EMERON
EMERON chiqarish shakllari


EMERON qo'llanmasi
preparat komponentiga ma'lum yuqori sezuvchanlik;
-atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYAQV (anamnezida) ga allergik reaktsiyalar (bronxospazm, rinit, eshakemi);
-gelni ochiq jarohatlarga yoki lokal infektsiyalar bo'lganda qo'llash;
-sirtga qo'llash uchun boshqa dori preparatlari bilan birga qo'llash;
-bolalar va 12 yoshdan kichik bo'lgan o'smirlar;
-homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.
100 g gel quyidagilarni saqlaydi:
faol moda: mikronlashtirilgan nimesulid 2,00 g;
yordamchi moddalar: dietilen glikol monoetil efiri, propilenglikol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, edetat kislota, PEG-8 kaprilat/kapril gliseridi, karbomer, gliserol, suyuq parafin, PEG/PPG-20/6 dimetikoni, trietanolamin, tozalangan suv.
Emeron geli og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi sirtga qo'llash uchun nostereoid yallig'lanishga qarshi preparat (NYAQP) hisoblanadi. Emeron geli yallig'lanishni muhim mediatorlaridan biri bo'lgan sog-2 izofermenti yordamida sintezlanadigan prostaglandinlar hosil bo'lishini tanlab susaytiruvchi nimesulid (tsiklooksigenaza fermenti ingibitori) saqlaydi.
Teriga gel nimesulidni surtganda, qon plazmasida nimesulid kontsentrasiyasining darajasini nimesulidni peroral qabul qilganda erishilgan kontsentrasiyasi bilan solishtirganda juda past bo'lgan. Gel shaklida 200 mg nimesulid bir marta qabul qilingandan keyin, 24 soat o'tgach, qon plazmasida kontsentrasiyaning eng yuqori darajasi – 9,77 ng/ml qayd etilgan. Muvozanat holatida (8 kundan keyin) qon plazmasida cho'qqi kontsentrasiyasi 37,25±13,25 ng/ml gacha ko'tarildi, ammo u peroral qayta qabul qilgandan keyin erishilgan kontsentrasiyadan 100 marta past.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash tajribasi yo'q.
Preparat faqat sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan. Gel tananing og'riqli sohalariga yupqa kavat qilib surtish va to'liq surilgungacha engil uqalash kerak. Qo'llashlar soni kuniga 2-3 marta. Davolash davomiyligi 7-15 kun. Gelni intensiv (jadal) ravishda atrish yoki okklyuzion bog'lov ostidan surtish mumkin emas. Gel surtish muolajasidan oldin va keyin qo'lni yuvish kerak. 12 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Surtiladigan gelning miqdori og'riqli va shishgan sohaning o'lchamiga bog'liq. Gelni teriga kuch bilan surtish mumkin emas. Preparatni qo'llash davomiyligi shifokor tomonidan aniqlanadi. Agar tavsiya etilgan dozani surtish unutilgan bo'lsa, u holda ikki marta katta dozani qo'llash shart emas. Bunday holatda gelning ko'p bo'lmagan miqdorini og'riqli sohaga surtish va navbatdagi qo'llash vaqtini kutish lozim.
Mahalliy qo'llanganda nimesulid dozasini oshirib yuborilishi kutilmaydi, chunki mahalliy qo'llangandan keyin plazmadagi nimesulidning yuqori darajasi tizimli yuborilgandangi darajadan ancha past bo'lgan.
Emeron gelni ochiq jarohatlarga yoki butunligi buzilgan teri qoplamlariga surtish mumkin emas. Preparatni ko'zga shilliq qavatlarga, og'iz bo'shlig'iga, burun, genital va anal sohalarga tushushidan ehtiyot bo'lish kerak (bexosdan tushgan hollarda, ularni suv bilan yuvish kerak). Preparatni ichga qo'llash qo'llash mumkin emas. Gel surtgandan keyin qo'lni yuvish kerak. Gel surtilgan sohalariga okklyuzion bog'lovlar qo'yish mumkin emas. Minimal dozani eng qisqa vaqt davri davomida surtilganda nojo'ya reaktsiyalar rivojlanish xavfi kamayishi mumkin.
Preparatni me'da-ichakdan qon ketishlari bo'lgan, faol yoki yara kasalliklariga shubha qilingan, jigar va buyrak etishmovchiligining og'ir formalari, qon ivishini og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarga yoki og'ir/nazorat qilib bo'lmaydigan yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Sirtga qo'llash uchun NYAQP saqlovchi preparatlarni qo'llaganda achishish va istisno holatlarda fotodermatit paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun Emeron gelni qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Preparatni qo'llash davrida yorug'likka sezuvchanlik reaktsiyasidan saqlanish maqsadida, solyariy va quyosh nurlarini ta'siridan saqlanish kerak. Kasallikning dinamikasi ijobiy bo'lmaganda yoki holatning yomonlashuvida davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Boshqa NYAQP ga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga Emeron gelni qo'llash mumkin emas.
Gel allergik reaktsiyalarni (sekin kechuvchi turi bo'lishi mumkin) chaqiruvchi metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat konservantlarni va teri ta'sirlanishlarini chaqiruvchi propilenglikolni saqlaydi.
12 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Emeron gelni boshqa dori preparatlari bilan ahamiyatli o'zaro ta'sirlari kuzatilmagan.
Birlamchi o'ram: 50 g gel alyumin tubada. Ikkilamchi o'ram: 1 Tuba davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Tez-tez (≥l/100,
Preparat tayanch-harakat apparati va revmatik hamda travmatik etiologiyali yumshoq to'qima kasalliklarini (bog'lam, paylarni cho'zilishi, tendinit, tendovaginit, bursit, epikondilit kabi boshqa jarohatlar) o'tkir, o'tkir osti yoki surunkali yallig'lanishlari va og'riqlarini simptomatik engillashtirish uchun, shuningdek surunkali artropatiya (osteoartrita) va boshqa revmatik holatlar (periartrit, bursit) ni davolashda qo'llaniladi.
oq-sarg'ish rangli, gomogen gel
EMERON narxlari
EMERON barcha rasmlari














