Ташкент
logo
SavatKirish

FLYUKOLD-N

FLYUKOLD-N chiqarish shakllari

FLYUKOLD – N tabletkalari N200
Retseptsiz
FLYUKOLD – N tabletkalari N200
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nabros Pharma Pvt. Ltd
- FLYUKOLD-N qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- FLYUKOLD-Nning tarkibi
- FLYUKOLD-N ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- FLYUKOLD-N narxi Toshkent dorixonalarida

FLYUKOLD-N qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlarga o'ta yuqori sezuvchanlik;
Homiladorlik, laktatsiya davri;
Bolalik yoshi (6 yoshgacha);
Ehtiyotkorlik bilan - glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiqburchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezining kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada qo'llanadi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minut o'tgach erishiladi. Organizmning deyarlik barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldoshga orqali oson o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o'zgaradi. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to'planishiga yordam beradi.
Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o'tish hisobiga va monoaminooksidaza bilan me'dada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me'da-ichak yo'llarida va jigarda yuz beradi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin maleat uchun so'rilishi - ichga qabul qilinganida me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Oqsillar bilan bog'lanishi - yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarimchiqarilish davri - 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlari ko'rinishida chiqariladi.
Kofein ichga qabul qilinganidan so'ng tez so'riladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga bir soatdan so'ng erishiladi, yarimchiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Paratsetamol og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibirlashi bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bilan bog'liq, buning natijasida tomirlarning kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikning chiqarilishi kuchayadi.
Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton): simpatomimetik amin, tomirlarning -adrenoretseptorlari stimulyatori hisoblanadi, yurakni -adrenoretseptorlariga kam ta'sir ko'rsatadi. Arteriolalarning torayishini va arterial bosimni oshishini chaqiradi. Ko'z qorachig'ini kengaytiradi va glaukomada ko'z ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Preparatning midriatik ta'siri atropin qo'llangandagiga nisbatan kam davom etadi. Nafas olish yo'llari shilliq qavatidagi -adrenergik retseptorlariga ta'sir qilib, tomirlarning torayishini chaqiradi. Bu esa yallig'lanish natijasidagi burun yo'llari shilliq qavati shishini vaqtinchalik kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati: gistaminning N1-retseptorlari antagonisti bo'lib, allergiyani davolashda qo'llanadi. Effektor hujayralarining N1-retseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistamin ta'sirini (to'qima shishini va kapillyarlarning o'tkazuvchanligini oshishini) bartaraf qiladi, ammo ular rivojlangan bo'lsa uning ta'sir samarasini yo'qotmaydi. Preparat tarkibida u qo'shimcha burunning bitib qolishini, tumovni va aksirishni kamayishini ta'minlaydi.
Kofein charchoqlikni va uyquchanlikni kamaytirishga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishga olib keluvchi markaziy nerv tizimiga stimullovchi ta'sir ko'rsatadi.

Dozirovkasi

Bolalarga: 6 yoshdan 12 yoshgacha 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Kattalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: allergik reaktsiyalar, bosh og'rig'i, psixomotor qo'zg'alishlar, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo'llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Nojo'ya samaralarini hisobga olib, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi.
Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo'zg'aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simptomatik ta'sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo'llash qorincha aritmiyasining rivojlanishi xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u esa o'z navbatida alьfa-adrenostimullovchi faolligini kuchaytiradi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bir tabletka saqlaydi:
Faol moddalar:
Paratsetamol BF 500 mg
Fenilefrin gidroxloridi BF 5 mg
Xlorfeniramin maleati BF 2 mg
Kofein (suvsiz) BF 30 mg
Yordamchi moddalar: kraxmal, jelatin, natriy benzoati, talьk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, to'q-qizil bo'yog'i.

Nojo'ya samaralari

Kam holatlarda allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eritema, eshakemi), shuningdek bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta'sirchanlik, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi kuzatilishi mumkin.

Qo'llanilishi

Tumov, burunni bitishi, bosh og'rig'i, isitma, qaltirash, bo'g'imlar va mushaklar og'rig'i bilan kechuvchi shamollash kasalliklari, gripp, O'RVIlarda qo'llanadi.

FLYUKOLD-N barcha rasmlari

Barcha rasmlar

FLYUKOLD-N savollari

FLYUKOLD-N fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil