Apteka.uz
SavatKirish

NIJAGARA

NIJAGARA chiqarilish shakllari

NIJAGARA tabletkalari 100mg N4
Retseptli
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
•96 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
- NIJAGARA qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- NIJAGARAning tarkibi
- NIJAGARA ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- NIJAGARA narxi Toshkent dorixonalarida

NIJAGARA haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIJAGARA®

NIZAGARA®

Preparatning savdo nomi: Nijagara®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): sildenafil sitrati

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

sildenafil sitrat – 100 mg sildenafilga ekvivalent;

yordamchi moddalar: makkjo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, laktoza, tozalangan suv, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, Opadry Blue bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “100” gravirovkasi va boshqa tomonidan o‘yig‘i bo‘lgan, ko‘k rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ereksiyani buzilishini davolash uchun preparatlar.

ATX kodi: G04BE03

Farmakologik hususiyatlari

Sildenafil g‘ovak tanada sGMF parchalanishiga javobgar bo‘lgan sGMF-spesifik fosfodiesteraza 5 turini (FDE5) kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi. Sildenafil g‘ovak tanaga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo ushbu to‘qimaga azot oksidining bo‘shashtiruvchi samarasini faol ravishda kuchaytiradi. Jinsiy qo‘zg‘alishda sildenafil ta‘sirida NO ni mahalliy ajralib chiqishi g‘ovak tanada FDE5 ni susayishiga va sGMF ning darajasini oshishiga olib keladi, buning natijasida g‘ovak tanada silliq mushaklarni bo‘shashishi va qon oqimini kuchayishi kuzatiladi.

Sildenafil rang (ko‘k/yashil) ajratish qobiliyatini yengil va o‘tib ketuvchi buzilishini chaqirishi mumkin. Rang ajratishni buzilishini taxmin qilingan mexanizmi bo‘lib to‘r pardada rangni o‘tkazish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 ni susayishi hisoblanadi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafilni FDE6 ga ta‘siri uni FDE5 ga nisbatan faolligidan 10 marta kamligini ko‘rsatdi.

In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafilni FDE5 ga nisbatan faolligi uni fosfodiestezaning boshqa izoformalari (FDE 1, 2, 3, 4 va 6) ga nisbatan faolligidan 10-10000 marta ustunligidan dalolat beradi. Xususan sildenafilni FDE5 ga nisbatan faolligi yurak qisqarishida ishtirok etadigan sAMF-spesifik fosfodiesteraza – FDE ga nisbatan faolligidan 4000 marta ustun turadi.

Farmakokinetikasi

Sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi o‘rtacha 40% (25-63%) ni tashkil etadi. 100 mg dozada ichga bir marta qabul qilinganidan so‘ng Smax 18 ng/ml ni tashkil etadi va och qoringa qabul qilinganida 30-120 minut davomida erishiladi. Sildenafil yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga uzayadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi. Muvozanatli holatda sildenafilning Vd o‘rtacha 105 l ni tashkil etadi. Sildenafil va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% ga bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy konsentrasiyasiga bog‘liq emas. 0,0002% dan kamroq dozasi (o‘rtacha 188 ng) sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng 90 minutdan keyin spermada aniqlangan.

Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 (asosiy yo‘li) va CYP2C9 ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi.

Sildenafilni N-desmetilizasiya natijasida hosil bo‘ladigan, qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti navbatdagi metabolizmga uchraydi. FDE ga selektiv ta‘siri bo‘yicha metaboliti sildenafil bilan bir xildir, in vitro sharoitlarda uni FDE5 ga nisbatan faolligi sildenafilning o‘zining faolligini taxminan 50% ni tashkil etadi. Plazmada metabolitining konsentrasiyasi sildenafilning konsentrasiyasini taxminan 40% ni tashkil etadi. N-desmetilmetaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi; uning terminal T1/2 taxminan 4 soatga teng.

Organizmda sildenafilning umumiy klirensi soatiga 41 l ga teng, T1/2 terminal fazada – 3-5 soat. Ichga qabul qilinganidan so‘ng sildenafil asosan axlat bilan (dozasining taxminan 80%) metabolitlar holida va kamroq darajada siydik bilan (dozasining taxminan 13%) chiqariladi.

Keksa yoshdagi (65 yosh va undan oshgan) pasientlarda sildenafilning klirensi pasaygan bo‘ladi, plazmada erkin faol metabolitining konsentrasiyasi esa yosh pasientlardagi (18-45 yosh) konsentrasiyasidan taxminan 40% ga yuqori bo‘ladi.

Yengil (KK minutiga 50-80 ml) va o‘rtacha (KK minutiga 30-49 ml) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil ichga bir marta (50 mg) qabul qilinganidan so‘ng uning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Og‘ir darajadagi (KK ≤ 30 ml/min) buyrak yetishmovchiligida sildenafilning klirensi pasayadi, bu shunday yoshdagi pasientlarda buyraklarni faoliyati normal bo‘lganida AUC (100%) va Cmax (88%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan taxminan ikki marta oshishiga olib keladi.

Jigar sirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinflar) bo‘lgan pasientlarda sildenafilning klirensi pasayadi, shunday yoshdagi pasientlarda jigar faoliyati normal bo‘lganida AUC (84%) va Cmax (47%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

Nijagara preparati jinsiy olat ereksiyasini jinsiy yaqinlik samarali bo‘lishi uchun yetarli darajaga erishish yoki tutib turishga qodir bo‘lmagan erektil disfunksiyasi bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Nijagara ichga qabul qilinadi.

Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan oldindan maslahatlashish kerak. rejalashtirilayotgan jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Bir martalik dozasi 50 mg sildenafilni tashkil etadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib, dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha pasaytirilishi mumkin. Bir martalik maksimal dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Maksimal qabul qilishlar soni sutkada 1 martani tashkil etadi.

65 yoshdan oshgan keksa yoshdagi pasientlar uchun va buyrak yoki jigar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lganida preparatning dozasi 25 mg ni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, qizib ketish hissi, bosh aylanishi, uyqusizlik bo‘lishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, asteniya, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi bo‘lishi mumkin.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushaklar tonusini oshishi.

Nafas tizimi tomonidan: burunni bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llari infeksiyalari, nafasni buzilishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan jismlarning rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘likni his etishni kuchayishi va ko‘rish o‘tkirligini buzilishi), kon‘yunktivit.

Boshqalar: grippsimon sindrom, infeksion kasalliklarni rivojlanishi, vazodilatasiya simptomlari, belda og‘riq, toshma, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, prostata bezining faoliyatini buzilishlari; yakka hollarda – priapizm.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning faol moddasiga yoki to‘ldiruvchilaridan biron-biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Azot oksidini siklik guanozinmonofosfati (sGMF) bilan ma‘lum o‘zaro ta‘siri tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi, shuning uchun uni azot oksidi donorlari (masalan, amilnitrit) bilan yoki nitratlarning har qanday shakli bilan birga qo‘llash mumkin emas.
  • Erektil disfunksiyani davolash uchun qo‘llanadigan vositalarni, shu jumladan sildenafilni jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan odamlarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi kabi og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar) qo‘llash mumkin emas.
  • Ko‘ruv nervini old noarteriit ishemik nevropatiyasi (NAION) tufayli, bir ko‘zni ko‘rishi yo‘qolgan pasientlarga, ushbu holat ilgari FDE5 ingibitorini ta‘siriga bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat‘iy nazar, qo‘llash mumkin emas.
  • Quyidagi pasientlarning kichik guruhlari: og‘ir daradagi jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (arterial qon bosimi < 90/50 mm sim.ust.), yaqin vaqtda kuzatilgan insult yoki miokard infarkti va to‘r pardani, pigmentli retiniti kabi nasliy degenerativ buzilishlari (ushbu pasientlarning kamchiligi to‘r pardani genetik buzilishiga ega) da sildenafilning havfsizligi o‘rganilmagan va shuning uchun uni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

CYP3A4 ni ingibitorlari (eritromisin, simetidin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensi pasayadi, qon plazmasida sildenafilning konsentrasiyasi oshadi.

Indinavir, sekvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning qon plazmasidagi Smax va AUC oshadi, bu indinavir, sekvinavir, ritonavir ta‘sirida CYP3A4 izofermentini ingibisiya bo‘lishi bilan ifodalanadi.

Ketokonazol yoki itrakonazol kabi CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari qon plazmasida sildenafilning konsentrasiyasini oshirishi mumkinligini kutish mumkin.

Nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nitratlarning gipotenziv ta‘siri kuchayadi.

Simvastatin qabul qilayotgan pasientda sildenafilning dozasi bir marta qabul qilinganidan so‘ng rabdomiolizning simptomlarini rivojlanish hollari keltirilgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshirish kerak.

Jinsiy olatni anatomik deformasiyasi bo‘lgan pasientlarda (masalan, angulyasiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligi) va priapizmni rivojlanishiga moyil kasalliklari bo‘lgan (o‘roqsimon hujayrali anemiya, ko‘pchilik mieloma yoki leykemiya) odamlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Qon oqishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda, me‘da o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida, nasliy pigmentli retinitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Eksperimental tekshirishlarda sildenafilning konserogenligi yuzasidan dalillar aniqlanmagan. Mutagenligini o‘rganish bo‘yicha bakterial va in vivo sharoitidagi sinamalar manfiy bo‘lgan.

Sildenafil preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari – nojo‘ya ko‘rinishlari kuchayishi mumkin.

Davolash – simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

4 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- faol moddaga yoki har qanday to'ldiruvchilarga yuqori sezuvchanlik;
- har qanday shaklda nitratlarni qo'llash;
- og'ir yurak-qon tomir kasalliklari;
- ko'rish nervining oldingi nioarteriit ishemik neyropatiyasi (NAION) tufayli 1 ko'zda ko'rishni yo'qotgan bemorlarga, ushbu epizod FDE-5 ingibitori oldingi ta'siri bilan bog'liq bo'lgan yoki bo'lmaganidan qat'iy nazar, mumkin emas;
- sildenafil xavfsizligi bemorlarning quyidagi kichik guruhlarida o'rganilmagan va shuning uchun uni qo'llash mumkin emas: og'ir jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, yaqinda bo'lgan insult yoki miokard infarkti tarixi va retinaning ma'lum irsiy degenerativ kasalliklari, masalan pigmentli retinit (bu bemorlarning ozchiligi fosfodiesterazlarning genetik retina kasalliklariga ega).

Farmakokinetikasi

Sildenafil ichga qabul qilingandan so'ng tez so'riladi. Mutlaq biokiraolishligi o'rtacha 40% (25-63%) ni tashkil qiladi. 100 mg dozada bir marta ichga qabul qilingandan so'ng Сmax 18 ig\ml ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinganda 30-120 daqiqa ichida erishiladi. Sildenafil yog'li ovqat bilan birga qabul qilinganda so'rilish tezligi pasayadi; Тmax 60 daqiqaga ortadi, Сmax esa o'rtacha 29% ga pasayadi. Sildenafilning muvozanat holatidagi Vd o'rtacha 105 l ni tashkil qiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metaboliti taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Oqsillar bilan bog'lanish sildenafilning umumiy konsentratsiyasiga bog'liq emas. Sildenafil qabul qilinganidan 90 daqiqa o'tgach spermada dozaning 0.0002% dan kamrog'i (o'rtacha 188 ig) aniqlangan. Ichga qabul qilingandan so'ng sildenafil metabolitlar ko'rinishida asosan axlat bilan (dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Keksa yoshdagi bemorlarda (65 yosh va undan katta) sildenafil klirensi pasaygan, plazmadagi erkin faol modda konsentratsiyasi esa yosh (18-45 yosh) bemorlardagi konsentratsiyasidan taxminan 40% ga oshadi.
Yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafilning bir marta (50 mg) ichga qabul qilingandan keyingi parametrlari o'zgarmaydi. Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil klirensi pasayadi, bu esa xuddi shu yosh guruhidagi buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlardagi ko'rsatkichlarga nisbatan AUC (100%) va Cmax (88%) ning taxminan ikki baravar oshishiga olib keladi.
Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda sildenafil klirensi pasayadi, bu esa xuddi shu yosh guruhidagi jigar funksiyasi normal bo'lgan bemorlardagi ko'rsatkichlarga nisbatan AUC (84%) va Cmax (47%) ning oshishiga olib keladi.

Farmakologik ta'siri

Sildenafil g'ovak tanada sGMF parchalanishiga javobgar bo'lgan 5-tur sGMF-ga xos fosfodiesterazaning (FDE5) kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi. Sildenafil g'ovak tanaga to'g'ridan-to'g'ri bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, ammo azot oksidining ushbu to'qimaga bo'shashtiruvchi ta'sirini faol ravishda kuchaytiradi. Jinsiy qo'zg'alishda NO ning radikal ajralib chiqishi sodir bo'ladi, sildenafil ta'sirida bu FDE5 ning susayishiga va g'ovak tanada sGMF darajasining oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklarning bo'shashishi va g'ovak tanada qon oqimining kuchayishi sodir bo'ladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshiruvdan o'tkazish kerak.
Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi bo'lgan bemorlarda va priapizm rivojlanishiga moyillik tug'diruvchi kasalliklari bo'lgan odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Jinsiy faollik istalmagan bemorlarda qo'llash mumkin emas.
Qon ketishga moyilligi bo'lgan, zo'rayish fazasidagi oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, irsiy pigmentli retinit bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Eksperimental tadqiqotlarda sildenafilning kantserogenligi isboti aniqlanmagan. Mutagenlikni o'rganish bo'yicha bakterial testlar manfiy bo'lib chiqdi.
Sildenafil 18 yoshgacha bo'lgan bemorlarda qo'llanilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

CYP3A4 ingibitorlari (eritromitsin, simetidin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda sildenafil klirensi kamayadi, qon plazmasida sildenafil konsentratsiyasi oshadi.
Indinavir, sakvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo'llanilganda sildenafilning qon plazmasidagi Cmax va AUC oshadi, bu indinavir, sakvinavir, ritonavir ta'sirida CYP3A4 izofermentining ingibitsiya qilinishi bilan bog'liq.
Ketokonazol yoki itrakonazol kabi kuchliroq CYP3A4 izofermenti ingibitorlari qon plazmasida sildenafil konsentratsiyasini oshirishini kutish mumkin.
Nitratlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda nitratlarning gipotenziv ta'siri kuchayadi.
Simvastatin qabul qilayotgan bemorda sildenafilning bir martalik dozasini qabul qilgandan so'ng rabdomioliz belgilari rivojlanishi holati tasvirlangan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Nijagara ichga qo'llaniladi.
Ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan oldindan maslahatlashish zarur. Rejalashtirilgan jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Bir martalik doza 50 mg sildenafilni tashkil qiladi. Faollik va o'zlashtira olishni hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal bir martalik doza 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal qo'llash chastotasi - sutkasiga 1 marta.
65 yoshdan oshgan keksa bemorlar uchun va yondosh buyrak yoki jigar funksiyasi buzilishlarida doza 25 mg ni tashkil qiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NIJAGARA preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

NIJAGARA narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
14 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
15 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
15 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
15 000 so'm
Bron qilish

NIJAGARA haqida savollar

NIJAGARA haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil