BAKTOKS kapsulalar 500mg N12

BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 o'xshash dorilari

BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 qo'llanmasi
Retsept bo’yicha.
faol modda: bitta kapsula uchun amoksitsillin — 500,00 mg amoksitsillin trigidrati ko’rinishida.
yordamchi moddalar: magniy stearati.
Kapsulaning qobig’ini tarkibi: eritrozin, indigotin, titan oksid (E 171), jelatin, temir qora oksidi, jelatin, temir sariq oksidi, temir qizil oksidi.
tanasi: titan oksidi (E 171), temir oksidi (II,III), temir oksidi (II), temir oksidi (II).
Chiqarilish shakli
Ushbu preparat kapsula ko’rinishida ishlab chiqariladi. Qutida 12 yoki 100 kapsuladan.
Barcha qutining hajmi bepul sotuvga chiqarilmasligi mumkin
Farmakologik ta’sir — bakteritsid, keng spektrli antibacterial ta’sir.
Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo’linish va o’sish jarayonida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi va mikroorganizmlarning lizisini keltirib chiqaradi.
Mikroblarga qarshi keng spektr doirasiga ega. Aerob gram musbat mikroorganizmlarga — Staphylococcus spp. (penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlardan tashqari), Streptococcus spp., shu jumladan. Streptococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, aerob gram manfiy mikroorganizmlar — Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, ba’zi Salmonella, Shigella, Klebsiella va shuningdek Helicella qarshi faollikka ega.
125 mg / 5 ml va 250 mg / 5 ml dozalarda suspenziya shaklida og’iz orqali qabul qilinganda, 1-2 soatda tez va yaxshi (75-90%) so’rilib, Cmax (1,5-3,0 mkg / ml va 3,5-5, 0 mkg) hosil qiladi. 1-2 ml dan keyin 250 ml va 500 mg dozalarda kapsula shaklida og’iz orqali qabul qilinganda ham Cmax (3,5-5,0 mkg / ml va 5,5-7,5 mkg / ml)ga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Kislota muhitida barqaror, absorbsiyasi (so’rilishi)ga ovqat qabul qilingani ta’sir qilmaydi.
Parenteral usulda yuborilganda tezda so’riladi va to’qimalarda va tana suyuqligida tarqaladi; Qonda Cmax m/I ga yuborilgandan 1 soat o’tgach aniqlanadi va 6-8 soat davomida parenteral yuborilgandan keyin terapevtik darajada qoladi.
Peroral qo’llash uchun kapsulalar
Barcha dorilar singari, ushbu preparat ham nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo har bir bemor ularni his qilmaydi.
Agar quyida sanab o’tilgan jiddiy nojo’ya samaralaridan biron-biri sizda bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilishni to’xtating va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Sizga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo’lish mumkin.
Juda kam nojo’ya samaralar (10 000 odamdan 1 tasida bo’lishi mumkin):
- Allergik reaksiyalar: Simptomlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:qichishish yoki terida toshma, yuz, til, tana shishi yoki nafasni qiyinlashishi. Ushbu reaktsiyalar jiddiy bo’lishi va ba’zan o’limga olib kelishi mumkin
- Teri ostidagi toshma yoki qizil dog’lar, ko’karishlar. Ushbu nojo`ya ta’siri allergik reaktsiya tufayli qon tomirlari devorlarining yallig’lanishidan kelib chiqadi.. Ushbu simptomlar bo’g’imlarda og’riq(artrit) va buyrak muammolari bilan kuzatilishi mumkin.
- Kechiktirilgan allergik reaktsiyalar odatda BAKTOKS preparatini qabul qilingandan keyin 7-12 kun o’tgach paydo bo’ladi. Simptomlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: terida toshma, isitma, bo’g’imlarda og’riq va ayniqsa, qo’ltiq ostidagi limfa tugunlarining shishishi.
- Polimorf eritem kabi ma’lum teri reaksiyasi, quyidagi simptomlar bilan namoyon bo’ladi: qizg’ish yoki purpur qichishish bilan teridagi dog’lar, ayniqsa qo’l kafti va oyoq kaftlarida, teridagi yuqori konsentrik shikastlanishlar, og’izdagi, ko’z va jinsiy a’zolar shilliq qavatidagi sezuvchanlik. Ushbu reaksiya isitma va kuchli charchoqqa olib kelishi mumkin.
- Boshqa jiddiy teri reaksiyalar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: teri rangini o’zgarishi, teri ostida qumoq, qavarchiq, xusn buzar, terini kepiklanishi, qizarish, og’riq, qichishish, sho’ralashi. Ushbu nojo’ya ta’sir isitma, bosh og’rig’i va mushak og’rig’i bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
- Gripp simptomlari teri toshmasi, isitma, kengaytirilgan bezlar va qon taxlili natijalari normaga mos kelmaydigan bilan [shu jumladan oq qon tanachalarini (eozinofiliya) va jigar fermentlari oshishi] [Eozinofiliya bilan dori reaktsiyasi va tizimli simptomlar (DRESS)].
- Isitma, etni uvishishi, tomoqda og’riq yoki infektsiyaning boshqa belgilari, tez-tez ko’karishlar. Ushbu nojo’ya samaralar qon hujayralari bilan bog’liq muammolarning belgisi bo’lishi mumkin..
- YArisha-Gerksgeymer reaksiyasi Laym kasalligini BAKTOKS preparati bilan davolash vaqtida paydo bo’lishi mumkin, isitma, etni uvishishi, bosh og’rig’i, mushaklarda og’riq va teri toshmasi bo’lishi mumkin.
- Kounis sindromi tavsifi ko’krakdagi mahalliylashtirilgan og’rig’i chap yelka va jag’ga yo’naltirilishi mumkin va allergiyani kelib chiqishi bor.
- Aseptik meningit deb nomlangan va kuchli bosh og’rig’iga sabab bo’lgan miya va orqa miya atrofidagi himoya membranalarning vaqtinchalik o’tkir va qayta tiklanadigan yuqumli emas yallig’lanishi.
- Diareya (ba’zida qon ketishi bilan kuzatiladigan), og’riq va isitma bilan kuzatiladigan yo’g’on ichakni yallig’lanishi.
- Jigar uchun jiddiy nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Ular asosan uzoq davolangan erkaklar va keksa patsientlarda kuzatiladi.
Keyingi xolatlarda siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz kerak:
o qon bilan kuzatiladigan kuchli diareya;
o teri ustida qavarchiq, qizarish yoki ko’karishlar paydo bo’lishi;
o to’q rangli siydik yoki rangsiz ahlat;
o terini yoki ko’zlarni sarg’ayishi (sariqlik). Shuningdek sariqlikka olib kelishi mumkin bo’lgan anemiya haqida ma’lumotga qarang.
Ushbu reaktsiyalar dori qabul qilgan vaqtida yoki to’xtatilgandan bir necha xaftadan keyin paydo bo’lishi mumkin..
Agar sizda yuqorida ko’rsatilgan reaksiyalardan biri paydo bo’lsa, preparatni qabul qilishni to’xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.
Teri reaksiyalari ba’zida kamroq ifodalangan bo’lishi mumkin:
- Oyoqlarda, qo’l kaftlarida va oyoq tovonlarida o’rtacha qichishish va relefli kontsentrik shikastlanishlari bilan terida toshma (dumaloq pushti rangli yoki qizil dog’lar). Ushbu xolatlar kam paydo bo’ladi, (100 odamdan 1 tasida uchraydi).
Agar bu simptomlardan biri paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki siz BAKTOKS preparatini qabul qilishini to’xtatish kerak.
Boshqa kutiladigan nojo’ya samaralar:
Tez-tez (10 odamdan 1 tasida kuzatiladi)
- Teri toshmasi
- Ko’ngil aynishi
- Diareya
Tez-tez emas (100 odamdan 1 tasida kuzatiladi)
- Qusish
Juda kam xollarda (10 000 odamdan 1 tasida kuzatiladi)
- Mikoz (qinda, og’iz bo’shlig’ida yoki teri qatlamlarida rivojlanishi mumkin bo’lgan zamburug’li infektsiyalanishi). Zamburug’larga qarshi terapiya qilish uchun siz shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilishingiz mumkin.
- Buyrak muammolari
- Titroq xurujlari, ayniqsa yuqori dozalar qabul qiluvchi yoki buyrak muammolari bo’lgan patsientlarda
- Bosh aylanishi
- Giperaktivlik
- Buzilishlar, noqulaylik yoki siyish qiyinchiliklariga olib keladigan siydikdagi tuz kristallari. Bu xavflarni kamaytirish uchun ko’p suyuqlik ichish kerak.
- Til sariq, jigarrang yoki qora rangga ega bo’lishi mumkin va sochlar bilan qoplangan bo’lishi mumkin
- Anemiya turini chaqiruvchi qizil qon tanachalarning haddan tashqari nobud bo’lishi. Simptomlarga quyidagilarni o’z ichiga oladi: charchoq, bosh og’rig’i, xansirash, bosh aylanishi, oqarish, teri va ko’z oqsillarining sarg’ayishi
- Oq qon tanachalarini kam miqdori
- Qon ivishida ishtirok etadigan kam sonli hujayralar
- Qon ivishi sekinlashishi mumkin. Ushbu ta’sirni burun qonashlari yoki kesishlari bilan kuzatishingiz mumkin.
Nojo’ya ta’sirlari haqida xabar berish
Agar sizda biron-bir nojo’ya samaralar paydo bo’lsa o’zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Ular ilovada ko’rsatilmagan xar qanday kutiladigan nojo’ya samaralarni o’z ichiga oladi.
Nojo’ya samaralar xaqida xabar berib siz ushbu preparatni xavfsizligi xaqida qo’shimcha ma’lumot berishga yordam berasiz.
BAKTOKS 500 mg kapsulalar qabul qilishdan oldin o’zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan gaplashib ko’ring, agar sizda:
- infeksion mononukleoz kasalligi bo’lsa (isitma, tomoqda og’riqlimfa tugunlar yallig’langan bo’lsa va qattiq charchoqlik);
- buyraklar bilan muammalar bo’lsa;
- tartibsizlik siyish bo`lsa
BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Siydik va qon tahlillari
Agar topshirishingiz kerak bo’lsa:
- siydik taxlili (qon glyukozasi) yoki jigar funksiyasini tekshirish uchun qon kerak bo’lsa;
- estriolga tahlil ((bola normal rivojlanishini tekshirish uchun homiladorlik vaqtida qo’llanadi) kerak bo’lsa
Siz BAKTOKS qabul qilishingiz xaqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering. Aslida BAKTOKS bu tahlillar natijalariga ta’sir qilishi mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
BAKTOKS nojo’ya samaralar chaqirishi mumkin (allergik reaksiyalar, bosh aylanishi va tirishishlar kabi), ular mashinani xaydash qobiliyatini yomonlashishi mumkin.
Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, rulga o’tirmang va har qanday uskunadan foydalanmang.
BAKTOKS tananing turli qismlarda bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo’llaniladi.
Shuningdek BAKTOKS me’da yarasini davolash uchun boshqa preparatlari bilan birga qo’llanishi mumkin.
BAKTOKS 500 mg kapsulasini quyidagi xollarda qo’llash mumkin emas:
-
Agar sizda amoksitsillinga, penitsillinga yoki sefalosporinlarga) yoki ushbu preparat komponentlarini birortasiga allergiya bo’lgan hollarda (6 bo’limda sanab o’tilgan).
-
Agar siz antibiotiklarga allergik reaksiyaga ega bo’lsangiz yoki qachonlarda allergik reaksiya kuzatilganda. Bu teri toshmasini yoki yuzni yoki tomqni shishi o’z ichiga olishi mumkin.
Agar sizda yuqorida sanab o’tilgan xolatlaridan biron-biri bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilmang.
BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashin
Agar siz hozirda boshqa dorilar qabul qilayotgan bo’lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo’lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo’lgan hollarda shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
- Agar siz allopurinol (podagrani davolash uchun qo’llanadigan) BAKTOKS bilan birga qabul qilsangiz allergik teri toshmasini rivojlanish yuqori xavfi paydo bo’ladi.
- Agar siz probenetsid qabul qilsangiz (podagrani davolash uchun qo’llanadigan), sizning shifokoringiz BAKTOKS preparatining dozasini o’zgartirishni qaror qabul qilishi mumkin.
- Agar siz qonni suyultirish uchun dorilar qabul qilsangiz (masalan varfarin), sizga qo’shimcha qon tahlili kerak bo’lishi mumkin.
- Agar siz boshqa antibiotiklar qabul qilsangiz (masalan tetratsiklinlar) BAKTOKS preparatni samaradorligi kamroq bo’lishi mumkin.
- Agar siz metotreksat qabul qilsangiz (rak va og’ir psoriazni davolash uchun qo’llanadi), BAKTOKS nojo’ya samaralar oshishiga olib kelishi mumkin.
Ichga qabul qilish uchun
Ushbu preparatni har doim davolovchi shifokor yoki farmatsevtning ko’rsatmasiga qat’iy amal qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda shubha tug’ilsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Kapsulani butunlay yutib va suv bilan qabul qiling.
Kun davomida preparatning talab qiluvchi dozalarni muntazam qabul qiling; qabul qilish intervali 4 soatdan kam bo’lmasligi kerak.
Standart dozalash
Tana vazni 40 kg gacha bo’lgan bolalar
Hamma dozalar bola tana vazni kilogrammga muvofiq aniqlanadi.
- CHaqaloqka yoki bolaga BAKTOKS preparatini qaysi dozada berishini davolovchi shifokor belgilaydi.
- Standart doza kuniga tana vazni kilogrammda 40 mg dan 90 mg gachani tashkil qiladi, 2 yoki 3 qabulda buyuriladi.
- Maksimal tavsiya qilingan doza kuniga tana vazni kilogrammda 100 mg ni tashkil qiladi.
Kattalar, keksa yoshdagi patsientlar va tana vazni 40 kg ko’p bo’lgan bolalar
BAKTOKS preparatini standart dozasi kuniga 3 marta 250 mg dan 500 mg gacha yoki infeksiyalanishni og’irligiga va turiga qarab har 12 soatda 750 mg dan 1 g gachani tashkil qiladi.
- Jiddiy infeksiyalanishida: kuniga 3 marta 750 mg dan 1 g gacha buyuriladi.
- Siydik yo’li infektsiyalarida : 1 kun davomida kuniga 2 marta 3 g buyuriladi.
- Laym kasalligi (kana-deb nomlanagan parazitlar orqali o’tadigan infeksiya): ajralgan migratsiya qiluvchi eritema (erta bosqichi – qizil yoki pushtu rangli aylanma shaklli teri toshmasi): kuniga 4 g, tizimli simptomlari (kech bosqichi – jiddiy simptomlari bilan yoki kasallik butun tana bo’yicha tarqalgan): kuniga 6 g gacha.
- Me’da yarasi: kuniga 2 marta 750 mg yoki 1 g 7 kun davomida me’da yarasini davolash uchun boshqa antibiotiklari va dorilar bilan buyuriladi.
- Yurak infektsiyasini oldini olish uchun
- Operatsiya vaqtida yurak infektsiyasini oldini olish uchun: dozа operatsiya turiga qarab o’zgaradi. Boshqa dorilar ham bir vaqtning o’zida berilishi mumkin. Davolovchi shifokor, farmatsevt yoki hamshira sizga batafsil ma’lumot berishi mumkin.
- Maksimal tavsiya qilingan doza kuniga 6 g ni tashkil qiladi.
Buyraklar tomonidan muammolar
Agar sizda buyraklar bilan muammolar bo’lsa, dozani standart dozaga nisbatan kamaytirish mumkin.
BAKTOKS preparatini qancha uzoq qabul qilish mumkin
- Agar siz o’zingizni yaxshi his qilsangiz ham, shifokor tomonidan belgilangan muddat davomida BACTOX preparatini qabul qilishni davom ettirishingiz kerak. Har bir doza infektsiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Agar ba’zi bakteriyalar tirik qolsa, ular infektsiyaning qaytalanishiga olib kelishi mumkin
- Agar davolash yakunlangandan keyin simptomlariz saqlanib qolsa davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
BAKTOKS preparatini uzoq vaqt davomida qo’llanilsa mikozlar rivojlanishi mumkin (tananing nam sohalarida paydo bo’ladigan zamburug infeksiyalari og’riq, qichishish va oq ajramalar chaqirishi mumkin). Agar shunday bo’lsa davolovchi shifokorga xabar bering.
Agar siz BAKTOKS preparatini uzoq muddat davomida qabul qilsangiz, shifokoringiz buyraklar, jigar va qon funktsiyasini tekshirish uchun qo’shimcha taxlillar o’tkazishi mumkin.
Agar siz BAKTOKS 500 mg kapsulalarni qabul qilishni unutgan bo’lsangiz
- Agar siz preparatni qabul qilishni unutgan bo’lsangiz, eslagandan keyin uni qabul qiling.
- Keyingi dozani juda erta qabul qilmang; keyingi dozani qabul qilishdan oldin kamida 4 soat o’tishi kerak
- O’tkazib yuborilgan dozani o’rnini qoplash uchun preparatning ikki barobar dozasini qabul qilmang.
BAKTOKS preparatining haddan tashqari dozasi oshgan holatda qorin og’rig’i (ko’ngil aynishi, qusish yoki diareya) yoki siydikda tuz kristallari paydo bo’lishi mumkin, bu esa siyish paytida buzuqlik yoki og’riqqa olib keladi.
Agar shunday bo’lsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashing
Agar Sizda ushbu preparatni qo’llash haqida qo’shimcha savollar bo’lsa, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Agar siz homilador bo’lsangiz yoki emizsangiz, homilador bo’lgan deb xisoblasangiz yoki bola ko’rishni rejalashtirgan bo’lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 boshqa chiqarish shakllari

BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 analoglari


















