BAKTOKS
BAKTOKS chiqarilish shakllari

BAKTOKS haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
BAKTOKS 125 mg/5 ml, 250 mg/5 ml, 500 mg/5 ml
PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
|
· Bu preparatni ishlatish/qabul qilishni boshlashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
· Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin. · Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojat qiling. · Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki ularga xatto kasallikning belgilar Sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin. · Agar davolash davrida kasallikning simptomlari kuchaysa va ahvolingiz yomonlashsa yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling. · Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari og‘irlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering. |
Tarkibi
Baktoks 125 mg/5 ml:
5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:
125 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).
Baktoks 250 mg/5 ml:
5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:
250 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).
Baktoks 500 mg/5 ml:
5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:
500 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).
Yordamchi moddalar:
suvsiz limon kislotasi, suvsiz trinatriy sitrati, natriy* benzoati, talk, guar kamedi, limonli, apelsinli va shaftoli-o‘rikli aromatizatorlar, aspartam*, kremniy dioksidi.
* Ushbu preparat aspartam va natriy (bir o‘lchov qoshig‘ida 6,26 mg) saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi
Aminopenisillin guruhi beta-laktamlar oilasiga mansub antibiotik.
ATX kodi: J01CA04
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda qo‘llanadi;
- nafas a‘zolarining infeksiyalari;
- siydik jinsiy tizimi a‘zolarining infeksiyalari;
- me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining infeksiyalari;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
- Layma kasalligi (borrelioz);
- boshqa antimikrob preparatlari bilan majmuada Helicobacter pylori eradikasiyasi;
- endokardit (oldini olish).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa penisillinlar, sefalosporinlarga).
- Infeksion mononukleozda qo‘llash mumkin emas (teri xarakteriga ega nojo‘ya ko‘rinishlarning rivojlanishini xavfi).
Ehtiyotkorlik bilan: Allergik reaksiyalar (shu jumladan anamnezdagi), infeksion mononukleoz, anamnezdagi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davri, fenilketonuriya (tug‘ilganda aniqlangan nasliy kasallik) aspartam borligi sababli.
Homiladorlik va laktasiya davri
Zarurati bo‘lganida homiladorlikda qo‘llash mumkin.
Laktasiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda davolash vaqtida diareya, teri toshmasi, kandidoz yoki boshqa simptomlar rivojlanganida emizishni to‘xtatish lozim.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Ushbu preparatni och qoringa, ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida va ovqatdan keyin qabul qilish mumkin.
Dozalash tartibi kasallikning og‘irligi, pasientning yoshini hisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi.
Kattalar va 10 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan ortiq) bolalarga 500 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Infeksiya og‘ir kechganida – 750 mg-1 g dan sutkada 3 marta.
Bolalarga:
- 5 yoshdan 10 yoshgacha 250 mg dan (5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
- 2 yoshdan 5 yoshgacha – 125 mg dan (2,5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
- 2 yoshgacha – 1 kg tana vazniga 20 mg xisobida, xisoblangan sutkalik doza 3 qabulga bo‘linadi.
Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda doza kamaytiriladi va/yoki qabul qilish orasida interval oshiriladi.
Davolash kursi 5-12 kun.
Suspenziyani tayyorlash:
Flakon belgigacha suv bilan to‘ldiriladi va bir xil suyuqlik hosil bo‘lgunicha chayqatiladi. Har qabul qilishdan oldin suspenziyani chayqatish kerak.
Flakondagi kukunning miqdori 60 ml suspenziya tayyorlash uchun yetarli (12 doza).
Me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir infeksiyalarida (paratif, qorin tifi) va o‘t chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida, ginekologik infeksiyalarda kattalarga – 1,5-2,0 g sutkada 3 marta yoki 1,0-1,5 g sutkada 4 marta.
Kattalarda Helicobacter pylori chaqirgan me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolashda buyuriladi:
- 1 g amoksisillin boshqa antimikrob preparatlar bilan majmuada ertalab va kechqurun.
Ayollarda siydik yo‘llarining asoratlanmagan o‘tkir infeksiyalarida 3 g preparat katta miqdordagi suv bilan, dozani 12 soatdan keyin takrorlash bilan buyuriladi.
O‘tkir asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3,0 g preparat 1,0 g probenesid bilan majmuada bir marta buyuriladi.
Og‘ir infeksiyalarda (meningit, septisemiya) sutkada 6,0 g gacha 3-4 qabulda buyuriladi.
Kichik jarrohlik muolajalarida, endokarditni oldini olish uchun muolaja o‘tkazilishidan 1 soat oldin 3-4 g. Zarurati bo‘lganida 8-9 soatdan keyin takroriy doza buyuriladi. Bolalarga doza ikki marta kamaytiriladi.
Buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan pasientlarga (kreatinin klirensi minutiga 10 mg dan kam) preparatning dozasi 15-50% gi kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qizarishi, eritematoz toshmalar, angionevrotik shish, rinit, kon‘yunktivit bo‘lishi mumkin; kam hollarda – isitma, artralgiya, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi); zardob kasalligi bilan o‘xshash reaksiyalar; yakka hollarda – anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: disbakterioz, ta‘mning o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, «jigar» transaminazalari faolligini o‘rtacha oshishi, kam hollarda – soxtamembronoz kolit.
Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik, ataksiya, ongni chalkashishi, xulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik nevropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, epileptik tirishishlar.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, neyropeniya, trombositopenik purpura, anemiya.
Boshqalar: nafasni qiyinlashish, taxikardiya, interstiseal nefrit, qin kandidozi, superinfeksiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki organizmning chidamliligi pasaygan bemorlarda).
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Aminoglikozitlar bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib (o‘zaro faolsizlantirishdan saqlanish uchun aralashtirish mumkin emas).
Antasidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishni pasaytiradi va sekinlashtiradi; askorbin kislotasi so‘rilishni oshiradi.
Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir ko‘rsatadi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, terasiklinlar, sulfanilamidlar) – antogonistik ta‘sir ko‘rsatadi.
Bevosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlarning samaradorligini kamaytiradi; metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasi, hosil qiluvchi dori vositalari, etiniletradiol – «shiddatli» qon ketishining rivojlanishini xavfi.
Amoksisillin klirensini pasaytiradi va metetreksatning toksikligini oshiradi; digoksinning so‘rilishini kuchaytiradi.
Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va naychalar sekresiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari, qonda amoksisillinning konsentrasiyasini oshiradi.
Allopurinol teri toshmalarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareya oqibati).
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatini tutib turish uchun dori vositalari; gemodializ.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kursli davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrak funksiyasining holatini nazorat qilish kerak.
Unga sezgir bo‘lmagan mikrofloraning o‘sishi hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni tegishli ravishda o‘zgatirishni talab qiladi.
Sepsisi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida bakterioliz reaksiyasi (Yarish–Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin (kam) hollarda.
Penisillinlarga yuqori sezgir pasientlarda boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan kesishgan allergik reasiyalar bo‘lishi mumkin.
Yengil diareyani davolashda, davolash kursi fonida ichaklar peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi dori vositalaridan saqlanish kerak; koalin yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi dori vositalarini ishlatish mumkin. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak.
Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng davolashni yana 48-72 soat davom ettirish shart.
Estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlar va amoksisillin bir vaqtda qo‘llanganida imkon boricha kontrasepsiyaning boshqa yoki qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak.
Chiqarilish shakli
5,1 g (125 mg/5ml), 6,6 g (250 mg/5 ml), 12 g (500 mg/5 ml) kukun jigarrang rangli shisha flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Suspenziya tayyorlangandan so‘ng muzlatgichda +2°S dan +8°S gacha haroratda 14 kundan ortiq saqlanmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
ANTIBIOTIKLAR HAQIDA NIMANI BILISH KERAK.
Antibiotiklar bakteriyalar chaqirgan infeksiyalar bilan kurashda samarali. Antibiotiklar viruslar chaqirigan infeksiyalarda yordam bermaydi.
Faqat shifokor aniq kasallikda qanday antibiotik kerakligini aniqlashi mumkin.
Antibiotikning dozasi yoki davolash kursining davomiyligini noto‘g‘ri tanlash, kasallikni surunkali kechishiga, bakteriyalarni aniq antibiotikka chidamliligini (sezgir emasligi, chidamliligi) shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Agar Siz:
- dozasiga
- qabul qilish tartibiga
- davolash kursining davomiyligiga
rioya qilmasangiz, chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga, sog‘ayishni kechikishiga yoki xatto bu preparatning samaradorligini pasayishiga olib kelgan bo‘lasiz.
Demak, preparatning samaradorligini ta‘minlash uchun:
- antibiotiklarni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish,
- shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy rioya qilish,
- shifokorning ko‘rsatmasisiz antibiotikni takroran ishlatish mumkin emas, xatto belgilar sizga tanish bo‘lsa xam.
- antibiotikning boshqa shaxslarga berish qat‘iyan taqiqlanadi: ularning kasalliklariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Davolash kursini tamomlab, qolgan preparatni to‘g‘ri va muvofiq yo‘qotish uchun barcha boshlangan qutilarni farmasevtga olib keling.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
BAKTOKS qabul qilmang, agar sizda:
- Amoksitsillinga, penitsillinga yoki ushbu preparatda mavjud bo’lgan boshqa komponentlarga allergiya (6 bo’limga qarang).
- Avval boshqa antibiotiklarga allergik reaktsiya bo’lgan bo`lsa. Bu teri toshmasini yoki yuzni yoki tomqni shishi o’z ichiga oladi.
- Aspartam mavjudligi tufayli Fenilketonuriya (tug’ilganda aniqlanadigan nasliy kasalliklar).
Agar sizda yuqorida sanab o’tilgan xolatlaridan biron-biri bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilmang. . BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing, agar sizda:
- infeksion mononukleoz kasalligi bo’lsa (isitma, tomoqda og’riqlimfa tugunlar yallig’langan bo’lsa va qattiq charchoqlik);
- buyraklar bilan muammalar bo’lsa;
- tartibsizlik siyish bo`lsaBiron-bir shubxa xollarida BAKTOKS ni qabul qilishdan avval maslaxat uchun o’zingizning shifokor yoki farmatsevtga murojjat qiling.
BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
Siydik va qon taxlillari
Agar sizga quyidagilar talab qilinsa:
- siydik taxlili (qonda glyukozani) yoki sizning jigar funksiyangizni tekshirish uchun qon taxlili,
- estriolga taxlil (bola normal rivojlanishini tekshirish uchun homiladorlik vaqtida qo’llanadi).
Siz BAKTOKS qabul qilishingiz xaqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering. Aslida, BAKTOKS bu taxlillar natijasiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Farmakodinamikasi
Farmakologik ta’sir — bakteritsid, keng spektrli antibacterial ta’sir.
Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo’linish va o’sish jarayonida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi va mikroorganizmlarning lizisini keltirib chiqaradi.
Mikroblarga qarshi keng spektr doirasiga ega. Aerob gram musbat mikroorganizmlarga — Staphylococcus spp. (penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlardan tashqari), Streptococcus spp., shu jumladan. Streptococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, aerob gram manfiy mikroorganizmlar — Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, ba’zi Salmonella, Shigella, Klebsiella va shuningdek Helicella qarshi faollikka ega.
Farmakokinetikasi
125 mg / 5 ml va 250 mg / 5 ml dozalarda suspenziya shaklida og’iz orqali qabul qilinganda, 1-2 soatda tez va yaxshi (75-90%) so’rilib, Cmax (1,5-3,0 mkg / ml va 3,5-5, 0 mkg) hosil qiladi. 1-2 ml dan keyin 250 ml va 500 mg dozalarda kapsula shaklida og’iz orqali qabul qilinganda ham Cmax (3,5-5,0 mkg / ml va 5,5-7,5 mkg / ml)ga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Kislota muhitida barqaror, absorbsiyasi (so’rilishi)ga ovqat qabul qilingani ta’sir qilmaydi.
Parenteral usulda yuborilganda tezda so’riladi va to’qimalarda va tana suyuqligida tarqaladi; Qonda Cmax m/I ga yuborilgandan 1 soat o’tgach aniqlanadi va 6-8 soat davomida parenteral yuborilgandan keyin terapevtik darajada qoladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar siz homilador bo’lsangiz yoki emizsangiz, homilador bo’lgan deb xisoblasangiz yoki bola ko’rishni rejalashtirgan bo’lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
Dozani oshirib yuborilishi
BAKTOKS preparatining haddan tashqari dozasi oshgan holatda qorin og’rig’i (ko’ngil aynishi, qusish yoki diareya) yoki siydikda tuz kristallari paydo bo’lishi mumkin, bu esa siyish paytida buzuqlik yoki og’riqqa olib keladi.
Agar shunday bo’lsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashing.
Dorini shifokorga ko’rsatish uchun olib keling.
Maxsus ko‘rsatmalari
5 ml suspenziya (bir o’lchov qoshiq) 6,26 mg natriyni saqlaydi. Agar siz kam tuz saqlovchi qat’iy parxezda bo’lsangiz, buni e’tiborga olishingiz kerak.
Ushbu mahsulot 5 ml suspenziya ichida 8,5 mg aspartamni (E 951) o’z ichiga oladi. Bu fenilalaninning manbai. Fenilketonuriya bilan bo’lgan patsientlar uchun zararli bo’lishi mumkin
Ushbu preparatni qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Maltodekstrin glyukoza ko’rinishida yutinadi. Agar shifokoringiz sizda uglevodlarning ayrim turlari o’zlashtiraolmasligini borligini aytgan bo’lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Natriy benzoat (E211) mavjudligi tufayli ushbu dori yangi tug’ilgan chaqaloqlarda teri, ko’z va shilliq qavatlarni tirnash xususiyati keltirib chiqarishi va sariqlik xavfni oshirishi mumkin (terini va ko’zlarni sarg’ayishi).
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
BAKTOKS nojo’ya samaralar chaqirishi mumkin va simptomlar (allergik reaksiyalar, bosh aylanishi va tirishishlar) mashina xaydash qobiliyatingizni yomonlashtirishi mumkin.
Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, rulga o’tirmang va har qanday uskunadan foydalanmang.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar siz hozirda boshqa dorilar qabul qilayotgan bo’lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo’lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo’lgan hollarda shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Agar ushbu dorilardan birini qabul qilsangiz, shifokorga xabar bering:
- Agar siz allopurinol (podagrani davolash uchun) qabul qilsangiz, teri toshmasini rivojlanish yuqori xavfi paydo bo’ladi
- Agar siz probenetsid qabul qilsangiz (podagrani davolash uchun qo’llanadi), sizning shifokoringiz BAKTOKS dozasini o’zgartirishi mumkin.
- • Agar siz qonni suyultirish uchun dorilar qabul qilsangiz (masalan varfarin), sizga qo’shimcha qon tahlili kerak bo’lishi mumkin
- Agar siz boshqa antibiotiklar qabul qilsangiz (masalan tetratsiklinlar) BAKTOKS preparatni samaradorligi kamroq bo’lishi mumkin.
- Agar siz metotreksat qabul qilsangiz (rak va og’ir psoriazni davolash uchun qo’llanadi), BAKTOKS nojo’ya samaralar oshishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Shifokoringiz tomonidan tavsiya etilgan dozalash rejimiga rioya qiling. Dozalash rejimi kasallik xarakteriga bog'liq. Kattalarga kuniga 6-7 g miqdorida doza tavsiya etiladi; Bolalarga 25-150 mg/kg tana vazniga/kuniga 3 qabulda. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga dozani to'g'irlash zarur. Qo'llash usuli: ichga. Suspenziyani tayyorlash: flakonga gazsiz suvni belgigacha quyish, bir xil suyuqlik olinguncha ehtiyotkorlik bilan chayqatish. Zarurat bo'lganda suyuqlik belgigacha yetishi uchun suv qo'shish. Har bir qabul qilishdan oldin flakonni chayqatish kerak. Preparatni flakon bilan birga keladigan o'lchov qoshig'i yordamida qabul qiling. Qoshiq chetlarigacha to'ldirilgan bo'lishi kerak. Har bir qabuldan keyin qoshiqni yaxshilab yuving. Preparat ovqatlanish vaqtidan qat'i nazar qo'llaniladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)






















