Ташкент
logo
SavatKirish

EMETRON tabletkalari 100 mg N20

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Makedoniya
Faol modda:Nimesulid
Ishlab chiqaruvchi:Vegapharm LLP., Velikobritaniya proizvedeno: Replek Farm Ltd. Skopje
Teglar:Kuchli og'riqdan, Og'riqdan
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:M01AX17
Barcha EMERON dorilari
4 ta dorixonada bor
Narxi 35 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 4 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

EMETRON tabletkalari 100 mg N20 o'xshash dorilari

NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Retseptsiz
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker (Velikobritaniya) Limited
•118 ta dorixonada bor
Narxi
34 911 so'm dan
ETOKSIB tabletkalari 30mg N7
Retseptli
ETOKSIB tabletkalari 30mg N7
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
ETOKSIB tabletkalari 60mg N7
Retseptli
ETOKSIB tabletkalari 60mg N7
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar  200mg N8
Retseptsiz
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Pateon Softdjels B.V., De Postoxooonstraat 7
•76 ta dorixonada bor
Narxi
29 160 so'm dan

EMETRON tabletkalari 100 mg N20 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moda: mikronlashtirilgan nimesulid 100 mg, yordamchi moddalar: natriy dioktilsulfosuksinat, gidroksipropilsellyuloza, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, povidon, gidrogenizatsiyalangan kanakunjut moyi, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Och sariq rangli, dumaloq shaklli, bir tomonida faskasi va boshqa tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan bir xil o‘lchamdagi tabletkalar.

Farmakodinamikasi

Mikronlashtirilgan nimesulid analgetik, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega nostereoid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV) hisoblanadi. Prostaglandinlar ishlab chiqarilishini selektiv ingibitsiya qilib, me’da uchun himoya funksiyasiga ega prostaglandinlarga kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Uning yallig‘lanishga qarshi ta’siri ahamiyatli analgetik faolligi bilan namoyon bo‘ladi. Isitma kuzatilganda mikronlashtirilgan nimesulid samarali isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Mikronlashtirilgan nimesulid peroral qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi. 100 mg mikronlashtirilgan nimesulid qabul qilingandan keyin, qon plazmasidagi eng yuqori darajaga 2-3 soatda erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 97,5%ni tashkil qiladi. Mikronlashtirilgan nimesulid jigarda, jumladan P450 (CYP 2C9) sitoxromi izofermentlari yordamida, faol metabolizmga uchraydi. T1/2 3,2 dan 6 soat gachani tashkil qiladi. Mikronlashtirilgan nimesulid asosan (qabul qilingan dozaning taxminan 50% i) siydik bilan, dozaning 29% axlat bilan chiqariladi. Dozaning faqat 1-3% organizmdan hech qanday o‘zgarmagan holda chiqib ketadi.

Nojo'ya samaralari

Tez-tez (≥ l/100,
- diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, jigar fermentlari darajasining oshishi.
Ba’zida (≥ l/l,000,
- dizuriya, gematuriya, holsizlik, bosh aylanishi, arterial gipertenziya, xansirash, qichishish, toshma, ko‘p terlash, shishlar.
- qabziyat, meteorizm, me’da-ichakdan qon ketishi, 12 barmoq ichak yarasi va perforatsiyasi.
Kam hollarda (≥ l/10,000,
- anemiya, eozinofiliya, giperkaliyemiya, qo‘rquv hissi, asabiylik, qo‘rqinchli tushlar, ko‘rishni xiralashishi, taxikardiya, qon quyilishi, eritema, dermatit, gemorragiya, o‘zgaruvchan arterial bosim.
Juda kam hollarda (
- trombotsitopeniya, pansitopeniya, purpura, astma, bronxospazm, anafilaksiya
- bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ensefalopatiya (Reye sindromi), gipotermiya
- qorinda og‘riq, dispepsiya, gastrit, stomatit, qatronsifat ich kelishi, me’da yarasi va perforatsiyasi, yashin tezligida kechuvchi gepatit, fulminant gepatit (jumladan o‘limga olib keluvchi gepatit), sariq kasal, xolestaz
- eshakemi, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz
- buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, intersitsial nefrit, siydikni tutilishi.
Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni haroratni tushiruvchi vosita sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Yurak-qon tomir tizimi patologiyasi: arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalligi mavjud bemorlar, shuningdek uzoq muddatli davolanishdan oldin shifokor maslahati va holatning tegishli nazorati talab etiladi. NYAQV kamdan-kam hollarda arterial trombotik holatlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) biroz rivojlanish xavfiga olib kelishi mumkin. Emeron yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi uchun atsetilsalitsil kislota o‘rnini bosmasligi lozim.

Me’da-ichak yo‘llarida patologiyasida: davolashning turli bosqichlarida me’da-ichak yo‘llarida peptik yara, perforatsiya yoki qon ketishi kuzatilishi mumkin, ba’zida (ayniqsa katta yoshli insonlarda) hayot uchun xavf tug‘diruvchi ehtimoli tug‘iladi. Preparat qo‘llanilgandan keyin quyidagi nojo‘ya ta’sirlar: ko‘ngil aynashi, qusish, diareya, qorin dam bo‘lishi, qabziyat, dispepsiya, qorinda og‘riqlar, qatronsifat ich kelishi, qonli qusish, yarali stomatit, kolitning kuchayishi va Kron kasalligi zo‘rayishi, kam hollarda – gastrit haqida ma’lum qilingan. Emeronni me’da-ichak buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar qabul qilmasliklari lozim.

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llash: Emeronni, preparatning kumulyativ xossasi borligi tufayli, jigar patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Emeron preparati bilan davolash vaqtida bir vaqtda gepatotoksik preparatlarni, boshqa NYAQV ni qabul qilish va alkogol iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. Jigar shikastlanishining ilk simptomlari paydo bo‘lganda (masalan, anoreksiya, ko‘ngil aynashi, qusish, qorin og‘rig‘i, yuqori toliqish, siydikni to‘q rangga kirishi) yoki jigar funksional sinamalar natijalari anomal bo‘lganida dori vositasini bekor qilish kerak.

Buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi: og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Terida allergik reaksiyalar: terida toshmalar paydo bo‘lsa, shilliq qavatlar shikastlanishi va boshqa allergik reaksiyalar kuzatilganida Emeronni preparatini bekor qilish kerak.
Yordamchi moddalar: galaktozani o‘zlashtiraolmaydigan nasliy kasalligi bo‘lgan, Lapp-laktoza yetishmovchili yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurish mumkin emas.

Ayollarda fertillikka ta’siri: mikronlashtirilgan nimesulidni qabul qilish ayollarda fertillik funksiyasi yomonlashuviga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanilishi: butun homiladorlikning davrida va laktatsiya davrida nimesulidni qo‘llash mumkin emas.

Avtomobil haydash va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirlar: faoliyatlari kuchli diqqatni va psixomotor reaksiya tezkorligini talab qiluvchi bemorlar bosh aylanishi yoki uyquchanlik holati yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirilishi lozim.
Qo'llanilishi

- Kuchli og‘riqni davolash;
- osteoartritda og‘riq sindromini simptomatik davolash;
- birlamchi dismenoreyada qo‘llaniladi.
Emeronni faqat ikkinchi liniya preparati sifatida buyurish lozim.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- mikronlashtirilgan nimesulid, preparat komponentiga yuqori sezuvchanlik; - bronxospazm, rinit, eshakemi ko‘rinishida atsetilsalitsil kislota (yoki NYAQV) ga yuqori sezuvchanlik; - alkogolizm, giyohvand moddaga qaramlik; - zo‘rayish bosqichidagi me’da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi (shuningdek anamnezda perforatsiya yoki qon ketishlar kuzatilgan yaralar); - anamnezda serebrovaskulyar va boshqa qon ketishlar (jumladan NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq); - qon ivishining jiddiy buzilishlar; - og‘ir yurak yetishmovchiligi; - og‘ir buyrak yetishmovchiligi; - jigar yetishmovchiligi; - shamollash yoki gripp simptomlari mavjud bo‘lsa; - bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar; - homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mikronlashtirilgan nimesulid preparatlar kortikosteroidlar, antitrombotsitar vositalar va serotonin qayta ushlab qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish qilish me’da-ichak yarasi/qon ketishi rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikronlashtirilgan nimesulid bilan bir vaqtda vafarin qabul qilish qon ketishi rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Mikronlashtirilgan nimesulid diuretiklar va antigipertenziv vositalar ta’sirini susaytirishi mumkin. Mikronlashtirilgan nimesulid va APF ingibitorlari, angiotenzin II antagonistlari birga buyurilganda, buyraklar funksiyasi yomonlashuvi va ortga qaytuvchi buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi ehtimoli bor. Mikronlashtirilgan nimesulid litiy klirensini kamaytirishi mumkin, bu litiyning qon plazmasidagi miqdori va uning zaharliligi ortishiga olib keladi. Mikronlashtirilgan nimesulid bilan davolashda uni gepatotoksik samarali vositalar bilan bir vaqtda qabul qilmaslik, shuningdek, alkogolni haddan ziyod iste’mol qilishdan saqlanish kerak, chunki bu moddalar jigar tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfini oshiradi. Metotreksatlar bilan bir vaqtda buyurilganda plazmadagi metotreksat miqdori ko‘tarilishi mumkin, shu sababli uning toksik ta’siri rivojlanish ehtimoli mavjud.

Dozirovkasi

Kattalarga: ichga sutkada 1 tabletkadan (100 mg) 2 marta buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik maksimal doza - 200 mg teng. Davolash kursi davomiyligi 5 kun dan oshmasligi kerak. Tabletkalar yetarlicha miqdordagi suv bilan, ovqatdan keyin qabul qilish afzal. Jigar funksiyasi buzilishi: Emeron preparati jigar patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya etilmaydi. Buyraklar funksiyasi buzilishi: o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Katta yoshdagi patsiyentlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: apatiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, me’da-ichakdan qon ketishi, arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafas olishning qiyinlashuvi, koma. NYAQV da anafilaktoid reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va osmotik surgi vositalar qabul qilish, simptomatik terapiya. Maxsus antidoti mavjud emas.

Xususiyatlar EMETRON tabletkalari 100 mg N20

EMETRON tabletkalari 100 mg N20 boshqa chiqarish shakllari

EMERON gel 50g 2%
EMERON gel 50g 2%
Makedoniya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
REPLEK FARM Ltd. Skopje, Makedoniya.
•12 ta dorixonada bor
Narxi
86 000 so'm dan

EMETRON tabletkalari 100 mg N20 analoglari

NAYZ 0,1 tabletkalari N30
NAYZ 0,1 tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
NAYZ 0,1 tabletkalari N20
NAYZ 0,1 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
NAYZ gel 50 g 1%
NAYZ gel 50 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
NAYZ gel 100 g 1%
NAYZ gel 100 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
NAYZ gel 20 g 1%
NAYZ gel 20 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NAYZ 0,1 granuli N9
NAYZ 0,1 granuli N9
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
NIMIKA 0,1 tabletkalari N20
NIMIKA 0,1 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ipka Laboratoriz Limited
NIMULID gel 30 g 1%
Retseptli
NIMULID gel 30 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Panacea Biotec Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
NIMESIL 0,1 granuli N30
NIMESIL 0,1 granuli N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fayn Fuds & Farmasyutikalz N.T.M. S.P.A.
NIMESIL 0,1 granuli N9
NIMESIL 0,1 granuli N9
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fayn Fuds & Farmasyutikalz N.T.M. S.P.A.
NIMESIL 0,1 granuli N30
NIMESIL 0,1 granuli N30
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratorios Menarini S.A.

EMETRON tabletkalari 100 mg N20 savollari

EMETRON tabletkalari 100 mg N20 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil