash kursi 5 dan 14 kungacha.
Keratitlarda preparat 1 tomchidan kuniga kamida 6 marta tayinlanadi, ijobiy samara bo‘lganda maksimal davolash kursi shox parda shikastlanishining og‘irligiga qarab taxminan 2-4 haftani tashkil qiladi.
Shox pardaning bakterial yarasida: 1 tomchidan har 15 daqiqada 6 soat davomida, keyin uyg‘oqlik vaqtida har 30 daqiqada 1 tomchidan; 2-kuni - uyg‘oqlik vaqtida har soatda 1 tomchidan; 3-kundan 14-kungacha - uyg‘oqlik vaqtida har 4 soatda 1 tomchidan. Agar 14 kunlik terapiyadan keyin epitelizatsiya sodir bo‘lmasa, davolashni 1 hafta davom ettirish mumkin.
O‘tkir dakriosistitlarda preparat 1 tomchidan kuniga 6-12 marta tayinlanadi, davolash kursi 14 kundan oshmasligi kerak.
Ko‘z jarohatlarida, shu jumladan yot jismlar tushganda, infeksion asoratlarning oldini olish uchun preparat 1-2 hafta davomida 1 tomchidan kuniga 4-8 marta tayinlanadi.
Operatsiyadan oldingi davrda: operatsiyadan oldin ikki kun davomida 1 tomchidan kuniga 4 marta va bevosita operatsiyadan oldin har 10 daqiqada 1 tomchidan 5 marta.
Jarrohlik aralashuvlaridan keyin yallig‘lanish kasalliklarining oldini olish uchun preparat butun operatsiyadan keyingi davr mobaynida 1 tomchidan kuniga 4-6 marta, odatda 5 kundan 1 oygacha tayinlanadi.Dozani oshirib yuborishPreparatning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganda o‘ziga xos simptomlar yo‘q. Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, xavotir hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash: standart shoshilinch yordam choralari, organizmga suyuqlikning yetarli miqdorda tushishi, kristalluriya oldini olish uchun siydikning kislotali reaksiyasini yaratish.
Hajm/og'irlik
SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 10ml 0,3% o'xshash dorilari



Siprofloksatsin boshqa chiqarish shakllari







SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 10ml 0,3% analoglari
















