ZITMAK tabletkalari 500mg N3

ZITMAK tabletkalari 500mg N3 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Azitromitsin oshqozon-ichak traktidan tez so'riladi va butun organizm bo'ylab keng taqsimlanadi. To'qimalarda azitromitsin kontsentratsiyasining plazma yoki zardobdagidan yuqori bo'lishi uning tez taqsimlanish xususiyati bilan bog'liq. Bir marta 500 mg doza ichga qabul qilinganda maksimal kontsentratsiya 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi va 2,5-3 soat ichida erishiladi (=Тmax). Ko'rinadigan doimiy taqsimlanish hajmi (Vd) taxminan 31,1 l/kg ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 14-72 soatni tashkil qiladi. Uzoq davom etadigan yakuniy yarim chiqarilish davri preparatning to'qimalarda ko'p to'planishi va keyinchalik chiqarilishi bilan bog'liq. Azitromitsinning safro bilan, asosan o'zgarmagan holda chiqarilishi eliminatsiyaning asosiy yo'li hisoblanadi. Bir haftadan ortiq qo'llanilganda, qabul qilingan dozaning taxminan 6% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Birinchi kuni 500 mg va 4 kun davomida har kuni 250 mg davolash rejimi qo'llanilganda orqa miya suyuqligida faqat juda past kontsentratsiyalar (0,01 mkg/ml dan kam) aniqlangan.
Farmakologik ta'siri
Azitromitsin eritromitsin hosilasi bo‘lib, makrolid antibiotiklar sinfiga mansub azalidlar guruhiga kiradi. Azitromitsin sezgir mikroorganizmlarda ribosomal 50S subbirligi bilan bog‘lanish orqali ta’sir qiladi va shu tariqa mikroorganizmlar oqsili sinteziga to‘sqinlik qiladi. Nuklein kislotalar sinteziga ta’sir qilmaydi.
Eritromitsin bilan solishtirganda azitromitsin grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faolroq, me’daning kislotali muhitida barqarorroq, organizmdan sekinroq chiqariladi va uzoqroq ta’sir qiladi, yaxshiroq o‘zlashtiriladi, jigar sitoxrom P-450 ni kamroq darajada ingibitsiya qiladi.
Zitmak® keng mikroblarga qarshi ta’sir doirasiga ega. In vitro sharoitda ham, klinik yaqqol infeksiyalarda ham quyida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ko‘plab shtammlariga nisbatan samarali:
Chlamydia pneumonia, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumonia, Borrelia burgdorferi, Mycoplasma pneumonia, Treponema pallidum, Ureaplasma urealyticum.
Aerob gram-musbat mikroorganizmlar.
Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, streptokokklar (C, F, G guruhlari), Viridans guruhi streptokokklari.
Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar.
Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordatella pertussis, Campylobacter jejuni, Legionella pneumophila.
Anaerob mikroorganizmlar.
Bacteroides bivius, Clostridium perfringes, Peptostreptococcus turlari.
Eritromitsinga chidamli gram-musbat shtammlar bilan azitromitsinga kesishgan chidamlilik qayd etilgan. Enterococcus faecalis ning ko‘pchilik shtammlari va metitsillinga chidamli stafilokokklar azitromitsinga chidamli.
Nojo'ya samaralari
Tez-tez (>1/100, <1/10):
- ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq.
Tez-tez emas (>1/1000, <1/100):
- axlatning suyulishi, meteorizm, ovqat hazm qilishning buzilishi, ishtahaning yo'qolishi.
Kamdan-kam(>1/1000, <1/100):
- bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, talvasalar, disgevziya;
- trombotsitopeniya;
- tajovuzkorlik, qo'zg'alish, bezovtalik, asabiylik, uyqusizlik;
- paresteziyalar, asteniya;
- eshitishning buzilishi, karlik va quloqlarda shovqin;
- taxikardiya, qorinchalar taxikardiyasi bilan aritmiya, QT intervalining uzayishi, titrash/lipillash turidagi aritmiyalar (torsades de pointes);
- til rangining o'zgarishi, qabziyat, soxta membranoz kolit;
- jigar aminotransferazalari, bilirubinning o'tkinchi oshishi, xolestatik sariqlik, gepatit, pankreatit, pilorik stenoz;
- yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: qizarish, teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, fotosezuvchanlik, ko'p shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
- artralgiya.
Juda kam (>1/10000, <1/1000):
- interstitsial nefrit, o'tkir buyrak yetishmovchiligi;
- toliqish, konvulsiyalar;
- ta'm va hid bilishning o'zgarishi;
- vaginit, kandidoz, superinfeksiyalar;
- anafilaktik shok, shu jumladan shish (kamdan-kam hollarda o'limga olib keluvchi).
Makrolid antibiotiklar yurakning elektr faolligida patologik o'zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin, bu QT intervalini uzaytirishi va titrash/lipillash turidagi yurak aritmiyasiga sabab bo'lishi mumkin (torsades de pointes).
Azitromitsin qabul qilayotgan bemorlarda QT intervalining uzayishi va potentsial fatal torsades de pointes xavfi ortadi. Anamnezida aritmiya bo'lgan shaxslarda azitromitsin bilan davolash fonida titrash/lipillash turidagi aritmiya va keyinchalik miokard infarkti rivojlanishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Antatsidlar va Zitmak® preparatini bir vaqtda qo'llanilganda 2 soatlik tanaffusga rioya qilish kerak.
Azitromitsin bilan davolash olgan bemorlarda kamdan-kam hollarda jiddiy allergik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaksiya va dermatologik reaksiyalar, masalan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kuzatilgan, ular o'limga olib kelishi mumkin. Allergik reaksiya yuzaga kelganda, azitromitsinni darhol bekor qilish va tegishli terapiyani boshlash kerak. Biroq allergiya belgilari simptomatik terapiya to'xtatilganda yana paydo bo'lishi mumkin.
Pnevmoniyani davolashda azitromitsin Chlamydia pneumonia, Haemophilus influenzae, Mycoplasma pneumonia yoki Streptococcus pneumonia chaqirgan shifoxonadan tashqari pnevmoniyani peroral terapiya uchun mos keladigan bemorlarda davolashda xavfsiz va samarali ekanligi qayd etilgan. Azitromitsinni pnevmoniyasi bo'lgan, pnevmoniyaning og'irligiga ko'ra peroral terapiya maqsadga muvofiq bo'lmagan, ya'ni o'rtacha yoki og'ir darajadagi yoki agar quyidagi xavf omillaridan birortasi mavjud bo'lgan bemorlarga qo'llash mumkin emas:
- kistozli fibroz (mukovissidoz) bo'lgan bemorlar;
- shifoxona ichki infektsiyalari bo'lgan bemorlar;
- bakteriemiyaga shubha qilingan yoki aniqlangan bemorlar;
- shifoxonaga yotqizishga muhtoj bemorlar;
- yaqqol immunitet tanqisligi va funktsional aspleniya holatidagi keksa yoki holsizlangan bemorlar.
Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan azitromitsin qo'llanilganda yengildan hayot uchun xavfli darajagacha bo'lgan soxtamembranoz kolit holatlari haqida xabar beriladi. Antibakterial vosita qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan diareyada, barcha shubha qilingan antibiotiklarni bekor qilish va bir vaqtda degidratatsiyani bartaraf etish va suv-elektrolit balansini to'g'irlash uchun vositalar tayinlash kerak. Ichakda C.difficile ni yo'q qilishga qaratilgan etiotrop terapiyani tayinlash va zarurat bo'lganda jarrohlik davolash uchun ko'rsatmani ko'rib chiqish kerak.
Azitromitsin asosan jigar orqali chiqarilishi sababli, jigar funksiyalari yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda azitromitsinni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Gepatit belgilari va simptomlari paydo bo'lganda azitromitsin qabul qilish darhol to'xtatilishi kerak, chunki jigar funksiyasi buzilishi, gepatit rivojlanishi, xolestatik sariqlik, jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi, shu jumladan o'lim bilan yakunlanish holatlari haqida xabar berilgan.
Ma'lumotlar yetarli emasligi sababli, kalava filtratsiyasi tezligi <10 ml/daq bo'lgan shaxslarda azitromitsin tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Antibakterial terapiyaning har qanday turida bo'lgani kabi, bakterial bo'lmagan kelib chiqishga ega bo'lgan ikkilamchi infektsiyani, shu jumladan zamburug'larni aniqlash uchun bemorni tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Yurak-qon tomir patologiyasi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Preparatni qabul qilish aritmiya xurujini (qorinchalar aritmiyalari va QT intervalining uzayishi bo'lishi mumkin), yurakning to'satdan to'xtashini qo'zg'atishi mumkin. Preparatni tug'ma yoki orttirilgan QT intervali uzayishi bo'lgan bemorlarga, elektrolit balansi buzilishlari, ayniqsa gipokaliyemiya va gipomagniemiya mavjud bo'lganda, yurak qisqarishlarining patologik kamaygan chastotasi bo'lgan bemorlarga, shuningdek aritmiyaga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Azitromitsin olayotgan bemorlarda miasteniya (myasthenia gravis) simptomlarining zo'rayishi yoki miastenik sindromning yangidan boshlanishi bo'lishi mumkin. Preparatni qo'llash davomiyligi yo'riqnomada ko'rsatilgan muddatlardan oshmasligi kerak.
Buyrak va jigar funksiyasi normal bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Preparatning nojo'ya ta'sirlarini hisobga olgan holda, avtotransportni yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- azitromitsin, eritromitsin yoki makrolidlar guruhidagi har qanday antibiotikka yuqori sezuvchanlik;
- jigar va buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari;
- anamnezda azitromitsin qabul qilish fonida xolestatik sariqlik, jigar disfunksiyasi;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlikning I trimestri, laktatsiya davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Zitmak® quyidagilar bilan bir vaqtda qo'llanilganda:
- alyuminiy va magniy gidroksidi saqlovchi antatsidlar bilan: preparat konsentratsiyasi pasayadi.
- simetidin bilan: simetidinni (800 mg) azitromitsin qabul qilishdan ikki soat oldin qo'llash oxirgisining so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
- teofillin bilan: terapevtik dozalarda azitromitsin teofillin (vena ichiga va peroral) farmakokinetikasiga o'rtacha ta'sir ko'rsatadi.
- varfarin bilan: azitromitsin varfarinning bir martalik dozasi qo'llanilganda protrombin vaqtiga ta'sir qilmaydi. Biroq tibbiy amaliyotda qo'llash azitromitsin va varfarin bilan bir vaqtda davolanayotgan barcha bemorlarda protrombin vaqtini diqqat bilan kuzatishni nazarda tutadi.
- digoksin bilan: azitromitsin digoksin konsentratsiyasining oshishiga olib keladi.
- ergotamin yoki digidroergotamin bilan: periferik vazospazm va dizesteziya (sezuvchanlikning buzilishi) bilan tavsiflanadigan ergotamin preparatlari bilan o'tkir intoksikatsiya yuz berishi mumkin.
- tetratsiklinlar va xloramfenikol bilan: ta'sirni kuchaytiradi (sinergizm).
- linkozamidlar bilan: preparat samarasini pasaytiradi.
- etanol, ovqat: so'rilishni sekinlashtiradi va pasaytiradi.
- sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon va felodipin bilan: azitromitsin ekskretsiyani sekinlashtiradi, qon zardobida konsentratsiyani oshiradi va toksiklikni kuchaytiradi.
- karbamazepin, valproat kislotasi, geksobarbital, fenitoin, dizopiramid, bromokriptin, teofillin va boshqa ksantin hosilalari, peroral gipoglikemik vositalar bilan: azitromitsin gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanishni ingibitsiya qilib, yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, ekskretsiyani sekinlashtiradi, konsentratsiya va toksiklikni oshiradi.
Zidovudin: azitromitsin qonda zidovudinning faol fosforillangan metaboliti konsentratsiyasini oshiradi. Biroq hozirgi vaqtda ushbu farmakokinetik o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati noaniq.
Rifabutin: azitromitsin va rifabutinni birgalikda qo'llash ularning plazmadagi konsentratsiyasini o'zgartirmagan. Biroq bunda neytropeniya kuzatilgan, nojo'ya reaksiya rivojlanishi va ushbu kombinatsiyani qo'llash o'rtasidagi sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan.
Dozirovkasi
ZITMAK® 125 mg yoki 250 mg li tabletkalar kuniga bir marta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilinadi.
Yuqori va quyi nafas yo'llari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida 3 kun davomida 500 mg/sut buyuriladi (kurs dozasi – 1,5 g).
Asoratsiz uretrit va/yoki servitsitda bir marta 1 g (250 mg dan 4 tabletka) buyuriladi.
Laym kasalligida (borrelioz) boshlang'ich bosqichni (erythema migrans) davolash uchun birinchi kuni 1 g (250 mg dan 4 tabletka) va 2-kundan 5-kungacha har kuni 500 mg dan buyuriladi (kurs dozasi – 3 g).
Helicobacter pylori bilan bog'liq oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida, ZITMAK® kombinatsiyalangan terapiya tarkibida 3 kun davomida sutkasiga 1 g (250 mg dan 4 tabletka) dan buyuriladi.
Agar preparatning bir dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan dozani imkon qadar tezroq, keyingilarini esa 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.
Keksa yoshdagi shaxslarda va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozani o'zgartirishga hojat yo'q.
6 yoshdan oshgan bolalarga ZITMAK® tabletkalarini quyidagi sxema bo'yicha qo'llash tavsiya etiladi:
Yuqori va quyi nafas yo'llari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari - birinchi kuni – 10 mg/kg, keyin 4 kun – kuniga 5 mg/kg dan yoki 3 kun davomida kuniga 10 mg/kg dan (kurs dozasi – 30 mg/kg);
Laym kasalligida: birinchi kuni - 20 mg/kg, 2-kundan 5-kungacha - 10 mg/kg/sut.
Surunkali ko'chib yuruvchi eritema: preparatning kurs dozasi 60 mg/kg ni tashkil qiladi: bir marta 20 mg/kg – 1-kuni va 10 mg/kg dan – keyingi, 2 dan 5-kungacha.
Helicobacter pylori bilan bog'liq oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida: kombinatsiyalangan terapiya tarkibida 3 sutka davomida bir marta 20 mg/kg tana vazniga.
Bolalarni davolash uchun shuningdek ZITMAK® bolalar dori shakllari tavsiya etiladi: ZITMAK® 100 va ZITMAK® 200, ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun 100 mg/5 ml va 200 mg/5 ml tozalangan suv bilan to'plamda.
Hajm/og'irlik
ZITMAK tabletkalari 500mg N3 o'xshash dorilari




Zitmak boshqa chiqarish shakllari
ZITMAK tabletkalari 500mg N3 analoglari







ZITMAK tabletkalari 500mg N3 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 61625,
"stores_apteka_id": 347356,
"slug": "zitmak-tabletki-500-mg-3sht",
"stores_apteka_slug": "zitmak-tab-500mg-n3",
"name": "ZITMAK tabletkalari 500mg N3",
"brand_name": "ZITMAK",
"image": "uploads/iblock/6fb/6fb3df9b91d458468ef92cf63f9d9f77.webp",
"atx_code": "J01FA10",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": {
"id": 13292,
"slug": "nobel-pharmsanoat",
"name": "Nobel Pharmsanoat"
},
"manufacturer_plain": "Nobel Pharmsanoat, IP OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 62217,
"slug": "zitmak",
"name": "Zitmak"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6183,
"slug": "azitromitsin",
"name": "Azitromisin"
}
],
"tags": []
}
}










