Amulaks ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMULAXUM
Preparatning savdo nomi: Amulaks.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksietilkraxmal, natriy xloridi.
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: gidroksietilkraxmal 200/0,5 – 6,0 g, natriy xloridi – 0,9 g;
yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha.
Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Plazma o‘rnini bosuvchi vosita.
ATX kodi: B05AA05
Farmakologik xususiyatlari
Gidroksietilkraxmal (GEK) amilopektindan olinadi va molekulyar massasi va almashinish darajasi bo‘yicha xarakterlanadi. Amulaks uchun GEK o‘rtacha molekulyar massasi 200000 Da, almashinish darajasi – 0,5 atrofida tashkil qiladi. GEK tuzilishi bo‘yicha glikogenga yaqin bo‘lib, bu uni yuqori tolerantligini va anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lish xavfi pastligini ko‘rsatadi.
Qon tomir havzasida uzoq aylanib yuradi (kolloidosmotik xususiyati), aylanuvchi qon hajmini oshiradi, gemodinamik ko‘rsatkichlarni normallashishiga va yaxshilanishiga yordam beradi. Qon hajmini uzoq saqlab qolish samarasini namoyon etadi, shuningdek qonning reologik xususiyatlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Amulaks – plazma o‘rnini bosuvchi kolloid izoonkotik GEK eritmasi, infuziya qilinganda qon tomirda plazma hajmini yuborilgan hajmga muvofiq ravishda oshiradi. Amulaks barqaror volemik samarasi preparatni qon tomirga yuborilgan vaqtdan boshlab, 4 soat davomida ko‘rsatadi. Terapevtik samarasi 6 soat davom etadi va moddani molekulyar massasiga va almashinish darajasiga bog‘liq.
Farmakokinetikasi
GEK farmakokinetikasi murakkab xarakterga ega va moddaning molekulyar massasiga va molekulyar almashinish darajasiga bog‘liq. Unchalik katta bo‘lmagan molekulalar kalavalar filtrasiyasi yordamida chiqariladi, o‘lchami katta bo‘lgan molekulalar α-amilaza bilan fermentativ gidrolizga uchraydi va keyinchalik buyrak orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 50% siydik bilan 24 soat davomida chiqariladi.
500 ml Amulaksni bir marta yuborilganda GEK molekulalari organizmdan 24 soat davomida to‘liq chiqariladi. Ko‘ngillilarga xatto har kuni 500 ml 10% li eritmani 10 kun davomida yuborilganda moddaning qon plazmasida sezilarli to‘planishi aniqlanmagan.
Amulaks plazma o‘rnini bosuvchi samarasi saqlanib, yaxshilangan (metabolizmi va chiqarilishi optimallashgan) farmakokinetikasiga ega. Bunda preparatni ko‘p marta xatto yuqori dozalarda yuborilganda gemostaz tizimiga bo‘lgan ta‘sirining susayishi va GEK to‘qimalarda to‘planishini pasayishi yuz bergan.
Qo‘llanilishi
Gipovolemiyani va gipovolemik shokni (kuyishlarda, qon ketishlarida, jarohatlarda, infeksion kasalliklarda, operasiyalarda) oldini olish va davolash, o‘tkir normovolemik gemodilyusiya, terapevtik gemodilyusiya, sentrifuga yordamida leykositar massani yig‘ishni oshirish (leykoferezda qo‘shimcha vosita sifatida), qon o‘rnini bosishda yuborilgan qon preparatlarini hajmini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Sutkalik doza va yuborish tezligi yo‘qotilgan qon hajmiga, gemodinamik ko‘rsatkichlarga va qonni suyultirilish darajasiga (gemodilyusiya) bog‘liq.
Anafilaktik reaksiyalar xavfini maksimal erta aniqlash uchun bemorlarga preparatning birinchi 10-20 ml sekin tibbiy xodimning doimiy nazorati ostida yuborish lozim.
6% eritma kattalarga: maksimal sutkalik dozasi 50 ml/kg dan oshmasligi kerak.
Bolalar: chaqaloqlarda va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sutkalik doza – 25 ml/kg, 10-16 yoshdagi bolalarda sutkalik doza – 33 ml/kg ni tashkil qiladi.
Bolalarda 6% izoonkotik eritmani qo‘llagan ma‘qulroqdir.
Davolanish davomiyligi gipovolemiyaning davomiyligi va og‘irlik darajasiga, gemodinamikaga va gemodilyusiyaga bog‘liq.
Maksimal yuborish tezligi klinik vaziyatga bog‘liq. Shokning o‘tkir bosqichda tavsiya qilinadigan yuborish tezligi tana vaznigacha soatiga 20 ml/kg (soatiga 1,2 g GEK/ kg tana vazniga).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Turli og‘irlik darajasidagi allergik i anafilaktik reaksiyalar, o‘pka shishi, yurak yetishmovchiligi, qon zardobida amilaza darajasini oshishi;
yuqori doza qo‘llanganda – koagulopatiyalar (qon ivish vaqtini, protrombin va qisman trombin vaqtini tranzitor uzayishi, gemodilyusiyada) kuzatilishi mumkin; gemodilyusiyada zardobdagi umumiy oqsil, albumin, kalsiy, fibrinogen, gemoglobin darajasini pasayiishi (24 soat davomida) yuz berishi mumkin. Uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanganda terini qichishishi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, og‘ir gemorragik diatezlar va qon ketishlari bilan kechuvchi qon ivish tizimining boshqa buzilishlarida, shu jumladan koagulopatiyalarda, bosh miya ichki qon ketishlarida, gipervolemiya, gipergidratasiya, degidratasiya suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirshini talab qiluvchi degidratasiyada, og‘ir dimlangan yurak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini oligo- va anuriya bilan kechuvchi yaqqol buzilishlarida (gipovolemiya bilan bog‘liq bo‘lmagan), og‘ir jigar yetishmovchiligi, gemodializda bo‘lgan pasientlarda qo‘llash, giperxloremiya, gipernatriemiya.
Preparatni jigarning surunkali kasalliklarida, qon ivishini buzilishlarida, (ayniqsa gemofiliyada va aniqlangan va yoki shubha qilinayotgan Villebrand kasalligida), bolalarga (preparatni yuborish xavfsizligi va samaradorligi yetarli o‘rganilmagan, shuning uchun uni bolalarda preparatni qo‘llashdan kutiladigan terapevtik samara potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin) o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aminoglikozid antibiotiklarning nefrotoksikligini oshiradi. Preparatni boshqa moddalar bilan aralashtirishdan saqlanish lozim. Boshqa infuzion eritmalar, infuzion eritmalarni tayyorlash uchun konsentratlar, in‘eksion eritmalar va in‘eksiya uchun eritmalarni tayyorlash uchun kukunlar bilan aralashtirilganda kimyoviy va terapevtik nomutanosiblik kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reasiyalar rivojlanganida darhol infuziyani to‘xtatish va tegishli shoshilinch davolashni o‘tkazishni boshlash lozim.
Preparatni qo‘llash vaqtida organizmni yetarli gidratasiyasini ta‘minlash lozim. Qon zardobida elektrolitlar miqdorini, suv muvozanatini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Yaqqol degidratasiya hollarida birinchi navbatda suv-elektrolit muvozanatini normallashtirish lozim, tuzli eritmalarni yuborish afzal hisoblanadi. Davolashni o‘tkazishda buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim.
Ayniqsa yo‘ldosh yurak patologiyasi bo‘lgan pasientlarda, keksa pasientlarda qon hajmini xaddan ziyod oshishidan saqlanish lozim.
Preparatni katta hajmlarini yuborish agglyutinasiya reaksiyalariga ta‘sir qilishi mumkin va qon guruhini aniqlashda soxta-musbat natijalarini berishi mumkinligi tufayli, pasientni qaysi qon guruhiga taaluqligini aniqlash uchun qon sinamasini Amulaksni yuborishdan oldin olish kerak.
Bolalar uchun dozalarni bolani kolloidlarga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra va asosiy kasallikni og‘irligi, gemodinamik ko‘rsatkichlari va suv muvozanatini hisobga olgan holda, shaxsiy ravishda tanlash lozim. Amulaksni chala tug‘ilgan chaqaloqlarda faqat xavf/foyda nisbatlarini sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Preparatni yuborilishi qon zardobida amilaza darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu pankreatitni aniqlashda halaqit berishi mumkin. Bu samaraga me‘da osti bezi faoliyatini buzilishi sifatida qarash kerak emas. U gidroksietilkraxmallar metabolizmi bilan bog‘liq.
Amulaksni oshgan dozalari suyultirish samarasini (dilyusiya) chaqiradi va gematokritni pasayishiga, shuningdek gemoglobin konsentrasiyasini, koagulyasiya omillarini va boshqa plazma proteinlarini pasayishiga olib keladi.
Yuborilgan dozaga ko‘ra GEK eritmalari koagulyasiya omillarini konsentrasiyalarini pasayishini chaqirishi, qon ketish vaqtini va FPTV (faollashtirilgan parsial tromboplastin vaqtini) indeksini oshirishi, Villebrand omilini faolligini kamaytirishi mumkin. Ammo Amulaksni qo‘llaganda bu o‘zgarishlar oldingi avlod GEK preparatlari infuziya qilingandagiga nisbatan ahamiyatli dararajada pasaygan va preparatning infuziyasi to‘xtatilgandan 6 soatdan keyin dastlabki darajasiga qaytadi.
Quyish uchun faqat tiniq biroz tovlanuvchi va biroz sariq rangligacha bo‘lgan darajada rangsiz eritmalarni ishlatish lozim.
Faqat shikastlanmagan flakonlardagi preparatni ishlatish lozim. Flakon faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Amulaksni flakon ochilgandan keyin iloji boricha tezroq ishlatish kerak.
Homiladorlik va laktasiya
Preparat homiladorlikda preparatni ishlatilgandagi ona uchun bo‘lgan foyda, homila uchun tadqiqot bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Hayvonlardagi eksperimental tadqiqotlarda preparatni homiladorlikni kechishiga, embrionni/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqlarga va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita nojo‘ya ta‘siri aniqlanmagan. Teratogenlik belgilari kuzatilmagan.
Ushbu preparatni emizikli onalarda ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Bu preparatni ayollarga laktasiya davrida buyurilganda ehtiyotkorlik namoyon qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni haddan ziyod dozada yoki yuqori tezlikda yuborilganda qon aylanish tizimini ortiqcha yuklama xavfi bo‘lishi mumkin.
Davolash: preparatni yuborishni to‘xtatish, zarur bo‘lganida diuretiklarni buyurish.
Chiqarilish shakli
6% infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml yoki 500 ml dan shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
10°S dan 25°S gacha yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilishiga yo‘l qo‘yilmasin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonadan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari