Jenagra tabletkalari 50 mg N4

Jenagra tabletkalari 50 mg N4 o'xshash dorilari


Jenagra tabletkalari 50 mg N4 qo'llanmasi
Har bir bir film qobiq bilanqoplangan tabletka қуйидагиларни сақлайди:
faol modasi: sildenafil sitrat - 50 mg eki 100 mg sildenafil ekvivalenti;
yordamchi moddalar: laktoza, kraxmal, mikrokristalli tsellyuloza (MCC), natriy benzoat va, kraxmal (pasta), natriy kroskarmelozasi, tosalangan talk, magniy stearati, kolloid silikon dioksid, mikrokristalli tsellyuloza (MCC) PH-102;
qobiq tarkibi: gidropropil metil tsellyuloza (HPMC) E-15, polietilen glikol (PEG) 4000, talk, titan dioksidi, boevchi - indigokarmin kok (kol) darajalari, izopropil spirti, metilen xlorid.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg yoki 100 mg dan.
4 ta tabletka Alu-PVC blister da.
1 blister, tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Sildenafil tsitrati spesifik fosfodiesteraza 5 turining (FDE 5) kuchli va selektiv ingibitoridir.
Jinsiy rag'batlantirish vaqtida g'ovak tanadan azot oksidini (NO) ajralib chiqishi jinsiy olatdagi erektsiyaning fizioligik mexanizmi bo'lib hisoblanadi. NO guanilatsiklaza fermentini faollashtiradi, bu esa tsiklik guanozin monofosfat (ts-GMF) miqdorini oshishiga va muvofiq ravishda, g'ovak tana mushaklarini bo'shashishiga olib keladi, buning oqibatida jinsiy olatda qon oqimi kuchayadi. Sildenafil izolyasiyalangan g'ovak tanaga to'g'ridan-to'g'ri bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, balki g'ovak tanadagi ts-Gmfni parchalanishiga mas'ul bo'lgan fosfodiesteraza 5 turini ingibirlashi orqali, shu to'qimaga NO ning bo'shashtiruvchi ta'sirini faol kuchaytiradi. Bu ts-GMF miqdorini oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklar bo'shashadi va g'ovak tanadagi qon oqimi kuchayadi.
Shuning uchun sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda seksual rag'batlantirish bo'lmaganida qo'llash samarasiz.
Jiddiy: kam hollarda og'riqli yoki davomli (4 soatdan ko'p) erektsiya. Agarda erektsiya uzoq vaqt davomida beixtiyor to'xtamasa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling. Sildenafil qo'llanganidan so'ng jiddiy yurak-tomir buzilishlari, yurak hurujlari, aritmiyalar, miyaga qon quyilishlar va keyingi ishemik hurujlar kuzatilgan. Biroq bu asoratlar sildenafilni qabul qilish, yurak-tomir havf omillarining borligi, jinsiy faollik yoki omillarning qo'shilishi bilan bog'liqligi noma'lum.
Mumkin bo'lgan: bosh og'rig'i, qon quyilishlari, ovqatni hazm bo'lmasligi. Bu nojo'ya ta'sirlar odatda kuchsiz yoki o'rtacha bo'lib, uzoq davom etmaydigan bo'ladi.
Kam hollarda: burunni bitishi, ko'rish anomaliyalari, ko'zlarga qon quyilishi yoki ularda achishish hissi, diareya, siydikda qon kuzatilishi mumkin.
Sildenafil tizimli tomirlarni kengaytiruvchi hususiyatga ega, bu qon bosimini keyingi ketuvchi pasayishiga olib kelishi mumkin, shu sababli Jenagra preparatini buyurishdan oldin yurak-tomir kasalliklari bo'lgan pasientlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida noxush ko'rinishlar havfini sinchkovlab taqqoslash kerak. Tomirlarni kengaytiruvchi vositalarga yuqori beriluvchanlik chap qorinchaning chiqish yo'lini obstruktsiyasi bo'lgan (masalan, aorta stenozi, idiopatik subaortal stenoz) pasientlarda va qon bosimning vegetativ boshqaruvini og'ir buzilishi bo'lgan pasientlarda kuzatiladi.
Preparat buyurilganida:
-miyada qon aylanishini buzilishi yoki oxirgi 6 oy davomida hayotiga havf soluvchi aritmiyalari bo'lgan;
-gipotenziyasi (AB < 90/50) va gipertenziyasi (AB > 170/110) bo'lgan;
-yurak etishmovchiligi yoki nostabil stenokardiya tomonidan chaqirilgan yurak ishemik kasalligi bo'lgan;
-pigmentli retiniti (bu pasientlarning kamchiligida to'r parda fosfodiesterazasini nasliy buzilishi mavjud) bo'lgan
pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 4 soatdan ortiq davom etadigan erektsiya hollari, pasientlar zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak. Agarda priapizm zudlik bilan davolanmasa, orqaga qaytmas impotentsiya rivojlanishi mumkin. Ritonavir bilan bir vaqtda qo'llanganida Jenagra preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ritonavir plazmada sildenafilning kontsentrasiyasini 11 martaga oshiradi. Ritonavir olayotgan pasientlarda nojo'ya ta'sirlarning havfini pasaytirish uchun sildenafilning dozasini kamaytirish kerak. Sildenafil va alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llash, ba'zi pasientlarda arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sildenafilning 25 mg dan yuqori dozasini alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilgandan so'ng, 4 soat davomida qabul qilish mumkin emas. Sildenafilning yuqori dozalari va 4 mg dozada doksazin qabul qilinganida, qabul qilgandan so'ng 1-4 soat davomida postural gipotenziya rivojlanishi mumkin. Qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklari bo'lgan pasientlarda va peptik yarasi zo'rayish davrida bo'lgan pasientlarda sildenafilning havfsizligi noma'lum. Preparat bolalar va 18 yoshgacha o'smirlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Erektsiyaning buzilishini diagnosti qilish, mumkin bo'lgan sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkov instrumental tekshirish o'tkazish kerak. Yurak kasalligi bo'lganda jinsiy faollik ma'lum darajada havf tug'diradi. Shu sababli erektsiyani buzilishi bilan bog'liq har qanday davolashni boshlashdan oldin shifokor yurak-tomir tizimini tekshiruvini o'tkazishi lozim. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy olatning anatomik deformasiyasi bo'lgan pasientlarda (shu jumladan, angulyasiyada, g'ovak tana fibrozida yoki peyron kasalligida) yoki priapizmni rivojlanishiga moyilligi (o'roqsimon-hujayrali anemiya, ko'pchilik mieloma, leykemiya kabilar) bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik maqsadga muvofiq bo'lmagan erkaklar uchun buyurish mumkin emas.
Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish hususiyati.
Jenagra preparatini qabul qilish fonida avtomobil yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga qandaydir salbiy ta'siri kuzatilmagan. Biroq, madomiki preparat qabul qilinganida AB ni pasayishi, xromatopsiyani rivojlanishi, ko'rishni xiralashishi bo'lishi mumkin ekan, transport vositalarini boshqarish, mexanik uskunalarga xizmat ko'rsatish va boshqa potentsial havfli ko'rinishdagi faoliyatlar bilan bog'liq bo'lgan havf haqida pasientlarga axborot berish kerak va ko'rsatilgan holatlarda, ayniqsa davolashning boshlanishida va dozalash tartibi o'zgarganida preparatning shaxsiy ta'siriga e'tibor berish kerak.
-preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;
-bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar;
-preparatni azot oksidining donatorlari, organik nitratlar yoki har qanday shakldagi nitratlarni doimo yoki tanaffuslar bilan qabul qiladigan bemorlarda qo'llash mumkin emas, chunki sildenafil doimo yoki shoshilinch hollarda qo'llanadigan nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
-preparat ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Sildenafilni 50 mg dozada va CYP3A4 ning nospesifik ingibitori tsimetidinni birga qo'llanishi plazmada sildenafilning kontsentrasiyasini taxminan 50% ga oshishiga olib keladi. Sildenafilni 100 mg dozada eritromisin bilan birga bir marta qabul qilish "kontsentrasiya-vaqt" farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydonini (AUC) taxminan 180% ga oshishiga olib keladi.
Sildenafilni 100 mg dozada bir marta va sakvinavirni bir vaqtda qabul qilish, plazmada sildenafilning Smax o'rtacha 140% ga, AUC ni esa 210% ga oshishiga yordam beradi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Sildenafil va CYP3A4 ingibitorlarini (ketokonazol, eritromisin yoki tsimetidin kabilar) bir vaqtda qo'llanishi sildenafilning klirensini pasaytirishi mumkin. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta va OITV-proteazaning ingibitori va tsitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilish sildenafilning Smax taxminan 4 marta, AUC ni esa 10-11 dan ko'p martaga oshishiga yordam beradi.
Sildenafil va CYP3A4 induktorlari (masalan, rifampisin) bilan bir vaqtda qabul qilish plazmada sildenafilning darajasini pasaytiradi. CYP2C9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin kabilar), CYP2D6 ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar kabilar), tiazidlar va tiazidga o'xshash diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (APF) ingibitorlari, kaltsiy kanallari blokatorlari sildenafilning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydilar. Sildenafilni 100 mg dozada, 5 mg va 10 mg dozada amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanganida arterial bosim (AB) qo'shimcha taxminan 7-8 mm sm.ust. ga pasayadi.
Sildenafil nitratlarning (masalan, stenokardiya hurujlarida qo'llanadigan nitrogliserin) ta'sirini kuchaytirishi mumkin, bu arterial bosimni potentsial havfli pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sildenafilni har qanday nitratlarni qabul qiladigan pasientlarga qo'llash mumkin emas. Sildenafilni erektsiyani buzilishida qo'llanadigan boshqa dori vositalar bilan qo'shish tavsiya qilinmaydi. Agarda siz qonda sildenafilning darajasini o'zgartirishi mumkin bo'lgan ritonavir va sakvinavir kabi proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan: ahamiyatli o'zaro ta'siri kuzatilmagan.
Ichga, 50 mg dan jinsiy aloqadan taxminan 1 soat oldin qabul qilinadi. Samaradorligi va o'zlashtirilishini hisobga olib, dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal sutkalik dozasi 100 mg, tavsiya qilingan maksimal qabul qilish soni – sutkada 1 marta.
Keksa yoshdagi odamlarda va buyraklar yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo'llanishi: keksa yoshdagi odamlarda va buyraklar yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda tavsiya qilingan qo'llash sxemasi o'xshashdir.
Simptomlari: nojo'ya samaralarning yaqqolligini kuchayishi kuzatiladi.
Davolash: simptomatik. Sildenafil va uning metabolitlarini plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi yuqori bo'lganligi sababli dializ samarasiz.
Jenagrani bolalarga qo'llash mumkin emas.
Jenagra ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.
Jenagra tabletkalari 50 mg N4 boshqa chiqarish shakllari

Jenagra tabletkalari 50 mg N4 analoglari















