Diazolin analoglari
Guruh analoglari
Diazolin
Umumiy ko‘rsatmalar
Mavsumiy va allergik rinit, pollinoz, eshakemi, oziq-ovqat va dori allergiyasi, shuningdek teri qichishishi bilan kechuvchi dermatozlar (ekzema, neyrodermit) ni oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladi.
Umumiy
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatining ta’sirlanishi kuzatilishi mumkin, bu jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastral sohadagi og‘riq bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, paresteziyalar, charchoqning ortishi, uyquchanlik, ko‘rishning noaniqligi, reaksiyalar tezligining pasayishi, titroq, bezovtalik kuzatilishi mumkin.
Boshqa nojo‘ya reaksiyalar: og‘iz qurishi, siydik chiqarish buzilishi, allergik reaksiyalar. Juda kam hollarda granulotsitopeniya va agranulotsitoz rivojlanishi mumkin.
Bolalarda ba’zan paradoksal reaksiyalar kuzatiladi: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, titroq, uyqu buzilishi, asabiylashish.
Alohida hollarda postregistratsion davrda bosh og‘rig‘i, qichishish, toshma, eshakemi, Kvinke shishi qayd etilgan.
Retseptli
- Tabletkalar
- Granulalar
- Draje












