DIKLAREN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DIKLAREN
DICLAREN
Preparatning savdo nomi: Diklaren
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diklofenak
Dori shakli: gel
Tarkibi:
Gelning har bir grammi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg diklofenakka ekvivalent bo‘lgan 10 mg diklofenak natriy;
yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, gidroksietilsellyuloza, karbomer, propilenglikol, o‘rtacha zanjirli trigliseridlar, propilparaben (Ye216), metilparaben (Ye218) va tozalangan suv.
Ta‘rifi: o‘zining konsistensiyasi bo‘yicha yumshoq bir xil, biroz o‘ziga xos xidli, oq rangli gel.
Farmakoterapevtik guruhi: Tayanch-harakat tizimi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. Mahalliy qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi: M02AA15.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Diklofenak fenilsirka kislotasining hosilasidir. U siklooksigenaza faolligini ingibisiya qilinishiga olib keladi, bu o‘z navbatida prostaglandinlar va boshqa yallig‘lanish mediatorlarini sintezini tormozlaydi. Diklofenak tayanch-harakat tizimining revmatik va norevmatik og‘riqning mahalliy simptomlarini davolashda yallig‘lanishga qarshi va og‘riqlarni qoldiruvchi vosita sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Mahalliy qo‘llangandan keyin diklofenak teri osti qatlamida yaxshi so‘riladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda 1% li konsentrasiyadagi 7,1 g preparat qo‘llangandan keyin diklofenakning maksimal darajasi o‘rtacha taxminan 3,9 ng/ml ni tashkil qiladi. Artrozi bo‘lgan pasientlarni bir necha kun davolagandan keyin teri va yumshoq to‘qimalardagi diklofenakning konsentrasiyasi ko‘rsatkichlari qon plazmasidagiga nisbatan 30-40 martaga ko‘proq erishilgan. 1% li konsentrasiyadagi preparat sog‘lom teriga surtilganda diklofenakning so‘rilishi 6% dan 7% gachani tashkil qiladi.
Taqsimlanishi. Diklofenakning konsentrasiyasini qo‘l va tizza bo‘g‘imlarida mahalliy qo‘llanganidan keyin qon plazmasida va sinovial to‘qimada va sinovial suyuqlikda o‘lchangan. Bunday qo‘llanganda qon plazmasidagi diklofenakning maksimal konsentrasiyasi uni peroral qo‘llanganidagiga nisbatan taxminan 100 martagacha kam bo‘lgan. 99,7% diklofenak qon plazmasi oqsillari, asosan albumin bilan (99,5%) bog‘lanadi.
Metabolizmi. Diklofenak asosan bir martalik va ko‘p martalik gidroksilizasiya yo‘li bilan va ahamiyatsiz darajada – uning molekulasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri glyukuronizasiyasi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Uning asosiy metaboliti bo‘lib 4-gidroksi-diklofenak (30-40%) hisoblanadi. Ko‘pgina bunday gidroksimetabolitlar glyukuronid kon‘yugatlarga aylanadi (gidroksil-glyukonat). Barcha metabolitlari diklofenakka nisbatan kamroq darajada bo‘lsa-da, biologik faollikka ega.
Chiqarilishi. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Diklofenakning qon plazmasidagi umumiy klirensi minutiga 263±56 ml ni tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi. Metabolitlarni plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan xuddi shunday va 1-3 soatni tashkil qiladi. Qo‘llangan dozaning taxminan 60% siydik orqali metabolitlar ko‘rinishida va 1% ginasi o‘zgarmagan diklofenak ko‘rinishida chiqariladi. Qolganlari metabolit ko‘rinishida safro va ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Diklaren yallig‘lanishga qarshi va og‘riqqa qarshi vosita sifatida quyidagilarda qo‘llanadi:
- engildan to o‘rtacha darajada namoyon bo‘lgan mushak og‘riqlari;
- lat yeyishlar;
- jarohatlardan keyingi og‘riqlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar. Diklaren jarohatlangan sohaga yupqa qatlam qilib surtiladi (surtiladigan gelning miqdori olcha yoki yong‘oq o‘lchamida bo‘lishi kerak) va holatga qarab kuniga 3-4 marta yengil surtiladi.
Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va pasientdagi ta‘sir samarasiga bog‘liq. Davolash boshlanganidan keyin ikki hafta o‘tgach uning natijalarini kuzatish tavsiya etiladi.
Bolalar. 12 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun Diklarenni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bunday pasientlarni davolashda uning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar. Bunday pasientlarni davolashda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar. Bunday pasientlarga Diklarenni qo‘llash mumkin emas.
Gel surtilgandan keyin davolash qo‘l sohasida o‘tkazilayotgan holatlardan tashqari holatlarda qo‘llarni yuvish zarur.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar peroral qabul qilinganida Diklarenni qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Diklaren yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparat juda kam hollarda nojo‘ya reaksiyalar, masalan, qichishish, qizarish, eritema yoki mahalliy yoki tizimli teri toshmalari kabi kontakt dermatit (toshma, shish va papulalar), bullyoz dermatit, eshakemi va angionevrotik shish chaqirishi mumkin. Juda kam hollarda – bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson va toksik epidermal nekroliz.
Fotosezuvchanlikning ba‘zi holatlari kuzatilgan. Diklaren nisbatan katta sohalarda uzoq qo‘llanishida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki epigastral sohada og‘riq kabi tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Diklofenakka yoki ushbu dori vositasining har qanday yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlik.
Astma, eshakemi yoki boshqa allergik reaksiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan asetilsalisil kislotasiga yoki har qanday boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II reseptor blokatorlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) diuretiklarni va bir qancha gipertoniyaga qarshi preparatlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Buyrak faoliyati susaygan ayrim pasientlarda (masalan, degidratasiyaga uchragan pasientlarda yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan keksa pasientlarda) AAF ingibitorlari yoki ARB ni siklooksigenaza ingibitorlari bilan majmuada qo‘llash buyrak faoliyatini buzilishini zo‘rayishiga olib kelishi mumkin, shu jumladan qaytuvchi xarakterga ega o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Pasientni diklofenak bilan davolaganda, ayniqsa terining katta maydonlarida va uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda, AAF ingibitorlari yoki ARB bilan majmuaviy o‘zaro ta‘sirlashishi mumkinligini yodda tutish kerak. Shunday qilib, ushbu dori preparatini, ayniqsa keksa pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Pasientlar yetarlicha miqdorda suyuqlik qabul qilishlari va majmuaviy davolashning boshidan boshlab buyrak faoliyatini muntazam nazorati bilan ta‘minlangan bo‘lishlari kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diklofenak mahalliy qo‘llanganida tizimli noxush nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish tez-tezligi diklofenakni peroral qabul qilganda noxush samaralar tez-tezligiga nisbatan past hisoblanadi.
Diklarenni teri orqali so‘rilish qobiliyati tufayli, tizimli nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday samaralarni paydo bo‘lish xavf omillari qatoriga asosan preparatni surtish yuzasining maydoni surtiladigan miqdori va ekspozisiya davomiyligi kiradi.
NYAQV teriga ta‘siriga nisbatan qo‘llash xavfsizligi. Juda kam hollarda NYAQV qo‘llanganida kuchli teri reaksiyalari rivojlanishi haqida xabarlar bo‘lgan, ayrim hollarda fatal, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Ko‘pgina hollarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish xavfi davolashning boshida va ko‘pincha bunday reaksiyalar davolashning birinchi oylari davomida paydo bo‘ladi. Diklarenni qo‘llash teri toshmalarining birinchi belgilarida, shilliq qavatlarni shikastlanishlarida yoki preparatga yuqori sezuvchanlikni namoyon bo‘lishida bekor qilinishi kerak.
Diklarenni faqat shikastlangan teri yuzalariga surtish mumkin (ochiq yaralarga surtish mumkin emas). Diklarenni biriktiruvchi to‘qimalar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni yutish mumkin emas.
Diklaren bilan ishlov berilgan yuzalarni quyosh nuri ta‘siridan saqlash kerak.
Anamnezida astmasi yoki peptik yaralari bo‘lgan pasientlarda Diklarenni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Diklaren kattalar va o‘smirlarni davolash uchun mo‘ljallangan.
Diklaren tarkibida allergik reaksiyalar chiqishi mumkin bo‘lgan (kechiktirilgan bo‘lishi mumkin) Propilparaben (Ye216) va Metilparaben (Ye218) kiradi.
Preparat shuningdek terining ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikol saqlaydi. Faqat sirtga teri ustiga qo‘llash uchun buyuriladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Diklofenak mahalliy teriga surtilganida so‘rilishi mumkinligi va diklofenakni homilador ayollarda qo‘llash haqida yetarlicha ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Emizikli onalarda diklofenak ko‘krak suti orqali chiqariladi. Emizish davrida diklofenakni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Diklaren transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Diklofenak aylanib yuruvchi qon tizimi orqali juda yomon so‘riladi, shuning uchun mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborish hollarining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
100 g dan gel tubalarda; 1 tubadan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yopiq o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari