×
×
  • VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Kivipharm Co., Ltd
ATX kodi:
- A11EA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
VITARICH sirop 200ml Saga Laboratories, Индия произведено: Stallion Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Vitamin V kompleks

Vitamin B complex

 

Preparatning savdo nomi: Vitamin V kompleks

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – 20 mg, riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini) – 2 mg, piridoksin gidroxloridi (V6  vitamini) – 2 mg, nikotinamid –
30 mg, kalsiy pantotenati – 1 mg;

yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv 2 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, sariq rangli, yashil fluoressensiyali eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar

ATX kodi: A11YeA

Farmakokinetik xususiyatlari

V guruhi vitaminlari past konsentrasiyalarda biologik faollikka ega va hujayra faoliyatiga boshqaruvchi samara ko‘rsatadi. Ferment tizimi tarkibida uglevodlar, oqsillar va lipidlar metabolizmini boshqarishida ishtirok etadilar.

V1 vitamini asosan moddalarni uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Yadro saqlovchi hujayralarda, xususan jigar, buyrak va leykositlarda pirofosfat kislotasi bilan birikib, u organizmda pirofosfatni qayta shakllantiradi, alfa – ketokislota, xususan piruvat va alfa – ketoglyutaratlarni dekarboksilizasiya kabi reaksiyalarda koenzim sifatida ta‘sir qiladi. Tiaminni tanqisligida to‘qimalarda piruvat va sut kislotasi to‘planadi.

V2 vitamini plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Ko‘p bo‘lmagan miqdori jigar, buyrak kabi a‘zolari to‘planadi va organizmni ehtiyojidan oshib ketuvchi miqdori siydik bilan chiqariladi.

V6 vitamini quyidagi enzimlarni qismi hisoblanadi: dekarboksilaza va transaminaza. U gistamin, erkin yog‘ kislotalari va aminokislotalarni metabolizmida ishtirok etadi.

Preparat uglevodli moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi va organizmda qand metabolizmini to‘qimalarining normal faoliyatini bir maromda tutib turishda juda muhim rol o‘ynaydi.

Preparat mushak ichi in‘eksiyasidan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Preparatning ko‘p qismi ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

V vitaminining majmuasi in‘eksiyasi ushbu vitaminlarning tanqisligi mavjud bo‘lganda buyuriladi. V vitaminining tanqisligini klinik va subklinik holatlarini (glossit, stomatit, xeyloz xolatlari, yurak tomonidan alimentar polinevrit ko‘rinishlari, teri qoplamalarida pellagra ko‘rinishlari, korneal vaskulyarizasiya va polinevrit) davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kuniga 500 mikrogramm kabi kichik dozalarda tiaminning tanqisligi bartaraf etilishi mumkin. Tavsiya etilgan terapevtik doza: har kuni 1-2 ml dan.

Yuborilishi: mushak ichiga yoki vena ichiga sekin, ehtiyotkorlik bilan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda V vitaminining majmuasi in‘eksiyasi yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni sekin yuborish lozim.

Preparatning toksik ta‘sirini ehtimoli kam, chunki ortiqcha V vitamini organizmdan chiqariladi.

Juda kam hollarda eshakemi, qichishish, Kvinke shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini kuzatish mumkin, ayniqsa moyilligi bo‘lgan pasientlarda.

Preparatning tarkibiga kiruvchi nikotinamid, teri, yuz qizarishi va qizib ketish hissini chaqirishi mumkin.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiya haqida ma‘lumotlar to‘plab boriladi. Ushbu jarayon muhim hisoblanadi, chunki dori vositasining foyda/xavf muvozanatini nazorat qilishni amalga oshirishga yordam beradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Har qanday ta‘sir etuvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Piridoksin levodopani periferik metabolizmini oshirish mumkin, bu levodopaning terapevtik samarasini kamaytiradi. Shunday qilib, levodopani qabul qilayotgan Parkinson kasalligi bo‘lgan pasientlarga, V6 vitaminining sutkalik ehtiyojdan oshib ketuvchi dozalarda qo‘llash mumkin emas. Levodopa bu dekarboksilazaning periferik ingibitorlari bilan majmuada qo‘llanilayotgan holatlarga taalluqli emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni galaktozani o‘zlashtiraolmaslikda laktozani tug‘ma tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida preparatni qabul qilishda oddiy ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim.

Piridoksin yuqori dozalarda prolaktinni ajralib chiqishiga to‘sqinlik qilishi mumkin va shuning uchun emizikli ayollarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi lozim.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir etishining o‘ziga xosligi.

Aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

V vitaminining ortiqchasi organizmdan oson chiqariladi, shu sababli ushbu preparatning dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolarning ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Birlamchi o‘ram: 2 ml dan preparat yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda.

Ikkilamchi o‘ram: 5 yoki 10 ampuladan kontur uyali o‘ramga joylangan. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton korobkali penalga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Kivipharm Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAMIN V KOMPLEKS — YeT inyeksiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9