Bronxo-munal analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Guruh analoglari
Bronxo-munal
- — 6 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda nafas yo'llarining infektsion kasalliklari (majmuaviy terapiya tarkibida immunomodulyatsiya qiluvchi vosita sifatida) (3.5 mg li kapsulalar uchun); — kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda nafas yo'llarining infektsion kasalliklari (majmuaviy terapiya tarkibida immunomodulyatsiya qiluvchi vosita sifatida) (7 mg li kapsulalar uchun); — nafas yo'llari yuqori va quyi bo'limlarining qaytalanuvchi infektsiyalarini oldini olish uchun (surunkali bronxit, tonzillit, faringit, laringit, rinit, sinusit, otit).
- Preparatni klinik qo'llash davrida noxush samaralar juda kamdan-kam hollarda qayd etilgan. Ayrim hollarda: ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar (epigastriyda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya), tana haroratining ko'tarilishi. Agar nojo'ya ta'sirlar kuchsiz ifodalangan bo'lsa, preparatni bekor qilish talab etilmaydi. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi paydo bo'lganda preparatni bekor qilish tavsiya etiladi.
Retseptli
- Kapsulalar
Imudon
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olishda:
• faringit;
• surunkali tonzillit;
• tonzillektomiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davr;
• yuzaki va chuqur parodontozlar, parodontit, stomatit (shu jumladan aftoz stomatit), glossit;
• eritematoz va yarali gingivit;
• og‘iz bo‘shlig‘i disbakteriozi;
• tish olib tashlangandan keyingi infeksiyalar, sun’iy tish ildizlari implantatsiyasidan keyingi holatlar;
• tish protezlari sabab bo‘lgan yaralanishlar.
Kam hollarda preparatni qo‘llash quyidagilar bilan kechishi mumkin: allergik reaksiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shish), me’da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i), tana haroratining oshishi, bronxial astmaning zo‘rayishi, yo‘tal.
Juda kam hollarda preparatni qo‘llash tugunli eritema, gemorragik vaskulit, trombotsitopeniya rivojlanishi bilan kechishi mumkin.
Retseptli
- Tabletkalar















