Apteka.uz
SavatKirish

Fenkarol

Fenkarol chiqarilish shakllari

FENKAROL tabletkalari 25mg N20
FENKAROL tabletkalari 25mg N20
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Olaynfarm, AO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
56 700 so'm dan
FENKAROL tabletkalari 10mg N20
FENKAROL tabletkalari 10mg N20
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Olaynfarm, AO
•114 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan
FENKAROL tabletkalari 50mg N30
FENKAROL tabletkalari 50mg N30
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Olaynfarm, AO
•112 ta dorixonada bor
Narxi
93 900 so'm dan
- Fenkarol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Fenkarolning tarkibi
- Fenkarol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Fenkarol narxi Toshkent dorixonalarida

Fenkarol haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — pollinoz; — o'tkir va surunkali eshakemi; — angionevrotik shish; — allergik rinit; — dermatozlar (sh.j. ekzema, psoriaz, atopik dermatit, teri qichishishi).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun); — saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi, chunki preparat saxaroza saqlaydi; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 ml xifenadin (fenkarol asosi) 10 mg Yordamchi moddalar: glutamin kislotasi - 6.26 mg, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha 1 tab. xifenadin gidroxloridi 50 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali - 74 mg, saxaroza - 55 mg, modifikatsiyalangan makkajo‘xori kraxmali - 20 mg, kaltsiy stearati - 1 mg.

Farmakodinamikasi

Xifenadin gidroxloridi (xifenadin) - antigistamin vosita, a'zolar va ularning tizimlariga gistaminning ta'sirini kamaytiradi. Bu guruhdagi klassik dori vositalaridan farq qilib, Xifenadin alohida ta'sir mexanizmiga ega. Dori vositasi periferik to'qimalarda gistamin N1-retseptorlarni bloklaydi, shuningdek diaminoksidaza (gistaminaza) fermentini faollashtiradi, shu orqali to'qimalarda gistamin darajasini kamaytiradi. Shu bilan boshqa gistaminga qarshi vositalar bilan davolash samarasiz bo'lgan bemorlar uchun xifenadin ning samaradorligi tushuntiriladi. Xifenadin past lipofillikka ega, shuning uchun gematoentsefalik to'siq orqali yomon o'tadi, bosh miya to'qimalarida serotoninni dezaminizatsiya jarayonlariga va monoaminoksidaza fermentlarining faolligiga kuchsiz ta'sir qiladi. Xifenadin gistaminning toksik ta'sirini kamaytiradi, bronxokonstriktor ta'sir va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirni bartaraf etadi yoki susaytiradi, gistaminning gipotenziv ta'siri va uning kapillyarlarning o'tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Xifenadin o'rtacha serotoninga qarshi va kuchsiz xolinolitik faollikka ega, adrenolitik faollikka ega emas. Xifenadin yaqqol namoyon bo'lgan qichishishga qarshi va desensibilizatsiya qiluvchi ta'sirga ega.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi: Xifenadin MIYdan tez absorbtsiya qilinadi, absorbtsiya 45% ni tashkil qiladi va 30 daqiqadan so‘ng organizm to‘qimalarida aniqlanadi. Qon plazmasida Cmax 1 soatdan keyin erishiladi. Past lipofillikka ega, gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Faol moddaning eng yuqori konsentratsiyasi jigarda, biroz kamrog‘i - o‘pkada va buyraklarda, eng pasti - bosh miyada (0,05% dan kam, bu MNSga bostiruvchi ta'sirning yo‘qligini tushuntiradi) aniqlangan. Metabolizmi va chiqarilishi: Xifenadin jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlar buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Preparatning absorbtsiya qilinmagan qismi ichak orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Gistamin H1-retseptorlari blokatori. Allergik reaktsiyalar rivojlanishining oldini oladi va kechishini engillashtiradi. Allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, to'qimada allergik yallig'lanish rivojlanishining oldini oladi. Gistamin ta'sirini susaytiradi, uning tomirlar o'tkazuvchanligiga ta'sirini kamaytiradi (o'tkazuvchanlikni pasaytirib, shishga qarshi samara beradi), uning bronxospastik ta'sirini va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirini kamaytiradi, gistaminning gipotenziv ta'sirini susaytiradi. Xifenadin to'qimalarda gistamin miqdorini kamaytiradi (diaminoksidaza - gistaminni faolsizlantiruvchi fermentni faollashtirish qobiliyati bilan bog'liq). Kursli davolashda xifenadinning antigistamin ta'siri pasaymaydi. O'rtacha antiserotonin ta'sirga ega, kuchsiz m-xolinobloklovchi faollik namoyon qiladi. MNS ga bostiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, ko'ngil aynishi, qusish. MNT tomonidan: uyquchanlik, bosh og'rig'i. Boshqalar: allergik reaktsiyalar.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Fenkarol tabletkalari 2 yoshdan kichkina bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikning dastlabki uch oyligida ushbu dori vositasini qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning keyingi davrida ham uni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Xifenadinning ona sutiga o'tishi bo'yicha tadqiqotlar mavjud emas, shu bois bolani ko'krak suti bilan emizish davrida mazkur dori vositasini buyurish tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyati buzilganida

Ehtiyotkorlik bilan preparatni buyrak kasalligi uchun buyurish kerak.

Jigar faoliyati buzilganida

Ehtiyotkorlik bilan preparatni jigar kasalliklari uchun buyurish kerak.

Dozirovkasi

  • 10 mg 10mg 25 mg 50 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborishga shubha bo'lganda darhol shifokorni chaqiring.

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar berilmagan.

Simptomlari: dori vositasining yuqori dozalari shilliq qavatlarni qurishi, bosh og'rig'i, qusish, ovqat hazm bo'lishini buzilishini chaqirishi mumkin.

Davolash: simptomatik va organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turuvchi davolashni ta'minlash kerak. Maxsus antidoti yo'q. 

Dori shaklining ta'rifi

  • Mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz. Tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, yassi-tsilindrik, faskali tabletkalar.

Maxsus ko‘rsatmalari

Xifenadin MNT ga yaqqol susaytiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, lekin ayrim hollarda kuchsiz sedativ samara kuzatiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Etanol va uyqu preparatlarining MNTga tormozlovchi ta’sirini kuchaytirmaydi. Kuchsiz m-xolinoblokator xususiyatlarga ega bo‘lib, MGT motorikasini pasaytirishi va sekin so‘riladigan dori vositalarining (masalan, bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlar — kumarin hosilalari) so‘rilishini oshirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Fenkarol® ovqatdan keyin darhol ichga qabul qilinadi.

3 yoshgacha bo'lgan bolalarda doza 5 mg (yarim tabletka) kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

3 yoshdan 7 yoshgacha – 10 mg kuniga 2 marta.

7 yoshdan 12 yoshgacha – 10-15 mg kuniga 2-3 marta.

Davolash kursi davomiyligi 10-15 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo'lganida davolash kursini takrorlash mumkin.

12 yoshdan oshgan bolalarga Fenkarol 25 mg tabletkasi preparatini qo'llash tavsiya etiladi.

Agar preparatni qabul qilishni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz bu yodingizga tushgan zahoti qabul qiling, lekin keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo'lsa qabul qilishni o'tkazib yuboring. Dozani ikki marta oshirib qabul qilmang.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Fenkarol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Fenkarol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
46 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
46 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
46 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
46 000 so'm
Bron qilish

Fenkarol haqida savollar

Fenkarol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil