Dentinoks analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar
Analog dorilar

Retseptli
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
Narxi
115 000 so'm dan

Germaniya
Vakil:
IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"Ishlab chiqaruvchi:
STADA Arzneimittel AG
Narxi
69 000 so'm dan
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Dentinoks
Retseptli
Kategoriya
StomatologikMavjud chiqarilish shakllari
- Gel
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Milk uchun Lidokain
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Stomatologik amaliyotda, og'iz bo'shlig'i jarrohligida shilliq qavatlarni mahalliy anesteziya qilish uchun: — yuzaki xo'ppozlarni ochish; — qimirlab qolgan sut tishlarini sug'urish; — suyak bo'laklarini olib tashlash va shilliq qavat jarohatlariga chok qo'yish; — toj yoki ko'prikasimon protezni fiksatsiya qilish uchun milkni anesteziya qilish (faqat elastik qolip materiali ishlatilganda); — tilning kattalashgan so'rg'ichini qo'lda yoki asbob yordamida olib tashlash (yoki kesib olish); — rentgenologik tekshiruvga tayyorgarlikda yuqori halqum refleksini kamaytirish yoki bostirish uchun; — og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yuzaki xavfsiz o'smalarini kesib olishda anesteziya; — bolalarda - frenuloektomiya va so'lak bezlari kistalarini ochish uchun. LOR-amaliyotda: — elektrokoagulyatsiyadan oldin (burun qonashlarini davolashda), septektomiya va burun poliplari rezektsiyasida; — tonzillektomiyadan oldin halqum refleksini kamaytirish va in'ektsiya joyini og'riqsizlantirish uchun (8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzillektomiya va adenektomiyadan tashqari);
Nojo'ya ta'sirlar
- Noxush reaktsiyalar MedDRA tizim-a'zolar sinflariga muvofiq tasvirlangan. Tez-tezlik quyidagicha aniqlangan: Boshqa mahalliy anestetiklarga o'xshab, lidokainga noxush reaktsiyalar kamdan-kam uchraydi va, qoida tariqasida, tasodifiy tomir ichiga yuborish, dozani oshirib yuborish yoki qon bilan mo'l ta'minlangan sohalardan tez so'rilish oqibatida plazma kontsentratsiyasining oshishi, yoki yuqori sezuvchanlik, idiosinkraziya yoki bemorning pasaygan chidamliligi oqibatida yuzaga keladi. Tizimli toksiklik reaktsiyalari asosan markaziy asab va (yoki) yurak-qon tomir tizimi tomonidan namoyon bo'ladi ("Dozani oshirib yuborish" bo'limiga ham qarang). Immun tizimi tomonidan buzilishlar Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (allergik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok) - teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlarga ham qarang. Lidokainga teri allergik sinamasi ishonchsiz hisoblanadi. Asab tizimi tomonidan buzilishlar va ruhiy buzilishlar Tizimli toksiklikning nevrologik belgilariga bosh aylanishi, asabiylik, tremor, og'iz atrofi paresteziyasi, til uvishishi, uyquchanlik, tirishishlar, koma kiradi. Asab tizimi tomonidan reaktsiyalar uning qo'zg'alishi yoki susayishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. MNT stimulyatsiyasi belgilari qisqa muddatli bo'lishi yoki umuman yuzaga kelmasligi mumkin, buning oqibatida toksiklikning birinchi belgilari MNT susayishi belgilari - koma va nafas yetishmovchiligi bilan almashinadigan ongning chalkashishi va uyquchanlik bo'lishi mumkin. Spinal anesteziyaning nevrologik asoratlariga bel, dumba va oyoqlarda og'riq kabi o'tkinchi nevrologik simptomlar kiradi. Bu simptomlar odatda anesteziyadan keyin 24 soat ichida rivojlanadi va bir necha kun ichida yo'qoladi. Lidokain va o'xshash vositalar bilan spinal anesteziyadan so'ng turg'un paresteziya, ichak va siydik yo'llari disfunktsiyasi yoki pastki oyoq-qo'llar falaji bilan kechuvchi araxnoidit va ot dumi sindromining alohida holatlari tasvirlangan. Ko'pchilik holatlar lidokainning giperbarik kontsentratsiyasi yoki uzoq muddatli spinal infuziya bilan bog'liq. Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar Lidokain toksikligining belgilari ko'rishning xiralashishi, diplopiya va o'tkinchi amavroz bo'lishi mumkin. Ikki tomonlama amavroz oftalmologik muolajalar davomida tasodifan ko'ruv nervi o'zaniga yuborish oqibati ham bo'lishi mumkin. Retro- va peribulbar anesteziyadan so'ng ko'zning yallig'lanishi va diplopiya haqida xabar berilgan ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Eshitish a'zosi va labirint tomonidan buzilishlar Quloqlarda shovqin, giperakuziya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Yurak-qon tomir reaktsiyalari arterial gipotenziya, bradikardiya, miokard qisqarish funktsiyasining susayishi (manfiy inotrop effekt), aritmiyalar bilan namoyon bo'ladi, yurak to'xtashi yoki qon aylanishi yetishmovchiligi bo'lishi mumkin. Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar Hansirash, bronxospazm, nafas susayishi, nafas to'xtashi. Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar Ko'ngil aynishi, qusish. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar Toshma, eshakemi, angionevrotik shish, yuz shishi.
Retseptli
Mavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
- Tomchilar
- Sprey
- Aerozol
Prokto-Glivenol
Retseptli
Kategoriya
Gemorroyni davolashMavjud chiqarilish shakllari
- Suppozitorlar
- Krem
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Gemorroydan 















