Apteka.uz
SavatKirish

ANTIFLU

ANTIFLU chiqarilish shakllari

ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5
ANTIFLU KIDS poroshok so vkusom malini 12g N5
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer
•98 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan
- ANTIFLU qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ANTIFLUning tarkibi
- ANTIFLU ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ANTIFLU narxi Toshkent dorixonalarida

ANTIFLU haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

ANTIFLU (ANTIFLU)

eruvchan kukun

Ilovavaraqa

(pasientlar uchun)

 

Savdo nomi

Antiflu

 

Dori shakli

Eruvchan kukun.

Ta‘rifi

Biroz tusli oq rangli, yengil limon hidli kristall zarrachalari bo‘lgan sochiluvchan kukun.

Tarkibi

Faol ingredientlari (1 paketda): 650 mg asetaminofen, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 4 mg xlorfeniramin maleati.

Faol bo‘lmagan ingredientlari: askorbin kislotasi, qand (qand upasi), qand (saxaroza), limon kislotasi, kremniy dioksidi, kolloid kremniy dioksidi, limon xushbo‘yi, uchasosli natriy sitrat, kraxmal (makkajo‘xori kraxmali), saxaroza, titan dioksidi, uch kalsiy fosfati, D&C sariq №10 (Ye104), FD&C sariq №6 (Ye110).

 

Farmakoterapevtik guruhi

Shamollash kasalliklarida qo‘llanuvchi preparat.

 

Farmakologik xususuiyatlari

Asetaminofen (parasetamol) og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bosh og‘rig‘i, mushak-bo‘g‘im og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘ini kamaytiradi.

Fenilefrin gidroxloridi qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, burundan nafas olishni yengillashtirib, burun, burun halqum shilliq qavatining giperemiyasi va shishini kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati antigistamin ta‘sir ko‘rsatadi: burun, burun halqum, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarini shishini bartaraf qiladi, ko‘zlarning qichishishini kamaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir reseptor kasalliklarining (gipertermiya, bosh og‘rig‘i, mushak-bo‘g‘im og‘rig‘i, burunni bitishi, tumov, ko‘z yoshini oqishi) va gripp simptomlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketcha bir stakan issiq suvda eritiladi va issiq holida iste‘mol qilinadi. Zarurati bo‘lganida har 4 soatda takrorlanadi, lekin sutka davomida 4 martadan ko‘p emas, hoxishga qarab qand yoki asal qo‘shish mumkin.

 

 

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: epigastriy sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish. Preparat uzoq muddat alkogol bilan birga yuqori dozalarda qo‘llanganida gepatotoksik ta‘siri rivojlanishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, uyquni buzilishi, yuqori ko‘zg‘aluvchanlik (ayniqsa bolalarda).

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishishi, Kvinke shishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, trombositopeniya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Jigar va/yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza fermentining tanqisligi, qon kasalliklari, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, tomirlarining spazmlarga moyillik, glaukomani yopiq burchaklik shakli, prostata bezining adenomasida siyishni qiyinlashishi, o‘pka emfizemasi yoki surunkali bronxit, qandli diabet 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odatda parasetamolni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, uni 10-15 g dan ortiq qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi: bo‘lishi mumkin: teri qoplamalarining oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohasida og‘riqlar, jigar transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi, gepatotoksik va nefrotoksik ta‘siri, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.

Davolash: me‘dani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach SH-guruhi donatorlarini va glutation-metionin sintezini o‘tmishdoshlarini, va 12 soat o‘tgach – N-asetilsisteinni qabul qilish.

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Davolash davomiyligi – 3 kundan ko‘p emas. Yetarli davolash samarasi bo‘lmaganida, davolash fonida 3 kundan ortiq yuqori harorat saqlanganida, shuningdek yangi simptomlar paydo bo‘lganida, jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash davrida alkogol, uxlatuvchi va tinchlantiruvchi (trankvilizatorlar) dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Asetaminofen (parasetamol) saqlovchi boshqa dori vositalari bilan qabul qilish mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va emizish davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash davrida transport vositalarini boshqarishdan, mexanizmlar bilan ishlashdan va boshqa potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Barbituratlar va alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida asetaminofenning gepato- va nefrotoksikligi kuchayadi.

Uxlatuvchi va sedativ vositalar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar, alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida, xlorfeniramin maleatining markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘siri ahamiyatli kuchayadi.

Asetaminofen antibiotiklarni organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi.

Tetrasiklinlar asetaminofen qo‘llanganida anemiya va metgemolabinemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi rezerpin va oktadinning gipotenziv ta‘sirini susaytiradi.

Monoaminoksidaza ingibitorlari va fenilefrin gidroxloridini birga qo‘llash gipertenziv xurujining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Saqlash sharoiti

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

5 paket ilova-varaqasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ANTIFLU preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ANTIFLU narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
47 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
47 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
50 000 so'm
Bron qilish

ANTIFLU haqida savollar

ANTIFLU haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil