Apteka.uz
SavatKirish

ZITMAK tabletkalari 250mg N6

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Azitromisin
Ishlab chiqaruvchi:Nobel Pharmsanoat, IP OOO
ATX kodi:J01FA10
Barcha Zitmak dorilari
28 ta dorixonada bor
Narxi 26 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 28 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ZITMAK tabletkalari 250mg N6 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Azitromitsin me'da-ichak yo'lidan tez so'riladi va butun organizm bo'ylab keng taqsimlanadi. Azitromitsinning to'qimalardagi konsentratsiyasi plazma yoki zardobdagiga qaraganda yuqoriroqligi uning tez taqsimlanish xususiyati bilan bog'liq. 500 mg bir martalik doza ichga qabul qilinganda maksimal konsentratsiya 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi va 2,5-3 soat ichida erishiladi (=Tmax). Taxminiy doimiy taqsimlanish hajmi (Vd) taxminan 31,1 l/kg ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 14-72 soatni tashkil qiladi. Uzaytirilgan yakuniy yarim chiqarilish davri preparatning to'qimalarda ko'p to'planishi va keyinchalik chiqarilishi bilan bog'liq. Azitromitsinning safro bilan, asosan o'zgarmagan holda chiqarilishi eliminatsiyaning asosiy yo'li hisoblanadi. Bir haftadan ortiq qo'llanilganda, qabul qilingan dozaning taxminan 6% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Birinchi kuni 500 mg va keyingi 4 kun davomida har kuni 250 mg davolash rejimi qo'llanilganda orqa miya suyuqligida faqat juda past konsentratsiyalar (0,01 mkg/ml dan kam) aniqlangan.

Farmakologik ta'siri

Azitromitsin eritromitsin hosilasi hisoblanadi va makrolid antibiotiklari kichik sinfining azalid guruhiga kiradi. Azitromitsin sezgir mikroorganizmlarda 50S ribosomal subbirlik bilan bog'lanish orqali ta'sir qiladi va shu bilan mikroorganizmlar oqsili sinteziga to'sqinlik qiladi. Nuklein kislotalar sinteziga ta'sir qilmaydi.
Eritromitsin bilan solishtirganda azitromitsin grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faolroq, oshqozonning kislotali muhitida barqarorroq, organizmdan sekinroq chiqariladi va uzoqroq ta'sir qiladi, yaxshi o'zlashtiriladi, jigar sitoxromi P-450 ni kamroq darajada ingibitsiya qiladi.
Zitmak® keng spektrli mikroblarga qarshi ta'sirga ega. In vitro sharoitda ham, klinik jihatdan yaqqol infektsiyalarda ham quyida sanab o'tilgan mikroorganizmlarning ko'plab shtammlariga nisbatan samarali:
Chlamydia pneumonia, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumonia, Borrelia burgdorferi, Mycoplasma pneumonia, Treponema pallidum, Ureaplasma urealyticum.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar.
Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, streptokokklar (C, F, G guruhlari), Viridans guruhi streptokokklari.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar.
Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordatella pertussis, Campylobacter jejuni, Legionella pneumophila.
Anaerob mikroorganizmlar.
Bacteroides bivius, Clostridium perfringes, Peptostreptococcus turlari.
Azitromitsinga eritromitsinga rezistent grammusbat shtammlar bilan kesishuvchi chidamlilik qayd etilgan. Enterococcus faecalis ning ko'pchilik shtammlari va metitsillinga rezistent stafilokokklar azitromitsinga chidamli.

Nojo'ya samaralari

Tez-tez (>1/100, <1/10):
- ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.
Tez-tez emas (>1/1000, <1/100):
- suyuq axlat, meteorizm, ovqat hazm qilishning buzilishi, ishtahaning yo‘qolishi.
Kam hollarda (>1/1000, <1/100):
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, talvasalar, disgevziya;
- trombositopeniya;
- agressivlik, qo‘zg‘alish, bezovtalik, asabiylik, uyqusizlik;
- paresteziyalar, asteniya;
- eshitishning buzilishi, karlik va quloqlarda shovqin;
- taxikardiya, qorincha taxikardiyasi bilan aritmiya, QT intervalining uzayishi, hilpillash/pirillash turidagi aritmiyalar (torsades de pointes);
- til rangining o‘zgarishi, qabziyat, soxtamembranoz kolit;
- jigar aminotransferazalari, bilirubin darajasining tranzitor ko‘tarilishi, xolestatik sariqlik, gepatit, pankreatit, pilorik stenoz;
- o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: qizarish, teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya, multiform eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
- artralgiya.
Juda kam hollarda (>1/10000, <1/1000):
- interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
- toliqish, konvulsiyalar;
- ta'm va hid bilishning o‘zgarishi;
- vaginit, kandidoz, superinfektsiyalar;
- anafilaktik shok, shu jumladan shish (kamdan-kam hollarda o‘limga olib keladigan).
Makrolid antibiotiklar yurakning elektr faolligida patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin, bu QT intervalini uzaytirishi va hilpillash/pirillash turidagi yurak aritmiyasiga (torsades de pointes) sabab bo‘lishi mumkin.
Azitromitsin qabul qilayotgan bemorlarda QT intervalining uzayishi va potentsial fatal torsades de pointes xavfi yuqori. Anamnezida aritmiya bo‘lgan shaxslarda azitromitsin bilan davolash fonida hilpillash/pirillash turidagi aritmiya va keyinchalik miokard infarkti rivojlanishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Zitmak® preparati va antatsidlar bir vaqtda qo'llanilganda 2 soatlik tanaffusga rioya qilish kerak.
Azitromitsin bilan davolangan bemorlarda kamdan-kam hollarda jiddiy allergik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaksiya va Stivens-Djonson sindromi hamda toksik epidermal nekroliz kabi dermatologik reaksiyalar kuzatilgan, ular fatal bo'lishi mumkin. Allergik reaksiya yuzaga kelganda azitromitsinni darhol bekor qilish va tegishli terapiyani boshlash kerak. Biroq allergiya simptomlari simptomatik terapiya to'xtatilganda yana paydo bo'lishi mumkin.
Pnevmoniyani davolashda azitromitsin Chlamydia pneumonia, Haemophilus influenzae, Mycoplasma pneumonia yoki Streptococcus pneumonia chaqirgan kasalxonadan tashqari pnevmoniyani davolashda peroral terapiyaga mos keladigan bemorlarda xavfsiz va samarali ekanligi qayd etilgan. Azitromitsinni pnevmoniya og'irligidan kelib chiqib, ya'ni o'rtacha yoki og'ir darajadagi og'irlikda peroral terapiya maqsadga muvofiq bo'lmagan pnevmoniyali bemorlarda yoki quyidagi sanab o'tilgan xavf omillaridan birontasi mavjud bo'lsa qo'llash kerak emas:
- kistoz fibrozi bo'lgan bemorlar;
- kasalxona ichi infeksiyalari bo'lgan bemorlar;
- bakteriemiyaga shubha qilingan yoki aniqlangan bemorlar;
- gospitalizatsiyaga muhtoj bemorlar;
- keksa yoki zaiflashgan bemorlar, yaqqol immunitet tanqisligi va funksional aspleniya holatida.
Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan azitromitsin ham qo'llanilganda yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha bo'lgan soxta membranoz kolit holatlari haqida xabar beriladi. Antibakterial vosita qabul qilingandan so'ng diareyada barcha shubha qilingan antibiotiklarni bekor qilish va bir vaqtda degidratatsiyani bartaraf etish hamda suv-elektrolit balansini to'g'irlash uchun vositalarni tayinlash kerak. Ichakda C.difficile ni yo'q qilishga qaratilgan etiotrop terapiyani tayinlash va zarurat tug'ilganda jarrohlik davolash uchun ko'rsatmani ko'rib chiqish kerak.
Azitromitsin asosan jigar orqali chiqarilishi sababli, jigar funksiyalari yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda azitromitsinni qo'llashda ehtiyot bo'lish kerak. Gepatit belgilari va simptomlari paydo bo'lganda azitromitsin qabul qilish darhol to'xtatilishi kerak, chunki jigar funksiyasi buzilishi, gepatit, xolestatik sariqlik, jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi rivojlanishi, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan hollar haqida xabar berilgan.
Ma'lumotlar yetarli emasligi sababli koptokchalar filtratsiyasi tezligi <10 ml/daq bo'lgan shaxslarda azitromitsinni tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Har qanday antibakterial terapiya turida bo'lgani kabi odatda zamburug'larni o'z ichiga olgan bakterial bo'lmagan kelib chiqishga ega ikkilamchi infeksiyani aniqlash uchun bemorni tekshirish maqsadga muvofiq.
Yurak-qon tomir patologiyasi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Preparatni qabul qilish aritmiya xurujini (qorinchalar aritmiyalari va QT intervalining uzayishi mumkin), to'satdan yurak to'xtashini qo'zg'atishi mumkin. Tug'ma yoki orttirilgan QT intervali prolongatsiyasi, elektrolit balansi buzilishlari, ayniqsa gipokaliemiya va gipomagniemiya mavjud bo'lgan, patologik siyrak yurak qisqarishlari chastotasi bo'lgan bemorlarga, shuningdek aritmiyaga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Azitromitsin olayotgan bemorlarda miasteniya (myasthenia gravis) simptomlarining zo'rayishi yoki miastenik sindromning yangi boshlanishi bo'lishi mumkin. Preparatni qo'llash davomiyligi yo'riqnomada ko'rsatilgan muddatlardan oshmasligi kerak.
Buyrak va jigar funksiyasi normal bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo'q.
Preparatning nojo'ya ta'sirlarini hisobga olib, avtotransport yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- azitromitsinga, eritromitsinga yoki makrolidlar guruhidagi har qanday antibiotikka gipersezuvchanlik;
- jigar va buyrak funksiyalarining og'ir buzilishlari;
- anamnezda azitromitsin qabul qilish fonida xolestatik sariqlik, jigar disfunksiyasi;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlikning I trimestri, laktatsiya davri.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Zitmak® quyidagilar bilan bir vaqtda qo'llanilganda:
- alyuminiy va magniy gidroksidi saqlovchi antatsidlar: preparat kontsentratsiyasi pasayadi.
- simetidin: azitromitsin qabul qilishdan ikki soat oldin simetidin (800 mg) qo'llash oxirgisining so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
- teofillin: terapevtik dozalarda azitromitsin teofillin (vena ichiga va peroral) farmakokinetikasiga o'rtacha ta'sir ko'rsatadi.
- varfarin: azitromitsin varfarinning bir martalik dozasini qo'llashda protrombin vaqtiga ta'sir qilmaydi. Biroq, tibbiy amaliyotda qo'llash azitromitsin va varfarin bilan bir vaqtda davolanayotgan barcha bemorlarda protrombin vaqtini diqqat bilan kuzatishni nazarda tutadi.
- digoksin: azitromitsin digoksin kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi.
- ergotamin yoki digidroergotamin: ergotamin preparatlari bilan o'tkir intoksikatsiya yuzaga kelishi mumkin, u periferik vazospazm va dizesteziya (sezgirlikni buzilishi) bilan tavsiflanadi.
- tetratsiklinlar va xloramfenikol: ta'sirni kuchaytiradi (sinergizm).
- linkozamidlar: preparat samarasini pasaytiradi.
- etanol, ovqat: so'rilishni sekinlashtiradi va pasaytiradi.
- sikloserin, bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar, metilprednizolon va felodipin: azitromitsin ekskretsiyani sekinlashtiradi, qon zardobida kontsentratsiyani oshiradi va toksiklikni kuchaytiradi.
- karbamazepin, valproat kislotasi, geksobarbital, fenitoin, dizopiramid, bromokriptin, teofillin va boshqa ksantin hosilalari, peroral gipoglikemik vositalar: azitromitsin gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanishni ingibirlab, yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, ekskretsiyani sekinlashtiradi, kontsentratsiya va toksiklikni oshiradi.
Zidovudin: azitromitsin qonda zidovudinning faol fosforillangan metaboliti kontsentratsiyasini oshiradi. Biroq hozirgi vaqtda ushbu farmakokinetik o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati noaniq.
Rifabutin: azitromitsin va rifabutinni birga qo'llash ularning plazma kontsentratsiyasini o'zgartirmagan. Biroq bunda neytropeniya kuzatilgan, nojo'ya reaktsiya rivojlanishi va ushbu kombinatsiyani qo'llash o'rtasidagi sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan.

Dozirovkasi

ZITMAK® 125 mg yoki 250 mg tabletkalar kuniga bir marta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilinadi.
Yuqori va quyi nafas yo'llari infeksiyalari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida 3 kun davomida kuniga 500 mg dan (kurs dozasi – 1,5 g) buyuriladi.
Asoratsiz uretrit va/yoki servitsitda bir marta 1 g (250 mg dan 4 tabletka) buyuriladi.
Laym kasalligida (borrelioz) boshlang'ich bosqichni (erythema migrans) davolash uchun birinchi kuni 1 g (250 mg dan 4 tabletka) va 2-kundan 5-kungacha har kuni 500 mg dan (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi.
Helicobacter pylori bilan bog'liq bo'lgan me'da va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida ZITMAK® 1 g (250 mg dan 4 tabletka) dan sutkada 3 kun davomida kombinatsiyalangan terapiya tarkibida buyuriladi.
Preparatning bir dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilgan taqdirda, o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq, keyingilarini esa 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.
Keksa yoshdagi shaxslarda va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozalashni o'zgartirishga hojat yo'q.
6 yoshdan katta bolalarga ZITMAK® tabletkalarini quyidagi sxema bo'yicha qo'llash tavsiya etiladi:
Yuqori va quyi nafas yo'llari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari - birinchi kuni – 10 mg/kg, keyin 4 kun – 5 mg/kg dan kuniga yoki 10 mg/kg dan kuniga 3 kun davomida (kurs dozasi – 30 mg/kg);
Laym kasalligida: birinchi kuni - 20 mg/kg, 2-kundan 5-kungacha - 10 mg/kg/sutka.
Surunkali migratsiyalanuvchi eritema: preparatning kurs dozasi 60 mg/kg ni tashkil qiladi: bir marta 20 mg/kg dan – 1-kuni va 10 mg/kg dan – keyingi, 2 dan 5-kungacha.
Helicobacter pylori bilan bog'liq bo'lgan me'da va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida: 20 mg/kg tana vazni bir marta 3 sutka davomida kombinatsiyalangan terapiya tarkibida.
Bolalarni davolash uchun shuningdek ZITMAK® bolalar dori shakllari: ZITMAK® 100 va ZITMAK® 200, tozalangan suv bilan to'plamda 100 mg/5 ml va 200 mg/5 ml ichishga suspenziya tayyorlash uchun kukunni qo'llash tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ZITMAK tabletkalari 250mg N6 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ZITMAK tabletkalari 250mg N6 o'xshash dorilari

Mizol-Kit tabletkalari N1
Retseptli
Mizol-Kit tabletkalari N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rivpra Formulation Pvt. Ltd.
Narxi
77 000 so'm dan

Zitmak boshqa chiqarish shakllari

ZITMAK tabletkalari 250mg N6 analoglari

AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 100mg/5ml
Retseptli
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 100mg/5ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 200mg/5ml
Retseptli
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 200mg/5ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
EKOMED tabletkalari 500mg N3
EKOMED tabletkalari 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
EKOMED tabletkalari 250mg N6
EKOMED tabletkalari 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
AZITRUS FORTE 0,5 N3
AZITRUS FORTE 0,5 N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
AZITRUS 0,1 poroshok N3
Retseptli
AZITRUS 0,1 poroshok N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
AZITRUS 0,2 poroshok N3
Retseptli
AZITRUS 0,2 poroshok N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
AZITRUS 0,05 poroshok N3
Retseptli
AZITRUS 0,05 poroshok N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
AZITRUS kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITRUS kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
•2 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
AZITRAL kapsulalar  500mg N3
Retseptli
AZITRAL kapsulalar 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
36 600 so'm dan
SUMAMED 0,5 tabletkalari N3
Retseptli
SUMAMED 0,5 tabletkalari N3
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
SUMAMED tabletkalari 500 mg N3
Retseptli
SUMAMED tabletkalari 500 mg N3
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
•29 ta dorixonada bor
Narxi
59 200 so'm dan

ZITMAK tabletkalari 250mg N6 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
31 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
31 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
31 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
32 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
32 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
32 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
32 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
33 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
35 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
35 000 so'm
Bron qilish

ZITMAK tabletkalari 250mg N6 haqida savollar

ZITMAK tabletkalari 250mg N6 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil