Ташкент
logo
SavatKirish

Emanera

Emanera chiqarish shakllari

EMANERA kapsulalar  20mg N14
EMANERA kapsulalar 20mg N14
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
EMANERA 0,04 kapsulalar  N14
EMANERA 0,04 kapsulalar N14
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
EMANERA 0,04 kapsulalar  N28
EMANERA 0,04 kapsulalar N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
EMANERA 0,02 kapsulalar  N28
EMANERA 0,02 kapsulalar N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
- Emanera qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Emaneraning tarkibi
- Emanera ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Emanera narxi Toshkent dorixonalarida

Emanera qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Sloveniya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EMANERA® ICHAKDA ERUVCHAN KAPSULALAR 20 MG

EMANERA® ICHAKDA ERUVCHAN KAPSULALAR 40 MG

EMANERA®

 

Preparatning savdo nomi: Emanera®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ezomeprazol

Doir shakli: ichakda eruvchan kapsulalar

Tarkibi:

1 ichakda eruvchan kapsula quyidagilarni saqlaydi

faol modda: ezomeprazol magniy digidrati 21,688 mg yoki 43,376 mg, bu 20,00 yoki 40,00 mg ezomeprazolga to‘g‘ri keladi;

yordamchi moddalar: qand kukuni, povidon K30, natriy laurilsulfati, Opadray II oq 85F28751 (polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol 3000 va talk), og‘ir magniy karbonati, metakril kislotasi va etakrilat sopolimeri (1:1) (dispersiya 30%), talk, makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), polisorbat 80.

Jelatin kapsulaning tarkibi;

Korpusi: temir (III) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), jelatin.

Qopqoqchasi: temir (III) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), jelatin.

Ta‘rifi:

Ichakda eruvchan kapsulalar 20 mg: kapsulaning korpusi va qopqoqchasi och-pushti rangli.

Kapsula tarkibi: oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan pelletlar.

Ichakda eruvchan kapsulalar 40 mg: kapsulaning korpusi va qopqoqchasi deyarli pushti rangli.

Kapsula tarkibi: oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan pelletlar.

Farmakoterapevtik guruxi: Kislotalikni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xolatlarni davolash uchun vositalar. Proton pompa ingibitorlari.

ATX kodi: A02VS05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ezomeprazol omeprazolning S-izomeri bo‘lib, me‘dadagi xlorid kislotasi sekresiyasini spesifik va yo‘naltirilgan ta‘sir mexanizmi xisobiga bostiradi. Parietal hujayralardagi proton nasosini spesefik ingibisiya qiladi. Omeprazolning xar ikkala R- va S-, izomerlari, o‘xshash farmakodinamik faollikka ega.

Ta‘sir mexanizmi

Ezomeprazol – kuchsiz asos, shuning uchun u to‘planadi va me‘da shilliq qavatining parietal xujayralardagi sekretor naylarining kuchli kislotali muxitida faol shaklga o‘tadi, u yerda N+/K+-ATFaza fermentining faolligini bostiradi. Ham bazal, xam rag‘batlantirilgan xlorid kislotasi sekresiyasini bostiradi.

Me‘dadagi kislota sekresiyasiga ta‘siri

Samarasi 20 mg yoki 40 mg ezomeprazol ichga qabul qilgandan keyin 1 soat davomida rivojlanadi. 20 mg ezomeprazol sutkada 1 marta 5 kun davomida takroriy qabul qilinganida, pentagastrin bilan rag‘batlantirilgandan keyin xlorid kislotasining o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi 90% ga pasayadi (davolashning 5-nchi kuni preparat qabul qilinganidan keyin 6-7 soat o‘tgach).

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) va klinik simptomlari bo‘lgan pasientlarda ezomeprazol xar kuni 20 mg yoki 40 mg dozalarda 5 kun davomida qabul qilinganidan keyin, me‘da shirasining rN muvofiq o‘rtacha 13 va 17 soat davomida 4,0 dan yuqori qiymatda saqlangan. Me‘da shirasining rN darajasi 8, 12, 16 soat davomida 4,0 dan yuqori bo‘lgan, sutkada 20 mg ezomeprazol qabul qilgan bemorlarning ulushi, muvofiq 76%, 54% va 24% ni, sutkada 40 mg ezomeprazol uchun esa – 97%, 92% va 56% ni tashkil qilgan.

Ezomeprazol tomonidan kislota sekresiyasini bostirilish darajasi bevosita “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoniga bog‘liq bo‘ladi.

Kislota sekresiyasini bostirilishi natijasida erishiladigan terapevtik samara

Ezomeprazol 40 mg dozada qabul qilinganida reflyuks-ezofagitni bitishi 78% pasientlarda taxminan 4 xaftadan keyin va 93% pasientlarda – 8 haftadan keyin yuz beradi.

Ezomeprazolni sutkada 2 marta 20 mg dozada 1 xafta davomida muvofiq antibiotiklar  bilan davolash 90% pasientlarda Helicobacter pylori ni muvaffaqiyatli eradikasiyasiga olib keladi.

Asoratlanmagan yara kasalligida eradikasion davolashdan keyin (7 dan 10-14 kungacha bo‘lgan vaqt davomida), yarani bitishi va simptomlarni yo‘qolishi uchun antisekretor preparatlar bilan monoterapiyani davom ettirish talab qilinmaydi.

Kislota sekresiyasini bostirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa samaralar

Antisekretor preparatlar bilan davolash fonida kislota sekresiyasini pasayishiga javoban qon zardobida gastrinning darajasi oshadi.

Ezomeprazol bilan davomli davolashdan keyin ayrim pasientlarda, extimol, qon plazmasida gastrinning darajasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan enteroxromaffinsimon (ELC) xujayralarni ko‘payishi aniqlangan.

Antisekretor preparatlarni uzoq muddat qabul qilganda me‘dada glandulyar kistalari xosil bo‘lish tezligini biroz oshishi aniqlangan. Bu o‘zgarishlar kislota sekresiyasini davomli bostirilishi natijasidagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Kistalar xavfsiz va qaytuvchi xarakterga ega.

Antisekretor vositalarni qabul qilish fonida me‘da shirasining kislotaliligini pasayishi, meda-ichak yo‘llarida (MIY) normada mavjud bo‘lgan mikroblar florasining miqdorini oshishi bilan birga kechadi. Proton pompasi ingibitorlari bilan davolash MIY infeksion kasalliklari, masalan, Salmonella va Campylobacter sp. qatori bakteriyalari chaqirgan xavfini axamiyatsiz darajada oshishiga olib kelishi mumkin.

Ezomeprazol ranitidin bilan solishtirganda, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP), shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarda me‘da yarasini bitishi nisbatan samarali.

NYAQP (60 yoshdan oshgan va/yoki anamnezida peptik yarasi bo‘lgan pasientlar uchun), shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olishga nisbatan ezomeprazolni yuqori samaradorligi aniqlangan.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi

Ezomeprazol kislotali muxitda turg‘un emas, shuning uchun qobig‘i me‘da shirasining ta‘siriga chidamli pelletlar saqlovchi preparat ichakda eruvchan kapsulalar ko‘rinishida ichga qabul qilinadi. In vivo sharoitlarda ezomeprazolning ahamiyatsiz miqdori R-izomerga o‘tadi.Ezomeprazol ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi va taxminan 1-2 soat o‘tgach qon plazmasida maksimal konsentrasiyalarga erishadi. 40 mg bir martalik doza qabul qilinganidan keyin mutloq biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi, u ezomeprazolni xar kuni sutkada bir marta qabul qilish fonida 89% gacha oshadi. Ezomeprazolning 20 mg dozasi uchun biokiraolishi muvofiq 50% va 68% ni tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngilliklarda muvozanat xolatida taqsimlanish xajmi tana vazniga taxminan 0,22 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 97% ni tashkil qiladi.

Ovqat qabul qilish ezomeprazolning so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi, bu klinik ahamiyatga ega emas.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ezomeprazol jigarda sitoxroom R450 izofermentlar tizimi ishtirokida to‘liq metabolizmga uchraydi. Katta qismi polimorf izoferment CYP2C19 ishtirokida metabolizmga uchraydi, u gidroksi- va demetillangan metabolitlar hosil bo‘lishiga javob beradi. Ezomeprazolning qolgan qismi qon plazmasidagi asosiy metaboliti, ezomeprazol sulfoni xosil bo‘lishiga javob beruvchi CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi.

Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin umumiy plazma klirensi taxminan 17 l/soat va ko‘p marta qabul qilinganidan keyin – 9 l/soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) preparat sutkada bir marta uzoq muddat qabul qilinganida 1,3 soatni tashkil qiladi. “Konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) takroriy qabul qilinganda oshadi. Takroriy qo‘llanganda AUC ni dozaga bog‘liq oshishi jigar orqali “birinchi marta o‘tish” metabolizmini pasayishi, klirensini pasayishi oqibatida, to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bo‘lib bu extimol ezomeprazol va/yoki yoki uning sulfon saqlovchi metaboliti tomonidan CYP2C19 izofermentni ingibisiya bo‘lishi bilan chaqirilgan. Ezomeprazol xar kuni bir marta qabul qilinganida, qabullar orasidagi tanaffusda qon plazmasidan to‘liq chiqariladi. Ezomeprazol kumulyasiya bo‘lmaydi.

Ezomeprazolning asosiy metabolitlari me‘dada xlorid kislotasining sekresiyasiga ta‘sir qilmaydi. Ezomperazolning qabul qilingan dozasini deyarli 80% metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali, qolgan qismi esa – ichak orqali chiqariladi. Siyikda 1% kam o‘zgarmagan ezomeprazol aniqlanadi.

Ayrim pasientlar guruxdagi farmakokinetikasi

Taxminan 2,9±1,5% axolida CYP2C19 izofermentning faolligi pasaygan bo‘ladi. Bunday pasientlarda ezomeprazolning metabolizmi asosan CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshiriladi. Ezomeprazol 40 mg dozada sutkada 1 marta ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, CYP2C19 faolligi past bo‘lgan pasientlarga qaraganda AUC qiymati taxminan 2 marta yuqori. Bunda plazmadagi maksimal konsentrasiyasini (Smax) o‘rtacha qiymati taxminan 60% ga oshadi.

Keksa yoshli pasientlarda (71-80 yosh) ezomeprazolning metabolizmi axamiyatli darajada o‘zgarmaydi.

40 mg ezomeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin ayollarda AUC ni o‘rtacha qiymati, erkaklardagiga nisbatan 30% ga yuqori. Keyinchalik ezomeprazol sutkada bir marta xar kuni muntazam qabul qilinganida ikkala jins pasientlaridagi farmakokinetikasida farqlar kuzatilmagan.

Ko‘rsatilgan xususiyatlar preparatning dozasi va qo‘llash usuliga ta‘sir qilmaydi.

Ezomeprazolning metabolizmi jigar faoliyatinining yengil va o‘rtacha darajada buzilishlari bo‘lgan odamlarda buzilishi mumkin. Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida metabolizm tezligi pasaygan bo‘ladi, bu AUC ni ikki marta oshishi bilan kechadi. Shuning uchun bunday pasientlarda ezomeprazolning sutkalik dozasi 20 mg ni tashkil qiladi.

Buyrak faoliyati pasaygan pasientlarda tadqiqot o‘tkazilmagan. Buyraklar orqali ezomeprazolni o‘zi emas, balki uning metabolitlarini chiqarilishi yuz berishi tufayli, bu pasientlarda ezomeprazolning metabolizmi o‘zgarmaydi.

20 mg va 40 mg ezomeprazol takroriy qabul qilinganidan keyin 12-18 yoshli bolalar va kattalarda AUC darajalari va maksimal konsentrasiyalarga erishish vaqtlari (TSmax) bir xil bo‘lgan.

Qo‘llanilishi

Kattalar

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK)

  • eroziv reflyuks-ezofagitni davolash
  • eroziv reflyuks-ezofagit bitganidan keyin pasientlarda qaytalanishini oldini olish uchun, davomli tutib turuvchi davolash
  • GERK simptomatik davolash uchun qo‘llanadi

Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun muvofiq antibakterial davolash bilan majmuada va:

  • Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash
  • Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan peptik yarani qaytalanishlarini oldini olish uchun qo‘llanadi.

NYAQV bilan davolanayotgan pasientlar:

  • NYAQV ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash
  • NYAQV ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Peptik yaradan qon ketishini vena ichiga o‘tkazilgan davolashdan keyin qaytalanishni oldini olish uchun davomli davolash sifatida

Zollinger-Ellison sindromida qo‘llanadi

12 yoshdan boshlab o‘smirlar

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK)

  • eroziv reflyuks-ezofagitni davolash
  • eroziv reflyuks-ezofagit bitganidan keyin pasientlarda qaytalanishini oldini olish maqsadida, davomli tutib turuvchi davolash
  • GERK simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash uchun muvofiq antibakterial davolash bilan majmuada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar

Gastroezofageal reflyuks-kasalligi

  • Eroziv reflyuks-ezofagitni davolash: 40 mg sutkada 1 marta 4 xafta davomida qabul qilinadi.

Birinchi bosqichdan keyin ezofagitni bitishi yuz bermagan yoki kasallikning simptomlari saqlangan xollatlarda, qo‘shimcha 4-xaftali  davolash kursi tavsiya etiladi.

  • Ezofagitning qaytalanishlarini oldini olish maqsadida uzoq muddatli davolash: 20 mg sutkada 1 marta qabul qilinadi.
  • Gastroezofageal reflyuks kasalligini simptomatik davolash: ezofagit bo‘lmagan pasientlarda 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi.

Agar davolashni 4 xaftasidan keyin simptomlarni nazoratiga erishilmasa, unda pasientni qo‘shimcha tekshirishni o‘tkazish kerak. Simptomlar yo‘qotilganidan keyin, keyinchalik kasallikni nazoratga preparatni sutkada 1 marta 20 mg dan qabul qilish bilan erishish mumkin. Kattalar 20 mg dan sutkada 1 marta “talabga ko‘ra” tartibida qabul qilishlari mumkin. NYAQV qabul qilayotgan, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar, preparatni “talabga ko‘ra” tartibida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Kattalar

Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun muvofiq antibakterial davolash bilan majmuada

  • Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash va Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda peptik yarani qaytalanishlarini oldini olish: 20 mg Emanera 1 g amoksisillin va 500 mg klaritromisin, xamma preparatlar sutkada 2 marta 7 kun davomida qabul qilinadi.

NYAQP bilan davolanayotgan pasientlar

  • NYAQP ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash: odatdagi doza – 20 mg sutkada 1 marta. Davolashning davomiyligi – 4-8 xaftani tashkil etadi.
  • NYAQP ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olish: 20 mg sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Peptik yaradan qon ketishini vena ichiga o‘tkazilgan davolashdan keyin qaytalanishni oldini olish uchun davomli davolash sifatida: peptik yaradan takroriy qon ketishini vena ichiga in‘eksiya qilingan oldini olishdan keyin 40 mg sutkada 1 marta 4 xafta davomida qabul qilinadi.

Zollinger-Ellison sindromi

  • tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – 40 mg Emanera sutkada 2 marta. Keyinchalik dozaga individual ravishda tuzatish kiritish kerak, davolashning davomiyligi klinik ko‘rsatmalarga bog‘liq. Klinik ma‘lumotlar asosida ko‘pchilik pasientlarda kasallikni nazoratiga ezomeprazol sutkada 80 dan 160 mg gacha bo‘lgan dozalar doirasida qo‘llanganida erishiladi. Sutkada 80 mg dan yuqori dozalarda buyurilganida, dozani ikki qabulga bo‘lish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

12 yoshdan boshlab bolalar

Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash

Rasional majmuaviy davolashni tanlashda bakterial rezistentlik, davolashni davomiyligi (odatda – 7, lekin ba‘zida – 14 sutkagacha) va antibakterial preparatlarni muvofiq qo‘llashga nisbatan rasmiy milliy, regional va maxalliy qo‘llanmalarni xisobga olish kerak. Davolash mutaxassisning nazorati ostida o‘tishi kerak.

Tavsiya etiladigan dozalar

Tana vazni Dozalash
30-40 kg Ikki antibiotik bilan majmua: Emanera 20 mg, amoksisillin 750 mg va klaritromisin tana vazniga 7,5 mg/kg, birga sutkada 2 marta 1 xafta davomida buyuriladi.
>40 kg Ikki antibiotik bilan majmua: Emanera 20 mg, amoksisillin 1 g va klaritromisin 500 mg, birga sutkada 2 marta 1 xafta davomida buyuriladi.

12 yoshdan kichik bolalar

Ma‘lumotlarning xajmi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, preparat 12 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga, qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi. Jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda 20 mg ni tashkil qiluvchi Emaneraning maksimal dozasini oshirish mumkin emas.

Keksa yoshli pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Qo‘llash usuli

Kapsulalarni butunligicha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga yutish kerak. Kapsulalarni chaynash yoki sindirish mumkin emas.

Yutishi qiyin bo‘lgan pasientlar uchun kapsulani ochish, ichidagi pelletlarni esa yarim stakan gazlanmagan suv bilan aralashtirish mumkin. Biron-bir boshqa suyuqliklarni ishlatish mumkin emas, chunki bu ichakda eruvchi qobiqni erishiga olib kelishi mumkin. Pelletlar bo‘lgan suvni darxol yoki 30 minut davomida ichish, shundan keyin stakanni yarmigacha suv bilan to‘ldirish, uning devorlarini chayish va ichish kerak. Pelletalarni chaynash yoki ezish mumkin emas.

Mustaqil yutolmaydigan pasientlar kapsulani ochish va ichidagi pelletlarni esa yarim stakan gazlanmagan suv bilan aralashtirish va me‘da zondi orqali yuborish mumkin. Muolajani boshlashdan oldin tanlangan shpris va zond uni bajarish uchun to‘g‘ri kelishini diqqat bilan tekshirish muxim.

Preparatni me‘da zondi orqali yuborish

  1. Kapsulani oching, pelletlarni to‘g‘ri keluvchi shprisga joylang va uni taxminan 25 ml suv va 5 ml xavo bilan to‘ldiring.

Ayrim zondlar uchun pelletlarni, trubkani tiqilib qolishini oldini olish uchun, 50 ml suvda suyultirish kerak.

  1. Shundan keyin suspenziya xajmida pelletlar bir tekis taqsimlanishi uchun, shprisni darxol silkiting.

3.Shprisning uchligini yuqoriga qilib tuting va uchlik tiqilmaganiga ishonch xosil qiling.

  1. Ko‘rsatilgan xolatda, shprisni zondga biriktiring.
  2. Shprisni chayqating va uni uchligini pastga qaratib qo‘ying. Darxol 5-10 ml eritmani zondga yuboring. In‘eksiyadan keyin shprisni to‘nkaring va chayqating (tiqilishni oldini olish uchun shprisni uchligini yuqoriga qaratib tutish kerak).
  3. Shprisning uchligini pastga qaratib to‘nkaring va yana 5-10 ml suspenziyani zondga darhol yuboring. Suspenziyaning xammasi yuborilmagunicha bu muolajani takrorlang.
  4. Shprisni 25 ml suv va 5 ml xavo bilan to‘ldiring va agar shprisda qolgan cho‘kmani yuvish kerak bo‘lsa 5 qadamni takrorlang. Ayrim zondlar uchun 50 ml suv talab etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Klinik tekshirishlarda va postmarketing davrida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan. Quyida sanab o‘tilganlardan birontasi xam dozaga bog‘liq xisoblanmaydi.

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini tasnifi Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotiga muvofiq berilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam xollarda (<1/100000), uchrash-tezligi noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baxolash mumkin emas).

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

– kam xollarda: leykopeniya, trombositopeniya

– juda kam xollarda: agranulositoz, pansitopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

– kam xollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (tana xaroratini ko‘tarilishi, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiya shok)

Metabolizm va ovqatlanishni buzilishi

tez-tez emas: periferik shishlar

– kam xollarda: giponatriemiya

– uchrash-tezligi noma‘lum: gipomagniemiya, og‘ir gipomagniemiya gipokalsiemiya bilan korrelyasiya bo‘lishi mumkin

Ruxiy buzilishlar

tez-tez emas: uyqusizlik

– kam xollarda: qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, depressiya

– juda kam xollarda: tajovuzkorlik, gallyusinasiyalar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

tez-tez: bosh og‘rig‘i

– tez-tez emas: bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik

– kam xollarda: ta‘m bilishni buzilishi

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

kam xollarda: ko‘rishni noaniqligi

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint faoliyatini buzilishi

tez-tez emas: bosh aylanishi

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

kam xollarda: bronxospazm

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

– tez-tez: qorin og‘rig‘i, qabziyat, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi/qusish

– tez-tez emas: og‘izni qurishi

– kam xollarda: stomatit, me‘da-ichak kandidozi

– uchrash-tezligi noma‘lum: mikroskopik kolit

Gepatobiliar buzilishlar

– tez-tez emas: “jigar” fermentlarining faolligini oshishi

– kam xollarda: gepatit (sariqlik bilan yoki usiz)

– juda kam xollarda: jigar yetishmovchiligi, jigar kasalliklar

Emanera barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Emanera savollari

Emanera fikr-mulohazalari

Reyting 4.4, 7 ta sharh asosida
Ирада
14.01.2020 04:11
5
Принимаю энамеру в комплексной терапии вот уже несколько лет. Радуюсь безмерно. Пью ее за 30 минут до еды. Я делаю это перед завтраком, мне так удобнее. 1 капсула 40 мг. Гастроэнтеролог прописал мне их от проблем с повышенной кислотностью. Сказал даже, что если я решу немного выпить алкоголя. то ничего страшного, но не “до четырех костей”))). У меня курс месяц. Этого хватает, чтобы победить изжогу и перестать так мучаться. Если врач вам назначил энамеру, то не волнуйтесь, все будет хорошо. Это действенные капсулы. Дозировка там максимальная, так что как рукой снимет. Всем ремиссии и здорового желудка!
Адиз
18.09.2020 02:24
5
Скажу сразу, у меня болит желудок не из-за какого-то там неправильно питания или стрессов. Глотал трубку, делал тест. Желудок больной (у меня гастрит) из-за бактерий пилори. Гастроэнтеролог сказал, что у меня их довольно много. Решили подойти к их уничтожению комплексно. Не знаю, как Эманера работает отдельно, но вместе с остальными лекарствами она оказалась эффективной. Очень хорошо все. так что если идете к врачу, то поговорите с ним о возможности комплексной терапии. Так вернее.
Нисохон
18.04.2021 00:41
3
Не могу сказать, что я совсем недовольна, но и этих “волшебных пилюль” оказалась темная сторона. На постоянной основе моя дозировка – 20 мг, а в межсезонье она повышается до 40 мг. И похоже это пожизненно. Пыталась прекратить прием, но сделала себе только хуже. Боли адские, все вернулось, кислота забрасывается в каких-то диких количествах. Я как-то совсем не ожидала такого отката. Ведь таблетки показали себя замечательно. Жила и радовалась, а слезть теперь с них не могу. Врач предлагает аналоги, но я не хочу опять на таблетках сидеть. Мне не так много лет, чтобы круглыми сутками их глотать. Короче, впечатления от энамеры неоднозначные. С одной стороны она помогла, с другой к себе привязала.
Холбуви
24.06.2020 19:22
3
У кого проблемы с ЖКТ знают, что каждую осень и весну наступают обострения, и вылезает весь этот букет. Я не исключение. Желудок болит так, что иногда приходится обезболивающие пить. Гастроэнтеролог выписала мне Энамеру в максимальной дозировке 40 мг. Режим у меня 2 раза в день. Но у вас может быть другой, все зависит от назначения врача. Цена у них вполне приемлимая. Где-то полторы недели я пропила ее. Все было нормально. Закончила через месяц. Побочных не было совсем. Единственное, что слезать с этой дозировки надо постепенно. А то я такая молодец бросила, как легче стало и в ту же ночь чуть не выла от боли. Изжога такая была, чокнешься. Но если постепенно снижать дозировку, то нормально.
Гуломжон
12.04.2021 10:43
5
энамера меня спасла. раньше везде был пораспихан гевискон, а теперь с утра 20 мг и в путь. вообще красота. омез кстати так и не помог, не знаю почему. я его из-за этого пить бросил. но проблемы с желудком у меня очень давно, может просто привык. но энамера нормальный препарат, советую.
Валентина
01.01.2021 17:36
5
Если вы читаете этот отзыв, значит у вас тоже есть проблемы с ЖКТ. Меня изматывает постоянная изжога. Кашляешь желудком, спать невозможно. Поэтому после гастроскопии и теста на хеликобактер я принимаю ингибиторы протонного насоса вот уже год. Думаю, вы и так знаете, что это за зверь. Эманера помогает мне контролировать работу того самого кольца или створок, которые защищают пищевод от кислоты желудка. Они у меня не смыкаются, и вся эта кислая каша попадает наверх. Ощущения мерзкие. Еще и больно. Эманера недорогая и эффективная. Мне понравились таблетки. Прием простой, функции, заявленные в инструкции, выполняют.
Феруза
27.05.2021 12:39
5
У меня диагностирован ГЭРБ. А это кто знает, не самое приятное заболевание. Самое плохое время – ночь. Бессонница, боли в груди. Врач прописала Энамеру на ночь, по одной капсуле. Они небольшие, легко проглатываются, без ярко выраженного привкуса. Отзыв я пишу уже после прохождения курса лечения и схода с ИПП. Могу похвалить Энамеру. Хороший препарат. В течение лечения и уже после ничего не болит. Сплю нормально. Контрольное ФГДС показало, что слизистая заживает. Прошло две недели, самочувствием довольна.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil